269.Texnologiyalarning asosiy mezonlari qaysilar? Javob:Ilmiylik, tizimlilik, samaradorlik, qayta amalga oshirish.
Manba: J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari o’quv qo’llanmasi. O’qituvchi nashriyoti T. -2004yil. 19- bet
270. Pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy qismlari qaysilar? Javob: Motiv, jarayon, natija.
Manba: J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari o’quv qo’llanmasi. O’qituvchi nashriyoti T. -2004yil.29 bet,
271. Pedagogik texnologiya jarayonlari aniqlang? Javob:Tushintirish, tushunish, o’rgatish, o’rganish, o’zlashtirish
Manba:J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari o’quv qo’llanmasi. O’qituvchi nashriyoti T. -2004yil.29 bet,
272. Talabalarda pedagogik jarayonni mustaqil, tashkiliy ilmiy-metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil eta olish va kasbiy-pedagogik faoliyatda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish-nima deyiladi. Javob:Pedagogik mahorat faning maqsadi.
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 8-bet
273. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari qaysilar? Javob:Pedagogik odob, Pedagogik bilimdonlik, Pedagogik qobiliyat, Pedagogik muloqot madaniyati, Pedagogik relaksatsiya, Kommunikativ ta’sir ko‘rsatish qobiliyati, Pedagogik takt (nazokat), Pedagogik texnika, Nutq texnikasi, Pedagogik ijodkorlik, Pedagogik tajriba, Pedagogik madaniyat.
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 9-bet
274. Pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalar majmui nima deyiladi. Javob:Pedagogik mahorat
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 9-bet