Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Ota-ona orzusi”bo’limi matni ustida ishlash va bu bo’limning o’ziga xosligi haqida bahs-munozara:
Bu bo’lim asarning o’ziga xox bo’limlardan sanaladi.Chunki bunda o’zbek xalqiga xos milliy ruh yorqin ifoda etilgan.Ota-ona orzusi tufayli farzandlar taqdirining”hal qilinishi”muammosi chuqur ko’rsatilib berilgan.Bunda ota-onaning farzandiga,farzandning ota-onaga bo’lgan munosabatlari milliy ruhda aks ettirilgan .Qolaversa,Otabekning ota va onasiga,Yusufbak hojining o’gliga munosabati,so’zlarida bu yaqqol seziladi…
“-O’g’lim,hali san eshitdingmi,yo’qmi,haytovur biz sening ustingdan bir ish qilib qo’ydiq…
…-Aqllik kishilarning o’g’ullari ustidan qilg’an ishlari albatta nomaqbul bo’lmas…”
II.Bo’limdagi g’oya va fikrlar asosida bahs-munozara
III.Asarning to’liq nashri asosida savol-javob.
III.Test sinovi:
1.Otabek ilk marta Kumushni qayerda ko’radi?
A.Qutidorning uyida B.Soy bo’yiga
C.Poyabzal bozorida D.Ariq bo’yig’a
2.”…ellik besh yoshlar chamaliq,chala-dumbul tabiatlik,erga o’tkirligi bilan mashhur…”kim edi?
A.To’ybeka B.O’zbek oyim C.Oftob oyim D.Oybodoq
3.Yusufbek hojining o’ziga xos qiziq bir tabiati
A.Har qanday masala ustida uy ichisi bilan uzoq suhbatlashib o’tirmaydi.
B.Har qanday masalani oilasi bilan keng muhokama qiladi.
C.Faqat Hasanali bilan muhokama qiladi.
D.O’g’li Otabekkka har qanday masalada yon bosadi.
4.O’zbek oyim marg’ilonlik kelinini qanday ataydi?
A.Lo’li B.Kalvak C.Andi D.Kumushbibi
5.Otabek “…bir bechoraga ko’ra bila turib,ham jabr ham xiyonat…”deb kimni nazarda tutadi?
A.Kumush B.Zaynab C.O’zbek oyim D.Hasanali
Javoblar:1.D 2.B 3.A 4.C 5.B Uyga vazifa:”Otkan kunlar”romani matni ustida ishlash. O’quvchilar bilimini baholash Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N