O‘zbekiston tuproqlari tasnifi
№
Mintaqalar
Tuproq turlari
1.
Cho‘l mintaqasi, Turon
tekisligi
I-tur. Cho‘l mintaqa o‘tloqli tuproqlari.
II-tur. Cho‘l mintaqa botqoqli tuproqlari.
Sh-tur. Cho‘l mintaqasining sho‘rhoqli tuproqlari.
IV-tur. Taqirsimon tuproqlar.
V-tur. Cho‘l-qumli tuproqlar.
VI-tur. Sur tusli qo‘ng’ir cho‘l tuproqlari.
2.
Bo‘z tuproqlar
mintaqasi. Tyanshan va
Pomir-Oloy tog’larining
tog’oldi tekisliklari, tog’
yonbag’irlari va past
tog’lar
VII-tur. Bo‘z tuproq mintaqasining o‘tloqli tuproqlari.
VIII-tur. Bo‘z (sur) tuproqlar mintaqasining botqoqli
tuproqlari.
IX-tur. Bo‘z tuproqlar mintaqasining sho‘rxokli
tuproqlari.
X-tur. Bo‘z (sur) tuproqlar. Och sur qatlamli, gipsli
tuproqlar.
XI-tur. Bo‘z (sur) tuproqlar mintaqasining sho‘rtob
tuproqlari.
213
3.
O‘rta baland tog’,
jigarrang tuproqlar
mintaqasi
XII-tur. Jigarrang tuproqlar.
XIII-tur. Tog’ qo‘ng’ir tusli o‘rmon tuproqlari.
4.
Baland tog’ sur qo‘ng’ir
o‘tloqi–dashtli tuproqlar
mintaqasi
XIV-tur. Baland tog’-o‘tloqi tuproqlari.
XV-tur. Baland tog’ botqoq tuproqlari, baland tog’
torfli-botqoq tuproqlari.
XVI-tur. Baland tog’ sur qo‘ng’ir o‘tloqli-dasht
tuproqlari.
5.7. O‘simliklarni ro‘yxatga olish va ko‘karuvchanligini aniqlash,
ko‘chatxonalarni tashkil etish
Yo‘l bo‘yida barpo qilingan ihota o‘rmonlari bo‘yicha bajarilgan ishlar,
tarkibida viloyatlar “Yo‘lko‘kalam” unitar korxonalari muhandis-o‘rmonshunos
vakillari, avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalarining yo‘l bo‘limi vakillari
– bo‘lim boshlig’i yoki bosh muhandisi, o‘rmonshunos, yo‘l ustasi bo‘lgan
tekshiruv guruhi tarafidan qabul qilib olish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma bilan
qayd etiladi. Dalolatnomada tuzilgan sana, ihota o‘rmoni barpo qilingan joy va
uning maydoni, mintaqaning daraxtlarni o‘tqazilish tasviriy chizmasi va unda
o‘tqazilgan daraxtlar navlari, tuproqni tayyorlash, ko‘chatlarni o‘tqazish usuli va
bajarilgan ishlarning sifati haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Barpo qilingan o‘rmon mintaqasi qabul qilib olish dalolatnomasi asosida
yo‘l xizmatining mol-mulklarni hisobga olish (inventarizastiya qilish) kitobida
qayd etilib, bu kitobda ko‘chatlarning tutishi va kelgusi yillarda olib borilgan ishlar
(tuproqni minerallar bilan boyitish, daraxtlarni parvarishlash maqsadida kesish va
h.k.), hamda o‘tqazilgan daraxt va butalarning holati haqidagi (davriy ravishda har
5 yilda bir marta o‘tkaziladigan inventarizastiya qayta hisoblashlari asosidagi)
ma’lumotlar qayd etib boriladi.
Yosh ko‘chatlar foydalanishga yaroqli holatga kelgunlariga qadar har yili 1
oktyabrdagi holatlari bo‘yicha inventarizastiya qilinadi. Har bir inventarizastiya
paytida ko‘chatlarning holati, daraxt va butalarning tutishi (rivojlanishi haqidagi
ma’lumotlar) qayd etiladi va kerakli agrotexnika tadbirlari o‘tkaziladi.
214
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida ekilgan manzarali daraxt va
buta o‘simliklarni ko‘karuvchanlik darajasi:
Tekislik hududlarda – 75 foiz va undan yuqori;
Tog’li hududlarda – 60 foiz va undan yuqori;
Qum va cho‘l hududlarda – 35 foiz va undan yuqori bo‘lsa bajarilgan
ko‘kalamzorlashtirish ishlari to‘liq qabul qilinib, yo‘l balans saqlovchi tashkilotga
balansga qabul qilish uchun topshiriladi. Himoya va manzarali har xil daraxtlar va
butalarga zarar etkazishda aybdorlar amaldagi avtomobil yo‘llarini va inshootlarini
himoyalash qoidalari va mavjud qonunchilik hujjatlariga binoan javobgarlikka
tortiladi.
Yo‘l ko‘chatxonalarini tashkil etish nihollar va ko‘chatlar turidagi
himoyalovchi va manzarali ekish uchun tashkil etiladi. Maqsadi va amal qilish
muddatiga ko‘ra vaqtinchalik va doimiy ko‘chatxonalarga bo‘linadi. Vaqtinchalk
ko‘chatxonalar qisqa muddatga (1-3 yilga) 0,5 ga dan 3 ga gacha o‘lchamda tashkil
etiladi. Doimiy ko‘chatxonalar maxsus ajratilgan hududlarda har xil assortiment va
yoshdagi ekish materiallarini o‘stirish uchun mo‘ljallanadi. Ko‘chatxona bu
aloxida korxona yoki ixtisoslashtirilgan xo‘jalik korxonalarida maxsus bir bo‘lim
bo‘lib, ko‘chat etkazish uchun mo‘ljallanadi. Ko‘chatxonalar o‘zining o‘lchamlari,
yo‘nalishi, maydoni va foydalanish muddatiga ko‘ra vaqtinchalik va doimiy
ko‘chatxonalarga bo‘linadi. Vaqtinchalik tashkil qilingan ko‘chatzorlar - yaqin
atrofda joylashgan ko‘chatzor tashkil qilish ishi bilan shug’ullanuvchi tashkilot va
korxonalarni
ko‘chat
bilan
ta’minlash maqsadida barpo etiladi. Bu
ko‘chatzorlardan foydalanish muddati 5 yildan oshmaydi va 0,5-2 gektargacha
bo‘ladi. Doimiy ko‘chatxonalar - bir necha yil davomida ko‘chat etkazib berish
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 5-15 gektar va undan ham ko‘p maydonga ega bo‘ladi.
Agar maydoni 25 gektardan oshiq bo‘lsa va ko‘chatlar bir necha xo‘jaliklarni
ta’minlasa, hamda yangi texnologiya, mexanizmlardan, o‘g’it va kimyoviy
vositalardan keng foydalansa, ularni bazali ko‘chatxona (pitomnik)lar deyiladi.
Manzarali daraxt ko‘chatlari etishtiriladigan ko‘chatxona (pitomnik)lar
asosan 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, ularga:
215
- urug’larni tayyorlash bo‘limi; urug’larni ekish bo‘limi; nihollarni tarbiya
va parvarishlash bo‘limi; ko‘chatlarni parvarishlash bo‘limi; karantin bo‘limi;
urug’ olinadigan (ona daraxtzor) bo‘limi kiradi.
1- bo‘lim, urug’larni tayyorlash bo‘limi. Hajmi eniga 1m
2
, chuqurligi 0,35 m
(35sm) bo‘lgan beton hovuzchalar. Hovuzchalar orasida yuradigan yo‘laklar
bo‘lishi kerak. Urug’larni qumga aralashtirib hovuzchalarga solib stretifikastiya
qilinadi. (Darxt turlari soniga qarab hovuzchalar soni belgilanadi).
2-bo‘lim, urug’larni ekish bo‘limi. Stretifikastiya qilingandan keyin, urug’lar
qobig’ini yorishni boshlaydi. Shunda urug’lar hovuzchalardan olinib tayyorlangan
er maydoniga ekiladi. Urug’ ekiladigan maydon eni 1 metr bo‘lib, qator oralarida
yurib ishlov berganda qo‘l etadigan masofada bo‘lishi kerak. Urug’ ekilgan
maydonni bosib bo‘lmaydi. Qator oralarida unib chiqqan nihollarga ishlov berish
uchun yo‘lakchalar bo‘lishi kerak. Urug’ ekiladigan maydon 2-3 gektar bo‘lishi
kerak.
3-bo‘lim, nihollarni tarbiya va parvarishlash bo‘limi. Nihollar chiqqandan
keyin, urug’ ekiladigan maydondan ko‘chirib olinib ekiladi. Nihollar poyasini tutib
olguncha va ildiz yaxshi rivojlanib olguncha shu maydonda parvarish qilinadi.
Ko‘chatlar yaxshi rivojlanishi uchun qator oralari kultivastiya qilinib turilishi kerak
bo‘ladi. Tomchilab sug’orish tizimii tavsiya etiladi. Nihollarni parvarishlash
bo‘limi 5-6 gektarni tashkil qiladi.
4-bo‘lim, ko‘chatlarni parvarishlash bo‘limi. Ildizi rivojlanib olgan
ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqaziladigan maydon. Bu maydonda ko‘chatlar katta bo‘lib
olguncha (avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish uchun etarli darajada
o‘sguncha) parvarishlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash bo‘limiga 10-12
gektargacha maydon kerak bo‘ladi.
216
5.32-rasm. Ko‘chatxonalar uchun er
maydonlarini tayyorlash
5.33-rasm. Ko‘chatxonalarda
ko‘chatlarni parvarishlash
5-bo‘lim, karantin bo‘limi. Chetdan keltiriladigan urug’, nihol va
ko‘chatlarni ma’lum muddatda saqlab turish, atrofi maxsus setkalar bilan o‘ralgan
0,3-0,5 gektarli maydon.
6-bo‘lim, urug’ olinadigan (ona daraxtzor) maydon bo‘limi. Bu maydonda
ko‘kalamzorlashtirishda ekiladigan daraxt va buta turlarini doimiy, urug’ olish
maqsadida o‘stiriladi. Urug’ olinadigan (ona daraxtzor) maydon bo‘limiga 5
gektarni tashkil qiladi.
5.34-rasm. Ko‘chatxonalarda ko‘chatlarni parvarishlash
Ko‘chatxona (pitomnik)larda qo‘shimcha maydon va inshoatlar:
Manzarali gul ko‘chatlarini etishtiriladigan issiqxona (1 ga); Manzarali
daraxt va butalarni tuvak va konteynerlarda etishtirish uchun issiqxona (1 ga);
Qalamchalarning ildiz olishini tezlatish, ko‘paytirish ishlari maxsus mikroiqlim
yaratuvchi uskunali maydonda(tumanoobrazuyushaya ustanovka), qumli substratli
maydon ajratish (0,20 ga); Introdukstiya qilingan dendrologiya (botanikaning
daraxt va butalar haqidagi bo‘limi), dendrariya (daraxt va butalar to‘plami) va
o‘rmonlarni himoya qilish bo‘limlari uchun maydon; Sug’orish uchun suv zahirasi
217
saqlanadigan hovuz (ichimlik suv, yong’inga qarshi ishlatiladigan maxsus hovuz,
er osti (skvajina), tomchilab sug’orish tarmoqlari uchun kichik hovuzlar); Elektr
energiya tarmoqlari (TP) va Gaz tarmog’i (GRP) uchun maydon; Texnikalar,
traktorlar va transport vositalari harakatlanishi uchun asfaltlangan yo‘laklar
(maydonlar, bo‘limlar va sekstiyalar orasi)ni o‘z ichiga oladi.
Chirindi (kompost va biogumus) tayyorlash uchun xandaklar bir yoki erning
bo‘sh maydoniga qarab bir nechta qazish mumkin.
Ko‘chatxonalarning namunaviy bino-inshootlari ma’muriy bino, ishchilar
xonasi, avtomobil va traktorlar uchun yopiq turargoh, ish anjomlari saqlanadigan
omborxona, urug’larni saqlash omborxonasi, urug’larni dezinfekstiya qilish
xonalarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |