5.3. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va unga qo‘yilgan
talabalar
Joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun tayyorlash.
Har bir hududni ko‘kalamzorlashtirishga kirishishdan oldin, bu erda joyning
muhandislik tayyorgarligi ishlari olib boriladi.
Muhandislik tayyorgarligi ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: vertikal reja
tuzish va yuza oqimni tashkil etish, hududni qisman yoki butunlay quritib olish,
er osti komunikastiyalarini o‘tkazish va hududni suv toshishidan himoyalash, suv
havzalarining nishabliklari va qirg’oqlarini mustahkamlash. Shuningdek,
tayyorgarlik ishlari hududni tozalash bo‘yicha sanitar-gigienik tadbirlarni va
barcha joyni qisman tekislab chiqishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarning
asosiy vazifasi darxtlar yaxshi o‘sib-rivojlanishi uchun qulay sharoitlar
yaratishdan iborat. Muhandislik tayyorgarlikning barcha masalalari loyihalar
bilan mutanosib holda ishlab chiqiladi, hamda ko‘kalamzorlashtirish ob’ektining
umumiy rejasi bilan muvofiqlashtiriladi. Bu ishlarni yo‘l-qurilish tashkilotlari
amalga oshiradilar. Tayyorgarlik ishlarining turlari va hajmlari asosan ob’ekt
joylashgan erga, hudud maydoniga, relefiga, shuningdek, ahlat va qurilish
chiqindilari bor-yo‘qligiga qarab belgilanadi. Tayyorgarlik ishlari qanchalik
puxta va sifatli bajarilsa, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish uchun
shunchalik yaxshi sharoit yaratiladi.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlari relefi birmuncha
notekis va noqulay joylar sharoitida ham amalga oshiriladi.
Noqulay joylar jumlasiga: keskin nishablikka (150 dan yuqori) ega
maydonlar, jarliklar, daryo yoqasidagi kuz va bahorda suv bosadigan adir va
botqoqli erlar, daryo bo‘yidagi o‘pirilishga moyil joylar va boshqalar kiradi.
Hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin, er maydoni
tozalanadi: toshlar, to‘nkalar, yog’ochlar olib tashlanadi; eski qurilmalar buziladi,
eski fundament qoldiqlari va boshqalar olib tashlanadi. Bu ish qanchalik
mashaqqatli bo‘lmasin, uni bajarish muhim tadbir hisoblanadi.
149
Tozalash ishlarini bajarib bo‘lgandan keyin, maydonning unumdor tuproqli
qatorini saqlab qolish choralari ko‘riladi. Tuproqning yuza qatlamini yig’ib olib,
bir joyda to‘planadi, yoki buldozer bilan surib qo‘yiladi. O‘tlari oldindan o‘rilgan
chimlarni chim kesadigan uskuna bilan eni 25-30 sm, uzunligi 40-50 sm va
qalinligi 3-8 sm bo‘lgan bo‘laklarga kesib, soya joyga taxlab qo‘yiladi (bir necha
qavat qilib). Ularni doimiy maydonga terilgunga qadar vaqti bilan suv berib
turiladi.
Keyinchalik
yig’ilgan
tuproq
va
chim
bo‘laklari
ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonga joylashtiriladi. Agar bu ish bajarilmagan
bo‘lsa, qurilish chiqitlari qolgan maydon tuprog’i unumli tuproq qavati bilan
almashtiriladi. Daraxt va butalar ekiladigan joydagi chuqurchalar tuprog’i
butunlay yangilanishi lozim. Hududni birlamchi rejalashtirish ishlari vertikal
rejalashtirish loyihasiga to‘liq mutonosib holda bajariladi.
Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlaridagi er osti inshootlariga: drenaj, er osti suv
quvurlari, ochiq va yopiq sug’orish tizimlari, elektr va telefon kabellari kiradi. Er
osti inshootlarini qurish ishlari kichik arxitektura shakllarini hamda
ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin bajarilishi kerak. Ushbu
muhandislik inshootlari barcha maxsus loyihalar asosida bajariladi hamda bir
qancha mablag’ sarflashni talab etadi. Yopiq sug’orish tarmog’i kichik va muhim
joylarda barpo etiladi.
Keskin nishabliklarni eroziyadan saqlash hamda suv havzalari qirg’oqlarini
mustahkamlash maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi. Bu ishlar
hududni muhandislik tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning bir
qismi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘t o‘sadigan chim qoplamasini barpo
etish; yuza oqimini to‘xtatib turadigan daraxt va butalarni ekish ishlari.
Nishablikning past qismida yo‘nalish bo‘yicha suvni yig’ib, oqizishga
mo‘ljallangan ariqchalar o‘tkaziladi.
Ko‘kalamzorlashtirish hududini agrotexnik tayyorlash tadbirlari.
Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlari hududini agrotexnik jihatdan tayyorlash
mavjud qimmatli ekinzorlar (daraxtlar, butalar, o‘tsimon o‘simliklar)ni saqlab
qolish, ularni parvarishlash, tuproqni tayyorlashga oid tadbirlarni ishlab chiqish va
150
amalga oshirishdan iborat. Ushbu tadbirlar tayyorgarlik ishlarining umumiy
majmuasiga kiradi hamda muhandislik ishlari bilan mutanosib ravishda bajarilishi
lozim.
Hududda ekinzorlar mavjud bo‘lib loyihaga asosan ular saqlanib qolinadigan
bo‘lsa,
avvalo,
ularni
parvarishlashga
oid
ishlar
bajarilmog’i
lozim.
Ko‘kalamzorlashtiriladigan hududdagi ekinzorlarni tahlil qilib chiqish ishlari
odatda, loyiha bo‘yicha bajariladigan boshqa kuzatuv ishlari (er tuzish, tuproqni
tekshirish va hakozo) bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
Mavjud
ekinzorlar
va
o‘tzorlarni
saqlab
qolish
tadbirlari.
Ko‘kalamzorlashtirish hududida avvalo daraxt va butalar ekilgan maydonlar
o‘rganib chiqiladi, kesib tashlash mumkin bo‘lgan daraxtlar (zararkunanda va
kasalliklar bilan zararlanganlari, shox-shabbalari singan, qurib qolayotganlari,
manzarabopligini qisman yoki butunlay yo‘qotganlari) belgilab chiqiladi. Ularning
tomirlari qazib olinadi, daraxtlari kesiladi va yoqib tashlanadi.
Vertikal loyihalash ishlari olib boriladigan, er osti inshootlari o‘tkaziladigan,
yo‘lak-xiyobon tarmoqlari o‘tadigan joylardagi daraxt va butalar ekiladigan
maydonchalar hamda alohida daraxtlar joylashgan erlar belgilab chiqiladi.
Shundan so‘ng bevosita daraxt va butalarni himoyalash va saqlab qolish ishlarini
amalga oshirishga kirishiladi.
O‘sib turgan daraxtlar yonida (1,5-2,0 m yaqinida) er osti kommunikastiya
ishlari yoki yo‘laklar barpo etiladigan bo‘lsa, o‘simliklarning er osti qismini
himoyalash zarurati tug’iladi. Er qazish ishlarida o‘simliklar ildizlari tizimi
zararlanadigan bo‘lsa, unda ularning saqlanib qolishi izdan chiqadi. Bunday
zararni kamaytirish uchun, daraxtning ildizi shikastlangan tomonidagi shox-
shabbasi maxsus ish qurollari yordamida kesib tashlanadi. Shoxlar va novdalarning
kesilgan joyiga yog’li bo‘yoq suriladi.
Daraxt ekish uchun loyihalashtirilgan joy qiyalikda bo‘lsa, unda uning
atrofidagi aylana bo‘ylab (aylana radiusi taxminan daraxt shox-shabbasi radiusiga
teng holda) toshdan tirgovuch devori yasalib, chim tuproq bilan mahkamlanadi.
151
Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlarida tuproqni tayyorlash. Tuproq – manzarali
o‘simliklar hayoti faoliyatining asosiy muhiti hisoblanadi. Daraxtlar, butalar, gazon
o‘tlari va o‘tsimon gulli o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi tuproq unumdorligiga
bog’liq. O‘simliklar va ekinzorlarning yashil holatda o‘sishi hududning badiiy
qiyofasini hamda muhitning sog’lomlashtiruvchi, sanitar-gigienik ahamiyatini
belgilaydi. Ko‘klamzorlashtirishga mo‘ljallangan hududning joylashishiga qarab,
bu erning tuproqlari, turi va mexanik tarkibi, unumdorligi, sho‘rlanish darajasi va
begona o‘tlar bilan zararlanganligi bo‘yicha farqlanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘pincha, shaharlarda va aholi turar
joylarida
tuproqning
tabiiy
holati
saqlanmaydi.
Ko‘p
hollarda
ko‘kalamzorlashtirish hududlaridagi tuproq asosan chetdan olib kelinadi. Vertikal
loyihalashni amalga oshirishda bunday ko‘chma tuproq aralashmalari hududning
ko‘p qismini egallaydi. Shuni inobatga olib, loyihalash va ko‘kalamzorlashtirish
ishlarini boshlashdan oldin, tuproqni o‘rganish zarur. Tuproqning yaroqli
darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlash lozim:
oldindan yaxshilash ishlarini olib bormasdan ko‘kalamzorlashtirish
mumkin bo‘lgan tuproqlar;
ko‘kalamzorlashtirish uchun yaroqli qilish
maqsadida melorativ
tadbirlarni o‘tkazishga muhtoj tuproqlar;
ko‘kalamzorlashtirish
uchun
yaroqsiz
erlar,
ya’ni daraxtsimon
o‘simliklarning o‘sishi uchun sun’iy sharoitlar yaratiladigan tuproqlar.
Agarda ko‘kalamzorlashtiriladigan hududlardagi tuproqlar loyqa strukturali,
kam unumdor, yaxshi drenajlanmaydigan bo‘lsa, avvalo bunday tuproqqa qum
bilan mineral o‘g’itlar aralashmasi solinadi.
Kam unumdor, qumloq erlarda esa avvalo loyqa aralashmali kampost
solinadi, undan so‘ng mineral o‘g’itlar ishlatiladi. Botqoqli tuproqlar hududida bir
yo‘la quritish ishlari o‘tkazilib, keyin butun maydon chuqur haydab chiqiladi, ohak
solinadi, organik va mineral o‘g’itlar beriladi. Og’ir strukturali sho‘rlangan
tuproqlar gipslanadi. Gips tarkibida kalstiy bo‘lib, u tuproqdagi natriyni siqib
152
chiqaradi. Gipslashda tuproq chuqur haydaladi (60 sm gacha), keyin gips solinib,
undan so‘ng organik va mineral o‘g’itlar qo‘llaniladi.
Tabiiy tuproqlarni tayyorlashda barcha maydon haydalib, mineral o‘g’itlar
solinadi (faqat ekinzor bo‘ladigan joyga emas, balki butun maydonga ishlov
beriladi). Shuni nazarda tutish kerakki, daraxtlarning ildizlari o‘sib, tarmoqlanadi
va ekilgan joyidan uzoqroqqa tarqalib ketadi. O‘g’itlarni qo‘llash me’yorlari
turlicha bo‘lib, ular tuproq turiga va muayyan sharoitlarga qarab o‘zgaradi.
Tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minalanish darajasini maydondagi
o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash mumkin. Tuproqda azot
moddasi etishmasa, daraxt va butalar barglari kam rivojlangan bo‘lib, ranglari och
– yashil va sarg’imtir tusda bo‘ladi. Fosfor etishmasligida barglar kulrang qiyofada
bo‘lib, ularning pastki qismi ko‘kimtir – binafsharang bo‘lib qoladi. Kaliy
tanqisligida – barglarda sarg’imtir – jigarrang dog’lar paydo bo‘ladi va ular tez
to‘kilib ketadi, kalstiy miqdori kamligida – barglar nuqtasimon sarg’ayadi va
jigarrang dog’lar paydo bo‘ladi, temir moddasi etishmasligida – barglar sarg’ayadi,
magniy tanqisligida –barglar yashimtir – sariq rangga kiradi, marmarsimon tusli
bo‘lib qoladi.
Mineral o‘g’itlarni kerakli miqdorda ishlatish uchun, qo‘llash me’yori
tegishli o‘g’it tarkibidagi oziq moddasiga ko‘paytiriladi. Mineral o‘g’itlar
tarkibidagi ta’sir etuvchi moddaning foizidagi miqdori, hamda o‘g’itni qo‘llash
me’yorini aniq bilib, har bir muayyan holatda qancha mineral o‘g’it ishlatilishi
kerakligini hisoblab chiqish mumkin. Masalan, 20% ammoniy sulfat o‘g’it bor
tuproqqa 80 kg azot solinishi kerak. Ammoniy sulfat va fosforli o‘g’itlarni
(superfosfat, fosfor uni va boshqalar) kuzgi shudgorlash paytida solish lozim,
selitra va kaliyli o‘g’itlar bahorda boronalash oldidan solinadi. Sekin ta’sir etuvchi
o‘g’itlarni fosfor uni, sulfofosfat, kaliyli o‘g’itlarni ko‘proq me’yorlarda ishlatiladi.
O‘g’itlarni qo‘llash ikki bosqichda amalga oshiriladi: oldin tuproqni tayyorlash
vaqtida, uning mexanik tarkibini yaxshilash, sho‘rlanishini kamaytirish bo‘yicha
tadbirlarni o‘tkazish mahalida organik o‘g’itlarning asosiy qismi, shuningdek sekin
ta’sir etuvchi fosforli va kaliyli mineral o‘g’itlar sepiladi. Shudan so‘ng tuproq
153
haydaladi, boronalanadi va maydon bir qancha muddatga dam oldiriladi. Ko‘p
hollarda er maydoni ekish oldidan haydaladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari oldidan
tuproqqa o‘g’itlar ko‘rsatilgan (ya’ni, daraxt va butalar, gullar va gazonlar
ekiladigan joylar) erga solinadi. Buni ekish oldidan tuproqni o‘g’itlash tadbiri
deyiladi.
Tuproqni oldindan tayyorlash ishlarida organik o‘g’itlar o‘rta unumdor,
qumloq va qumoq tuproqlarda gektariga 40-50 tonna, engil qumoq, kam unumdor
tuproqlarda esa gektoriga 60-80 tonna miqdorida solish tavsiya etiladi. Toshli
tuproqlar ham ozuqa moddalar bilan ta’minlanmagan, hamda, o‘simliklar ildizlari
tizimining
rivojlanishi
va
tuproqqa
yoyilib
o‘sishini,
shuningdek,
ko‘kalamzorlashtiriladigan erga ishlov berishni qiyinlashtiradi. Bunday sharoitda
o‘simliklar o‘sib-rivojlanishi uchun er maydonidagi tuproq qisman almashtiriladi.
Kuchuvchi qumliklar sharoitida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin
qumni mahkamlash tadbirlari o‘tkazilishi kerak (o‘tlar ekish: saksovul, cherkez,
qandim va b.). Qumlar mustahkamlangandan keyin uzun bargli tol va kaspiy toli,
turang’il ekib bo‘lgandan keyin shu joyga mos yirikroq daraxtlar ekishga
kirishiladi.
Tuproqlarni yaxshilash yoki madaniylashtirish jarayonida deyarli barcha
holatlarda organik o‘g’itlarga ehtiyoj tug’iladi. Bularning biri kompost bo‘lib,
hisoblanadi. Kompost quyidagicha olinadi: Baland joyda quruq ochiq maydon
tanlanib, loy bilan qoplanadi. Uning ustidan barglar, o‘simliklar poyalari, chim,
somonni 15-20 sm qalinlikda taxlanadi. Kompost yaratuvchi materiallar orasiga
10-15 sm oralab chim tuproq yoki tuproq solib chiqiladi. Ustki va chetki
tomonlaridan 15-20 sm tuproq yopiladi. Kompost tayyorlash shtabellarda
balandligi 1-1,5 m bo‘ladi. Shtabel uzunligi xo‘jalik imkoniyatlari, er maydonining
hajmi, shuningdek, kompost qilinadigan materiallar miqdoriga bog’liq. Misol
uchun shtabel uzunligi 10 metr bo‘lib, ko‘ndalang kesimi yuzasi 4,5 m
2
bo‘lganida,
45 m
3
kompost (50 tonnaga yaqin) olish mumkin. Kompost tayyorlash jarayoni 1
yilgacha davom etadi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun shtabel ustidan suv yoki
go‘ng “sharbati” qo‘yish tavsiya etiladi. Kompost qilinadigan materiallarga fosfor
154
uni va maydalangan ohak (umumiy massaga nisbatan 2-3 %) qo‘shish yaxshi natija
beradi. Havo yaxshi o‘tishini ta’minlash hamda nordonlashishning oldini olish
maqsadida har 3-4 oyda kompost to‘plamlari ag’darib chiqiladi. Tarkibidagi tashkil
etuvchi qismlarini ajratish mumkin bo‘lgan davrda kompost tayyor bo‘lgan
hisoblanadi.
Tuproqni tayyorlash bilan bog’liq tadbirlar nihoyasiga etganidan so‘ng,
daraxt va butalarni ekish joylari tayyorlanadi hamda ekish materiali hozirlab
qo‘yiladi.
Daraxt va butalarni ekish. Daraxt va butalarni ekish-asosiy ishlab chiqarish
jarayoni bo‘lib, uning qanchalik to‘g’ri va bekamu-ko‘st bajarilishi
ko‘kalamzorlashtirish muvaffaqiyatini belgilaydi. Daraxtlar va butalarni qisqa
muddatlarda ekishda mashina va mexanizmlardan foydalanish ko‘zga ko‘rinarli
manzarani vujudga keltirish va shahar qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirishga
yordam beradi.
Ekish
materialining
asosiy
turlari
va
manbalari.
Shaharni
ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladigan ekish materialining asosiy manbasi
quyidagilar hisoblanadi:
– manzarali o‘simliklar ko‘chatxonalari, botanika bog’lari.
Ikkilamchi manbalari:
– shahar atrofidagi o‘rmon o‘simliklari, istirohat va boshqa turdagi
ekinzorlar bo‘lib, bu joylardan ekish materiali bir xil daraxtlar ekilgan joylardan
va massivlardan ularni siyraklashtirish yo‘li bilan olinadi;
- qurilish ishlarini o‘tkazishga mo‘ljalangan hududlardagi mavjud tabiiy va
sun’iy ekinzorlar;
-
har xil turdagi ko‘chatxonalar.
Manzarali o‘simliklarni etishtiradigan ko‘chatxonalar quyidagi ekish
materiallarini tayyorlaydi:
- 3-5 yoshli butalarning standart ko‘chatlari (guruhli ekinlar va yashil
devorlar uchun); 6-10 yoshli ko‘chatlar (alohida yoki belgilangan joylarga
guruhlab ekish uchun); 14 yoshgacha bo‘lgan daraxtlar alohida, ommaviy va
155
guruhli ekinzorlar uchun; 5-11 yoshgacha bo‘lgan ko‘chatlar (3-5 yoshli-tez
o‘sadigan ekinlar, 6-11 yoshli – sekin o‘sadigan ekinlar);
- barg tashlaydigan daraxt turlarining nihollari ko‘chatxonalardan ildizi
ochiq holda olinadi va maydonga bahorgi va kuzgi mavsumda ekiladi. Qayin
daraxt turlari, eman va ninabarglilar – ildiz atrofidagi tuprog’i bilan birga
(o‘ralgan holda) olinadi, bu daraxtlar turlaridan o‘rmon parklari, bog’lar va
istirohat bog’larida ommaviy ekinzorlar barpo etish uchun va cheklangan tartibda
– xiyobonlarda ekish uchun foydalaniladi;
- 12-16 yoshli daraxtlar (12-14 yoshdagi – tez o‘suvchi ekinlar, 15-16
yoshdagi – sekin o‘suvchi ekinlar). Bu ko‘chatlar maxsus agrotexnik talablarga
rioya qilingan holda ildizini tuprog’i bilan birga o‘rab, ko‘chatxonalardan olinadi,
hiyobonlarda qatorlab va alohida ekish uchun qo‘llaniladi;
- 25 yoshgacha bo‘lgan, uzoq muddat o‘stiriladigan yirik daraxtlar.
Faqatgina ildiz atrofi turpog’i bilan birga, maxsus agrotexnik talablarga binoan
ko‘chirib ekiladi, ko‘chirib ekish ishlarini yil davomida amalga oshirish mumkin.
Tez samara olish uchun, ko‘chalarni, istirohat bog’lari, xiyobonlarni
ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi;
- har xil turdagi va shakldagi noyob daraxt va butalar, manzarabopligi
bo‘yicha yuqori qimmatga ega ekzotik o‘simliklar faqatgina ildiz atrofi tuprog’i
bilan birga hamda agrotexnik talabalarga yuksak darajada rioya qilingan holda
ko‘chirib ekiladi. Maxsus muhim ob’ektlarni ko‘kalamzorlashtirishda alohida va
guruhli ekinlar qo‘llaniladi.
Mahalliy ko‘chatxonalar sharoitida o‘stirilgan ekish materiallari tabiiy
sharoitlarga chidamli bo‘ladi. Joylarda ko‘chatxonalar bo‘lmagan taqdirda,
urug’ko‘chatlar va ekish materiallari boshqa joylardan olib kelinadi. Bunda
ko‘chatlar kelib chiqishini inobatga olish zarur. Ekish materialini o‘ta janubiy va
o‘ta namligi yuqori bo‘lgan hududlardan olib kelish maqsadga muvofiq emas,
chunki bunda ular qishga chidamsiz va havoning nisbiy namligi past, quruq
havoga tez moslasha olmaydi.
156
Urug’ko‘chatlar
deb
urug’dan
o‘stiriladigan
va
bevosita
ko‘kalamzorlashtirish maydoniga yoki ko‘chat tayyorlash uchun ko‘chirib
o‘tkaziladigan o‘simliklarga aytiladi. Ko‘chirib o‘tkaziladigan va yana
parvarishlab o‘stiriladigan material ko‘chatlar deb ataladi.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida foydalaniladigan ko‘chatlar obodonlashtirish
boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan daraxt – buta o‘simliklarining ekish
materialiga qo‘yiladigan texnik talablarga javob berishi kerak.
Ko‘chatlarni tashish va ishlarni olib borish muddatlari. Daraxt va butalarni
ko‘chatxonalardan
ko‘kalamzorlashtirish
hududlariga
ko‘chirib
o‘tkazish
nihoyatda murakkab jarayon va o‘simliklar uchun noxush va qiyin kechadi.
Ularni qazib olish, tashish va doimiy joyiga ko‘chirib ekish keyingi yillar
davomida ularning o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Daraxt va
butalarni qazib olishda ularning ildiz tizimiga shikast etadi, bunda eng faol
bo‘lgan mayda ildizchalar nobud bo‘ladi. Shu sababdan, o‘simliklarni qazib
olishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondoshish, ularni tashishda esa qurib
qolishidan, ildizlarining zararlanishidan hamda er ustki qismini shikastlanishidan
asrash zarur. O‘simliklarni ildiz qismini ochiq holda tashish ta’qiqlanadi.
Ko‘chatlarni ko‘chatxonalardan ko‘kalamzorlashtirish joyiga tashishda
quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:
- ko‘chatlarni yuklash oldidan mashina kuzovi tubiga brezent, yumshoq
materiallar (somon, qipiq va b.) to‘shaladi; daraxt va butalarni alohida yoki
guruhlab yuklanadi; daraxt tanasining mashina chetlariga qadalib turgan joyiga
yumshoq matolar, somon to‘shamasi va boshqalar qo‘yiladi; o‘simliklar
yuklanganidan keyin, ularning ildizlari brezent bilan o‘raladi; ko‘chat ustidan
o‘tish yoki uning tepasidan yuk solinishi qat’iy man qilinadi.
Ekish joyiga olib kelingan daraxtlar, agar ular shu kunning o‘zida ekiladigan
bo‘lsa, soya joyga olinib, brezent bilan yopib qo‘yiladi. Ekish kechiktiriladigan
bo‘lsa, o‘simliklar ariqqa ko‘mib qo‘yiladi. Ariqning bir tomoni 45 gradus
nishablikda qiyalatib qaziladi. O‘simliklarni ariqqa joylab, yumshoq tuproq bilan
157
ildiz bo‘yinidan yuqoriroqqa yopib qo‘yiladi. Ustidan tuproq bostiriladi, agar er
quruq bo‘lsa, unga suv quyiladi.
O‘zbekistonda olib borilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, shahar sharoitlarida 6-10 yoshli yirik hajmli manzarabop
daraxtlarning ko‘chatlari kamroq shikastlanadi, tez o‘sib moslashadi va yaxshi
ko‘karadi. Bizning sharoitda daraxt va butalarning kuz va bahorda, qish yumshoq
kelganida esa oktyabr oyidan aprel oyigacha ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Ninabargli daraxt ekinlari, ildiz tuprog’i bilan birga ekilganida, erta kuzda
(sentyabr oxiri - noyabr) yoki erta bahorda (fevral–mart) ildizlarning kuzgi va
bahorgi o‘sish davrida ko‘chirilsa, yaxshi o‘sib rivojlanadi. Yaproq bargli daraxt
va butalarning erta bahor mavsumida (fevral – mart) ekish kuzgi muddatda
ko‘chirib ekishga nisbatan yaxshi natija beradi. Kuzda ekilgan daraxtlar ildiz
otmagan ko‘chatlari ko‘p hollarda iliq kelgan qishlarda bahorgi o‘suv davriga
qadar qurib qolishi kuzatiladi. Lekin, O‘zbekistonda bahor erta boshlanib, jadal
kechadi. O‘simliklar tez o‘sib, kurtaklar ochilib barglar o‘sadi, bu esa o‘simliklar
tutib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bahorgi ekishda eng asosiysi vaqtni
o‘tkazib yubormaslik.
Bahorgi – yozgi mavsumda ko‘chatlarni faqatgina zarur bo‘lgan mahalda va
albatta tuprog’i bilan ekishga ruxsat etiladi. Bunda shoh-shabbalarning 70 %
kesilishi va barglarni 50 % olib tashlash kerak bo‘ladi.
Muntazam sug’orish va shoh-shabbalariga suv purkash (ertalab yoki quyosh
botishi bilan) o‘simliklarning yaxshi tutib ketishini ta’minlaydi. Ekish muddatini
ta’minlash o‘simliklarni sun’iy ravishda o‘sishini to‘xtatib turish yo‘li bilan ham
amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun kuzda qazib olingan o‘simliklarni
ko‘milgan holda erto‘lalarda yoki sovutgichli kameralarda +5 ºS dan oshmagan
haroratda saqlanadi. O‘zbekiston sharoitida kuzgi ekish davrini cho‘zish mumkin,
agar qishki oylarning ob-havo sharoitlari bunga imkon bersa.
Daraxt va butalarni ekish. Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlaridagi yangi
ko‘chirib ekilayotgan daraxt – buta ekinlarining yuqori darajada tutib ketishi
agrotexnik talablarga qanchalik amal qilinishiga hamda ekinlarni qazib olish bilan
158
ekish vaqti oralig’ini qisqartirishga bog’liq. Daraxt va butalarni ekish usullari,
bunda kerakli uskunalar va asboblarni tanlashda ekish materialining hajmi
(yoshi), o‘simlik turi va ekish maqsadlari inobatga olinadi.
Loyihada ko‘rsatilagan daraxt va butalarni ekish joylari qoziqchalar bilan
belgilab chiqiladi, bunda ekiladigan burchaklariga qoziq qoqiladi. Yakka
daraxtlar ekiladigan joylar esa – ekiladigan chuqur diametrini belgilash uchun
uning markaziga qoqilgan qoziqqa ip bog’lanib, shu ip yordamida qoziq atrofiga
aylana chiziladi.
Tuproqsiz ildizli ko‘chatlarni ekish uchun o‘ralar aylana yoki kvadrat
shaklida qaziladi. Qazib bo‘linganidan keyin, uning tubini 0-12 sm chuqurlikda
yumshatib chiqish lozim. Yangi qazilgan o‘ralarga ko‘chat ekish mumkin,
yaxshisi, o‘ralarni 5-7 kun oldin qazib olib, keyin ekish tavsiya etiladi. Bu o‘tgan
vaqt davomida tuproqning pastki qatlamlari kislorod bilan to‘yinadi. Ekish
o‘ralarining hajmi, chuqurlarning kattaligi daraxt va butalarning o‘lchamlariga
bog’liq. 50-100 sm diametrdagi stilindirsimon chuqurlarni qazish uchun maxsus
moslamadan foydalaniladi. Ekskavator yordamida to‘g’ri burchakli o‘ralar
qaziladi, o‘ra devorlari egilgan bo‘lib, eni 0,7 m bo‘ladi. O‘ra markaziga 15-20
sm chuqurlikda maxsus qoziq qoqiladi, u ekilgan ko‘chatni mahkam ushlab turish
uchun o‘rnatiladi. Bu qoziq balandligi 2 m, yuqori qismining diametri 3 sm.
Ekish oldidan, o‘raning to‘rtdan bir qismiga unumdor tuproq tashlanadi, va unga
oyoq bilan ozgina bostiriladi. Tuproqda katta bo‘laklar bo‘lmasligi kerak.
Quyoshli kunlarda o‘simliklarni ko‘chirishda, ularning ildizlarini 15
daqiqadan ortiq ochiq holda qoldirmaslik kerak. Ko‘chatlarni o‘raga joylash
oldidan ko‘zdan kechiriladi, zararlangan shohlari va ildizlari kesib tashlanadi.
Ildizni oldindan tayyorlab qo‘yilgan tuproq, torf va loyning suv eritmasiga botirib
olinadi. Bunday qorishmaga ildizlarni botirib olinsa, ildiz tizimi yaxshi
rivojlanadi, hamda ildizlar va tuproqning bir-biriga tez moslashuvini ta’minlaydi.
Geteroauksin moddasining 0,001 % eritmasini qo‘shish yoki ildizlarni suvda bir
sutka davomida ivitish yangi ildizlarning o‘sishini jadallashtiradi va o‘simliklar
tutib ketishini tezlashtiradi.
159
Ko‘chatni chuqurga joylashda, er sathidan 2-3 sm baland qilib ildiz bo‘yni
tuproq bilan to‘ldiriladi. Ko‘chat ildizlarini chuqurga oldin solingan yumshoq
tuproq ustiga qo‘yib, ildizchalari sinchiklab to‘g’rilab chiqiladi, bunda qayirilib
yoki buralib qolgan ildizlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. So‘ngra, asta-sekinlik
bilan, ildizni atrofiga tuproq tashlanadi, o‘raning markaziy qismidan yoniga,
diametr bo‘ylab, tuproq mahkamlanib boriladi. Tuproq bilan ildizlar yaxshi
jipslashishi uchun ko‘chat silkitib qo‘yiladi. Shundan so‘ng, tuproqni chuqur
yuzasigacha solinadi va oyoqlar bilan (chuqur chetidan markaz tomonga)
zichlanadi. Ko‘chatni ip bilan qoziqqa bog’lab qo‘yiladi. Ko‘chat atrofida
sug’orish uchun o‘yiqcha qoldiriladi va yaxshilab sug’oriladi. Bunday tezkor
sug’orish o‘simlikni suv bilan ta’minlash, ayniqsa nam tuproq joylashib, ildizlar
bilan jipislashib ketishi uchun zarurdir.
Yashil devorlarni barpo etish uchun xandaqlar ariq qazuvchi uskunalar va
maxsus ekskavatorlar yordamida tayyorlanadi. Xandaqlarni qazishdan olingan
unumdor tuproq alohida to‘planib, ko‘chatlarni ekish vaqtida ildizlarni ko‘mishda
ishlatiladi.
1 ga maydonga ko‘chatlarni ekish o‘rtacha me’yori: daraxtlar – 200-400
dona; butalar –1500-2000 dona; yashil devorlar 1 km joyga –10000 donani tashkil
etadi. Shuni nazarda tutish kerak-ki, daraxtlar, hatto tez o‘sadiganlari ham,
manzarabop xususiyatlarini ekilganidan keyin kamida 5-6 yilda, sekin o‘suvchilari
esa faqat 10-12 yildan so‘ng namoyon etadi. Gullaydigan manzarali butalar
manzaraboplik xususiyatiga ekilganidan so‘ng ikkinchi va hatto, birinchi yilda ham
erishishi mumkin.
Avtomobil yo‘llarida manzarali daraxtlarni ekish va parvarishlash.
Ko‘kalamzorlashtirish sohasida ko‘p yillar mobaynida olib borilgan
tadqiqotlar asosida manzarali daraxtzorlarda ko‘chatlarni turlicha ekish sxemasi
tavsiya
etiladi.
Shaharlarda
va
avtomobil
yo‘llari
chekkalarini
ko‘kalamzorlashtirish uchun yirik shtambli ko‘chatlardan foydalaniladi. Asosan 4
metr balandlikda va diametri 5-10 sm bo‘lib, ildiz tuprog’i tana diametrini 10
barobariga teng chuqurlikda olinadi. Ildiz tuprog’i bilan ko‘chatlarni tashishda turli
160
konteynerlar mavjud. Yirik ko‘chatlarni ekishda chuqurini avvaldan tayyorlab
qo‘yiladi.
Manzarali daraxtlar ko‘chatlari barglar to‘kilgandan so‘ng kech kuzda yoki
bahorda vegetastiya boshlanmasdan ekiladi. Bahorda ishlarni tezlatish uchun
ekiladigan joylarni tayyorlash va chuqurchalarni qazish ishlari kuzda bajariladi.
Ekish uchun chuqurchalarni qo‘lda yoki mashina yordamida qaziladi.
Chuqurchalarning kattaligi shunday bo‘lishi kerakki, unda ildiz tarmoqlari bemalol
joylashishi lozim (50×50×50 sm dan 70×70×70 sm gacha). Ko‘chatlar ikki-uch
yoshli va standart bo‘lishi kerak. Ular yaxshi rivojlangan, mexanik zararlanmagan
bo‘lishi zarur. Ekishdan oldin zararlangan ildizlar kesib tashlanadi, so‘ng ildiz
qismini loy va go‘ng aralashmasidan iborat bo‘lgan quyuq massaga botirib olinadi.
Ekishdan 6-8 kun ilgari chuqurchalarga 10 kg chirigan go‘ng yoki 300 g,
superfosfat, 60 g kaliyli tuz va 60 g ammoniy sulfati solinadi. Ushbu miqdorni
yarmisi chuqurchani tubiga, ikkinchi yarmisi yuqoridagi chirindili tuproq bilan
aralashtiriladi va u bilan chuqurga solinadi. Ekilgandan so‘ng atrofiga aylana
shaklda ariqchalar olinadi (1,0-1,2 m diametrli) va yaxshilab sug’oriladi. Ildiz
bo‘g’izi ochilib qolsa uni tuproq bilan berkitib qo‘yiladi. Qurib qolgan ko‘chatlarni
o‘rniga kuzda yoki keyingi yilgi bahorda yangilari ekib qo‘yiladi. Yashil
daraxtzorlarning tutunga va gazga chidamliligini oshirish usullaridan biri ularga
parvarishlash davrida mineral o‘g’itlarni berishdir. Sug’oriladigan erlarda
ko‘chatlarini ostiga 90-120 kg dan azot va fosfor (270-360 kg ammiakli selitra
yoki 45-60 kg ammoniy sulfati va 450-660 kg oddiy donador superfosfat) beriladi.
Sug’oriladigan erlarda 150 kg/ga azot (450 kg ammiakli selitra yoki 750 kg
ammoniy sulfati) va 120 kg/ga fosfor solinadi (600 kg/ga superfosfat).
Sug’orilmaydigan joylarda 60-90 kg/ga azot (180-270 kg ammiakli selitra yoki
300-450 kg/ga ammoniy sulfati), 60 kg/ga fosfor (335 kg/ga oddiy superfosfat) va
30 kg/ga kaliy (75 kg/ga kaliy tuzi) beriladi. Sug’oriladigan erlarda mineral
o‘g’itlarni berishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Ularni o‘g’itlash
daraxtzorlarni sug’orish bilan bog’liqdir. Shuning uchun azotli va fosforli
o‘g’itlarni uch marta beriladi – aprel, may va iyunda. Aprelda 50 % azot va fosfor,
161
qolganlari esa may va iyunda – ikkinchi sug’orishdan oldin beriladi. Kaliy tuzlarni
50 % yozgi oziqlantirish shaklida solinadi. Uch yil ketma-ket o‘g’itlar beriladi.
Ularning ta’siri keyingi 3-4 yilda ham namoyon bo‘ladi.
Daraxtzorlardagi yosh ekinlar maydonida o‘g’it solish maqsadga muvofiq
emas, chunki yosh nihollar ildiz tarmog’i tarqalgan maydondagi oziq moddalardan
foydalanadilar. Shu boisdan chegaralangan maydonga ya’ni ko‘chatlar atrofida 1–
1,5 m diametrda o‘g’it berish lozim. O‘g’itlarni yuqori agrotexnik fonda ayniqsa
vaqtida sug’orilganda, tuproq yumshatilganda va begona o‘tlarga qarshi kurash
olib borilganda berish maqsadga muvofiqdir.
Manzarali daraxt ko‘chatlarini yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun
vegetastiya davomida tuproqqa ishlov berish, sug’orish, o‘g’itlash, daraxtlarning
shox-shabbasiga shakl berish, begona o‘simliklarni olib tashlash, zararkunanda va
kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarini o‘z vaqtida olib borish lozim bo‘ladi. Yashil
daraxtzorlarda tuproq yumshoq va toza holda saqlanishi kerak, begona o‘tlar
bo‘lmasligi zarur. Buning uchun qatorlar ichi va qatorlar oralig’i tuprog’i
yumshatiladi, yillik yong’ingarchilik miqdori 800-850 mm dan kam bo‘lgan
tumanlarda ko‘chatlar sug’orib turilishi lozimdir. Birinchi yillari 6-8 marta 600-
700 m
3
/ga miqdorda suv beriladi, keyingi yillari 4-5 marta 900-1000 m
3
/ga
miqdorda sug’oriladi. Novdalar to‘liq yog’ochlanishi uchun sug’orishni avgustning
ikkinchi yarmida to‘xtatiladi.
Yo‘l chekkasiga ekilgan daraxtlarni tejamkor, tomchilatib sug’orish usulida
sug’orish mumkin. Bunda sug’orish suvi alohida moslamalar – tomizgichlar
yordamida parvarishlanayotgan o‘simlik ildizlari joylashgan qismga beriladi. Shu
bilan birga, suvni berish vaqtida erigan mineral o‘g’itlar ham berilsa,
parvarishlanayotgan o‘simlik rivojlanishi yuqori bo‘ladi. Sug’orilmaydigan
joylarda parvarish ishlari tuproqda namlikni saqlashga qaratilishi lozim. Bahorda
tuproq (qatorlar orasi va qatorlar ichi) haydaladi, azotli o‘g’itlar qo‘shiladi, so‘ng
1-2 marta kultivastiyalanadi, namlikni yig’ish uchun tuproq kuzda haydaladi va
fosfor – kaliy o‘g’itlar beriladi.
162
Shox-shabbasini 5-6 yil davomida shakllantiriladi, sanitariya maqsadida
kesishlar o‘tkaziladi. Shtamb balandligi 70-80 sm, kuchli o‘suvchi navlarda esa
110-120 sm bo‘ladi. Kuchsiz novdalar olib tashlanadi. Faqat yaxshi rivojlanganlari
qoldiriladi, ular tananing hamma tomonlarida joylashishi kerak va o‘sganida bir-
biriga halaqit bermasligi lozim. Ushbu novdalarda yarim skeletli va o‘suvchi
novdalar shakllantiriladi. Daraxtlarning yoshi oshib borishi bilan, qarishi
boshlanadi. Bu davrda va novdalarini sovuq o‘rsa yoki qurib qolsa, unda ular
ko‘proq kalta qilib kesiladi, so‘ng shox-shabbasini to‘g’rilashadi va keyinchalik
odatdagi kesish ishlarini bajaradilar. Shox-shabba parvarishlanganda birinchi
navbatda quriyotgan, shox-shabbasi ichiga qarab o‘sayotganlari, hamda bir-biriga
tegib turganlari, kuchsiz novdalar kesib tashlanadi. Ildiz bo‘g’izidan o‘sib chiqqan
novdalar kesib tashlanadi. Novdalarni bahorda, shirasi harakatga kelmasdan
kesilgani yaxshiroqdir, chunki biroz kechiktirilsa kesilgan joyidan sharbatlarini
oqib turishi kuzatiladi.
Agar yo‘g’on novdalar kesiladigan bo‘lsa, u holda kesilgan joyga bog’
surtmasi yoki yog’li buyoq surtiladi, aks holda kesilgan joyda zararkunandalar va
kasallik paydo bo‘lib shoxni chirishiga olib keladi.
Shox-shabbasiga shakl berish va zichlantirib ekilgan turlarni ortiqcha
shoxlarini kesishda bog’dorchilikda qabul qilingan tavsiyalarga rioya qilinadi.
Daraxtni shtambini va skeletli shoxlarini quyosh nuridan saqlash uchun kuzda
ularga so‘ndirilgan ohak, loy va go‘ng aralashmasi surtiladi.
Ko‘chatlarni parvarishlash, o‘simliklarni kasallik va zararkunadalariga
qarshi kurash. Qumdan himoya qilish uchun o‘tqazilgan yosh ko‘chatlarni shox-
shabbalarining yig’inchoqligi 90 % gacha erishguncha parvarish qilinadi. Ko‘chat
o‘stirish og’ir bo‘lgan sharoitlarda ihota o‘rmonlari mintaqasidagi tuproqni
parvarishlash ishlari zarur bo‘lgan hollarda mintaqadagi daraxt va butalarning
butun umri davomida bajarilishi lozim.
Manzarali o‘simliklarni parvarishlash – tuproqni muntazam ravishda
yumshatish va begona o‘tlarni olib tashlash, ko‘chatlarni yilning quruq davrlarida
163
sug’orish, o‘simliklarni o‘g’itlash va oziqlantirish, zararkunandalar va kasalliklarga
qarshi kurashish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Manzarali o‘simliklarni parvarishlash ishlarining texnologiyasi mazkur
hududdagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qabul qilingan
me’yorlarga va qoidalarga muvofiq tarzda bo‘lishi lozim.
Daraxt va butalarni parvarishlash. O‘simliklar yaxshi o‘sib-rivojlanishi va
yuqori manzarabop xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun ularni kundalik, uzoq
muddat yaxshi parvarishlash kerak bo‘ladi. Daraxt va butalarni parvarishlash –
o‘simliklar ekilganidan keyin tutib ketishi hamda biologik jihatdan chidamli va
estetik jihatdan manzarabop ekinzorlarni yaratishiga qaratilgan tadbirlar tizimidan
iboratdir.
Ekinlarning o‘sishi, ekinzorlar holati, hayotiy davomiyligi va manzaraboplik
xususiyatlariga noqulay sharoitlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobillardan chiqqan
zararli gazlar va chang, sanoat ishlab chiqarishidan ajralib chiqqan zaharli
chiqindilar, yorug’likning etishmasligi, ayniqsa binolar bilan to‘silganida,
insolyastiya va issiqning oshishi, havo nisbiy namligining pastligi, ko‘chalar va
maydonchalardagi tuproqning zichlanib qolishi – bularning hammasi ildiz o‘sishini
cheklaydi,
o‘sish jarayonlarini susaytiradi, o‘simliklar manzarabopligini
kamaytiradi, hayotiy davomiyligini qisqartiradi.
Daraxt va butalarni parvarishlashda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish
jarayonida bir qancha talablarga rioya etish zarur. Bunda, bir – tomondan,
o‘simliklarning kelib chiqishi, ularning bioekologik xususiyatlarini, fiziologik
holatini inobatga olish zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan – atrof muhitning noqulay
sharoitlarini ham hisobga olish kerak. Daraxt va butalarni parvarishlash ishlari ular
ekilganidan so‘ng, ko‘kalamzorlashtirish ob’ektidan foydalanish jarayonida, ya’ni,
o‘simliklar hayotining butun davri davomida olib boriladi.
Daraxt va butalarni ekilganidan so‘ng parvarishlash. Daraxt va butalarni
ekilganidan so‘ng parvarish qilish o‘simliklarning yaxshi tutib olishi va o‘sib–
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Ekilganidan keyin bir necha yil o‘simliklar
uchun “jonlanish” davri bo‘lib hisoblanadi.
164
O‘simliklarning tutib olishi va to‘liq o‘zini tiklab olish vaqti ularning
biologik xususiyatlariga, xolati va ko‘chatlar yoshiga bog’liq. Eng tez (2-3 yilda)
butalar o‘zini tutib o‘sib ketadi. 6-11 yoshli daraxt–ko‘chatlarining to‘liq tutib
ketish davri 3-4 yilga cho‘ziladi. Yirik daraxt va butalar uchun bu vaqt 5-6
yilgacha kuzatiladi.
Ekilgandan so‘nggi parvarish ishlarini olib borishda tuproq–iqlim
sharoitlarini hisobga olgan holda, muntazam parvarish ishlarini butun mavsum
davomida o‘tkazishga e’tibor qaratiladi. Bunda sug’orish, daraxt tanasi atrofidagi
tuproqni yumshatish va mulchalash, oziqlantirish ishlari olib boriladi. Ildizlarning
rivojlanishiga,
o‘suv
davrida
stimulyatorlarni
qo‘llash
(geteroauksin,
betaindaluksus kislota) yaxshi samara beradi. Bu stimulyatorlarni tuproqqa eritma
holatida solinadi (bitta tabletka, 100 mg ta’sir etuvchi modda, 10 litr suvga) va bir
vaqtning o‘zida sug’oriladi.
Tadqiqotlar va tajribalar asosida stimulyatorlarni qo‘llashning quyidagi
me’yorlari tavsiya etiladi: bitta o‘simlikka litr hisobida:
Standart buta–ko‘chatlar (3-5 yoshli)
10
Standart daraxt–ko‘chatlar (6-11 yoshli)
20
O‘rtacha yirik daraxt va butalar ildiz tuprog’ining hajmi bo‘yicha:
0,8x0,8x0,5 m
30
1,0x1,0x0,6 m
40
1,3x1,3x0,6 m
50
1,5x1,5x0,65 m
60
O‘stirish stimulyatorlarini bahorda, ildiz tizimi qayta tiklanish paytida
qo‘llash tavsiya etiladi. Stimulyatorlar eritmasini bevosita sug’orishdan so‘ng,
daraxt atrofidagi sug’orish egati bo‘ylab solinadi, bunda o‘simlikning ildiz tizimi
joylashgan tuproq butunligicha namlanib, to‘yinishini nazarda tutish lozim.
Ildiz atrofi tuprog’i bilan ekilgan o‘simliklar uchun stimulyatorlar eritmasini
ildizlar kesilgan joyini mo‘ljallab, tuproq aylanasi bo‘ylab solinadi. Keyingi ishlov
berish 5-6 kundan keyingina o‘tkaziladi, ayniqsa nimjon o‘simliklar stimulyatorlar
165
qo‘llanishiga muhtojdir. Tuproqni yumshatish va muntazam sug’orish, begona
o‘tlarni yo‘qotish, mineral va organik o‘g’itlarni solish, zararkunanda va
kasalliklarga qarshi kurashish, daraxt tanasini tozalash, shox-shabbasini qirqish
yo‘li bilan uning o‘sishini boshqarish – daraxt va butalarni parvarishlashdagi
asosiy tadbirlar bo‘lib hisoblanadi.
Tuproqni yumshatish va sug’orish ishlari muntazam ravishda (mavsumda
12-15 marta) olib boriladi. Sug’orish 1 metrlik tuproq qatlamining to‘la
namlanishigacha amalga oshiriladi. Sug’orish me’yori 100 m
3
/ga har 15-25 kunda.
Ekish oldidan tuproqqa organik va mineral o‘g’itlar solinmagan bo‘lsa, o‘suv
davrida oziqlantirish kerak bo‘ladi.
Ildiz tizimi hajmi katta bo‘lib, tuproqning 1,5 metrgacha chuqurlikda
joylashgan daraxt va butalarni egatlar bo‘yicha to‘yintirib sug’orish, yoki
teshikchali er osti sug’orish tizimi orqali sug’orish tavsiya etiladi.
Tuproqning namligi etarli bo‘lganida, ildiz tizimi chuqurlikka va eniga o‘sib,
rivojlanadi. Agar namlik chuqurlikka etarli borib etmasa, (yomg’irlatib yoki daraxt
atrofi sug’orilganida) ko‘pgina daraxtlar uchun xos bo‘lmagan yuza ildiz tizimi
vujudga keladi. Bunday ildizli daraxtlar shamollarga chidamsiz, uzoq
yashamaydigan va tana zararkunadalari hujumiga bardosh bera olmaydigan bo‘lib
qoladi.
Agar joylarda daraxt va butalarni filtrlovchi sug’orish sharoitlari
yaratilmagan bo‘lsa, bu holda samarali bo‘lgan gidrobur yordamida sug’orish usuli
qo‘llaniladi. Gidrobur sug’orish-yuvish mashinasining nasosi bosimi ostida
ishlaydi. Gidrobur qisqa vaqt (5-10 daqiqada) daraxtlarning ildiz tizimi joylashgan
qatlamini namlatishga imkon yaratadi. Bunday sug’orishlar samarasini mineral
o‘g’itlar eritmasini ham qo‘shish bilan oshirish mumkin.
Daraxtlar atrofini ketmonlar yordamida yumshatish ham alohida ahamiyatga
ega. Bu agrotexnik tadbir muntazam ravishda olib boriladi, natijada, begona o‘tlar
yo‘qotilib, ildiz tizimining nafas olishi yaxshilanadi. Bir mavsumda 6-7 marta 4-5
sm chuqurlikda chopiq o‘tkazib, ildizlarga shikast etkazmasdan amalga oshiriladi.
166
Yoz mavsumida yosh daraxt ko‘chatlari shox-shabbalarini va butalarning er
ustki qismini yomg’irlatish foydalidir. Ekilganidan keyingi ikkinchi yilida
yomg’irlatish ishlari mineral o‘g’itlarning eritmasini qo‘shib barglardan
oziqlantiriladi. Buning uchun 0,1 % mochevina eritmasi (1 g mochevina tuzi 1 l
suvda eritiladi), 0,2 % ammakli selitra eritmasi, 0,5-1,0 % superfosfat, 0,5 %
kaliyli xlor eritmalaridan foydalanish mumkin.
Yoz mavsumida yosh nihollar ustidan muntazam kuzatishlar olib boriladi:
daraxtlarning qoziqchalarga mahkamlanganligi tekshirilib, qiyshayib qolgani,
tortib bog’lanadi. Qoziqlar qiyshaygan bo‘lsa, to‘g’rilab chiqiladi, singanlari
o‘rniga boshqasi qoqiladi. O‘simliklar to‘liq tutib ketganidan so‘ng (ekilganidan 3
yil keyin), qoziqlar olib tashlanadi.
Kuzda daraxtlar tanasi atrofidagi tuproq yumshatiladi (5-7 sm chuqurlikda).
O‘simliklarni isitish maqsadida, bu joyga ninabarglilar qirindisi, go‘ng yoki
chirindi 3-14 sm qalinikda solinadi. Birinchi yilda ildiz tizimini isitish zarur tadbir
bo‘lib hisoblanadi.
Bahorgi iliq kunlar boshlanganida go‘ng va chirindi solinadi va tuproq bilan
birga ag’darib chiqiladi. Yosh daraxtlar va butalarni qishki qorlardan himoyalash
maqsadida dekabr oyi boshlarida ularning shox-shabbalari (ayniqsa mojjevelnik va
biota) ip bilan bog’lab chiqiladi, bahorda bog’ichlar olib tashlanadi.
O‘zbekistonda iqlimning iliq davri uzoq davom etadigan (8 oy), havo esa
kuchli changlangan sharoitda, yashil ekinzorlarni parvarish qilishning muhim
tadbirlaridan biri – shox-shabbalarni yuvib chiqishdir. Daraxt barglarida va
ayniqsa, ninabarglilarda shox-shabbaning katta qismida ko‘p miqdorda chang
to‘planadi. 2-5 yilgacha umr ko‘radigan ninabarglarda yaproq barglardagiga
nisbatan 30 baravar ko‘proq chang to‘planib qoladi. Aynan shu narsa shaharlarda
ninabarglilarning kam chidamli bo‘lishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Daraxtlar tanasini oqlash shahar ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi agrotexnik
tadbirlar majmuasiga kiradi. Bu tadbir yil bo‘yi o‘tkaziladi. Daraxtlarni oqlash,
ayniqsa yosh nihollarni, ularni yozgi kuyishdan va qishki sovuq olishdan saqlaydi,
shuningdek, zararkunandalar va zamburug’li kasaliklarga qarshi kurash
167
tadbirlarining asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Daraxtlarni oqlash ohakning 20 %
eritmasi, tez qo‘shilib, oddiy, elkaga osiladigan purkagichlar yordamida yoki
qo‘lda bo‘yoq cho‘tkasi bilan amalga oshiriladi.
Katta yoshdagi daraxtlarni ko‘chirib ekish. Yirik jamoat binolari oldidagi
maydonlarni ko‘kalamzorlashtishda, xiyobonlar tashkil etishda, ko‘chalarni
obodonlashtirishda katta yoshdagi daraxtlarni ko‘chirib ekish eng samarali va zarur
tadbirlardan bo‘lib sanaladi. Bunda qisqa vaqt ichida loyihada rejalashtirilgan
to‘liq ko‘lam manzarasiga (yashil kampozistiyaga) erishish imkoni yaratiladi.
Lekin katta yoshdagi daraxtlarni ko‘chirib ekish ko‘p mablag’ va ko‘p
mehnat talab qiladi, shuningdek, ko‘chirib ekish ishlarini yuqori agrotexnik
talablarga rioya qilgan holda bajarishni hamda ekilgandan keyin ikki va undan
keyingi yillarda sinchkovlik bilan parvarish qilishni talab etadi. Shu sababli, katta
yoshdagi daraxtlarni ko‘chirib ekish asosan, shaharning e’tiborga loyiq va
ma’suliyatli qismida amalga oshiriladi.
Ko‘pgina daraxt turlarini katta yoshida ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Ma’lumki, ildiz tizimi tuproqning yuza qatlamlarida joylashgan daraxt turlari ildizi
chuqur joylashgan ekinlarga nisbatan ko‘chirib ekilganida tezroq moslashib ketadi.
Ko‘chirib ekilgan yaproqbargli daraxtlar ninabarglilarga nisbatan yaxshi
moslashadi. Yaproqbargli daraxt turlaridan yog’ochi yumshoqroq bo‘lganlari,
yog’ochi qattiq turlarga nisbatan yaxshiroq o‘sib ketadi. Ko‘chirib ekilganidan
so‘ng yaxshi moslashadigan katta yoshdagi daraxtlar turlariga: jo‘kaning barcha
xillari; o‘tkir birgli zarang, yavor, dala zarangi, aylant, chinor, ko‘pgina teraklar,
sofora va boshqalar kiradi; ninabarglilardan esa – g’arb tuyasi, biota, ginkgo,
kumushsimon archa, tiss va boshqalar mansubdir. Katta yoshdagi oq qayin, buk,
gledichiya, katalpa, lola daraxti, tut, ryabina, eman, qarag’ay daraxtlari ko‘chirib
ekilganida hamma vaqt ham yaxshi natija bera olmaydi. Qarag’aylar ichida
ko‘chirib ekishda moslashadigan: veymut qarag’ayi, undan keyingi o‘rinda
turadiganlari – qrim va qora qarag’aylardir.
Buta turlarini ham katta yoshida ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Butalar ichida
ko‘pchiligi: spireya, shamshod, irg’ay, biryuchina, nastarin va boshqalar yaxshi
168
moslashadi. Bulardan ko‘ra qiyinroq tutadiganlari – abeliya, kizilnik, krushina,
leщina, jiyda, magoniya, oblepixa, tamariks, shuningdek, do‘lana va rakitnik.
Ko‘chirib o‘tkaziladigan yaproqbargli daraxtlar yoshi (eman, jo‘ka, zarang,
kashtan, sofora va b.) 30-50 yoshdan oshmagan bo‘lishi, ninabarglilar yoshi esa –
20-30 yildan ortiq bo‘lmasligi lozim. Ko‘rsatilgan vaqt doirasida ko‘chiriladigan
daraxtlar bo‘yi 6-8 m etadi.
Ko‘chirib o‘tkazish uchun sog’lom daraxtlar tanlanishi tik va shox-shabbasi
to‘g’ri shaklda bo‘lishi hamda manzarasi jihatidan bir xil bo‘lgan daraxtlarning
yosh nusxalaridan tanlab olish maqsadga muvofiq. Ko‘pchilik daraxtlar turlarini
ko‘chirib ekish uchun qulay vaqt – erta bahor bo‘lib hisoblanadi. Erta bahorda,
kurtaklar ochilmasidan oldin, kuzda ko‘chirilganiga nisbatan, tol, terak, mognoliya,
shaftoli, lola daraxti; butalardan esa – azoliya, kalikantus, do‘lana, rododendron,
sumax va tamarikslar tez moslashib o‘sadi.
Ninabargli daraxtlarni erta bahorda, o‘sish boshlanishidan oldin ko‘chirib
o‘tkazilgani ma’qul.
Ko‘pchilik yaproqbargli turlar uchun ko‘chirib o‘tkazishning qulay vaqti,
shuningdek, kuzgi barg tashlash davri hamdir. Bu ishni sovuq boshlanishidan
oldin, ayniqsa, mayin yomg’ir davrda, bulutli kunda bajarish maqsadga muvofiq.
Sovuqqa chidamli daraxt turlarini qishda ham ko‘chirib o‘tkazish mumkin.
Bunda havo harorati -12-15
o
S dan past bo‘lmasligi lozim, shuningdek, daraxtlarni
oldindan muzlatib, tayyorlangan ildiz tuprog’i bilan birga ko‘chirish kerak bo‘ladi.
Zarur sharoitlarda, istisno tariqasida yaproqbargli daraxtlarni yoz
mavsumida ham ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Bunday hollarda barglarning
aksariyat qismi olib tashlanadi, shox-shabbasi soyalatib, daraxt tanasini kichik bo‘z
bilan o‘raladi.
O‘zbekiston sharoitida ko‘chirib ekiladigan daraxtlarning asosiy turlari:
balandligi 8-10 m va tanasi diametri 10-15 sm bo‘lgan eman, oddiy shumtol, lola
daraxti, gledichiya, kanada bagryannigi, kumushsimon zarang, dala zarangi, mayda
bargli qayrog’och, kashtan, chinor, yapon saforasi va boshqa yaproqbargli
daraxtlardir. Ninabarglilardan – qrim qarag’ayi, mojjevelnik, biota daraxtlaridir.
169
Ko‘chirib ekiladigan daraxtlarning ildiz tuprog’ini joylashtirish uchun yog’ochdan
tayyorlangan maxsus yig’ma konteynerlar ishlab chiqilgan. Ular kesilgan
piramidasimon shaklda bo‘lib, yuqori va pastki satxi kesimi 2:1 nisbatda bo‘ladi.
Konteynerlarning tepa qismi – metaldan tayyorlangan panjara bo‘lib uning
mustahkamligini va qulayligini ta’minlaydi. Amaliyotda 3 ta standartdagi
konteynerlar qo‘llaniladi:
- 8-12 yoshdagi yaproqbargli daraxtlarni ko‘chirib ekish uchun: yuqori
kesimida 80x80 sm, pastki qismida 55x55sm; balandligi 100 sm;
- 6-8 yoshdagi 60x60 sm, pastki kesimida 45x45 sm, balandligi 60 sm,
- yirik hajmli yaproqbargli va ninabargli daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish
uchun: yuqori kesimida 110x110 sm, pastki kesimida 75x75 sm, balandligi 100
sm.
Konteynerlar
qo‘llanganida
daraxtlarni
ko‘chirib
o‘tkazish ishlari
engillashadi va tezlashadi, chunki o‘q ildizlarini kesish usulidan foydalanilmaydi,
shuningdek, konteynerlar bir necha marta qo‘llashga yaroqlidir. Konteynerlarda
ko‘chirib o‘tkazish quyidagicha bajariladi: kran yordamida daraxt ildiz tuprog’i
piramidasimon konteynerlarda mahkamlanib, ko‘tarilganida o‘q ildizlari o‘zi
uziladi. Bundan tashqari, daraxtni avtomobil kuzoviga solinganida hamda
tashilganida daraxt tanasining mashina ortidagi bortiga tegib shikastlanishining
oldi olinadi.
Ko‘chirib o‘tkaziladigan daraxtning ildizlari, birinchi va uchinchi standart
konteynerlarga joylashtirish uchun, ildiz tuprog’ining atrofi bo‘ylab 50 sm enlikda
120 sm chuqurlikda qazib chiqiladi. Shunday qilinganida daraxtni ildiz tuprog’i
bilan konteynerlarga joylashtirishda ishchiga qulaylik yaratiladi. Joylashtirishdan
avval, konteyner ikki bo‘lakka ajratiladi, har bir bo‘lagi daraxt ildiz tuprog’i
atrofining qarama-qarshi tomonidan tushiriladi, bir-biriga qaragan tomonlari
yaqinlashtiriladi. Shundan so‘ng, aramatura bog’ichlarining erkin holdagi uchki
qismi qarama-qarshi joylashgan konteyner tomonlaridagi teshikchalarga to‘g’rilab,
tortib gaykalar yordamida mahkamlanadi. Konteyner devorlari va ildiz atrofidagi
bo‘shliqlar tuproq bilan to‘ldirilib, belkuraklar bilan imkon qadar zichlanadi.
170
Daraxtlar avtomobil yoki traktor kranlari yordamida yuklanadi. Bunda ishning
xavsizligini ta’minlash uchun kranlar va avtomashinalarni to‘g’ri holatda
joylashtirish muhim ahamiyatga ega.
Konteyner maxsus po‘lat troslar yordamida shunday tortiladi-ki, ildiz
tuprog’i vertikal ravishda chiqarilmasdan, yon tomonga qo‘zg’atiladi. Daraxt bir
tomoniga tisarilib, yuqoriga tortiladi, bunda konteynerdan tuproq to‘kilmaydi va
daraxtni beshikast avtomashinaga tik xolatda yuklash imkoniyati yaratiladi. Agar
birinchi o‘rinishda daraxt qo‘porilmagan bo‘lsa, yuqoriga ko‘tarilayotgan
konteyner ostidagi ildizlarni bolta bilan chopib, uni asta-sekin, ko‘tarish kerak
bo‘ladi. Oldin yuklangan ikkita konteynerni imkon qadar avtomashina orqa bortiga
yaqin joylashtirish kerak. Ularning oldida joylashgan konteynerlar daraxtlarning
tanasiga shikast etmasligi uchun shunday qilish maqsadga muvofiq. Konteynerlarni
yuklashning boshqacha usullari ham bor, lekin har qanday holatda daraxtlarni,
oldin avtomashinaning orqa borti yonida, keyin esa-oldingi borti yoniga
joylashtirish zarur bo‘ladi. Bunday qilinmasa, oldingi bort oldida joylashgan daraxt
tanalari, keyingilarini yuklashga xalaqit beradi. Avtomashinaga daraxtlarni yuklab
bo‘linganidan so‘ng, ularning shox-shabbalari tartibga keltiriladi.
Katta yoshdagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishga mo‘ljallangan chuqurlar
oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Ekish chuqurlarining o‘lchamlari daraxt ildiz tuprog’i
hajmiga bog’liq bo‘lib, sathida ildiz tuprog’i hajmidan 1 metrdan kam bo‘lmagan
masofada kengroq, chuqurligi esa-ildiz tuprog’i balandligidan 0,5 metrdan oshgan
bo‘lmog’i lozim. Chuqurlarning bunday o‘lchamlari konteynerlarni tushirib,
joylashtirishda qulaylik tug’diradi hamda atrofiga unumdor tuproq solish
imkoniyatini beradi.
Ekish oldidan olib kelingan tuproqni kerakli miqdorda solinadi, so‘ng suv
quyiladi (har bir chuqurga 2 m
3
dan kam bo‘lmagan miqdorda). Bu tadbir solingan
tuproq yaxshi joylashishi uchun amalga oshiriladi, bunda ekilgandan keyingi
sug’orilishlarda daraxtlar bir tomonga egilib, qolishining oldi olinadi. Chuqurlarni
daraxtni o‘raga joylashdan oldin yoki chuqurdagi daraxt ildizini konteynerdan
ozod etishdan oldin sug’orish kerak bo‘ladi. Bunda konteynerlarni ozod etish
171
jarayoni biroz murakkablashadi, lekin daraxtni qator bo‘ylab qoq markaz qismida
joylashtirish imkonini beradi. Chuqur tubiga solingan tuproq sathi 20 sm dan
ko‘proq bo‘lgan barcha holatlarda chuqurni ekish oldidan sug’orish zarur
hisoblanadi. Ekib bo‘lingandan keyin ham sug’orish kerak bo‘ladi.
a)
b)
v)
g)
5.14-rasm. Katta daraxtlarni ko‘chirib ekish bosqichlari:
a) daraxt atrofini kovlash; b) ildiz tuprog’ini (konteyner) ko‘chirishga tayyorlash;
v) daraxtni ildiz tuprog’i bilan avtomashinaga ortish; g) ekish joyini tayyorlash.
Daraxtni tushirib, ekilayotgan paytda avtokran chuqurga nisbatan yoni bilan
joylashadi. Bunda avtokran ekish qatori bo‘ylab harakatlanish uchun, chuqurlar
joylashgan chiziq (qatorlab ekish qo‘llanilganida) yoniga 2-3 metr uzoqlikda
joylashtiriladi. Bu tadbir qator bo‘ylab ekiladigan daraxtlarni tushirishda vaqtni
tejash imkonini beradi. Avtomashina yuklangan daraxtlar bilan avtokranlarga
imkon qadar yaqinroq joylashadi. Bunda avtomashinaning oldi borti avtokranning
orqa tomoni bilan bir sathda, bo‘ylama o‘qi esa – bo‘ylama o‘qiga nisbatan 45º
burchak sathida joylashtiriladi. Bunday tartibda joylashtirish usulida daraxtlarni
tezroq va bexatar o‘tqazish mumkin. Shuningdek, kranni joylashtirishda osig’lik
172
simlar, yonidagi daraxtlar va boshqa to‘siqlar bo‘lmasligini nazarda tutish lozim.
Kichik hajmli ninabargli daraxtlarni vertikal holatda mashinadan tushiriladi.
Daraxtlarni tushirish va ekishda qiyalatish, ular uchun xafli emas.
Chuqurga daraxtni joylash vaqtida, iloji boricha uning oldingi o‘sgan
joyidagi holatini saqlashga harakat qilinadi (tomonlari bo‘yicha G’arb, Shimol,
Sharq, Janub). Agar daraxtlarni mexanizmlar yordamida ekish imkoni bo‘lmasa,
unda qo‘lda ekish kerak bo‘ladi.
Daraxtni chuqurga yaqinlashtirib, gorizontal holatda qo‘yiladi, uni taxtaga
joylab, qiyalatib, chuqurga tushiriladi. Chuqurga kerakli holatda o‘rnatilganidan
so‘ng, konteynerlar bo‘shatiladi. Chuqur unumdor tuproq bilan to‘ldiriladi.
Ko‘chirib ekilgan daraxtlarni parvarishlash tadbirlari ularni muntazam sug’orish va
daraxt tanasi atrofini yumshatishdan iborat. Bular daraxtlar tutib ketishining
muhim shartlari bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, quyidagi tadbirlarni ham
amalga oshirish foydalidir:
- daraxtni simlar, tros yoki iplar bilan bog’lash, bunda ularning shamolda
tebranib qiyshayishining oldi olinadi; bog’lash yoki uch tomondan (120º burchak
ostida), yoki bo‘lmasa, ikki tomonidan qoziqqa bog’lanadi;
- daraxt tanasini issiqdan va ortiqcha bug’lanishdan saqlash maqsadida bo‘z,
brezent yoki chipta bilan o‘rash yoki ikki marotaba, tuz qo‘shilgan ohak surib
chiqish lozim;
- ertalabki va kechki vaqtlarda daraxtlar shox-shabbasiga suv purkash
bug’lanish jarayonini pasaytiradi, bunda bug’lanish vaqtincha faqatgina barg
yuzasidan amalga oshadi.
Mulchilash bilan gidroekish, odatda, o‘simlik tuprog’i bilan to‘ldirmasdan,
qumloq va loydan yon bag’irlarni mustahkamlash uchun ishlatiladi, lekin dastlabki
yumshatilish bilan, shuningdek, o‘simlik tuproqlari bilan qumli va qumloq yon
bag’irlarni mustaxkamlash uchun ishlatiladi. Mulchi tarkibiga quyidagi
komponentlar kiradi: - bitum emulsiyasi - mineral o‘g’it - ko‘p yillik o‘tlarning
urug’lari - mulchalash materiallari (qipiq, stellyuloza, mayda torf). Emulsiya,
mulchalash materiallari, o‘g’itlar va 1 m
2
maydonga suvning sarfi quyidagicha: -
173
qipiq, kg - 0,4 - o‘g’itlar, kg superfosfatlar - 0,03 kaliy tuzlari - 0,02 nitratlar - 0,06
- bitum emulsiyasi va suv, l – 5,0.
Gidroekish texnologiyasi. Gidroekish maxsus mashina tomonidan amalga
oshiriladi. Gidroekish texnologiyasi ikkita asosiy jarayondan iborat bo‘lishi kerak:
gidroekish mashinasiga yonilg’i quyish va ko‘p yillik o‘tlarni suv bilan
aralashmasi bilan mashina stisternasini to‘ldirish. Ishchi aralashmani yo‘l yon
bag’riga sepish. Ishchi aralashmasini yon bag’irdan oqib ketmasligi uchun yon
bag’r yuzasi juda silliq bo‘lmasligi kerak, agar kerak bo‘lsa ishning boshlanishida
o‘simlik tuprog’ini to‘kish va yon bag’irlarni yumshatish kerak. Uzunligi bo‘ylab
yo‘l poyi yon bag’rlari bo‘laklarga bo‘linadi. Bir bo‘lakning maydoni gidroekish
mashinasi uchun stisterna hajmiga bog’liq.
Bir marta to‘ldirish uchun material sarfi 5.2-jadvalda keltirilgan.
5.2-jadval
Ishchi aralashma tarkibi
O‘lchov birligi
Qiymati
Urug’
%
0,6
O‘g’it
%
1,7
Qipiq
%
6,8
Bitum emulsiyasi
%
90,9
Gidroekish yo‘l poyini yon bag’rini ozroq namlangan xolda bajarish kerak.
Manzarali daraxt-buta ko‘chatlariga shakl berish. Parvarishlash ishlarining
asosiylaridan biri – o‘simliklar shox-shabbasiga manzaraboplik sifatini oshirish
uchun ayrim shoxlari va novdalari qisman kesib chiqiladi. Kesish ishlari
o‘simliklarni biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda bajariladi. Daraxtlar
kesilgan bo‘lsa, uning umumiy o‘sishi va rivojlanishi yaxshilanadi. Bunda shox-
shabbaga kerakli shakl beriladi, qurigan, kasallangan va haddan tashqari
qalinlashib ketgan shoxlari olib tashlanadi. Kesish natijasida daraxt shox-
shabbalari va ildizlari umumiy hajmining o‘zaro nisbati o‘zgaradi, so‘ruvchi
ildizlari ko‘payadi, natijada o‘simlikning suv va mineral moddalar bilan
ta’milanish darajasi yaxshilanadi.
174
Daraxtning yosh, jadal o‘sish davrida, shox-shabbalarning parvarishi
“tezkor” bo‘lishi lozim. O‘simliklarning etuklik davrida esa uning qurigan
shoxlarini olib tashlash ishlari amalga oshiriladi. Daraxtlarni kesish ishlarini
malakali va tajribali bog’ ishchilari bajaradi. Shox-shabbalarni parvarish qilish
uchun daraxtlarni kesishning uchta xilidan foydalaniladi: shakl berish, sanitar va
yoshartiruvchi. Shakl berish uchun kesishning maqsadi – asosiy shoxlarni to‘g’ri
taqsimlanishini ta’minlash, daraxtga chiroyli, xushmanzara qiyofa berish, umumiy
balandligini to‘g’rilash, tabiiy va sun’iy shox-shabbasini saqlab qolishdan iborat.
Daraxtni kesishda ularning tabiiy shox-shabbasi shakli inobatga olinadi:
stilindirsimon, piramidasimon ovalsimon, majnuntolsimon va boshqalar. Har bir
daraxt o‘ziga xos balandlik va shaklga ega, uni kesib o‘zgartirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Shakl berish uchun novdalarni chiltish va qisqartirish, shox-shabbasini
kamaytirishdan iborat bo‘ladi. Bu ishni amalga oshirish ko‘chatzorlarda
boshlanadi. O‘zbekistonda novdalarning yillik o‘sishi jadal kechadi, shu sababdan,
barcha yaproqbargli daraxtlar (kashtandan tashqari), har yili shakl berish uchun
kesishni talab qiladi. Bu tadbirni qish mavsumida, daraxtlarning qishki tinim
davrida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Shox-shabba orasidagi novdalar
muntazam ravishda va kerak bo‘lgan vaqtda kesib tashlanadi. Kashtan daraxtini
faqat yoshligida (10-12 yosh) kesish tavsiya etiladi ushbu yoshdan o‘tganda keyin
kesish bu daraxtga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sekin o‘sadigan ekinlarda joriy yilda o‘sgan novdalarni 20-50 %, tez
o‘suvchi daraxtlarning esa – 60-70 % novdalari qisqartiriladi. Novdalar 4-5 ta
kurtakkacha shilib tashlanadi. Bu ishni bajarishdan maqsad – yirik va kuchli
novdalarning o‘sishini to‘xtatib, kichiklarini o‘sishiga imkon yaratish, shuningdek
yosh daraxtlarning shox-shabbasini qalinlashtirish natijasida bir me’yorda
shakllantirish vujudga keladi. Daraxtning o‘sgan novdalarini qisqartirish natijasida
hamda ixcham yoki yoyilgan shox-shabbaning yuqori qismidagi novdalar
qisqartirilganida, uning kesilgan qismidan kuchli novdalar rivojlanadi.
175
Daraxtlarni kesish ishlarining muntazamligi turlicha bo‘ladi: tez o‘suvchi
turlar (terak; momiq) har yili kesiladi; sekin o‘sadigan daraxtlar shox-shabbasi har
2-3 yilda bir marotaba kesiladi. Bir qatorda joylashgan xiyobonlardagi va
ko‘chalardagi daraxtlarga shakl berishda, ularning balandligi va shox-
shabbalarining diametri bir xil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Keskin
kesishdan keyin qolgan shakllar shunday joylashgan bo‘lishi kerak-ki, shox-
shabbalari butunligicha barglar bilan qoplangan bo‘lmog’i lozim. Shox-
shabbalarning qalinlik darajasi pastdan tepaga hamda yon tomonga nazar solib
aniqlanadi. Faqatgina bir-birini to‘sgan shoxlar yoki ularning qismi kesib
tashlanadi. Sanitar kesishning maqsadi – qarigan, bir-biriga qalashib o‘sgan
novdalarni kesib, daraxtlar shox-shabbasining shamolatilishi va yorug’lik o‘tishini
yaxshilashdan iborat. Bunday kesish tadbirlari butun o‘suv davri davomida
o‘tkaziladi.
Yaxshi parvarishga qaramasdan, daraxtlar o‘sishdan to‘xtab yoki ichki
qismidan quriy boshlasa, quriyotgan shoxlarini yangi novdalar chiqadigan joyga
qadar kesish yo‘li bilan yoshartiriladi. Qariyotgan daraxtlarni to‘liq yoshartirish
ishlari bosqichma-bosqich, 2-3 yil davomida amalga oshiriladi. Birinchi yili eng
qari, quriyotgan shoxlari, keyinchalik skelet shoxlarning qolgan qismi kesiladi.
Daraxtlarni kesishda quyidagilarni yodda tutish lozim:
- novdalarni bevosita novda ichki yoki tashqi tomondan o‘tkir tok qaychi
yoki shoxqirqich yordamida kesish kerak, katta bo‘lmagan shox-shabbalari va
bachkilar daraxt tanasi bilan bir satxda bo‘lsa shikast etkazmasdan kesiladi va
kesilgan joyi bog’ pichog’i bilan tozalanadi;
- yirik shox-shabbalari uch bosqichda kesiladi: avvalo ikkita kesish bilan
(yuqoridan va pastdan), butoq daraxt tanasidan bir qadar uzoqlikda olib tashlanadi;
keyinchalik esa, shoxning daraxt tanasiga tutashgan joyiga qadar bir satxda
butunlay kesiladi;
- daraxt tanasidagi to‘nkalarni qoldirish maqsadga muvofiq emas, chunki
ularda kovakchalar paydo bo‘lib, o‘sib ketadi, daraxt tanasini xunuk bo‘lib
qolishiga sabab bo‘ladi;
176
- kesish joylari o‘tkir bog’ pichog’i bilan tozalanib, yog’li bo‘yoq surtib
qo‘yiladi, kesilgandan keyingi ikkinchi yilida o‘sib chiqqan novdalar to‘plami
ichidan yangi shox-shabba uchun skelet shoxlari sifatida o‘stiriladiganlari ajratilib,
parallel bo‘lgan va qalinlashtiruvchi novdalar kesib tashlanadi.
Ninabarglilarni (mojjevelnik, tuya, qarag’ay, biota) ham kesish kerak
bo‘ladi: qarag’ayni – faqat sanitar kesish; qolganlarini – shakl berish uchun;
mojjevelnik, tuya va biotani muntazam ravishda kaltalatib boriladi, bunda ularning
shox-shabbasiga sun’iy shakl beriladi. Barcha buta turlari xar yili kesiladi ularni
to‘g’ri kesishda biologik xususiyatlarini bilish zarur. Erta gullaydigan butalar
(forzistiya, nastarin, kalina, buldonej, spireya turlari)ni gullab bo‘lganidan keyin
darhol kesish tavsiya etiladi. Kech gullaydigan butalar (budleya, sorbariya,
deystiya, jasmin Bumalda va Margarita spireyalari)ni kuzda yoki erta bahorda
kesish kerak. Bu ularda gul novdalari paydo bo‘ladigan muddat bilan bog’liqdir.
Birinchi guruhdagi butalarni kesish kuz va qishdan kechiktirilsa, ularning kelgusi
yilda gullashi cheklanadi, chunki erta gullaydigan buta turlarida gul novdalari
o‘tgan yilgi novdalarda, kech gullaydigan turlarida esa joriy yildagi novdalarda
hosil bo‘ladi. Butalarni kesish darajasi ularning yoshi va holatiga bog’liq: yosh
butalarning shox-shabbasiga shakl berib, ozgina siyraklashtiriladi; yoshi o‘tgan
butalar kesib tashlanadi, faqatgina yangi chiqqan novdalari qoldiriladi.
Atirgullar har yili gullab bo‘lganidan keyin kesiladi, bunda zararlangan va
qariyotgan novdalari butunlay olib tashlanadi. Har 3-4 yilda yoshartiruvchi kesish
tadbirlari bajariladi: eski novdalar tubigacha yoki yangi shoxcha novdalari paydo
bo‘lgan joyigacha kesiladi. Atirgullarni O‘zbekiston sharoitida o‘sish davri
davomida muntazam kesib turiladi. Asosiy shoxlarida 3-4 tadan novda qoldirib,
eski shoxlari ketma-ket kesib tashlanadi. O‘zbekistonda “poliant” atirgullar may
oyidan oktyabr oyigacha uzluksiz gullab turadi. Agar atirgullar noto‘g’ri va
malakasiz kesilgan bo‘lsa, ular ikki bosqichda – may va sentyabr oylarida gullaydi.
Qolgan davrda atirgullar mayda bo‘lgan ikkinchi va undan keyingi tartib
shoxlarida takroriy gullaydi va kerakli manzara yarata olmaydi. Gullashni
yaxshilash maqsadida, poliant atirgullarni may oxiri – iyun oyining boshida hamda
177
avgust oyi oxirida kesiladi. Bunda bo‘g’in oraliqlari uzun bo‘lgan, kuchli o‘sgan
yangi novdalar tashqi tomondan joylashgan 3-5-bargi bo‘g’ini ustidan kesiladi.
Qisqa bo‘g’in po‘sti dag’allashgan kurtak zaxirasi bo‘lmagan eski, zaif, o‘tgan
yilgi novdalari tubigacha kesib tashlanadi.
Kesilgan shoxchalar va begona o‘tlar olib tashlanganidan keyin, egat qatori
oralariga ikki chelakdan go‘ng va 100 g (NRK) mineral o‘g’itlari 1 pogonometr
hisobiga solinadi. Tuproqni esa ag’darib chiqib, o‘simliklar bo‘g’ziga tuproq
tortiladi va to‘yintirib sug’oriladi. Bunday parvarishdan keyin bir oy o‘tgach,
atirgullarning qiyg’os gullash yangi davri boshlanadi. Uchinchi bor kesish
tadbirlari oktyabr oyi oxirida, qishki ko‘mish oldidan bajariladi. Erkin o‘sayotgan
butalar majmuasidan tashkil topgan yashil devorlarni, ular tarkibidagi o‘simliklar
turiga va biologik guruhiga qarab kesish kerak bo‘ladi. Bular ichidan o‘sib chiqqan
– yashil devor sathidan uzayib o‘sib ketgan novdalar tekislab kesib chiqiladi. Shakl
beriladigan yashil devorlarni bir mavsumda bir necha marta kesiladi, bu tadbir
yashil devorning kerakli shakl-shamoyilini belgilab beradi.
Doimiy yashil barbaris, yapon behisi kesishni talab qilmaydi. Ular
kesilmagan holatida gullari va mevalari bilan chiroyli ko‘rinish beradi. Bular
gamamelis, irg’ay, magnoliya, dub, skumpii va boshqa shu turdagi daraxtlarga
tegishli. Agar qandaydir daraxt yoki buta juda zich o‘sayotgan bo‘lsa yoki mavjud
sharoit uchun belgilangan o‘lchamdan o‘tib ketsa ularni radikal kesish tavsiya
etiladi. Bu qari navdalarni kesib tashlashni bildiradi. Butalarni bunday hollarda
erdan yangi buta balandligiga teng holatda kesiladi. Guruh shaklida ekilgan bargli
daraxt turlari oralaridan havo va quyosh nurlari o‘tmaydigan qilib kesiladi.
Har yili kesish talab qilinadigan daraxtlar gullash vaqtiga va qaysi
mavsumda gullashiga bog’liq holda uch guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga qari
va o‘tgan yildagi navdalari bahorda gullaydigan o‘simliklar kiradi. Bundan
tashqari ularni qish oylarida nimjon, qariyotgan va gullamaydigan shohlari kesiladi
hamda juda uzun shohlari qisqartiriladi. Asosiy kesish esa gullashdan keyin, to
kuzgacha yangi shohlari o‘sib chiqqishi uchun kesiladi. Bunday daraxtlar turiga
forzistiya, spireyning ayrim turlari, bodom, olxo‘ri, irg’ay va boshqlar kiradi.
178
Ikkinchi guruhga qari va o‘tgan yilgi shohlari yoz oyining boshlarida
gullovchi o‘simliklar kiradi. Ularni odatda 1/3 yo‘g’onlikdagi navdalari yonidan
yosh navdalar o‘sib chiqishi uchun qisqartiriladi. Bu guruhga manzarali olmalar –
ekilgandan bir yildan so‘ng, barbarisning ayrim turalari, mo‘rtosh, yulg’unlar,
do‘lana va boshqalar kiradi.
Uchinchi guruhga shu yilgi shohlari yoz va kuz oylarida gullovchi
o‘simliklar kiradi. Ularni o‘simlik xarakteriga bog’liq holda qari va nimjon
shohlarini olib tashlagan holda bahorda kalta qilib kesiladi. Manzarali ninabargli
va yaproqbargli daraxt turlarini tanlashda ularning shox-shabbasini tuzilishi katta
ahamiyatga ega. Joy kam bo‘lgan ob’ektlarda ustunsimon daraxtlarni joylashtirish
yoki maysazorda yakka o‘zini ekish mumkin. Joy keng bo‘lgan erlarda ovalsimon,
tarvaqaylagan, piramidasimon va shoxlari osilib o‘suvchi daraxtlarni joylashtirish
chiroyli manzara hosil qiladi.
5.15-rasmda manzarali o‘simliklarni kesish, daraxtlar tabiiy shox-
shabbasining tuzilishi keltirilgan.
5.15-rasm. Manzarali o‘simliklarni kesish:
a) tabiiy shox-shabbani shakllantirish; b)
to‘g’ri geometrik shakldagi shox-shabbani shakllantirish.
179
5.16-rasm. Kolonnasimon shakl berilgan virgin archasi
5.17-rasm. Daraxtlar tabiiy shox-shabbasining tuzilishi
180
Manzarali daraxt-buta o‘simliklarni kesish va shakl berish uskunalari:
Gul qaychi – 1-2 sm li shox-shabbalarni kesishda
ishlatiladi. Manzarasini yo‘qotgan, qarigan,
qurigan shox-shabbalar gul qaychi yordamida
kesib tashlanadi.
Bog’ qaychisi – jonli devor, bordyur shaklida
ekilgan o‘simliklar va topiar qilishda ishlatiladi.
Qo‘lqoplar – kesishda archa va butalarning
tikanlaridan qo‘lni himoya qiladi. Mustahkam va
elastik materialdan ishlangan bo‘lishi kerak.
Uzun dastali bog’ qaychisi –1-3,5 sm li shox-
shabbalar va butalarni tagidan kesish va
siyraklatish maqsadlarida ishlatiladi.
Bog’ arrasi – 1,5 sm dan qalin shoxlarni kesishga
mo‘ljallangan.
Motoqaychi – jonli devorlarga shakl berishda va
topiar qilishda ishlatiladigan avtomatik uskuna.
Benzinli yoki elektr toki bilan ishlaydigan turlari
mavjud.
Bog’ pichog’i – ingichka shoxlarni kesishda yoki
tekis kesilmagan joylarni to‘g’irlashda ishlatiladi.
Kesib shakl berishda, odatda manzarali daraxt va butalarning o‘sish nuqtasi
olib tashlanadi. Bu ularning pastki va oraliq kurtaklarini rivojlanishiga imkoniyat
yaratadi. Doimiy kesish natijasida shox-shabbalar orasi zichlashib boradi. Shox-
shabbalarni zichlashtirish maqsadida kesishning ikki xil turi bor:
181
1) trimming – ya’ni oddiy qaychi yoki motoqaychi yordamida manzarali
daraxt yoki butaning barcha qismidagi o‘suvchi shoxlarining uchki qismi uncha
katta bo‘lmagan o‘lchamda kesib chiqiladi. Bu usul jonli devorlar va figurali shakl
berilgan daraxt va butalarda qo‘llaniladi.
2) chimdib uzish – kichik o‘lchamdagi manzarali o‘simliklarning shox-
shabbasini qalinlashtirish maqsadida qo‘l yordamida ularning o‘suvchi kurtaklari
chimdib uzib tashlanadi.
a)
b)
5.18-rasm. Shox-shabbalarni zichlashtirish maqsadida kesish usullari:
a) trimming; b) chimdib uzish.
Siyraklashtirish maqsadida kesish – bunda daraxt yoki buta shoxlari asosiy
tanaga ulangan joyigacha kesib tashlanadi. Qolgan shoxlar qo‘shimcha oziq
moddalarga ega bo‘ladi va yaxshi rivojlanadi. Doimiy o‘z vaqtida siyraklashtirilib
turiladigan daraxt va butalar kesilmaganlariga qaraganda baland va keng
rivojlangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |