20
1.2. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining
asosiy maqsadi va vazifalari
Avtomobil yo‘llari – hisobiy yuk va belgilangan
tezlikda transport
vositalarining uzluksiz, qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun mo‘ljallangan
muhandislik inshootlari majmuasi hisoblanadi. Bu majmuaga yo‘l poyi, yo‘l
to‘shamasi, quvurlar, boshqa sun’iy inshootlar, yo‘l
jihozlari va himoya
inshootlari, avtoservis, yo‘l va avtotransport xizmati bino va inshootlari kiradi.
Yo‘l va yo‘l inshootlari elementlari va parametrlari holati ularning texnik
darajasini va ekspluatastion holatini aniqlaydi.
Avtomobil yo‘llarining texnik darajasini va ekspluatastion holatini talab
darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun yo‘llarni ta’mirlash
va saqlash korxonalari
tashkil etilgan. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining yakuniy
maqsadi - transport va yuk hajmining o‘sishiga muvofiq yo‘llarning texnik darajasi
va ekspluatastion halatini qo‘llab quvvatlash va doimiy ravishda yaxshilash,
natijada transport vositalarining samaradorligini
oshirish, transport xarajatlarini
kamaytirish hisoblanadi.
Yo‘llarning texnik darajasini va ekspluatastion holatini murakkab tabiiy-iqlim
sharoitida oshirish, yo‘llarning yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydi. Buni faqat
avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
va yo‘llarni ekspluatastiya qilishning nazariy asoslarini va amaliy ilg’or tajribalarni
yaxshi bilish bilan amalga oshirish mumkin.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy
maqsadi quyidagilaridan iborat: talabalarni yo‘l va yo‘l inshootlarini samarali
ta’mirlash va saqlash uslublari va zamonaviy texnologiyalari
bilan tanishtirish,
o‘rgatish va ularni mavjud avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini talab qilingan
texnik darajasini va ekspluatastion holatini ta’minlash bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarini shakllantirish, yo‘llarni ta’mirlashlararo
davrini va xizmat
muddatini ta’minlash.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy
vazifalari quyidagilar hisoblanadi: avtomobil yo‘llarini ta’mirlash
va saqlash
21
bo‘yicha ishlarning amaliy ahamiyati, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash
bo‘yicha ishlar tasnifi, yo‘llarni ta’mirlashlararo muddatini va xizmat muddatini
ta’minlash, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va
ularni rejalashtirish, avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash texnologiyalarini
rivojlanishi,
avtomobil
yo‘llarini
ta’mirlash va saqlashda zamonaviy
mexanizastiyani qo‘llash, murakkab sharoitda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va
saqlash
ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini saqlash
texnologiyalari,
avtomobil yo‘llarini qish davrida saqlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini
ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash
texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash texnologiyalari,
avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish, avtomobil
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish va ishlarni qabul qilish,
avtmobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag’lar
sarfini
hisoblash
tamoyillari
haqida
talabalarning
tushuncha
va
tassavurlarini
shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: