Javoblar:1.B 2.C 3.A 4.A 5.D Uyga vazifa:”Otkan kunlar”romani asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash. O’quvchilar bilimini baholash.
Sana: 9-sinf Sana:. Darsning mavzusi:Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon hayoti va ijodi yuzasidan bilim va ko’nikmalar hosil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda ezgulik,ozdlik,ularni qadrlash va dabiyotga qiziqish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ifodali o’qish;
Darsning jihozi:darslik,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar”Kecha va Kunduz”romani;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”O’tkan kunlar”romani asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash va”Otabek,Kumush va zamonamiz yoshlari”mavzusidagi ijodiy ishlar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Siz yettinchi sinfda Cho’lpon hayoti va ijodi bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lgansiz.Aytingchi,shoir haqida nimalarni bilasiz?
II.Shoir she’lari asosida mushoira daqiqasi:
Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
Ul yulduz uyalib,boshini bukib,
Aytadir,men uni tushda ko’raman.
Tushimda ko’raman,shunchlar go’zal,
Oydan-da go’zaldir,kundan-da go’zal…
III.Shoir,dramaturg Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897-yil Andijonda tug’ildi.Otasi savdo bilan shug’ullansa-da,sh’erlar ham yozib turgan.Turk,fors va arab tillarini va adabiyotini puxta o’rgangan.”Sadoyi Turkiston”,”Sadoyi Farg’ona”,”Turkiston viloyati gazeti”nashrlarida o’z yozishmalarini “Qalandar”,”Mirza Qalandar”,”Q”,”Andojonlik”,”Cho’lpon”taxalluslari bilan chop etgan.1918-yilda “Sadoyi Turkiston ”gazetasida “Turkistonli qarindoshlarimga”she’ri,so’ngra “Qurboni jaholat ”hikoyasi,”Adabiyot nadur?”maqolasi,”Do’xtir Muhammadiyor ”hikoyasi bosilib cgiqadi.Turli matbuot va tashkilotlarda ishlaydi,erk va ozodlik yo’lida kurashadi.
Cho’lpon ijodiy va dabiy merosi ham salmoqli.”O’zbek yosh shoirlari”,”Go’zal yozg’ichlar”,”Dabiyot parchalari”to’plam va majmualari,”Uyg’onish”,”Buloqlar”,”Tong sirlari”,she’riy to’plamlari,”Yorqinoy”,”Halil farang”,”Cho’rining isyoni”,”Yana uylanaman”,”O’rtoq Qarshiboyev”,”Hujum” kabi pyesalarni yaratdi.1932-yil Moskvaga ko’chib keladi.Gogolning “Tergovchi”,I.Frankoning”Feruza”,L.Andreyevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi”asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi.”Kecha va Kunduz”romanini.”Soz” she’riy to’plamini ham shu davrda yaratadi. Shoir birinchi marta 1926-yil “millatchi va badbin shoir”sifatida ayblangan bo’lsa,ikkinchi marta 1937-yil 14-iyulda “xalq dushmani”deb qo’lga olinib,1938-yil 4-oktabrda otib tashlanadi.