1-9 Adabiyot 9-sinf



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə30/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

Javoblar:1.A 2. B 3. C 4. A 5.A
Uyga vazifa:Memuar asar haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish.
O’quvchilar bilimini baholash.

Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Mavzu: G`azalxonlik musobaqasi. Ifodali o`qish mashqi.
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy- takrorlash orqali o`quvchilar bilimini mustahkamalsh;
b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ezgu insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’r aytish malakasi,dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:mushoira,savol-javob.musobaqa;
Dars jihozi : Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma ”asari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.”Boburnoma”-memuar asar”mavzusida bahs.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I. Mushoira
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g`azallari yuzasidan qatorlararo musobaqa.
II.Bahr-u bayt
Qatorlararo bahr-u bayt musobaqasi o`tkaziladi .Unda o`quvchilar g`azal bayti tugagan harf b-n boshqa bir g`azalni aytadilar.
Masalan ;
Yordin ayru ko`ngil mulkedurur sultoni yo`q
Mulkkim sultoni yo`q , jismedururkim joni yo`q.
Qoshi yosinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin,
Ko`ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Darsning ustahkamlash bosqichida:

  1. Alisher Navoiyning va Zahiriddin Muhammad Bobur darslikdan tashqari va”Boburnoma”da berilgan g’azal,ruboiy,tuyuq,qit’alaridan ifodali o’qib,ularni g’oyaviy,badiiy va nazariy bilimlar asosida tahlil qilish.

II.Test sinovi:
1.Mantiqan ketma-ketlikka ega bo’lgan g’azalar qanday g’azallar sanaladi?
A.Yakpora B.Parokanda C.Musalsal D.Voqeaband
2.G’azaning ilk bayti qanday ataldi?
A.Maqta’ B.Begona bayt C.Matla’ D.Bayt
3.”Qit’a” so’zining ma’nosi A.Parcha,bo’lak ,qism B.Bagishlov,madh C.To’rtlik D.Oshiqona so’z,ayollarga xushomad
4.Tuttum o’lmakdin tirilmak hajrida, tengdir manga
Emdi gar bergil ziloli Xizr ,agar jallod bo’l.-Qanday badiiy san’at q’llanilgan?
A.Tashbih B.Irsoli masal C.Talmeh D.Tazod
5.”G’azal”so’zining ma’nosi
A.Ayolga xushomad,oshiqona so’z B.Parcha.bo’lak
C.Madh etish,tarannum D.Quyosh nurlarining tarqalishi

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin