1 A. X. O‘roqov


 Avtomobil yo‘llarini sug’oriladigan hududlarda saqlash texnologiyalari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

3.8. Avtomobil yo‘llarini sug’oriladigan hududlarda saqlash texnologiyalari 
Yo‘llarni saqlash yo‘l, yo‘l inshootlari va yo‘l uchun ajratilgan mintaqaga 
ularni butun yil davomida kerakli holatda saqlash maqsadida muntazam ravishda 
qarash 
va 
parvarishlash 
va 
barcha 
konstrukstiya 
elementlarining 
deformastiyalarini va shikastlarini tuzatish ishlarini o‘z ichiga oladi. Saqlash 
ishlarining to‘la hajmda va yuqori sifat bilan bajarilishi yo‘lning transport - 
foydalanish ko‘rsatkichining yomonlashish jarayonini sekinlashtiradi. 
Yo‘lning poyini saqlash bo‘yicha ishlar uning geometrik shaklini saqlash, 
turli suv yig’ish, suv qochirish va suv o‘tkazish qurilmalarini doimo ishga 
yaroqli holatda saqlash orqali yo‘lning poyi, yo‘l yoqalari va yonbag’irlarining 
mustahkamligini oshirishga qaratilgan. Yo‘ldan foydalanish tashkilotlari 
yo‘lning nomuvofiq tuproq va gidrologik sharoitlarga ega bo‘lgan qismlariga, 
erning qatlami ko‘pchigan joylariga, yo‘lning sun’iy sug’orish maydonlaridan 
o‘tadigan qismlariga alohida e’tibor bilan qarashni talab qiladi. 
Saqlash ishlarining vazifalari: bahor davrida yo‘lning poyi tuprog’ining 
qor va muzlarning eriganidan hosil bo‘lgan suvlar va sizot suvlar ta’sirida 
haddan ortiq namlanish darajasini pasaytirish; yoz davrida yo‘lning poyi (yo‘l 
yoqalarining, suv qochiradigan qurilmalarning va boshqalarning) tarkibiga 
kiruvchi elementlarni mayda deformastiyalari va shikastlanishi bilan bog’liq 
bo‘lgan ishlarni amalga oshirish; kuz davrida yo‘lning poyi haddan ortiq 
namlanishining oldini oladigan ishlarni amalga oshirish. 
Bahorda qatnov qismidagi va yo‘l yoqalaridagi, qor va muzlardan erigan 
suvlarning yo‘lning poyiga sizib o‘tishini kamaytirish, hamda muzlagan 
tuproqning erishini ta’minlash va suvlarni qochirish uchun (jadal erish davri 
boshlanguncha qadar) qatnov qismidagi, yo‘l yoqalaridagi va agar imkoni bo‘lsa 
yonbag’irlardagi qor va muzlarning olib tashlanishi lozim. Yo‘l uchun ajratilgan 
mintaqaning tashqi chegarasidagi suv qochiradigan ariqlarning o‘qi bo‘ylab 
qorda to tuproqqacha - eni 0,5-0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘yiq-suv 
qochirgichlar qilinadi. Shu davrda suv o‘tkazuvchi inshootlar (quvurlar, kichik 


76 
ko‘prikchalar), zovurlarning og’izlari, ochiq novlar, quvursimon zovurlarni qor 
va muzdan tozalash ishlari amalga oshiriladi. 
Yo‘lning ko‘pchigan qismlaridagi suvlarni zudlik bilan qochirish ishlari 
amalga oshiriladi. Yo‘ldan foydalanish xizmati oqimga xalaqit beruvchi mayda 
to‘siq va emirishlarni o‘z vaqtida bartaraf qilish orqali suvlarning suv o‘tkazish 
inshootlarining og’zida, qatnov qismida, suv qochiradigan ariqchalarda turib 
qolishiga 
yo‘l 
qo‘ymasligi 
kerak. 
Bog’lanishsiz 
materiallar 
bilan 
mustahkamlangan yo‘l yoqalarida yo‘l to‘shamasining ostidagi va yo‘l 
yoqalaridagi muzlagan tuproq eriganda hosil bo‘ladigan suvlarning tezlik bilan 
chetlatilishini ta’minlovchi eni 0,25-0,5 m bo‘lgan suv chetlatuvchi ko‘ndalang 
o‘yiqlar qilinadi. O‘yiqlar yo‘l to‘shamasi chuqurligida shaxmat tartibida, 
kamida 4 m bo‘lgan ariqlarda, 40% dan kam bo‘lmagan nishablikda qilinadi. 
O‘yiqlarning qiyaliklarining quyi tarafida yo‘lning o‘qiga 10-20

burchak hosil 
qiluvchi tik belgilar qilinadi. ishlarni bajarishda maxsus mashinalardan, 
ekskavatorlardan va boshqa mexanizastiya vositalardan foydalaniladi. Harakat 
xavfsizligi bilan ta’minlash uchun yo‘lning o‘yiqlar yasalgan qismlari tegishli 
yo‘l belgilari bilan to‘siladi. Tuproq quritib bo‘lingandan so‘ng o‘yiqlarni yo‘l 
yoqalarini mustahkamlashda ishlatilgan material yoki zax qurituvchi tuproq 
bilan ko‘milib, talab qilingan me’yorda zichlantiriladi. Barcha ishlar bajarib 
bo‘lingandan so‘ng yo‘l belgilari echib olinadi. 
Bahor davrining so‘ngida, tuproq qurish boshlagan paytda suv qochirish 
inshootlarini va zovurlarni yot jismlardan va iflosliklardan tozalash ishlari 
amalga oshiriladi, suv yig’uvchi manbalarda va suv qochirish ariqchalarida 
qolgan suvlar chiqarib tashlanadi, suv o‘pirib ketgan joylar tekislanadi, yo‘lning 
poyi 
qirg’oqlari 
tuzatiladi, 
mustahkamlanmagan 
yo‘l 
yoqalari 
va 
yonbag’irlarning shikastlangan qismlari mayda o‘pirilishlar, emirilishlar va sel 
oqizib kelishi natijasida paydo bo‘lgan yot jismlardan tozalanib tekislanadi. 
Yo‘lning chim qatlami shikastlangan qismlariga qulay agrotexnik muddatlar 
ichida chim bostiriladi. 


77 
Yoz 
davrida 
suv 
manbalarini, 
yonbag’irlarni, 
yo‘l 
yoqalarini, 
yonbag’irliklarni yot jismlardan tozalanadi, tekislanadi va yozgi va traktor 
yo‘llarini, qatnov qismida ta’mirlash olib borilayotgan joylarni (zarur bo‘lgan 
hollarda) tekislanadi, mustahkamlovchi va muhofazalovchi inshootlarni ko‘zdan 
kechirilib sozlanadi. Bu davrda mustahkamlanmagan yo‘l yoqalarini tekislash, 
mustahkamlangan qatlamlarning ayrim shikastlangan qismlarini tuzatish, ayrim 
mustahkamlanmagan yo‘l qismlarini tekislash va mustahkamlanmagan 
yonbag’irlarning ayrim emirilgan joylarini tiklash ishlari amalga oshiriladi; 
ochiq novlarning, suv oqimlarining, suv qochirish ariqchalarining ayrim qismlari 
tubida 5% dan kam bo‘lmagan bo‘ylama qiyalik ta’minlanadigan qilib 
tozalanadi; qurituvchi moslamalarning mayda buzilishlari bartaraf qilinadi va 
boshqalar; yo‘l yoqalaridagi, yonbag’irlardagi va suv yig’ish manbalaridagi 
ajriq-chimlar o‘rib tekislanadi, butalar kesib tashlanadi. ajriq-chimlarni, ayniqsa 
begona o‘tlarni o‘rib-tekislash ishlari yaqin-atrofdagi ekinzorlarga ziyon 
etkazmaslik uchun bunday o‘tlarning gullash davridan oldin amalga oshiriladi. 
Bunday joylarda madaniy o‘tlarni ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Begona 
o‘tlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurashish tuman sanepidstanstiyasi bilan 
kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Kuz davrida tuproqlarning yog’ingarchilik oqibatida namlanish darajasini 
kamaytirish va kelgusi yilning bahorida haddan ortiq namlanib ketish darajasini 
kamaytirish uchun suv o‘tkazuvchi qurilmalarning og’zi va suv qochiruvchi 
ariqchalarni (ariqchalarni) muntazam ravishda begona jismlardan tozalab 
boriladi va yozgi va traktor yo‘llarini, mustahkamlanmagan yo‘l yoqalarini 
qishdan oldingi tekislash ishlari amalga oshiriladi. Murakkab tuproq - iqlim 
sharoitlariga ega bo‘lgan, ayniqsa erning ko‘pchish xavfi bo‘lgan yo‘l 
qismlaridagi mustahkamlanmagan yo‘l yoqalariga avtomobillarning kirishi 
cheklanadi. Yo‘l xizmati bu davrda ham, bahordagi kabi yo‘l uchun ajratilgan 
mintaqadan 
chorva 
mollarini 
haydab 
o‘tish va boqish maqsadida 
foydalanishlarini oldini olish lozim. 

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin