23
Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari butun uzunligi bo‘yicha 15-40 %
gacha, aholi zich bo‘lgan hududlarda 65-100 % gacha [6, 7] aholi yashash
joylaridan o‘tadi. Yo‘llarning aholi yashash joylaridan o‘tgan bo‘lagida harakat
sharoitining qulayligi yo‘lning boshqa bo‘laklariga nisbatan past, halokatlilik
ko‘rsatkichi 8-10 marotaba yuqori [8, 9], halokatning og’irlik darajasi 1,6 marotaba
katta bo‘ladi [9, 10]. Aholi yashash joylarida yo‘lning geometrik o‘lchamlarida
me’yoriy talablarga mos kelmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi. Bugungi kunda
respublikada avtomobil yo‘llari tarmog’ining 51,7 % ini mahalliy ahamiyatdagi
yo‘llar tashkil qilishi, yo‘l tarmog’ini takomillashtirish dolzarb masalalardan
ekanligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: