368
inshootlarning holati va ularni tez olish qobiliyati bo‘yicha ma’lumotlar bankiga
ega bo‘lishi kerak.
Yo‘llar holati haqida ma’lumot to‘plash
va qayta ishlash uchun
avtomatlashtirilgan
tizimlar
yo‘l
xizmati
uchun
muhandislik-iqtisodiy
muammolarni hal etishga imkon berishi kerak: yo‘llar va inshootlarning texnik
holatini (darajasini) har qanday joyda va yilning har qanday davrida aniqlash,
texnik hisobga va pasportlashtirish, ta’mirlashlararo muddatlarini aniqlash va
bashoratlash, ta’mirlash ishlarini
optimal rejalashtirish, YTH ma’lumotlari, turli
uchastkalarni harakati xavfsizligi baholash, harakat jadalligini va yuklangan
uchastkalarning o‘tkazish qobiliyatini baholash va hokazo.
Bunday tizimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish muhim mablag’lar va
malakali xodimlarni talab qiladi. "Ko‘prik", "Yo‘l", "Harakat jadalligi" kabi
axborot olish tizimlari (AOT) yaratilgan. Yo‘llarni texnik pasportlashtirishning
avtomatlashtirilgan tizimini (YTPAT) va avtomatlashtirilgan yo‘l ma’lumotlari
bankini (AYMB) yaratish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Umumiy olganda, texnik paspotrlashtirishn tizim sifatida ikki kichik tizimdan
iborat: axborot-o‘lchash (AO‘) va axborot-olish (AO).
Ishlab chiqilgan va qisman
faoliyat ko‘rsatayotgan YTPAT bu masalalarni har tomonlama hal qiladi.
YTPATning asosiy vazifalari:
yo‘l qoplamasining
mustahkamligi,
qoplamaning
g’adir-budurligi va
sirpanuvchanligi, bo‘ylama va ko‘ndalang profillar, yo‘l rejasini o‘lchash va
tekshirish;
qoplamaning emirilish darajasini, yo‘l va sun’iy inshootlarning holatini, yo‘l va
uning jihozlari solish holatini baholash;
transport oqimi xususiyatlarini va harakat sharoitlarini o‘lchash;
yo‘l va uning inshootlarini transport-ekspluatastion holatini baholash va
olingan ma’lumotlarni qaytta ishlash;
ma’lumotlarni saqlash va yangilash;
soha avtomobil yo‘llari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlash, so‘rovlar,
murojaatlar, statik hisobot ma’lumotlari, yo‘llarning pasportlarini tayyorlashga
369
xizmat qildi.
YTPAT tarkibida ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bo‘yicha quyi tizimlar
mavjud:
yo‘llarning asosiy geometrik parametrlari to‘g’risida ma’lumot (“trassa”);
yo‘l
yuzalarining
mustahkamlik
xususiyatlari
haqida
ma’lumotlar
(“mustahkamlik”);
yo‘lning ekspluatastion holati to‘g’risida ma’lumot (“Holat”);
harakat jadalligi ma’lumotlari (“Harakat”);
yo‘l
poyining
holati
va
texnik
xususiyati
haqida
ma’lumot
(avtomatlashtirilmagan quyi tizim);
suvni chetlatish
va qochirish inshootlari, yo‘lni jihozlanish elementlari,
holati, shuningdek, yo‘l-transport inshootlari to‘g’risidagi ma’lumotlar
(“Jihozlash”).
YTPAT yo‘llarni pasportlashtirishni an’anaviy usuli kabi yo‘lning texnik va
ekspluatastion xususiyatlarini o‘z ichiga olgan jadvallar asosiy hujjat bosma
shakldagi texnik pasport hisoblanadi. Barcha shakllar 422x305 mm texnik pasport
formatini tashkil etuvchi kitobga tikiladi. Keyinchalik bu shakllarga yo‘l holatidagi
barcha o‘zgarishlar kiritiladi. Doimiy ravishda yo‘llar holati to‘g’risidagi
yangilangan ma’lumotlar AYMB asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Avtomatlashtirilgan
bank deganda, ushbu ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularga xizmat
ko‘rsatishning foydalanuvchi ma’lumotlar bazalari, texnik (EHM, mini-EHM) va
dasturiy vositalari hamda tizim faoliyatini ta’minlovchi mutahassislar majmui
tashkiliy-texnik tizim tushuniladi.
AYMB tarkibiga ma’lumotnoma va axborot fondi va dasturiy ta’minot kiradi.
Ma’lumotnoma va axborot fondi “Lug’atlar”, “Struktura”, “Yo‘l holati”,
“Standartlar”, “Arxiv” va ”Adminstrator” ma’lumotlar omborlaridan iborat.
Yo‘llarning texnik va ekspluatastion holati to‘g’risidagi ma’lumotlar bir hilligi
bo‘yicha operativ fayllarga guruhlanadi va “Yo‘l holati” ma’lumotlar
bazasini
hosil qiladi.
370
AYMB dasturiga umumiy matematik programmalar va maxsus matematik
programmalar kiradi. Maxsus matematik programmalarga umumiy matematik
programmalarning imkoniyatlarini kengaytirish va AYMB ning o‘ziga xos
xususiyatlariga mos amaliy dasturlar kiradi. Amaliy dasturlar paketiga AYMBga
foydalanuvchi kirish dasturlari va ma’lum vazifalarni echishga qaratilgan dasturlar
kiradi. AYMBning birinchi bosqichi uchun ushbu vazifalarni uch sinfga bo‘lish
mumkin: axborot va ma’lumotnoma; qiyosiy (baholash); yo‘l parametrlarining o‘z
vaqtida o‘zgarishini harakterlovchi muammolar.
Avtomatlashtirilgan yo‘l ma’lumotlari banki – murakkab inson-mashina
tizimidir, shuning uchun uning asosiy elementi trafik ma’lumotlarini
saqlash
xizmati hisoblanadi. Yo‘llarning holati haqidagi axborotlarni yig’ish va qayta
ishlash vazifalari bir xil darajada hal qilinsa AYMB ni ishlab chiqish va undan
foydalanish avtomatlashtirilgan pasportlashtirish tizimlarining bir qismi sifatida
eng samarali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: