1 A. X. O‘roqov



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

Himoyalovchi 
ko‘kalamzorlashtirish

Nurashga 
qarshi 
himoyalovchi 
ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog’inlari va uchirib ketuvchi 
shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Nurashga asosan 
himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yo‘l yon bag’irlari va suv qochirish inshootlari 
uchraydi. 
Nurashga asosan past mustahkamlikka ega mayda donali changsimon qumlar, 
changsimon suglinok va glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p 
miqdorda glina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterlidir. Tuproq yuzalarini 
nurashga qarshi himoyalash choralarining samarali usullaridan biri, ularda ildizi 20 
sm va undan chuqurroq o‘suvchi o‘simlik qatlamini barpo qilish va natijada zich va 
mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir. Hosil qilingan o‘simlik qatlami himoya 


133 
vazifasini bajarishidan tashqari avtomobil yo‘llarini estetik bezatish elementi ham 
hisoblanadi. Bundan tashqari nurashga qarshi himoyaga yo‘llarni buzib yuboruvchi 
va o‘suvchi jarliklarga, sel oqimini yuvib ketishi va buzishi, hamda ko‘chkiga qarshi 
kurashish chora tadbirlarida ishlatiladigan himoyalar ham kiradi. Bunday o‘simliklar 
har qanday holatda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida tashkil qilinadi. 
Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan 
himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha 
tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishida buta yoki 
qoraqarag’ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish - avtomobil yo‘llarini qum 
bosishidan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni 
o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib 
yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi 
mumkin. 
Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning aholi 
yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi hududi yonidan, davolanish 
maskanlari, turizm rivojlangan hududlar, qo‘riqxonalar, milliy bog’lar hamda 
madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan 
erlar va boshqa joylarda qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish maxsus tanlab 
olingan ko‘p qatorli daraxt-butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, 
zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda 
samarali to‘siq hisoblanadi. 
Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil 
ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quyidagi tartibda bo‘ladi: 
- tasma kengiligi – 10 m dan kam bo‘lmagan; 
- daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmagan; 
- butalar balandligi – 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan. 
Himoya tasmasini ko‘ndalang kesimi shakli ifloslanish manbai tomonga (ya’ni 
yo‘lning qatnov qismi tomoniga) qiya holda uchburchak shaklida bo‘lishi kerak. 
Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi yashil tasma barpo qilish uchun daraxt turlarini 


134 
tanlashda ularning avtomobillardan chiqayotgan gazlarga ta’sirini inobatga olish 
lozim. Quyidagi daraxtlar ko‘proq chidamli hisoblanadi: 
- ignabargli daraxtlar, sibir tilog’ochi; bargli daraxtlar: dub, tol, tut; butalar: 
biryuchina, gordovina, sariq akastiya, spireya, namatak. 
Ekish yirik o‘lchamli ko‘chatlardan boshlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash 
sharoitini yaxshilash uchun tuproq qayta ishlanadi, ya’ni: ustki qism tuprog’i 
maydalanadi va tuzilmaviy holatini o‘zgartirgan holda tuproq uchun qulay suv-havo 
va issiqlik rejimi yaratiladi, tuproqning oziqlanish rejimi yaxshilanadi, tuproq 
ifloslanishdan saqlanadi. Ekish ishlarining muddati iqlim va ob-havo sharoiti, 
ekiladigan ko‘chatning yoshi va holatiga bog’liq bo‘ladi. Ekishning eng qulay 
muddatlari: bahorda – kurtak chiqargunga qadar, kuzda – barglar tushish davrida. 
Amalda himoya tasmalarini yaratish 5.1-jadvalda keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan 
xarakterlanadi. 
5.1-jadval 
Himoya tasmalarini turlari 
Shovqin darajasini kamaytirish, 
dBA, harakat jadalligi avt/soat 
bo‘lganda 
Qayta ishlangan 
gazlar 
konstentrastiyasi
ni kamaytirish, 

200 
600 
1200 
>1600 
Bargli daraxtlar butalar bilan 
kengligi 10 m bo‘lgan uch qatorli 
tasma 




40 – 50 
Bargli daraxtlar butalar bilan 
kengligi 10 m bo‘lgan to‘rt 
qatorli tasma 




50 – 60
Shaxmat shaklidagi ignabargli 
daraxtlar butalar bilan kengligi 20 
m bo‘lgan to‘rt qatorli tasma 
15 
17 
17 
18 
50 – 60
Shaxmat 
shaklidagi 
bargli 
daraxtlar butalar bilan kengligi 20 
m bo‘lgan besh qatorli tasma 
15 
18 
18 
19 
60 – 70


135 
Manzarali ko‘kalamzorlatirish avtomobil yo‘lini atrof-muhit tabiati bilan 
uyg’unligini ko‘chaytirish maqsadida amalga oshiriladi. U o‘z tarkibiga faqat yangi 
daraxt va butalarni ekish emas, balki atrof landshaftiga organik mos tushuvchi yoki 
e’tiborsiz joylarni yopib turuvchi yo‘l bo‘yi tasmalaridagi mavjud o‘simliklarni 
saqlash, qo‘shimcha yangi ko‘chatlar ekish va saqlashni ham oladi. Manzarali ekinlar 
harakat xavfsizligini ta’minlashda ham qo‘llaniladi: katta masofalarda yo‘l trassasini 
ifodalashda, ayniqsa qatnov qismi yuzasi haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘lmaganda, 
haydovchilarni chorraha va tutashmalardan ogohlantirishda, yon tomondan esadigan 
shamoldan himoyalashda va boshqalar. 
Manzarali ekinlar joylashishi va ahamiyatiga ko‘ra yo‘l bo‘ylab asosiy ekinlar 
(qatorli va ko‘p qatorli), guruhli va aralash (asosiy va guruhli) ekish turlariga 
bo‘linadi. Mavjud bog’-park uslubi va mahalliy sharoitga mos holda manzaraviy 
ko‘kalamzorlashtirishda uchta asosiy usul qo‘llaniladi: tartibli (qatorli yoki ko‘p 
qatorli ekish), landshaft-guruhli (yoki erkin) va aralash. 
Tartibli usul butalar, to‘g’ri yoki egri chiziqli bir xil qatorli daraxtlarni qat’iy 
aniqlangan joylashishini ko‘zda tutadi. Alohida turdagi o‘simliklar qatori yoki ularni 
guruhlari orasidagi masofa mavjud bezatishli yo‘l uchastkasi bo‘yicha doimiy qoladi. 
Bu usul yo‘lning tekis joydan o‘tuvchi yoki maxsus bezatilgan yo‘llarda, shahar va 
aholi yashash joylariga kirish va aholi yashash joylarida qo‘llaniladi. 
Landshaft-guruhli (yoki erkin) usul daraxt va butalarni alohida element 
ko‘rinishida va har xil o‘lchamdagi guruhlarni erkin (tasviriy) joylashtirish ko‘zda 
tutadi. Bu usul asosan yo‘lning adirli yoki to‘lqin relefli territoriyalaridan o‘tgan 
joylarda qo‘llaniladi. 
Landshaft-guruhli usulidan foydalanishga misollar 5.1-rasmda keltirilgan. 


136 
5.1 – rasm. Daraxt va butalarni monoton ekish ortida landshaft-guruxli joylashtirish.
Aralash usulda daraxtlarni tartibli va landshaft–guruhli ekishni tashkil etish 
hisoblanadi (5.2-rasm). Bu usul bir tekis relefli tumanlarda qo‘llaniladi. Bunda 
asosan quyidagi ko‘rinishlar qo‘llaniladi: tartibli ekilgan qatorlarda landshaftli 
guruhlarni notekis joylashtirish; tartibli ekinlar va yo‘l orasidagi (qatorli ekish ortida) 
erkin tasmada alohida turlarni va landshaftli guruhlarni notekis joylashtirish
landshaftli guruhlarni va tartibli ekinlarni yo‘llarni kesishish joylarida, yo‘ldan 
tushish-chiqishlarda, daryo, jarliklar va boshqalar kesishgan joylarda joylashtirish. 
Manzara samarali bo‘lishi va daraxtlarni erkin rivojlanishi uchun ekilgan 
daraxtning kattaligiga bog’liq holda qatorlar va daraxtlar orasidagi masofa 5 m dan 
20 m gacha qabul qilinadi. Yosh ko‘chalarni ekishda ularda manzarani tezroq 
rivojlantirish uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa kichikroq (eng katta 
masofadan 2-4 marta kam) qabul qilinadi.
Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirish uchun 4-6 yoshdagi 
ko‘chatlar va 2-3 yoshdagi butalar qo‘llaniladi.
Maxsus 
turdagi 
ekinlar 
avtomobil 
yo‘larining 
ajratuvchi 
tasmasini 
ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Bu ko‘kalamzorlashtirish turi yo‘llarni 
arxitektura-tasviriy bezatishdan tashqari harakat xavfsizligini oshirishda ham 
qo‘llaniladi. Qoida bo‘yicha ajratuvchi tasmaga bir biridan 20-30 m, yo‘l chetidan 
esa kamida 1,75 m masofada joylashuvchi to‘liq buta yoki ko‘ndalang tasma (bir 
AB kesim 



137 
yoki ikki qatorli devor) ko‘rinishida ekish amalga oshiriladi. Bunday ko‘chatlar 
qarama-qarshidan kelayotgan avtomobillarni yoritish chiroqlari nurlaridan saqlaydi. 
5.2-rasm. Avtomobil yo‘llarini aralash usul bilan manzarali ko‘kalamzorlashtirishga 
misol: 
1 –himoya tasmasi; 2 – daraxtlarni tartibli ekish; 3 – landshaft-guruhli ekish. 
Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish tamoyillari.
 
Harakat xavfsizligi sharoitidan kelib chiqib, ko‘rish masofasini ta’minlash va 
haydovchilar yo‘nalishni idrok etishi uchun egrining tashqi qismida ekilgan daraxtlar 
quyiqlashtiriladi va ichki tomonidan siyraklashtiriladi yoki umuman ekilmaydi. 
Yo‘llarda piramidasimon daraxtlarni qatorlab ekish ertalab va kechqurun zebra 
samarasini beradi. Quyosh yoritganda ular qoplamada haydovchini charchatadigan 
soyalar tasmalarini paydo qiladi. Daraxtlar orasi 2-3 m va harakat tezligi 80-100 
km/soat bo‘lganda yoqimsizlik seziladi. 
Aholi yashaydigan joylarda ekiladigan o‘simlik turi va ko‘kalamzorlashtirish 
xarakteriga ko‘ra, shuningdek qatnov qismi, piyodalar yo‘lakchasi kengligi,
er osti 
kommunikastiyalari joylashishi va yo‘l atrofidagi binolar qavatlarini hisobga olgan 
holda tanlanadi. 
Manzarali ko‘kalamzorlashtirish ob’ektning atrof-muhit bilan uyg’unlashuvini 
kuchaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, transport inshootining me’moriy-badiiy dizayni 
uchun qo‘llaniladi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish nafaqat yangi daraxtlar va 
Reja 
Yo’l o’qi 


138 
butalarni ekishni, balki yo‘lning boshqa qismidagi mavjud o‘simliklarni saqlab 
qolishni, atrofdagi manzaraga organik ravishda mos keladigan yangi ekinlarni 
qo‘shishni va
ko‘rimsiz joylarni yopishni (maskirovka) o‘z ichiga oladi.
Ekilgan daraxtlarning kattaligiga qarab, manzara effekti va shox-shabbalarning 
erkin rivojlanishi uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa 5 dan 20 m gacha 
olinadi. Yosh ko‘chatlarni ekayotganda, atrofdagi mavjud katta daraxtlardan “yashab 
ketish” hollarini hisobga olinib va mutaxassislar xulosalariga asosan tez manzara 
effektini olish uchun daraxtlar orasidagi eng qisqa masofa tanlanadi (maksimaldan 2-
4 marta kam).
Katta aholi punktlari va boshqa joylarga kirish joylarida alohida 2 yoki 3 
nusxada badiiy bezakli holda hududni mavzusiga asosan eskizlar asosida gullar bilan 
rabatok (pol yoki tasma), erkin gulli dog’lar shaklida bezash loyihalanadi, 
shuningdek gul ochadigan maysa joylar bilan bezatiladi. Shu bilan birga, muntazam 
parvarishnini talab qilmaydigan ko‘p yillik gullarga imtiyoz beriladi. 
Uzun yo‘lda bir xil turdagi manzarali ko‘kalamzorlashtirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish me’moriy jihatdan asoslangan holda 
almashtiriladi 
va 
trassa 
elementlariga 
biriktiriladi. 
Ko‘pincha 
manzarali 
ko‘kalamzorlashtirishni tez-tez almashtirish mumkin emas, chunki bu yo‘lni 
jihozlashda turli xillikni yuzaga keltiradi. 
Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri o‘zgarishi 2-3 km dan kam bo‘lmasligi va 10 
km dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘simliklar biologik va ekologik funkstiyalarni 
bajarishi bilan cheklanib qolmasdan, ularning xilma-xilligi va rang-barangligi har 
doim insonning “ko‘zini quvontirishi kerak”. 

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin