132
yordam beradi. Yo‘l bo‘yi o‘simliklari yo‘l harakatini tashkil etishning kompleks
tadbirlarida, tuman va qor bosib qolish davrlarida, sutkani qorong’i vaqtida yo‘lni
idrok etishni ta’minlash, hamda yo‘lning to‘g’ri va egri bo‘laklarida haydovchilarni
yo‘nalishni aniqlashini yaxshilash, yo‘lning ayrim elementlarini, chorrahalar, xizmat
ko‘rsatish inshootlarini aniq ko‘rsatib harakat xavfsizligini oshirishga yordam beradi.
Ajratuvchi tasmali bo‘lgan ko‘p tasmali yo‘llarda haydovchilarni qarshi tomondan
kelayotgan avtomobillar farasi yorug’ligidan ko‘z qamashishini oldini oladi.
Mamlakatga mehmon bo‘lgan yo‘lovchilarni zavqlantiruvchi manzaralar bilan o‘ziga
jalb qiladi.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya
va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.
a) Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:
- nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.
b) Manzarali ko‘kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo‘yicha mamlakat
mehmonlarini jalb etuvchi omil bo‘lib, avtomobil yo‘lini arxitektura-tasviriy
ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: