1.5. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining tuzilishi
va ularning asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida» 2017 yil 14
fevraldagi PF-4954-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining faoliyatini samarali tashkil etish
maqsadida 2017 yil 14 fevralda PQ-2776-sonli “O‘zbekiston Respublikasi
avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi vazirlar
mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish
to‘g’risida”gi qaror qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat
qo‘mitasi tarkibida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Umumiy foydalanishdagi
27
avtomobil
yo‘llarini
qurish
va
rekonstrukstiya
qilish
Direkstiyasi”,
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari hududiy bosh
boshqarmalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari
hududiy bosh boshqarmalari tarkibida unitar korxonalar shaklidagi mintaqaviy
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil
etish, «Transyo‘lqurilish» DUKni O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari
davlat qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar
avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari tarkibida tuman yo‘llardan
foydalanish
korxonalari,
yo‘llardan
muntazam
foydalanish
korxonalari,
ko‘priklardan foydalanish korxonalari, mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi
xizmatlari, mintaqaviy yo‘llarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar, yo‘l
ta’mirlash va qurish korxonalari, «Avtoyo‘lnurta’mir», «Respublika dispetcherlik
markazi», «Axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi»,
«Avtoyo‘lmexanizastiya»,
«Avtoyo‘lservis»,
«Avtoyo‘lta’minot»
va
«Avtoyo‘lkukalamzorlashtirish» unitar korxonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi uning
tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning muassisi hisoblanadi. Umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstrukstiya qilish
va ta’mirlash bo‘yicha bosh buyurtmachi vazifalari «Umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstrukstiya qilish Direkstiyasi» DUKga
yuklatilgan. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar
posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy
avtomobil yo‘llari) loyihalashtirish, qurish, rekonstrukstiya qilish va ta’mirlash
bo‘yicha bosh buyurtmachi vazifalari Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar
avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi mintaqaviy yo‘llarga
buyurtmachi xizmatlariga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining tarkibiy
korxonalari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini va mintaqaviy avtomobil
yo‘llarini qurish, rekonstrukstiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudratchi
korxonalar hisoblanadi.
28
1.6-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari
hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi tuman yo‘l-ekspluatastiya korxonalari
namunaviy tuzilish sxemasi
1.7-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari
hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi muntazam foydalanish korxonalari
namunaviy tuzilish sxemasi
29
1.8-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari
hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi yo‘l ta’mirlash-qurish korxonalari
namunaviy tuzilish sxemasi
Dostları ilə paylaş: |