68. Milliy mafkura deganda nimani tushunasiz? Javob:xalqimizning ma’naviy-ilmiy mentaliteti, g’oyalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo‘l, davlatga, jamiyatga, olamga, o‘z-o‘ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir.
Manba: N.Atayeva, F.Rasulova, M. Salayeva, S.Hasanovlarning Umumiy Pedagogika darsligi T. 2012 yil. 16- bet
69. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasiga ta’rif bering. Javob: Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Manba:Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro-2022. “Durdona” nashriyoti, 63-bet
70. Pinbord metodiga ta’rif bering? Javob:(inglizcha: «pin» - mustahkamlash, «board» - doska) Bu o‘qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‘quv suhbati amaliy usul bilan bog‘lanib ketadi.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro-2022. “Durdona” nashriyoti, 69-bet
71. Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim beradigan kishini qanday atashgan? Javob:didaskal
Manba: N.Atayeva, F.Rasulova, M. Salayeva, S.Hasanovlarning Umumiy Pedagogika darsligi T. 2012 yil. 27- bet
72. «A’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar halok boladilar» ushbu fikrlar egasi kim? Javob:Yusuf Xos Hojib
Manba:Atayeva, F.Rasulova, M. Salayeva, S.Hasanovlarning Umumiy Pedagogika darsligi T. 2012 yil. 28- bet
73. “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risidagi” nomli asar muallifi kim?