2 - bilet 1. Xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayonlari.
Xitoy yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha jahon mamlakatlari orasida birinchi o'rinni egallaydi.
Ammo YIMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ko'rsatkichi rivojlanayotgan davlatlar darajasida
bo'lmoqda. Ta'kidlash lozimki, so'nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti ancha tez o'smoqda.
Sanoati. Xitoyda sanoatning barcha tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan bo'lib, sanoat
mahsulotlarining ko'plab turlarini ishlab chiqarish bo'yicha jahonda birinchi yoki ikkinchi o'rinlarda turadi.
Jumladan, ko'mirni qazib olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, po'lat, cho'yan, alyuminiy, rux, kobalt,
oltin hamda boshqa qora va rangli metallarni eritish, yog'och tayyorlash, avtomobil, kema, turli elektronika
mahsulotlari, mineral o'g'itlar, sement, qog'oz, gazlamalar, kiyim-kechak, poyabzal mahsulotlarini ishlab
chiqarishda XXR jahonda birinchi o'rinni egallaydi.
Sanoat geografiyasida katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Agar Xitoyda XX asrning 70-80-yillarida
sanoat korxonalarining 2/3 qismidan ko'prog'i dengizbo'yi hududlarida joylashgan bo'lsa, hozirga kelib
mamlakatning kam o'zlashtirilgan ichki hududlarida ham sanoatlashuv qizg'in sur'atlar bilan kechmoqda.
Sanoatning tayanch tarmog'i yoqilg'i-energetika majmuasidir. Xitoyda yiliga 3,5 mlrd. tonnadan ortiq
ko'mir qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy hududlarida
joylashgan. Xitoy 2012-yildan buyon elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga ko'ra jahonda birinchi
o'ringa chiqdi va hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga 6 trln. kWh yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Tarmoqda IESlar salmog'i 85 % dan yuqori bo'lib, ularda ishlatiladigan yoqilg'ining deyarli 2/3 qismi
ko'mirdan iborat. Energetikaning jadal sur'atlar bilan o'sishi Xitoyning yirik shaharlaridagi ekologik
vaziyatni keskinlashtirdi. So'nggi yillarda GES, AES va qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan elektr
stansiyalarini ko'paytirishga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, Yanszi daryosida dunyodagi eng yirik -«Uch dara» (Sansya) GESi qu-rilgan.
Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Mamlakatda televizor, maishiy xizmat
texnikasidan tortib avtomobil, kompyuter, turli o'lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab
chiqarilmoqda.
Yengil va oziq-ovqat sanoati Xitoyda yetakchi sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Ayniqsa,
to'qimachilik va charm-poyabzal sanoati juda katta hajmdagi mahsulotni ishlab chiqaradi.
Qishloq xo'jaligi. Xitoy qishloq xo'jaligining asosi dehqonchilikdir. Jami ekin maydonlarining asosiy
qismi donli ekinlar, ayniqsa, sholi bilan band. Xitoy jahon mamlakatlari orasida bug'doy, sholi, kartoshka,
sabzavot, meva, poliz mahsulotlari, uzum, choy, tamakining yalpi hosili, qo'y, echki, cho'chqa, parranda
soni, go'sht, jun, tuxum, asal tayyorlash, baliq ovlash hajmi bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi.
Xitoy asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini o'z kuchi hisobiga qondiradi. Jahondagi jami
ekin maydonlarining 9 % iga ega bo'la turib, insoniyatning 18 % idan ko'proq qismini tashkil etadigan
aholisini Xitoy o'z resurslari hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlamoqda. Bu holat qishloq
xo'jaligidagi mehnat unumdorligining yuqoriligini ko'rsatadi.
Xitoy Xalq Respublikasi, 2018-yil holatiga ko'ra, O'zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori
hisoblanadi, chunki u O'zbekistonning ham eksport, ham import bo'yicha hamkorlari orasida savdo
aylanmasiga ko'ra yetakchi o'ringa ega.
Iqtisodiy rayonlari. Xitoy Sharqiy, Markaziy va G'arbiy iqtisodiy rayon (zona)larga bo'linadi.
Shulardan Sharqiy iqtisodiy rayon o'zining tabiiy, ijtimoiy, demografik va iqtisodiy salohiyatiga ko'ra har
tomonlama peshqadamlik qiladi. Bu o'rinda, ayniqsa, dengizbo'yi hududlari, Shanxay, Pekin, Tyanszin,
Guanchjou shaharlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan mintaqaviy siyosat
tabiiy resurslarga boy Markaziy va G'arbiy iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, bu hududlarning milliy
iqtisodiyotidagi ulushini ko'tarishga yo'naltirilgan.
2. «Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurslar» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Tabiiy sharoit - Ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir. Tabiiy sharoit, ayniqsa,
qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog‘ relyefi,
sho‘rxoklar, cho‘llar, taqirlar, jarliklar hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
Qurg‘oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan ta'minlash og‘ir kechadi. Lekin fan-texnika
taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishning tabiiy sharoitga bog‘liqligi yengib kelinmoqda. Ayni vaqtda
insonning tabiatga ta'siri kuchayib, salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.
b) Tabiiy resurslar deb, inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi
tabiat ne'matlariga aytiladi. Sayyoramiz ko'p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar orasida
mineral, yer, suv, biologik va iqlimiy resurslarning iqtisodiy ahamiyati yuqori.
Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo'linadi. Yer, suv, mineral, biologik resurslar
tugaydigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi. Ular, o'z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga
bo'linadi. Tiklanish xususiyatiga yer, suv hamda biologik resurslar ega. Mineral resurslar, ya'ni foydali
qazilmalar, tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tugamaydigan tabiiy resurslar Quyosh energiyasi (gelioresurslar), shamol, dengiz qalqishlari va oqimlari
energiyasi, Yerning ichki energiyasi (geotermal resurslar), agroiqlimiy resurslardan iborat.
3. “Katta yettilik” davlatlarini xaritadan ko’rsating. Ulardan qaysilari to‘laligicha Bosh
meridiandan g‘arbda joylashgan? Bu davlatlardan birortasi poytaxtini geografik koordinatalarini
aniqlang.
Javob: Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda
Italiya kiradi. Ular orasida bosh meridiandan to’laligicha g’arbda joylashgan davlatlar: AQSH, Kanada.
Amerika Qo’shma Shtatlarining poytaxti – Vashington shahri.
Vashington shahrining geografik kordinatasi:
a) 39
o
(38.91) shimoliy kenglik
b) 77
o
(77.04) g’arbiy uzoqlik
Kanada davlatining poytaxti – Ottava shahri.
Ottava shahrining geografik kordinatasi:
a) 45
o
(45.42) shimoliy kenglik
b) 76
o
(75.70) g’arbiy uzoqlik
3 – bilet
1. Davlatlarning boshqaruv shakillari bo’yicha tasnifi.
Siyosiy boshqaruvning ikki asosiy - respublika va monarxiya shakli ajratiladi. Ma'lumki, bu ikkita
boshqaruv shakli, birinchi navbatda, oliy davlat hokimiyatini shakllantirish va uzatish usullari bilan
farqlanadi.
Respublika shakli Qadimgi Rim davridan ma'lum bo'lsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning
ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. 2018-yil holatiga ko'ra, jahonning siyosiy xaritasida 150 ta respublika
davlatlari mavjud. Respublikalar asosan 3 ta turga bo'linadi: prezidentlik, parlamentar hamda aralash.
Prezidentlik respublikalarida hokimiyatning asosiy vakolatlari prezidentga tegishli bo'lib, hukumat (vazirlar
mahkamasi) tarkibi davlat rahbari tomonidan shakllantiriladi. Ba'zi davlatlarda prezident bir vaqtning
o'zida davlat va hukumat rahbari lavozimlarini egallaydi. Prezidentlik respublikalariga AQSH, Meksika,
Braziliya, Argentina, Indoneziya, Afg'oniston, Belarus, Qozog'iston, O'zbekiston kabi mamlakatlar misol
bo'la oladi. Prezidentlik respublikasi shakli eng ko'p Afrika va Amerika qit'alarida tarqalgan.
Parlamentar respublikalarda hukumat tarkibi parlament saylovlari natijalari asosida siyosiy partiyalar
tomonidan shakllantiriladi, prezident- ning funksiyalari esa cheklangan bo'ladi. Germaniya, Avstriya,
Italiya, Bolgariya, Latviya, Estoniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqalar
ana shunday davlatlar sirasiga kiradi (ilovaga qarang). Parlamentar respublikalar ko'proq Yevropada
joylashgan.
Aralash respublikalarda esa prezident va parlament birgalikda hukumat tarkibini shakllantiradi va
uning faoliyatini nazorat qiladi. Bunday respublikalar qatoriga Rossiya, Portugaliya, Ukraina, Xorvatiya,
Fransiya, Jazoir, Misr va boshqa mamlakatlar mansub.
Hozirgi vaqtda dunyoda 44 ta monarxiya davlatlari mavjud bo'lib, ular konstitutsion va mutlaq
monarxiyalarga bo'linadi. Konstitutsion monarxiyalarda davlat rahbari (qirol, amir, knyaz va h.k.)ning
si¬yosiy vakolatlari ma'lum darajada cheklangan bo'lib, davlat boshqaruvida parlament va hukumatning
o'rni muhim hisoblanadi. Mutlaq monarxiya boshqaruv shakliga ega bo'lgan davlatlarda esa monarxning
vakolatlari cheklanmagan bo'ladi.
Hozirgi kunda monarxiya davlatlarining aksariyati (39 tasi) konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi.
Bunday davlatlardan 11 tasi Yevropada, 9 tasi Osiyoda, 3 tasi Afrikada, 10 tasi Amerikada, 6 tasi
Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. Konstitutsion monarxiyalardan 15 tasi Britaniya Hamdo'stligi
qirolliklari bo'lib, ularda rasmiy ravishda davlat rahbari Buyuk Britaniya monarxi (qirol yoki qirolicha)
hisoblanib, amalda bu davlatlarning siyosiy tizimida asosiy rolni bosh vazir o'ynaydi. Ushbu toifadagi
davlatlarga Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya va boshqalar kiradi.
Mutlaq monarxiyalarning umumiy soni 5 ta bo'lib, ulardan 4 tasi Osiyoda (Saudiya Arabistoni, Ummon,
Qatar, Bruney), 1 tasi Yevropada (Vatikan) joylashgan. Saudiya Arabistoni hamda Vatikan davlatlari
mutlaq teokratik monarxiyalar hisoblanadi, chunki bu ikki davlatda monarx diniy rahbar vazifasini ham
bajaradi.
Ma'muriy-hududiy tizimi (davlat tuzilishi shakli) jihatidan jahon mam¬lakatlari ikki turga, ya'ni
unitar va federativ davlatlarga bo'linadi. Unitar davlatlarda butun mamlakat hududida yagona qonunchilik
tizimi amal qiladi, siyosiy boshqaruv esa markazlashgan holda amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlarining
aksariyati (166 tasi) unitar davlat hisoblanadi.
Davlat tuzilishining birmuncha murakkab shakli - bu federatsiyadir. Bunday davlatlarda qonunchilik, ijro
va sud hokimiyati markaziy (federal) hamda hududiy (shtatlar, provinsiyalar, respublikalar va boshqalar
doirasida) darajalardan tashkil topadi. Federativ davlatlarning soni, 2018-yil holatiga ko'ra, 28 ta bo'lib, shu
jumladan, Yevropada 6 ta, Osiyoda 7 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va Okeaniyada 2
ta federatsiyalar jo ylashgan.
Federativ davlatlarni barpo etishda ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH, Germaniya,
Avstriya, BAA va b.), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki sochilib
ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari va b.), aholisining ko'p millatliligi
(Hindiston, Nigeriya, Bosniya va Gersegovina kabi), shuningdek boshqa sabablar hisobga olingan.
Hozirgi davrda ham ayrim davlatlarda boshqaruv va davlat tuzilishi shaklini o'zgartirish holatlari uchraydi.
Masalan, 2008-yilda Nepalda mo- narxiyadan voz kechilib, respublika boshqaruv shakliga o'tildi, 2017-yilda Turkiya esa parlamentar respublikadan prezidentlik respublikasiga aylandi. Shuningdek, so'nggi
yillarda federativ davlatlar safi Iroq, Nepal, Sudan, Janubiy Sudan hisobiga ko'paydi.
2. «Agroiqlimiy resurslar» va «Biologik resurslar» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
a) Agroiqlimiy resurslar. Hududlarning turli ekin yetishtirish imkoniyatlari ko'p jihatdan iqlimga
bog'liq. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi iqlim imkoniyatlari
agroiqlimiy resurslar deyiladi. Eng muhim agroiqlimiy ko'rsatkichlar samarali haroratlar (+10
o
C
dan yuqori) yillik yig'indisi hamda namlanish koeffitsiyenti (yog'inlar miqdorining mumkin bo'lgan
bug'lanishga nisbati) hisoblanadi.
Ma'lumki, havo harorati ekvatordan qutbiy kengliklarga tomon pasayib boradi. Ekvator atrofida samarali
haroratning yillik yig'indisi 8 000
o
C dan yuqori bo'lsa, arktika va subarktika iqlim mintaqalarida u 400
o
C
ga ham yetmaydi. Shuning uchun ham tropik, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida turli
issiqsevar ekinlarni yetishtirish hamda yil davomida ikki-uch marotaba hosil olish imkoniyati mavjud.
a) Biologik resurslar deb, quruqlik va Dunyo okeanidagi o'simlik va hayvonot boyliklariga aytiladi.
Ayniqsa o'rmon resurslarining xo'jalik va ekologik ahamiyati nihoyatda katta. Jahonda o'rmonlar
40 mln. km
2
(4 mlrd. gektar)ni, yoki butun quruqlikning 30 % ga yaqinini tashkil etadi. Lekin
o'rmonlarning yog'och materiallarni tayyorlash maqsadida kesilishi, yangi yerlarni o'zlashtirish,
turli sanoat qurilishlarning ko'payishi o'rmonlarning kamayib borishiga olib kelmoqda.
Dunyoda kenglik bo'ylab katta masofaga cho'zilgan ikkita - Shimoliy va Janubiy o'rmon mintaqalari
mavjud. Shimoliy o'rmon mintaqasi mo'tadil va qisman subtropik iqlimli hududlar bo'ylab joylashgan. Bu
mintaqa o'rmonlarining muhim xususiyati, ularda, asosan, tik o'sadigan sifatli, ignabargli daraxtlarning
o'sishidir. Bunday o'rmonlarga Rossiya, Kanada, AQSH, Finlandiya davlatlari boy.
3. Xaritadan tabiiy resurslarning ko’p turlari bilan yaxshi ta’minlangan mamlakatlarni
maydoni jihatidan ketma-ketlikda tartib bilan ko’rsating. Ularning orasida O’zbekistonga
qo’shni bo’lgan davlat poytaxtini geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Rossiya, Kanada, Xitoy, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, Qozog'iston, JAR. Yuqoridagi
davlatlarni orasida O’zbekistondan qo’shni bo’lgan davlat Qozog’iston bo’lib, poytaxti Nur-Sulton.
Nur-Sulton shahrining geografik kordinatasi:
a) 51
o
(51.16) shimoliy kenglik
b) 71
o
(71.47) sharqiy uzoqlik
4 - bilet
1. Osiyo qit’asining geografik o’rni, chegaralari va siyosiy xaritasi.
Jahonning eng yirik qit'asi Osiyo deb atalishi uning geografik o'rni bilan bog'liq. Qadimiy
assuriyaliklar tilida u «Quyosh chiqishi», ya'ni «sharq» ma'nosini anglatadi.
Osiyoning orollar bilan birgalikdagi umumiy maydoni 43,4 mln. km2 (Rossiyaning Osiyodagi
qismi bilan). Aholisi 4,5 mlrd. kishidan ziyod, ya'ni Osiyoda insoniyatning deyarli 60 % i yashaydi
(2018-y.).
Osiyo ekvatorga nisbatan, asosan, Shimoliy, bosh meridianga nisbatan esa, asosan, Sharqiy
yarim sharda joylashgan. Osiyo qirg'oqlari to'rtta okean suvlari bilan yuviladigan yagona qit'adir.
Uni shimolda (Rossiyaning hududi) Shimoliy Muz, janubda Hind, sharqda Tinch okean, g'arbda
Atlantika okeani havzasiga tegishli O'rta va Qora dengizlari o'rab turadi.
Osiyoning siyosiy xaritasida, Rossiyani hisobga olmaganda, 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu
davlatlarning ko'pi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi davrda siyosiy mustaqillikka erishgan.
Qit'aning eng yosh davlatlari qatoriga 1991-yilda mustaqillikni qo'lga kiritgan O'zbekiston,
Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston hamda
2002-yilda mustaqil davlatga aylangan Sharqiy Timor kiradi.
Osiyo davlatlari hududining maydoniga ko'ra bir-biridan ancha farq qiladi. Rossiya, Xitoy,
Hindiston va Qozog'iston jahonning 10 ta eng yirik davlatlari qatoriga kiradi. Yana 4 ta davlat -Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Eron va Mongoliyaning maydoni 1 mln. km2 dan katta.
Shuningdek, hududi 500 ming km2 dan ziyod bo'lgan Pokiston, Turkiya, Afg'oniston, Myanma,
Yaman va Tailand ham katta mamlakatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, Osiyoda maydoni 1 ming
km2 dan kichik bo'lgan 3 ta davlat mavjud - Bahrayn, Singapur va Maldiv Respublikasi. Umuman
olganda esa, Osiyoda Yevropaga nisbatan hududi katta bo'lgan davlatlar ko'p.
Osiyo davlatlarining aksariyatida dengizga bevosita chiqish imkoniyati mavjud. Ularning
ayrimlari (masalan, Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi) serqatnov dengiz yo'llari
va bo'g'izlar bo'yida joylashgan. Qit'a davlatlaridan 9 tasi orollarda joylashgan - Indoneziya,
Filippin, Sharqiy Timor, Singapur, Yaponiya, Shri-Lanka, Maldiv Respublikasi, Kipr va Bahrayn.
Shu bilan birga Osiyoda 13 ta davlat quruqlik ichkarisida joylashgan. Ulardan yettitasi sobiq Ittifoq
tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar. Jahonning ichki kontinental davlatlaridan eng
yirik ikkitasi (Qozog'iston va Mongoliya) aynan Osiyoda joylashgan.
Qit'adagi 47 ta davlatdan 34 tasi respublika, 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Osiyoda
dunyoning 5 ta mutlaq monarxiyalaridan 4 tasi (Saudiya Arabistoni, Ummon, Qatar, Bruney)
joylashgan.
Ma'muriy-hududiy jihatidan Osiyodagi 7 ta davlat federativ tuzilishga ega - Hindiston,
Pokiston, Myanma, Iroq, Malayziya, Nepal va Birlashgan Arab Amirliklari.
Osiyo davlatlari 5 ta subregionga bo'linadi. Bular: Markaziy, Janubi- g'arbiy, Janubiy, Janubisharqiy va Sharqiy Osiyodir. O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikiston
Respublikalari Markaziy Osiyo subregionini tashkil qiladi.
2. «Migratsiya» va «Urbanizatsiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Migratsiya - ko‘chish degan ma’noni bildiradi. Migratsiya ichki migratsiya va tashqi migratsiyaga
bo‘linadi. Ichki migratsiya - aholining mamlakat ichkarisida, uning rayonlari o‘rtasida yoki qishloq
joylardan shaharlarga ko‘chib yurishi. Tashqi migratsiya - mamlakatdan ko‘chib ketish (emigratsiya)
yoki mamlakatga ko‘chib kelish (immigratsiya).
b) Urbanizatsiya (lotincha urbs - shahar)-shaharlarning ko`payishi va o`sishi hamda aksari iqtisodiy
hududlar yadrosiga aylanishi. Urbanizatsiya fan-texnika inqilobi davrida keskin avj olgan ijtimoiyiqtisodiy jarayon bo`lib, shaharlarning o`sishi, shaharlarda, xususan yirik shaharlarda aholining
ko`payishi, barcha aholi punktlarida shahar turmush tarzining tarqalishi, iqtisodiyotning asosan
shaharlarga xizmat qilishida o`z aksini topadi.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Yevropadagi orol davlatlarni ko’rsating. Ushbu davlatlarning
qaysilari Bosh meridandan to’laligicha g’arbda joylashgan. Bosh meridian chizig’I kesib
o’tgan orol davlat poytaxtini geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Yevropa qit’asidagi to'liq orollarda joylashgan mamlakatlarga Buyuk Britaniya, Irlandiya,
Islandiya va Malta kiradi. Ular orasida bosh meridiandan to’laligicha g’arbda joylashgan davlatlar:
Irlandiya, Islandiya. Bosh meridian chiziqda joylashgan orol davlat bu Buyuk Britaniya bo’lib poytaxti
London shahri.
London shahrining geografik kordinatasi:
a) 52
o
(51.51) shimoliy kenglik
b) 0
o
(0.13) (g’arbiy) uzoqlik (Bosh meridian chizig’i London shahridan kesib o’tgan).
5 – bilet
1. Hozirgi jahon siyosiy xaritasining shakillanishi.
Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko'ra, 240 dan ortiq mamlakat bo'lib, jumladan jahon
hamjamiyati tomonidan mustaqilligi rasman tan olingan 194 ta suveren davlat mavjud. Bulardan 193 tasi
BMTning faoliyatida a'zo davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi-davlat bo'lib ishtirok etmoqda.
Davlatlar bir-biridan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday muhim jihatlaridan biri hududning
kattaligi hisoblanadi. Jahondagi 29 ta mustaqil davlatning maydoni 1 mln km2 dan katta bo'lib, jumladan
12 tasining hududi 2 mln km2 dan, 6 tasining maydoni 5 mln km2 dan kattadir. Shu bilan birga dunyodagi
davlatlar orasida bir guruh hududiy jihatidan mayda, yoki «mitti» davlatlar ham o'ziga e'tibor tortadi (1-jadvalga qarang). Jahonning siyosiy xaritasida maydoni 1 ming km2 ga yetmaydi - gan 24 ta mustaqil
davlat bor. Bunday davlatlar turli qit'alarda, xususan Yevropada (Vatikan, Monako, San-Marino,
Lixtenshteyn va boshqalar), Osiyoda (Maldiv Respublikasi, Singapur, Bahrayn), Amerikada (Sent-Kits va
Nevis, Grenada, Barbados va boshqalar), Okeaniyada (Nauru, Tuvalu, Marshall orollari va boshqalar)
joylashgan.
Davlatlar geografik o'rni nuqtayi nazaridan, birinchi navbatda, dengizga chiqish imkoniyatiga ega
hamda bunday imkoniyati yo'q davlatlarga bo'linadi. Dengizga chiqish imkoniyati bor davl atlar orasida esa
orol, yarimorol va dengizbo'yi kontinental davlatlar ajratiladi. Orol davlatlar qatoriga Indoneziya, Filippin,
Yaponiya, Shri-Lanka kabi Osiyo, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya singari Yevropa, Madagaskar,
Kabo-Verde, Komor orollari kabi Afrika, Kuba, Gaiti, Yamayka singari Amerika davlatlari hamda
Okeaniyadagi Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Fiji va boshqalar kiradi. Saudiya Arabistoni,
Ispaniya, Italiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, Vyetnam kabi davlatlarni esa yarimo¬rol d avlatlariga
misol qilib keltirish mumkin. Dengizbo'yi kontinental davlatlar esa materiklarning asosiy qismida
joylashgan bo'lib, dengizga chiqish yo'llariga ega. Bunday davlatlar dunyoda ko'p (Fransiya, Germa - niya,
Polsha, Xitoy, Misr, AQSH va h.k.).
Jahonning siyosiy xaritasida so'nggi davrda eng katta o'zgarishlarni keltirib chiqargan tarixiy voqea
1991-yilda sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi bo'ldi. Buning natijasida 15 ta yangi mustaqil davlat
vujudga keldi: Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Armaniston,
Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston.
2. «Issiqxona samarasi» va «Aglomeratsiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) «Issiqxona samarasi» muammosi. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat
tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish hamda yong'inlar tufayli kuchli
ifloslanmoqda. Har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiq arib
yuborilmoqda. Atmosfera tarkibida, ayniqsa, is gazi (CO), karbonat angidrid (CO2) oltingugurt oksidlari
(SO2, SO3), azot dioksidi (NO) salmog'ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Atmosferadagi bu gazlar miqdorining ortishi natijasida Quyoshning isitish rejimi buzila
boshladi.
b) Aglomeratsiya - shaharlarning yirik shahar atrofida to‘planishi. Shahar aglomeratsiyasi - turli
kattalikdagi shaharlarning ma'muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi.
Mavjud aglomeratsiyalar bir markazli va ko'p markazli bo'lishi mumkin.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Osiyo mintaqasidagi yarimorol davlatlarni ko’rsating. Ular
orasidagi eng yirik davlat poytaxtini geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya. Bularni orasida eng yirigi Hindiston bo’lib, poytaxti Dehli
shahri.
Dehli shahrining geografik kordinatasi:
a) 29
o
(28.61) shimoliy kenglik
b) 77
o
(77.21) sharqiy uzoqlik
6 – bilet
1. Global ekologik muammolar.
Ekologik muammo tabiatdan nooqilona foydalanish natijasida tabiiy muhit sifatining
yomonlashishidir. Ekologik muammolar hududiy ko'lami jihatidan 3 pog'onaga bo'linadi:
- global (sayyoraviy);
- regional (mintaqaviy);
- lokal (mahalliy).
«Issiqxona samarasi» muammosi. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa
sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish hamda yong'inlar tufayli kuchli
ifloslanmoqda. Har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosfera ga chiqarib
yuborilmoqda. Atmosfera tarkibida, ayniqsa, is gazi (CO), karbonat angidrid (CO2) oltingugurt oksidlari
(SO2, SO3), azot dioksidi (NO) salmog'ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Atmosferadagi bu gazlar miqdorining ortishi natijasida Quyoshning isitish rejimi buzila
boshladi.
Ozon qatlamining yemirilishi muammosi. Atmosferaning ifloslanishi insoniyat oldiga yana bir
murakkab muammoni qo'ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalar (freonlar)ning ko'p
chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qatlamining tobora yupqalashib
borishi kuzatilmoqda. «Ozon tuynugi» deb nomlangan ana shu holat, dastlab Janubiy Amerikaning
Antarktidaga tutash hududlari, so'nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila
boshlandi.
Kanadaning Monreal shahrida 1987-yilda bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va
ulardan foydalanishga cheklovlar to'g'risidagi xalqaro bitimni imzolagan. Bugungi kunga kelib, bu bitimga
jahondagi aksariyat mamlakatlar qo'shilgan. Mutaxassislarning fikricha, agar Monreal bitimi qat'iy
ravishda bajariladigan bo'lsa, ozon qatlamining me'yordagi qalinligi 2050-yilga kelib qayta tiklanadi.
Cho'llashish muammosi. Cho'llashish deb, cho'llik xususiyatlari xos bo'lgan hududlar maydonining
kengayib borish jarayoniga aytiladi. Uning asosiy sabablari daraxt va butalarning kesilishi, chorvamollarining tartibsiz boqilishi, suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi hisoblanadi. Cho'llashish o'nlab
davlatlardagi eng unumdor yerlarni o'z domiga tortmoqda. Cho'llashish, ayniqsa, Afrika, Janubi-g'arbiy,
Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlariga katta xavf-xatar tug'dirmoqda. Quruqlik umumiy maydonining 40
% qismida cho'llashish belgilari kuzatilmoqda. Yer yuzasining tegishli qismida 2 milliard kishidan ortiq
aholi istiqomat qiladi.
1994-yilda BMT cho'llashishga qarshi kurashish to'g'risidagi Xalqaro konvensiyani qabul qildi.
1995-yildan boshlab har yili 17-iyunda Butun- jahon cho'llashish va qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni
nishonlanadi. 2010-2020-yillar oralig'i BMT tomonidan «Cho'llar va cho'llashishga qarshi kurashishga
bag'ishlangan o'n yillik» deb e'lon qilingan.
O'rmonsizlanish muammosi. Insoniyat butun tarixi davomida o'rmonlarni kesib borib, ularning maydoni
qisqarishiga sababchi bo'lgan. Ammo keskin ravishda o'rmonsizlanish jarayoni oxirgi 100 yil davomida
ro'y bermoqda. Ayniqsa ekvatorial mintaqadagi o'rmonlar hamda qurg'oqchil iqlimli tog'li hududlardagi
o'rmonlar maydonining qisqarishi geografik qobiqdagi tabiiy muvozanat uchun jiddiy xavf solmoqda. Bu
muammoga qarshi kurashishning asosiy yo'llari o'rmonlar kesilishini cheklash hamda ularni sun'iy ravishda
ko'paytirish bilan bog'liqdir. Bu borada jahon bo'yicha ijobiy misollar bor. Masalan, Buyuk Britaniyada
oxirgi 50-60 yilda o'rmonlarning maydoni 3 barobar ko'paygan. Yaponiyada o'rmonlarning kesilishi qat'iy
cheklanganligi tufayli haligacha mamlakat hududining 2/3 qismi o'rmon landshaftlari bilan band.
Birlashgan Arab Amirliklarida oxirgi yillarning o'zida bir necha million daraxt ko'chatlari cho'llarga ekib
yuborilgan. O'zbekistonda ham yaqin yillarga mo'ljallangan Orol dengizining qurigan tubini
o'rmonlashtirish ishlarining keng qamrovli rejalari tuzilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Chuchuk suv tanqisligi muammosi. Insoniyatning chuchuk suvga bo'lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy
manba daryolar bo'lib, ularning katta qismi aholi ancha siyrak yashaydigan sovuq va ekvatorial iqlimli
hududlar bo'ylab oqadi.
Quruqlikning 1/3 qismidan ko'prog'ini egallaydigan qurg'oqchil iqlimli hududlarda suv tanqisligi
mavjud. Shimoliy va Janubiy Afrika, Janubiy va Janubi-g'arbiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek,
O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston kabi Markaziy Osiyo davlatlarida bu muammo ancha dolzarb
hisoblanadi.
Hozirgi paytda Fors qo'ltig'i, O'rta dengizbo'yi mamlakatlari, Qozog'iston, AQSH, Yaponiya, Karib dengizi
orol mamlakatlarida dengiz suvini chuchuklashtirish ishlari kengayib bormoqda.
Ekologik siyosat - ilmiy tavsiyalarni hisobga olgan holda, tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni
sog'lomlashtirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan harakatlar
majmuasi.
Muhim tomoni shundaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani sog'lomlashtirish
muammolarini hal qilishda BMT va uning ko'plab bo'limlari faol ish olib bormoqda. Jumladan, BMTning
atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP) mavjud. Bu xalqaro tashkilotning bosh idorasi Keniya
poytaxti Nayrobi shahrida joylashgan.
2. «Demografik portlash» va «Ijtimoiy soha» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) «Demografik portlash» bu…..o'lim darajasi pasayishi tufayli aholi sonining tez sur'atlar bilan
ko'payishi
1960-1980-yillarda yillarda jahonda «demografik portlash» jarayoni yuz berdi. So'nggi yillarda
aholishunos olimlar «demografik portlash»ga nisbatan deyarli nihoyasiga yetib borayotgan jarayon sifatida
baho berayotgan bo'lsalarda, Afrika va Osiyoning bir qator davlatlarida aholining yillik tabiiy ko'payish
darajasi hali ham yuqori darajada kuzatilmoqda.
b) «Ijtimoiy soha» asosan moddiy ne'mat ishlab chiqarmaydigan sohalarni qamrab oladi.
Shuningdek, unga aloqa хizmati ham kiradi. Mazkur soha хizmat ko‘rsatish sohasi ham deb yuritiladi.
Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda хizmat ko‘rsatish sohasi tobora katta rol o‘ynamoqda. Хizmat
ko‘rsatish sohalari tarkibi nihoyatda xilma-xil va murakkab. Garchi iqtisodiyotning barcha sohalari
aholining moddiy-ma’naviy ehtiyojini qondirsada, ammo bunda xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘rni
beqiyosdir. Uning bosh vazifasi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni ko‘paytirish hamda ularning turi va
sifatini yaxshilashdir.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Fors qo’ltig’i arab davlatlarini davlatlarni ko’rsating. Ushbu
davlatlarning poytaxtlaridan qaysi birida Quyosh qolganlariga nisbatan erta chiqadi? Ushbu davlat
poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Fors qo’ltig’i arab davlatlari - Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Ummon, Qatar,
Kuvayt, Bahrayn. Bu mamlakatlar guruhi Fors qo'ltig'i arab davlatlari deb ataladi.
Yuqoridagi davlatlar orasida Quyosh erta chiqadigan davlat bu Ummon davlati bo’lib, poytaxti
Maskat shahri.
Maskat shahrining geografik koordinatasi.
a) 24
o
(23.59) shimoliy kenglik.
b) 58
o
(58.38) sharqiy uzoqlik.
7 – bilet
1. Mineral resurslar geografiyasi.
Tabiatda minerallar holida uchraydigan tabiiy boyliklar mineral resurslar (foydali qazilmalar)
deyiladi. Inson juda qadim zamonlardanoq mavjud resurslardan foydalanib kelgan. Davrlar o'tishi bilan esa
foydalaniladigan mineral resurslar turi va hajmi tobora ortib borgan. Hozirgi vaqtda mineral resurslarning
200 ga yaqin turlaridan xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda. Ular 3 guruhga, ya'ni yoqilg'ienergetika, rudali va noruda mineral resurslariga bo'linadi.
Tugaydigan va tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadigan yerosti qazilma boyliklaridan
foydalanish hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Mineral resurslardan eng katta hajmda iste'mol
qilinadiganlar: neft, tabiiy gaz, ko'mir, temir rudalari va qurilish materiallaridir.
Mineral yoqilg'i-energetika resurslariga ko'mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanes, uran kiradi.
Mineral yoqilg'i zaxiralarining eng katta qismi ko'mirga (70-75 % gacha) to'g'ri keladi. Yoqilg'i mineral
resurs- larining konlari qadimgi platformalarning chekka botiq qismlarida ko'proq uchraydi.
Hozirgi vaqtda jahonda 3 600 dan ziyod ko'mir havzalari va konlari bor bo'lib, ular jami
quruqlikning 15 % ini egallaydi. Yirik ko'mir havzalari ko'proq Shimoliy yarim sharda joylashgan.
Ko'mirning eng yirik zaxiralari AQSH, Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Germaniya, Ukraina,
Qozog'iston, JAR va Indoneziya davlatlariga to'g'ri keladi.
Eng muhim foydali qazilmalarning jahon bo'yicha aniqlangan zaxiralari
va qazib olinishi (2016-y.)
Foydali qazilma
turlari
O'lchov birligi Aniqlangan zaxiralari Yillik qazib olinishi
Ko'mir mlrd.t 861,5 7,3
Neft mlrd.t 191,3 4,3
Tabiiy gaz trln. m
3
180 3,6
Temir rudasi mlrd.t 160 2,1
Jahon bo'yicha 600 ga yaqin neft va gaz havzalari aniqlangan. Neft va gaz konlarining ham asosiy
qismi sayyoramizning shimoliy yarim sharida joylashgan. Eng yirik neft-gaz zaxiralari Fors qo'ltig'i
davlatlari, Venesuela, Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada, Meksika), Rossiya (asosan, G'arbiy Sibir),
Kasbiybo'yi mamlakatlari, Shimoliy Afrika (ayniqsa, Liviya va Jazoir), Gvineya qo'ltig'i mamlakatlari
(ayniqsa, Nigeriya) hamda Xitoyda joylashgan.
Jahon iqtisodiyotida rudali (metall) qazilma resurslarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Yer yuzida
rudali mineral resurslarga boy mintaqalar, masalan, Alp-Himolay, Tinch okeanbo'yi mintaqalari mavjud.
Bunday mintaqalar sanoat uchun muhim xomashyo bazasi bo'lib xizmat qiladi va ayrim davlatlarning
iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Xitoy, Rossiya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Brazil iya, JAR,
Qozog'iston, Hindiston, Chili, Peru jahonda qora va rangli metall xomashyolariga eng boy mamlakatlar
hisoblanadi.
Noruda mineral boyliklardan eng muhimlari osh tuzi, kaliy tuzlari, fosforit, oltingugurt, olmos,
qurilish materiallari hisoblanadi. Ularning konlari qadimiy platformalarda, burmali tog'larda, sho'r
ko'llarning botiqlarida ko'p uchraydi. Turli mineral tuzlarning zaxiralari bo'yicha dunyoda Rossiya, AQSH,
Xitoy, Hindiston, Boliviya, Belarus, Avstraliya singari mamlakatlar yetakchilik qiladi. Olmosning katta
zaxiralariga ega bo'lgan davlatlar esa Rossiya, Avstraliya, Botsvana, JAR, Kongo Demokratik
Respublikasi, Kanada, Angola va boshqalardir.
Tabiiy mineral resurslarning shu vaqtgacha, asosan, iqtisodiy-texnik jihatdan qulay joylashuv va
sharoitga ega konlari o'zlashtirib kelindi. Yangi mineral konlarni izlash ishlari so'nggi davrlarda, asosan,
Rossiyaning shimoliy va sharqiy hududlari, AQSHning g'arbiy tog'li qismi va Alyaska, Kanadaning
shimoli, Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrikaning kam o'zlashtirilgan cho'l, tog'li va o'rmonli o'lkalarida
faol olib borilmoqda. Ammo yetib borish qiyin bo'lgan hududlardan qazib olinadigan mineral
xomashyoning tannarxi ancha qimmatdir. Shu bois, insoniyatning mineral resurslardan oqilona foydalanish
borasidagi eng muhim vazifalaridan biri bu tabiiy ne'matlarni tejab ishlatish yo'llarini topishdan iborat.
2. «Depopulyatsiya» va «Iqtisodiy rayon» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Depopulyatsiya bu …. tug'ilishning o'limga nisbatan pastligi
b) Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o‘z ixtisoslashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi hududlar
- iqtisodiy rayonlar yuzaga keladi. Iqtisodiy rayon (hudud)lar uchun butun mamlakat miqyosida
ixtisoslashuv o‘ziga xos bo‘lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday
rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari bo‘lishi ham mumkin.
Iqtisodiy rayon bu:
- Geografik o’rni o’ziga xos;
- Mamlakat miqyosida ixtisoslashgan;
- Majmuali xo’jalik shakillangan;
- Tabiiy boyliklar hamda ishchi kuchi bilan ta’minlanishida boshqa rayonlardan farqlanuvchi
hududlardir.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Osiyoning aholi soniga ko’ra 5 ta peshqadam davlatlarni
ko’rsating. Qit’ada aholi soni eng ko’p bo’lgan davlat poytaxtining geografik koordinatalarini
aniqlang.
Osiyo mintaqasidagi aholisi soni bo’yicha peshqadam bo’lgan davlatlar – Xitoy, Hindiston,
Indoneziya, Pokiston, Bangladesh davlatlaridir.
Yuqorida keltirilgan davlatlarning orasida Xitoy aholi soni bo’yicha nafaqat qit’ada balki dunyoda
peshqadam hisoblanadi. Xitoy davlatining poytaxti: Pekin shahri.
Pekin shahrining geografik koordinatasi.
a) 40
o
(39.91) shimoliy kenglik.
b) 116
o
(116.41) sharqiy uzoqlik.
8 – bilet
1. Urbanizatsiya jarayonining mohiyati. Urbanizatsiya darajasiga ko’ra jahon davlatlarining tasnifi.
Urbanizatsiya - (lotincha «urb» - «shahar») - shaharlar, shahar aholisining soni va salmog'ining
o'sishi, shahar turmush tarzining tarqalish jarayoni.
Urbanizatsiya darajasi, odatda, jami aholi tarkibida shahar aholisining salmog'i bilan o'lchanadi. Agar
1800-yilda Yer yuzi aholisining 3 % i sha- harlarda istiqomat qilgan bo'lsa, oradan yuz yil o'tib, mazkur
ko'rsatkich 14 % ga yetdi. 2000-yilga kelib jahonda urbanizatsiya darajasi 47 % ni tashkil qildi. 2018-yil
holatiga ko'ra, dunyo bo'yicha urbanizatsiyaning o'rtacha ko'rsatkichi 55 % ga teng bo'ldi.
Urbanizatsiya darajasi ko'rsatkichlari bo'yicha jahon davlatlarini uch toifaga ajratish mumkin:
1. Shahar aholisining ulushi 75 % dan yuqori bo'lgan yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar
(masalan, AQSH, Yaponiya, Belgiya va b.);
2. Shahar aholisining ulushi 50 % dan 75 % gacha bo'lgan o'rtacha darajada urbanizatsiyalashgan
davlatlar (masalan, JAR, Peru, Xitoy va b.);
3. Shahar aholisining ulushi 50 % dan kam bo'lgan past darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar
(masalan, Misr, Bangladesh, Moldova va b.)
Mintaqalar orasida eng yuqori urbanizatsiya darajasi Shimoliy Amerikaga tegishli (82 %). Bu
ko'rsatkich Lotin Amerikasida 81 %, Yevro¬pada 74 %, Avstraliya va Okeaniyada 68 %, Osiyo da 50 %,
Afrikada 43 % ni tashkil etadi. Jahonning barcha mintaqalarida urbanizatsiya darajasi davriy ravishda o'sib
bormoqda. Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniya hududlarida mazkur ko'rsatkichning
o'zgarishi nisbatan sekin yuz bermoqda. Osiyo va Afrikada esa aholining tabiiy o'sishi yuqoriligi,
qishloqlardan shaharlarga faol aholi migratsiyasi ta'sirida urbanizatsiya darajasi tez ortib bormoqda.
Urbanizatsiya jarayoni natijasida nafaqat shaharlar va shahar aholisi soni ortadi, balki shahar
manzilgohlari maydoni ham kengayishi yuz beradi. Natijada shahar aglomeratsiyalari va megalopolislar
vujudga keladi.
Shahar aglomeratsiyasi - turli kattalikdagi shaharlarning ma'muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy
aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi. Mavjud aglomeratsiyalar bir markazli va ko'p markazli bo'lishi
mumkin.
2. «Hududiy ishlab chiqarish majmuasi (HCHM)» va «Aholining etnik tarkibi» atamalarining
mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Iqtisodiy rayonning rivojlanganlik darajasini unda qanday hududiy ishlab chiqarish majmualari
(HICHM) mavjudligi va qay darajada shakllanganidan bilish mumkin. U mamlakat miqyosida
mablag‘larni anchagina iqtisod qiladi, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshiradi, tabiat muhofazasini,
xalqimiz turmush, mehnat, dam olish sharoitlarining yaxshilanishini ta'minlaydi.
HICHM - ishlab chiqarish sohasidagi barcha tarmoqlarga qarashli har xil korxonalarning bir umumiy
hududdagi o‘zaro bog‘langan uyg‘unligidir.
b) Aholining etnik tarkibi hududlarda yashovchi etnoslar (yunoncha etnos - «xalq») salmog'idir. Etnoslar
insonlarning tarixan shakllangan, yashash hududi, madaniyati, turmush tarzi bilan o'zaro farq qiluvchi
ijtimoiy guruhlar hisoblanadi. Ularning qabila, elat hamda millat ko'rinishlari mavjud.
Qabila kishilarning eng qadimiy oddiy ijtimoiy uyushmalari hisoblanadi. Ular hozirgi kunda,
asosan, Amazoniya, Okeaniya, Afrikaning markaziy hududlarida saqlanib qolgan. Elat esa qabila va millat
orasidagi etnik birlik bo'lib, kam sonli etnoslardan iboratdir. Elatlar, asosan, Osiyo va Afrika davlatlarida
mavjud.
Yagona tili, hududi, madaniyati, mentaliteti va milliy o'zligini anglash xususiyatlari yuqori
darajada shakllangan, ko'pchilik holatlarda o'z siyosiy davlatchilik an'analariga ega bo'lgan yirik etnoslar
millat deb ataladi. Dunyo millatlari orasida vakillarining soni 100 mln. kishidan ortiq bo'lgan 12 ta, 50-100
mln. kishi bo'lgan 12 ta, 25-50 mln. kishi bo'lgan 17 ta millat mavjud.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan cho’yan ishlab chiqaruvchi 5 ta yetakchi davlatlarni ko’rsating.
Ular orasidan eng kichik davlat poytaxti geografik koordinatalarini aniqlang.
№ Cho'yan ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar Miqdori, mln. t
1 Xitoy 701
2 Yaponiya 80,2
3 Hindiston 63,7
4 Rossiya 51,9
5 Koreya Respublikasi 46,3
Jahon bo'yicha 1165
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki cho’yan ishlab chiqarishda yetakchi davlatlar orasida
maydoni eng kichkina davlat Koreya Respublikasi bo’lib, poytaxti Seul shahri. Pekin shahrining geografik
kordinatasi:
a) 36
o
(36.03)shimoliy kenglik
b) 128
o
(127.75) sharqiy uzoqlik
9 - bilet
1. Yevropaning tabiiy sharoiti va resurslari.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Yevropa mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga tabiiy
sharoitining ma'lum xususiyatlari ta'sir ko'rsatgan. Bunday tabiiy geografik omillar qatoriga nisbatan iliq va
nam iqlim, transport sharoiti murakkab bo'lgan baland tog' tizmalarining kamligi, suv va o'rmon
resurslarining yetarliligi, dengiz portlarini qurish uchun qulay qirg'oqbo'yi hududlarning ko'pligini kiritish
mumkin.
Yevropada yoqilg'i-energetika resurslaridan toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi
slaneslar yirik konlari mavjud. Toshko'mirning yirik konlari Germaniya, Rossiya va Ukrainada ochilgan.
Qo'ng'ir ko'mirning yirik konlari Germaniya, Chexiya va Polshada joylashgan. Yonuvchi slaneslarning
katta zaxiralari Estoniyada mavjud. Yevropada neft va tabiiy gazning asosiy zaxiralari Rossiyaning turli
hududlari hamda Shimoliy va Norvegiya dengizlari sayozliklarida ochilgan. Bu yerdagi neft va gaz
konlarining asosiy qismi Buyuk Britaniya, Norvegiya va Niderlandiyaga tegishli.
Temir rudalarining yirik konlari Rossiya, Ukraina, Shvetsiya, Fransiya va Germaniyada joylashgan.
Polsha, Bolgariya, Ruminiyada mis-molibden konlari, Fransiya va Gretsiyada boksit, Italiya, Ispaniya,
Ukrainada simob rudalarining yirik zaxiralari mavjud.
Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit'a tabiiy sharoiti qishloq
xo'jaligini rivojlantirish uchun, umuman olganda, qulay hisoblanadi. Bu jihatdan G'arbiy va Janubiy
Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib turishini aytib o'tish lozim. Janubiy Yevropa mamlakatlarida
iqlim sharoitining birmuncha qurg'oqchilligi tufayli sun'iy sug'orish ancha keng tarqalgan.
Yevropa o'rmon resurslari bilan yaxshi ta'minlangan. Bu borada, ayniqsa, Rossiya, Finlandiya,
Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya alohida ajralib turadi.
2. «Megalapolis» va «Hududiy ixtisoslashuv» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Megalopolis (yunoncha megalu - «katta», polis - «shahar») deb yirik shaharlar va shahar
aglomeratsiyalarining bir-biriga qo'shilib ketishiga aytiladi. Megalopolislarni bir qancha shahar
aglomeratsiyalarining yig'indisi deb ham atash mumkin. Hozirgi vaqtda jahonda 6 ta to'liq shakllangan
megalopolis mavjud.
Jahonda to'liq shakllangan megalopolislar haqida ma'lumot
№ Megalopolis Joylashgan davlati Aglomeratsiyalar
soni
Eng yirik
aglomeratsiyasi
Umumiy
uzunligi, km
1 Shimoli-sharqiy
(Bosvash)
AQSH 40 Nyu-York 800
2 Ko'lbo'yi (Chipits) AQSH 35 Chikago 900
3 Tinch okeanbo'yi
(Sansan)
AQSH 15 Los-Anjeles 800
4 Ingliz Buyuk Britaniya 30 London 400
5 Reyn Niderlandiya,
Germaniya, Belgiya,
Fransiya
30 Reyn-Rur 500
6 Yapon (Tokaydo) Yaponiya 20 Tokio- Iokagama 700
b) Ixtisoslashish - kishilarning biron-bir mashg`ulotda band bo`lishi yoki mehnatning ayrim
operatsiyalarga bo`linishi. Qishloq xo`jaligida ayrim ekinlar ekishga yoki chorvachilikning muayyan
sohasiga ixtisoslanadi. Sanoatda bir yoki bir necha detal tayyorlashga ixtisoslanadi. Bu esa, ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalashni osonlashtiradi, mahsulotni arzonlashtiradi, shuningdek zavodlarda
muayyan uzel, agregat, masalan, avtomobil dvigateli tayyorlashga ixtisoslanadi.
Ma'lum vaqt o‘tib, hududlarning ixtisoslashuvida o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Masalan,
Qashqadaryo hududida neft va gaz konlari ochilib, ishga tushirilgach, bu hududda yangi ixtisoslashgan
ishlab chiqarish shakllandi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng don mahsulotlari bilan
o‘zini o‘zi ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Natijada viloyatlarda ko‘plab g‘alla ekila boshlandi. Oqibatda shu
viloyatlar paxtachilikdan tashqari g‘allachilikka ham ixtisoslashdi.
Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o‘z ixtisoslashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi
hududlar - iqtisodiy rayonlar yuzaga keladi. Iqtisodiy rayon (hudud)lar uchun butun mam lakat miqyosida
ixtisoslashuv o‘ziga xos bo‘lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday
rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari bo‘lishi ham mumkin.
Mamlakat miqyosida ixtisoslashgan tarmoqni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun
izlanayotgan ixtisoslashuv koeffitsientini K deb olamizda, quyidagi formulani tuzamiz:
bunda: M- rayon mahsulotining mazkur tarmoq bo‘yicha mamlakatdagi salmog‘i, A - mamlakat aholisi
sonida rayon aholisining salmog‘i. Agar K ko‘rsatkich birdan katta bo‘lsa, bilingki, rayon bu tarmoqqa
ixtisoslashgan ekan. Ixtisoslashish ko‘rsatkichi (K)ning katta-kichikligiga qarab, iqtisodiy rayonning
ixtisoslashish darajasini bilsa bo‘ladi. Bundan tashqari, ixtisoslashish imkoniyati transportga va mahsulotni
tashish xarajatlariga ham bog‘liq.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlarini ko’rsating. Ularning
orasida shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan davlat poytaxti geografik koordinatalarini aniqlang.
Osiyoning yangi industrial davlatlari - Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya, Tailand.
Yuqoridagi davlatlar orasida shimoliy qutbga eng yaqin davlat bu Koreya Respublikasi bo’lib, poytaxti –
Seul shahri.
Seul shahrining geografik kordinatasi:
a) 38
o
(37.57) shimoliy kenglik
b) 127
o
(126.98) sharqiy uzoqlik
10 – bilet
1. Mamlakatlarning davlat tuzilishi bo’yicha tasnifi.
Siyosiy boshqaruvning ikki asosiy - respublika va monarxiya shakli ajratiladi. Ma'lumki, bu ikkita
boshqaruv shakli, birinchi navbatda, oliy davlat hokimiyatini shakllantirish va uzatish usullari bilan
farqlanadi.
Respublika shakli Qadimgi Rim davridan ma'lum bo'lsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning
ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. 2018-yil holatiga ko'ra, jahonning siyosiy xaritasida 150 ta respublika
davlatlari mavjud. Respublikalar asosan 3 ta turga bo'linadi: prezidentlik, parlamentar hamda aralash.
Prezidentlik respublikalarida hokimiyatning asosiy vakolatlari prezidentga tegishli bo'lib, hukumat
(vazirlar mahkamasi) tarkibi davlat rahbari tomonidan shakllantiriladi. Ba'zi davlatlarda prezident bir
vaqtning o'zida davlat va hukumat rahbari lavozimlarini egallaydi. Prezidentlik respublikalariga AQSH,
Meksika, Braziliya, Argentina, Indoneziya, Afg'oniston, Belarus, Qozog'iston, O'zbekiston kabi
mamlakatlar misol bo'la oladi. Prezidentlik respublikasi shakli eng ko'p Afrika va Amerika qit'alarida
tarqalgan.
Parlamentar respublikalarda hukumat tarkibi parlament saylovlari natijalari asosida siyosiy
partiyalar tomonidan shakllantiriladi, prezidentning funksiyalari esa cheklangan bo'ladi. Germaniya,
Avstriya, Italiya, Bolgariya, Latviya, Estoniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va
boshqalar ana shunday davlatlar sirasiga kiradi (ilovaga qarang). Parlamentar respublikalar ko'proq
Yevropada joylashgan.
Aralash respublikalarda esa prezident va parlament birgalikda hukumat tarkibini shakllantiradi va
uning faoliyatini nazorat qiladi. Bunday respublikalar qatoriga Rossiya, Portugaliya, Ukraina, Xorvatiya,
Fransiya, Jazoir, Misr va boshqa mamlakatlar mansub.
Hozirgi vaqtda dunyoda 44 ta monarxiya davlatlari mavjud bo'lib, ular konstitutsion va mutlaq
monarxiyalarga bo'linadi. Konstitutsion monarxiyalarda davlat rahbari (qirol, amir, knyaz va h.k.)ning
siyosiy vakolatlari ma'lum darajada cheklangan bo'lib, davlat boshqaruvida parlament va hukumatning
o'rni muhim hisoblanadi. Mutlaq monarxiya boshqaruv shakliga ega bo'lgan davlatlarda esa monarxning
vakolatlari cheklanmagan bo'ladi.
Hozirgi kunda monarxiya davlatlarining aksariyati (39 tasi) konstitutsion monarxiyalar
hisoblanadi. Bunday davlatlardan 11 tasi Yevropada, 9 tasi Osiyoda, 3 tasi Afrikada, 10 tasi Amerikada, 6
tasi Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. Konstitutsion monarxiyalardan 15 tasi Britaniya Hamdo'stligi
qirolliklari bo'lib, ularda rasmiy ravishda davlat rahbari Buyuk Britaniya monarxi (qirol yoki qirolicha)
hisoblanib, amalda bu davlatlarning siyosiy tizimida asosiy rolni bosh vazir o'ynaydi. Ushbu toifadagi
davlatlarga Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya va boshqalar kiradi.
Mutlaq monarxiyalarning umumiy soni 5 ta bo'lib, ulardan 4 tasi Osiyoda (Saudiya Arabistoni, Ummon,
Qatar, Bruney), 1 tasi Yevropada (Vatikan) joylashgan. Saudiya Arabistoni hamda Vatikan davlatlari
mutlaq teokratik monarxiyalar hisoblanadi, chunki bu ikki davlatda monarx diniy rahbar vazifasini ham
bajaradi.
Ma'muriy-hududiy tizimi (davlat tuzilishi shakli) jihatidan jahon mamlakatlari ikki turga, ya'ni
unitar va federativ davlatlarga bo'linadi. Unitar davlatlarda butun mamlakat hududida yagona qonunchilik
tizimi amal qiladi, siyosiy boshqaruv esa markazlashgan holda amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlarining
aksariyati (166 tasi) unitar davlat hisoblanadi.
Davlat tuzilishining birmuncha murakkab shakli - bu federatsiyadir. Bunday davlatlarda qonunchilik, ijro
va sud hokimiyati markaziy (federal) hamda hududiy (shtatlar, provinsiyalar, respublikalar va boshqalar
doirasida) darajalardan tashkil topadi. Federativ davlatlarning soni, 2018-yil holatiga ko'ra, 28 ta bo'lib,
shu jumladan, Yevropada 6 ta, Osiyoda 7 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va
Okeaniyada 2 ta federatsiyalar joylashgan.
Federativ davlatlarni barpo etishda ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH,
Germaniya, Avstriya, BAA va b.), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki
sochilib ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari va b.), aholisining ko'p millatliligi
(Hindiston, Nigeriya, Bosniya va Gersegovina kabi), shuningdek boshqa sabablar hisobga olingan.
Hozirgi davrda ham ayrim davlatlarda boshqaruv va davlat tuzilishi shaklini o'zgartirish holatlari uchraydi.
Masalan, 2008-yilda Nepalda mo- narxiyadan voz kechilib, respublika boshqaruv shakliga o'tildi, 2017-yilda Turkiya esa parlamentar respublikadan prezidentlik respublikasiga aylandi. Shuningdek, so'nggi
yillarda federativ davlatlar safi Iroq, Nepal, Sudan, Janubiy Sudan hisobiga ko'paydi.
2. «Globallashuv» va «Rekreatsiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Globallashuv – butun jahondagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiya jarayoni. Globallashuv
jarayoni iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishiga olib kelgan. Xalqaro iqtisodiy integratsiya
davlatlarning o'zaro mustahkam aloqalarga hamda milliy xo'jaliklararo mehnat taqsimotiga asoslangan
iqtisodiy birlashuv jarayonidir.
b) Rekreatsiya xizmati (sayohat, hordiq chiqarish, sanatoriya-kurort) – mehnat qilish jarayonida
sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi.
Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya’ni tabiiy rekreatsiya hamda madaniy-tarixiy rekreatsiyaga
bo‘linadi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklari zaminida vujudga kelgan
sharsharalar, g‘orlar, buloqlar, so‘lim tog’ yonbag’irlari kiradi.
O‘z navbatida madaniy-tarixiy rekreatsiyaga qadimgi shaharlar, maqbaralar, qal’alar, me’morchilik
binolari, muzeylar misol bo’ladi.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Afrikadagi ichki kontinental davlatlardan 5 tasini ko’rsating.
Ushbu materikdagi ichki kontinental davlatlardan qay biri to’laligicha bitta davlat hududdi bilan
o’ralgan, ya’ni anklav davlat hisoblanadi. Bu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini
aniqlang.
Afrikada quruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta davlat mavjud. Chad, Niger, Mali, Efiopiya,
Zambiya, Botsvana, Janubiy Sudan, Burkina-Faso, Burundi, Lesoto, Malavi, MAR, Ruanda, Svazilend,
Uganda, Zimbabve. Bu davlatlar orasida Lesoto davlati to’laligicha bitta davlat hududdi bilan o’ralgan,
ya’ni JAR bilan. Lesoto davlati poytaxti: Maseru shahri hisoblanadi.
Maseru shahrining geografik kordinatasi:
a) 29
o
(29.32) janubiy kenglik
b) 27
o
(27.49) sharqiy uzoqlik
11 – bilet
1. Fan-texnika inqilobi. Ishlab chiqarishning rivojlanishiga innovatsiyon texnologiyalarning ta’siri.
Jahon xo'jaligi tarmoqlarining tez sur'atlarda rivojlanishi, ularning tarkibiy takomillashuviga fantexnika inqilobi katta ta'sir ko'rsatgan. Fan-texnika inqilobi (FTI) deb jamiyatda fanning asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida ishlab chiqarishda tub sifatiy o'zgarishlarga erishish jarayoniga
aytiladi. 1950-1960-yillarda jahonning yetakchi davlatlarida fanga bo'lgan e'tiborning ortishi hamda ilmiy
kashfiyotlarning tez fursatda amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlar
yuz berdi, yangi sohalari paydo bo'ldi.
Inson tomonidan koinotni o'zlashtirishga bo'lgan harakatlar, yadro energiyasini tinch maqsadlarda
o'zlashtirish (AESlar qurilishi), elektron hisoblash mashinalari - EHMlarning paydo bo'lishi insoniyat
taraqqiyotidagi muhim yangiliklar bo'lib, ular fanning ishlab chi qarish bilan chambarchas aloqaga
kirishganligini ko'rsatib berdi. O'z xususiyatiga ko'ra FTI ko'p qirrali bo'lib, o'zining tarkibiy qismlari
hisoblangan fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda boshqaruvda katta o'zgarishlarning yuzaga
kelishiga sabab bo'ldi.
FTI ta'sirida fanda davlat tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari uchun sarflanadigan mablag'lar
ko'paytirildi, ta'lim tizimida sifatiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Fan sohalari tarkibida yangi yo'nalishlar
rivojlandi (masalan, biotexnologiya, nanotexnologiya). Ishlab chiqarish bilan fan o'rtasidagi aloqalarning
kuchayishi rivojlangan davlatlar tomonidan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta
mablag'larning yo'naltirilishiga sababchi bo'ldi. Butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5
qismi Yaponiya, AQSH, GFR va boshqa 10 ta rivojlangan davlatga to'g'ri keladi. Bu davlatlarda YMMning
2-3 % i fanga sarflanadi. Barcha rivojlanayotgan davlatlarga esa jahon bo'yicha fan rivojiga
yo'naltiriladigan mablag'larning atigi 4-5 % i to'g'ri keladi.
Texnika va texnologiyalar sohasida yangi texnologik jarayonlarning joriy etilishi, EHM,
robotlardan ishlab chiqarishda keng foydalanilishi, kvant texnikasining rivojlanishi (lazerlar) kabi
o'zgarishlar natijasida ishlab chiqarish samarasi, mehnat unumdorligi oshdi. Ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va robotlashtirish jarayonlari inson mehnatini yengillashtirdi. Hozirgi davrda texnika va
texnologiyalar sohasida yuz bergan yangiliklar ta'sirida mehnat bilan birga boshqa resurslarni ham tejashga
katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga ekologik holatni yaxshilash uchun bir qator tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada po'latning 2/3 qismi temir-tersakdan, Buyuk Britaniya
va Yaponiyada qog'ozning 1/2 qismi qog'oz chiqindilaridan olinadi.
Ilmiy yangiliklar ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibida yangi sohalarning paydo bo'lishiga olib keldi
(masalan, kimyo sanoatining polimerlar yo'nalishi). Bundan tashqari, FTI sanoat tarmoqlari orasida
butunlay yangi va zamonaviy sanoat tarmoqlarining shakllanishiga zamin yaratdi (masalan, mikrobiologiya
sanoati). Tannarxi qimmat bo'lgan tabiiy xomashyo o'rnini bosuvchi arzon sun'iy mahsulotlar (masalan,
sun'iy kauchuk) egallay boshladi.
Iqtisodiyotning samarali rivojlanishi boshqaruv jarayonini qay tarzda shakllantirish va tashkil qilish
bilan bog'liq. FTI hozirgi kunda ish jarayonini tashkil etish zaruriy bilimlarga ega bo'lgan ish
boshqaruvchilar (menejerlar) tomonidan amalga oshirilishini ta'minlab berdi.
Fan-texnika inqilobining davlatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga ta'sirini baholashda fantalab sohalar
tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi e'tiborga olinadi. Elektrotexnika mashinasozligi,
mikroelektronika, aviakosmik sanoat kabilar shu turkumdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Fantalab
sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk
Britaniya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar yetakchilik qiladi.
Fan-texnika inqilobi hayotning barcha jabhalariga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Uning ta'sirida moddiy
ishlab chiqarish bilan bir qatorda aholiga xizmat ko'rsatuvchi nomoddiy soha ham jahon xo'jaligida o'z
o'rniga ega bo'la boshladi. Bu holat, o'z navbatida, postindustrial davrning boshlanishiga turtki bo'ldi.
2. «Xalqaro mehnat taqsimoti» va «Melioratsiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Xalqaro mehnat taqsimoti deb, ayrim davlatlar xo'jaligining ma'lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashishi va bu mahsulotlarni boshqa davlatlar bilan ayirboshlashiga aytiladi. Davlatlarning xalqaro
mehnat taqsimotidagi o'rniga ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy geografik o'rni xususiyatlari
(ayniqsa, dengiz yo'llariga nisbatan joylashishi), tabiiy resurslari kabi omillar ta'sir ko'rsatadi.
b) Melioratsiya - yerning holatini yaxshilash uchun tekislash, sug‘orish, sho‘rini yuvish, nihol o‘tqazish,
tuproq hosildorligini oshirish kabi tadbirlar yig‘indisi..
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan OPEK tashkilotiga a’zo davlatlarni ko’rsating. Ushbu
davlatlarning poytaxtlaridan qaysi birida Quyosh qolganlariga nisbatan keyin botadi? Ushbu
shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
OPEK - neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti. OPEK davlatlari Birlashgan Arab Amirliklari,
Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Angola, Gabon, Jazoir, Ekvatorial Gvineya, Kongo, Liviya,
Nigeriya, Venesuela, Ekvador.
Yuqoridagi davlatlardan ko’rinib turibdiki eng g’arbda joylashgan davlat bu Ekvador. Demak
Ekvador davlatida boshqa davlatlarga qaraganda quyosh keyinroq botadi. Ekvador poytaxti Kito shahri.
Kito shahrining geografik kordinatasi:
a) 1
o
(0.18) janubiy kenglik
b) 78
o
(78.47) g’arbiy uzoqlik
12 - bilet
1. Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo’yicha tasnifi.
Jahon mamlakatlarining eng muhim belgilaridan biri - ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasidir. Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligini baholash uchun bir qancha mezonlar
qo'llaniladi. Bu mezonlardan asosiylari:
- yalpi ichki mahsulot (YIM)ning umumiy va aholi jon boshiga nis- batan hajmi;
- milliy iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibi;
- eksportning tovar tarkibi hamda mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvi;
- turli ko'rsatkichlar bilan belgilanadigan aholining turmush darajasi.
Jahon mamlakatlari ushbu mezonlar asosida BMT tomonidan 3 ta yirik
blokka bo'linadi: rivojlangan, rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar.
Rivojlangan mamlakatlar qatoriga, odatda Yevropadagi ko'plab davlatlar (Sharqiy Yevropadan tashqari),
AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil va Janubiy Afrika Respublikasi kabi
davlatlar kiritiladi. Shu bilan birga oxirgi yillarda Koreya Respublikasi va Singapur ham rivojlangan
mamlakatlar sifatida e'tirof etilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar YIMning aholi jon boshiga hajmi 25 000
AQSH dollaridan ortiqligi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash sanoat- ning yuqori
darajada rivojlanganligi, eksport tarkibida tayyor mahsulotlar yetakchilik qilishi, aholining salomatlik va
ma'lumotlilik darajasi yuqo- riligi bilan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlar orasida ulkan iqtisodiy salohiyati va ishlab chiqarish hajmi bilan «Katta
yettilik» guruhini tashkil etuvchi davlatlar alohida ajralib turadi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada,
Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Italiya kiradi. Bu mamlakatlar xalqaro iqtisodiy
va siyosiy munosabatlar tizimida muhim o'rin tutadilar.
Yevropadagi Avstriya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya,
Shveysariya va boshqa bir qator «Katta yettilik»ka kirmaydigan davlatlar kichik rivojlangan davlatlar
guruhini tashkil qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi turli davrlarda Yevropadan ko'chib kelgan aholi tomonidan
shakllantirilgan va hozirgi kunda rivojlanishning yuqori ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadigan Avstraliya,
Yangi Zelandiya, Isroil, JAR singari davlatlar «ko 'chirilgan» kapitalizm mamlakatlari guruhi sifatida
ajratiladi.
Osiyo, Afrika, Amerika hamda Okeaniyaning aksariyat davlatlari ri-vojlanayotgan mamlakatlar
blokiga kiritiladi. Jahon aholisining eng katta qismi (2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, 6 mlrd kishi)
yashaydigan bu davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq
qiladi. Shuning uchun ham rivojlanayotgan mamlakatlar bir nechta guruhlarga bo'linadi. Jumladan, ulkan
tabiiy-resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatga ega Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika tayanch
rivojlanayotgan mamlakatlar guruhini tashkil qiladi.
Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Qatar, Bahrayn, Ummon, Bruney kabi Osiyo davlatlari neftni
eksport qiluvchi mamlakatlar guruhi tarki- biga kiritiladi. Bu mamlakatlarda YIMning aholi jon boshiga
to'g'ri keladigan hajmi ancha yuqori (masalan, 2017-yil holatiga ko'ra, Qatar bu ko'rsatkich boyicha
jahonda 1-o'rinni egallagan - 124 740 AQSH doll.), lekin ularning iqtisodiyoti xomashyo resurslariga
asoslanganligi sababli, bu davlatlar rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritilmaydi.
Tabiiy resurslarning xilma-xil va katta zaxiralari, ulkan aholi va mehnat resurslari salohiyatiga ega
bo'lgan, sanoat va qishloq xo'jaligi sohalarida yuqori natijalarga erishayotgan Turkiya, Eron, Pokiston,
Indoneziya, Argentina va boshqa davlatlardan iborat yirik industrial-agrar mamlakatlar guruhi
shakllanmoqda.
Karib dengizi va Okeaniyadagi ayrim orol mamlakatlar xalqaro turizmga ixtisoslashgan bo'lib, aholi
turmush darajasining nisbatan yuqori ko'rsatkichlari bilan ajralib turuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarning
alohida guruhini tashkil etadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida eng og'ir ijtimoiy-iqtisodiy holat eng sust rivojlangan
mamlakatlar guruhiga xos. Bu guruh tarkibiga BMT tomonidan hozirgi vaqtda 48 ta davlat kiritilgan bo'lib,
ularning 34 tasi Afrikada, 9 tasi Osiyoda, 4 tasi Okeaniyada, 1 tasi Amerikada joylashgan.
Sobiq Ittifoq respublikalari, 1990-yillargacha sotsialistik tuzum asosida rivojlangan, keyinchalik esa
undan voz kechgan Sharqiy Yevropa davlatlari (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va b.)
hamda Mongoliya BMT tomonidan alohida o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar blo- kiga birlashtiriladi.
O'zbekiston ham o'tish iqtisodiyotidagi davlatlardan biri hisoblanadi.
2. «Soxta urbanizatsiya» va «Mehnat resurslari» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Soxta urbanizatsiya - yirik shaharlar atrofida zaruriy infratuzilma elementlariga ega bo'lmagan,
qishloqlardan ko'chib kelgan aholi tomonidan tartibsiz ravishda bunyod etilgan manzilgohlar shakllanishi.
Soxta urbanizatsiya manzilgohlar maydoni ayniqsa Braziliya va Hindistondagi yirik shaharlarda ancha
kata.
b) Mehnat resurslari - mamlakatning mehnatga layoqatli yoshdagi barcha aholisi.
Erkaklarning 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollarning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina
mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, hatto 40 yoshdan nafaqaga
chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga
to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Kaspiy dengiziga tutash bo’lgan davlatlarni ko’rsating. Ular
orasidan ekvatorga eng yaqin joylashgan davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Kaspiy dengiziga tutash bo’lgan davlatlar – Qozog’iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon,
Rossiya.
Yuqoridagi davlatlardan ko’rinib turibdiki ekvatorga eng yaqin joylashgan davlat bu Eron davlati.
Eron davlatining poytaxti Tehron shahri.
Tehron shahrining geografik kordinatasi:
a) 36
o
(35.69) shimoliy kenglik
b) 51
o
(51.39) sharqiy uzoqlik
13 – bilet
1. Jahon aholisining irqiy tarkibi.
Yevropoid irqi och tusli teri, to'lqinsimon yoki tekis, yumshoq soch, asosan, moviyrang ko'z, qirra
burun, yupqa va o'rta labga ega bo'lgan yevropeoid irqi vakillari Yevropa, Amerika, Avstraliya va
Okeaniya aholisining asosiy qismini tashkil qiladi. Shuningdek, Osiyoning janubiy, janubi-g'arbiy,
markaziy, Afrikaning shimoliy qismlarida ham ko'p sonli yevropeoidlar istiqomat qiladilar. Yuqorida sanab
o'tilgan irqiy belgilar, asosan, shimoliy hududlarda istiqomat qiluvchi yevropeoidlarga xos bo'lib, janubga
borgan sari yashash muhiti bilan bog'liq tarzda tana, soch va ko'z ranglarining to'q ko'rinishlari namoyon
bo'la boshlaydi. Insoniyatning 40 % dan ortig'i mazkur irq vakillari hissasiga to'g'ri keladi.
Mongoloid irqi vakillari jigarrang tusli teri, tekis, qattiq to'q tusli soch, ko'zning to'q tusli
ko'rinishlari, qirra yoki o'rta yapasqi burun, ko'z usti qovog'ining ajralib turishi, ensa sohasining
kengayganligi bilan ajralib turadi. Mongoloidlar, asosan, Osiyo qit'asida keng tarqalgan. Amerikaning tub
aholisi hisoblanadigan Amerika hindulari va eskimoslar ham shu irqqa mansub .
Negroid irqi vakillari, asosan, Afrika hamda Amerika qit'alari davlatlarida istiqomat qiladilar. Qora
tusli teri, tekis, qattiq, jingalak qora tusli soch, ko'zning to'q tusli ko'rinishlari, jag'ining ajralib chiqqanligi,
yapaloq burun, do'rdoq lab ularga xos asosiy belgilar hisoblanadi. Afrika bu irq vakillarining asl ona vatani
hisoblanib, ularning katta qismi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Amerikaning turli mintaqalariga
majburiy tarzda qul qilib olib ketilgan.
Avstraloid irqi uzoq davr davomida negroid irqining bir ko'rinishi sifatida baholanib kelingan.
Lekin so'nggi yillardagi tadqiqotlar ularning kelib chiqishi negroidlar bilan bog'liq emasligini
ko'rsatmoqda. To'q tusli teri, yapaloq burun, do'rdoq lablarga ega mazkur irq vakillari, asosan, Avstraliya
va Okeaniya hududlarida tarqalgan. Avstraliya aborigenlari, papuaslar, melaneziyaliklar ushbu irq vakillari
sanaladi.
Asosiy irqlar negizida bir nechta oraliq va aralash irqlar shakllangan. Oraliq irqlariga efiop, ural,
pomir-farg'ona (Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O'zbekistonda keng tarqalgan) kabilar misol bo'la
oladi. Amerika qit'asi aholisining irqiy tarkibida metis, mulat, sambo aralash irq vakillari yuqori salmoqqa
ega.
2. «Xalqaro iqtisodiy integratsiya» va «Fraxt» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Xalqaro iqtisodiy integratsiya davlatlarning o'zaro mustahkam aloqalarga hamda milliy xo'jaliklararo
mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashuv jarayonidir.
b) Fraxt - suv yo‘lida yuk tashish haqi. Bu haq yukning og‘irligi, qancha masofaga tashilishi, hajmi,
kemada tashish vaqt miqdoriga ko‘ra belgilanadi.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Amerika qit’asidagi 2 ta ichki kontinental davlatni ko’rsating.
Ularning orasida janubiy qutbga yaqinroq joylashgan davlat poytaxtining geografik
koordinatalarini aniqlang.
Amerika qit’asidagi 2 ta ichki kontinental davlat bu – Boliviya va Paragvay davlati.
Boliviya davlatining poytaxti – La-Pas shahri
La-Pas shahrining geografik kordinatasi:
a) 16
o
(16.49) janubiy kenglik
b) 68
o
(68.12) g’arbiy uzoqlik
Paragvay davlatining poytaxti – Asunson shahri
Asunson shahrining geografik kordinatasi:
a) 25
o
(25.27) janubiy kenglik
b) 58
o
(57.57) g’arbiy uzoqlik
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki Paragvay davlati poytaxti Asunson shahri janubiy qutbga
yaqinroq.
14 – bilet
1. Yevropaning geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi.
Ma'lumki, Yevrosiyo materigi ikki qit'a - Yevropa va Osiyoga bo'linadi. Yevropa qit'asi Yevrosiyo
materigining g'arbiy qismini egallaydi. «Yevropa» so'zi qadimiy assuriyaliklar tilidan kelib chiqqan bo'lib,
«Quyosh botishi», ya'ni «g'arb» ma'nosini anglatadi.
Yevropaning maydoni 10 mln. km2 ga teng bo'lib, shundan 4,1 mln. km2 hudud Rossiyaning
Yevropadagi qismiga to'g'ri keladi. Qit'a aholisi, 2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, 746 mln. kishiga, ya'ni
jahon aholisining salkam 10 % iga teng.
Yevropa qit'asining qirg'oqlari shimolda Shimoliy Muz okeani, g'arbda Atlantika okeani, janubda
Atlantika okeani havzasiga tegishli bo'lgan O'rta va Qora dengizlar suvlari bilan yuviladi. tar bo'g'izi
Yevropani Afrikadan ajratib turadi. Sharqda Yevropa, asosan, quruqlik orqali Osiyo qit'asi bilan
chegaradosh. Yevropa va Osiyoning chegarasi ko'plab geografik adabiyotlarda Ural tog'lari,
Qozog'istondagi Emba daryosi, Kaspiy dengizining shimoli-g'arbiy qirg'oqlari, Rossiya janubidagi KumaManich botig'i, Azov va Qora dengizlari, Bosfor bo'g'izi, Marmar dengizi, Dardanell bo'g'izi va Egey
dengizi orqali o'tkaziladi. Ayrim manbalarda ikki qit'a chegarasining Kaspiy va Qora dengizlari orasidagi
qismi Katta Kavkaz tizmasi orqali o'tkaziladi.
Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasida, bir qismi Osiyoda joylashgan Rossiya Federatsiyasini
qo'shganda, 44 ta mustaqil davlat mavjud.
Yevropaning siyosiy xaritasi qit'aning ko'p asrlik tarixi davomida bir necha marotaba keskin
ravishda o'zgargan. Uning zamonaviy siyosiy xaritasi XX asr davomida, asosan, uch tarixiy jarayon -Birinchi Jahon urushi (1914-1918), Ikkinchi Jahon urushi (1939-1945) hamda xalqaro sotsialistik
tuzumning parchalanishi (1990-yillar boshi) natijasida shakllangan.
Yevropa kichik davlatlar qit'asidir. Yevropada Andorra, San-Marino, Malta, Monako, Vatikan,
Lixtenshteyn singari «mitti» davlatlar joylashgan. Mazkur davlatlardan tashqari, Yevropadagi 11 ta
davlatning maydoni 50 ming km2 dan kichikroqdir. Qit'adagi 10 ta mamlakat hududi 50 ming- dan 100
ming km2 gacha boradi. 12 ta davlatining maydoni, o'z navbatida, 100 mingdan 500 ming km2 gacha
kattalikka ega. Faqat Fransiya, Ukraina va Ispaniyaning hududi 500 ming km2 dan oshadi. Rossiya
Federatsiyasi esa maydonining kattaligiga binoan nafaqat Yevropa, balki butun jahondagi eng yirik
davlatdir.
Yevropa orol va ayniqsa, yarimorol davlatlarning ko'pligi bilan ajralib turadi. To'liq orollarda
joylashgan mamlakatlarga Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya va Malta kiradi. Yarimorol mamlakatlarga
Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya, Albaniya, Bolgariya va boshqalarni
misol tariqasida keltirish mumkin.
Yevropadagi 15 ta davlatda dengizga chiqish imkoniyati mavjud emas. Ularning qatorida Belarus,
Vengriya, Avstriya, Chexiya kabi birmuncha katta davlatlar bilan birgalikda Andorra, Lixtenshteyn,
Lyuksemburg, San-Marino, Vatikan singari mitti davlatlar ham joy olgan.
Yevropadagi 44 davlatdan 32 tasi respublika, 12 tasi monarxiya hisoblanadi. Andorra, Belgiya, Buyuk
Britaniya, Daniya, Ispaniya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya
davlatlari konstitutsion monarxiya, Vatikan davlati esa mutlaq teokratik monarxiya boshqaruv shakliga
ega. Yevropadagi respublikalarning katta qismi parlamentar respublikalar hisoblanadi.
Ma'muriy-hududiy jihatdan Yevropadagi 6 ta davlat federativ tuzilishga ega - Avstriya, Belgiya,
Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Rossiya, Shveysariya.
Yevropa qit'asi 4 ta subregionga bo'linadi: Shimoliy Yevropa, G'arbiy (O'rta) Yevropa, Janubiy
Yevropa va Sharqiy Yevropa.
2. «Yoqilg’i-energetika balansi» va «Tranzit» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Turli xil yoqilg‘ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiya (kirim) hamda ulardan
iqtisodiyotda foydalanish (sarf qilish) nisbati yoqilg‘i-energetika balansi deyiladi.
b) Tranzit - yuk yoki yo‘lovchilarning oraliqdagi stansiya, viloyat, davlat orqali o‘tishi.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan paxtani eng ko’p yetishtiradigan davlatlarni ko’rsating. Ular
orasidan okean va dengizlardan uzoqda joylashgan davlat poytaxti geografik koordinatalarini
aniqlang.
Paxtani eng ko’p yetishtiradigan davlatlar - Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Braziliya,
O'zbekiston eng ko'p paxta yetishtiradigan davlatlar hisoblanadi.
Berilgan davlatlardan ko’rinib turibdiki dengiz va okeanlardan eng uzoqda joylashgan hamda berk
havzadagi davlat bu O’zbekiston. O’zbekiston poytaxti: Toshkent shahri.
Toshkent shahrining geografik kordinatasi:
a) 41
o
(41.30) shimoliy kenglik
b) 69
o
(69.24) sharqiy uzoqlik
15 – bilet
1. Amerika qit’asining siyosiy xaritasi.
Amerika G'arbiy yarim sharda joylashgan ikki materik - Shimoliy va Janubiy Amerikani hamda
ularga yaqin orollarni qamrab olgan qit'adir. Uning umumiy maydoni 42 mln. km2 ga teng. Shimoliy va
Janubiy Amerika materiklarini Panama kanali ajratadi.
Amerikaning zamonaviy siyosiy xaritasida 35 ta mustaqil davlat mavjud. Ular o'z hududiy kattaligi
jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Qit'adagi 4 ta mamlakat dunyoning 10 ta eng yirik davlatlari
qatoridan joy olgan - Kanada, AQSH, Braziliya va Argentina. Boliviya, Kolumbiya, Peru va Meksikaning
maydoni 1 mln. km2 dan oshadi. Venesuela va Chili davlatlarining hududi esa 500 ming km2 dan katta.
Shu bilan birga, Amerikadagi 7 ta davlatning maydoni 1 ming km2 dan kam. Ularning barchasi Karib
dengizidagi orollarda joylashgan.
Amerikada faqatgina 2 ta davlat - Boliviya va Paragvay - bevosita dengizga chiqish imkoniyatiga
ega emas. Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama va Kolumbiya qirg'oqlari
ikkita, ya'ni Atlantika va Tinch okean suvlari bilan yuviladi. AQSH va Kanada esa uchta - Atlantika, Tinch
va Shimoliy Muz okeanlariga chegaradosh.
Amerikadagi 35 davlatdan 25 tasi respublika, 10 tasi Britaniya Hamdo'stligi qirolliklari, ya'ni
konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi. Konstitutsion monarxiyalardan 2 tasi - Kanada va Beliz - Shimoliy
Amerika materigida joylashgan, qolgan 8 tasi esa Karib dengizidagi orol davlatlaridir.
Amerikada 7 ta federativ davlat joylashgan - AQSH, Argentina, Braziliya, Kanada, Meksika,
Venesuela hamda Sent-Kits va Nevis. Sent-Kits va Nevis jahondagi eng kichik federativ davlat
hisoblanadi.
Amerika 2 ta yirik siyosiy-geografik mintaqa - Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasiga bo'linadi.
Shimoliy Amerikada AQSH va Kanada joylashgan. Amerikadagi AQSHdan janubda joylashgan barcha
davlatlar Lotin Amerikasini tashkil qiladi. Jahonning ushbu yirik mintaqasi Lotin Amerikasi deb atalishi
ko'p davlatlarida aholi qadimgi lotin tilidan kelib chiqqan ispan, portugal va fransuz tillarida so'zlashishi
bilan bog'liq.
Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda aholining
milliy-madaniy xususiyatlari bilan farq qiladi. AQSH va Kanada «Katta yettilik» guruhiga kiradigan
rivojlangan davlatlar bo'lsa, Lotin Amerikasi davlatlari esa rivojlanayotgan davlatlardir.
2. «Texnik ekinlar» va «Magistral» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Texnika ekinlar - sanoat xom ashyosi sifatida yetishtiriladigan (xomashyo beradigan) bir va koʻp yillik
qishloq xoʻjaligi ekinlari hisoblanadi. Texnika ekinlari bir qancha botanik oilaga mansub; ularga kraxmalli
ekinlar (kartoshka, batat va boshqalar); shakarli ekinlar (qand lavlagi, shakarqamish va boshqalar); moyli
ekinlar (kungabokar, kanakunjut, yer yongʻoq, soya, raps, maxsar, xantal, indov, zigʻir va boshqalar);
tolali ekinlar (gʻoʻza, tolali zigʻir, kanop, jut va boshqalar); efir moyli oʻsimliklar (atirgul, koʻknor,
yorongul, yalpiz va boshqalar); kauchukli oʻsimliklar (geveya, gvayula, koʻksagʻiz, tovsagʻiz); oshlovchi
modda olinadigan oʻsimliklar (skumpiya, badan); poʻkakli (poʻkakli dub v b.); dorivor oʻsimliklar
(valeriana, belladona, jenshen va boshqalar) kiradi. Texnika ekinlarini bu tariqa boʻlish shartlidir, chunki
koʻpgina boshqa ekinlar ham texnik xomashyo beradi (mas., donli ekinlar).
b) Magistral (lotincha magistralis - asosiy) - asosiy yo‘nalish, asosiy transport yo‘li.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan po’lat quyish bo’yicha yetakchi davlatlarni ko’rsating. Ular
orasidan eng katta davlat poytaxti geografik koordinatalarini aniqlang.
Po'lat quyish bo'yicha yetakchi davlatlar Miqdori, mln.t
Xitoy 808
Yaponiya 105
Hindiston 95,5
AQSH 78,5
Rossiya 69,8
Jahon bo'yicha 1628
Yuqoridagi davlatlardan ko’rinib turibdiki maydoni jihatidan eng katta davlat bu Rossiya davlatidir.
Rossiya poytaxti Moskva shahri.
Moskva shahrining geografik kordinatasi:
a) 56
o
(55.75) shimoliy kenglik
b) 38
o
(37.62) sharqiy uzoqlik
16 – bilet
1. Jahon neft va gaz sanoati geografiyasi.
Sanoat tarmoqlari orasida energetika alohida o'rin egallaydi. U turli yoqilg'i resurslarni (ko'mir,
neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanes) qazib oladigan va qayta ishlaydigan, elektr energiyasini ishlab
chiqaradigan tarmoqlar majmuyi hisoblanadi. Energetika sanoatning muhim tarmog'i bo'lib, boshqa
sohalarning rivoji uchun asos yaratib beradi.
Neft sanoati. 2016-yil ma'lumotlariga ko'ra, jahonda 4,3 mlrd. t neft qazib olingan bo'lib, uning
asosiy qismi Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)ga a'zo davlatlar ulushiga tegishli. OPEK
davlatlari (Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Angola, Gabon, Jazoir,
Ekvatorial Gvineya, Kongo, Liviya, Nigeriya, Venesuela, Ekvador) hududida jahon neft zaxiralarining 2/3
qismi to'plangan bo'lib, yillik neft qazishning 1/3 qismi mazkur davlatlar hissasiga to'g'ri keladi.
Gaz sanoati tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg'ilardan sun'iy gaz olish, gazdan
kimyoviy mahsulotlar ajratishni o'z ichiga oladi. Tabiiy gaz yoqilg'i sifatida boshqa yoqilg'i turlaridan bir
qancha afzalliklarga egadir. Boshqa yoqilg'i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi,
issiqlik berish quvvatining yuqoriligi, transportabelligi, neft va ko'mirga nisbatan ekologik jihatdan tozaligi
kabi holatlar gaz konlarini izlash va ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat qaratilishiga sababchi bo'ldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, gazning umumiy geologik zaxirasi, taxminan, 180 trillion m3 ni tashkil etadi.
Yillik qazib olish hajmi 3,6 trln. m3 ga teng (2016-y.). Gaz qazib olish bo'yicha Osiyo, Shimoliy Amerika,
Yevropa mintaqalari yetakchi bo'lsa, davlatlar orasida esa AQSH (749 mlrd. m3) Rossiya (641 mlrd. m3),
Eron (190 mlrd. m3), Qatar (182,8 mlrd. m3), Kanada (174 mlrd. m3) kabilar peshqadamlik qiladi.
2. «Intensiv qishloq xo’jaligi» va «Monarxiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Agar qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish
hisobiga ko‘paysa, bu ekstensiv qishloq xo‘jaligi deyiladi. Aksincha, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti
maydon birligida agrotexnika vositalaridan samarali foydalanish evaziga hosildorlikni oshirishga erishish
va chorva zotlarini yaxshilash hisobiga uning mahsuldorligi oshsa, u intensiv qishloq xo‘jaligi deb ataladi.
b) Monarxiya (yunoncha monarxia - yakka hukmronlik) - davlatning bir shaxs - monarx (qirol, podsho,
shoh, imperator) tomonidan boshqarilishi. Monarx hokimiyati umrbod bo`lib, avloddan-avlodga o`tadi.
Hokimiyat butunlay monarx qo`lida bo`lsa, hokimi mutloq deyiladi; konstitutsiyali monarxiyada monarx
hokimiyatini parlament cheklab qo`ygan bo`ladi; parlament roziligisiz monarx davlat ahamiyatiga ega
bo`lgan qonunlar chiqarish huquqiga ega emas; Masalan, Buyuk Britaniya, Belgiyada ana shunday.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Yevropadagi xalqaro turizmning yirik markazlari bo’lgan
davlatlarni ko’rsating. Ulardan qaysi biriga Sardiniya va Sitsiliya orollari tegishli? Ushbu davlat
poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Yevropadagi xalqaro turizmning yirik markazlari bo’lgan davlatlar - Fransiya, Italiya, Ispaniya,
Shveysariya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya.
Yuqorida keltirilgan orollar Italiya davlatiga tegishli. Italiya poytaxi – Rim shahri.
Rim shahrining geografik koordinatasi.
a) 42
o
(41.90) shimoliy kenglik.
b) 13
o
(12.50) sharqiy uzoqlik.
17 –bilet
1. Osiyo mamlakatlarining aholisi.
Osiyo aholisi eng ko'p bo'lgan qit'a hisoblanadi. Mintaqada 4,5 mlrd. kishidan ortiq, ya'ni jahon
aholisining deyarli 60 % i yashaydi (2018-y.).
Osiyoda, qolaversa jahon davlatlari orasida aholi soni jihatidan alohida ajralib turadigan davlatlar Xitoy va
Hindiston hisoblanadi. Ularning aholisi, 2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, mos ravishda, 1 mlrd. 394 mln. va 1
mlrd. 371 mln. kishiga teng bo'lgan. Demak, Xitoy va Hindistonda Osiyo aholisining 61%, yoxud butun
insoniyatning 36 % i istiqomat qiladi.
Aholi soni jihatidan, 2018-yil holatiga ko'ra, Xitoy va Hindistondan keyingi yetakchi o'rinlarni
Indoneziya (265 mln. kishi), Pokiston (201 mln. kishi), Bangladesh (166 mln. kishi), Yaponiya (126 mln.
kishi), Filippin (107 mln. kishi), Vyetnam (95 mln. kishi), Eron (82 mln. kishi) va Turkiya (81 mln. kishi)
kabi davlatlar egallaydi.
Osiyo aholisi hozirgi bosqichda, umumiy olganda, yiliga 1-1,1 % ga o'smoqda. Ammo aholi
ko'payish sur'atlari davlatlarda turlicha. Yaponiya, Shimoliy va Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Tailand,
Gruziya, Armaniston, Kiprda aholining tabiiy ko'payishi ancha past (yillik hisobda 0,5 % dan oshmaydi).
Shu bilan birga, Iroq, Yaman, Tojikiston, Afg'oniston, Sharqiy Timor davlatlarida tabiiy ko'payish sur'atlari
juda yuqori (yiliga 2,5-3 %).
Osiyoning umumiy urbanizatsiya ko'rsatkichi XXI asrning dastlabki yillarigacha Afrikaga nisbatan
ham past bo'lib, 30 % ga yetmas edi. Ammo 2018-yilga kelib, bu ko'rsatkich mintaqa bo'yicha 50 % ga
yetdi. Bunday keskin o'zgarish, ko'p jihatdan Xitoyda shaharlashuv jarayonining oxirgi yillardagi
jadallashuvi bilan bog'liq. So'nggi 15-20 yilda bu davlatning urbanizatsiya darajasi 2 barobarga ortib, jahon
bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan oshdi. Urbanizatsiya darajasi, ayniqsa, Singapur, Yaponiya, Koreya
Respublikasi, Isroil kabi sanoatlashgan davlatlar hamda Janubi-g'arbiy Osiyoning neftni qazib oluvchi
mamlakatlarida juda yuqori (85-100 %). Afg'oniston, Tojikiston, Shri-Lanka, Nepal, Kambodja, Myanma,
Sharqiy Timorda esa urbanizatsiya ko'rsatkichi 20¬30 % oralig'ida.
Osiyo aholisi hududiy jihatdan notekis joylashgan. Bunga tabiiy sharoit, ayniqsa, iqlim va suv
resurslari omillari katta ta'sir ko'rsatgan. Osiyoning aholi eng zich joylashgan qismlari Buyuk Xitoy
tekisligi, Hind-Gang pasttekisligi, Hindiston yarimoroli, Yapon va Filippin orollari, Koreya yarimorolining
janubi, Yava oroli hisoblanadi. Ayni paytda, Arabiston yarimoroli, Gobi va Taklamakon cho'llari, baland
tog'li o'lkalarda aholi zichligi o'ta pastdir.
Osiyo barcha yirik dinlar - buddizm, xristianlik, islom, induizm, konfutsiylik, yahudiylik,
sintoizmning beshigi hisoblanadi va bu qit'ada tarixan dinlarning o'ziga xos geografiyasi shakllangan.
Janubi-g'arbiy va Markaziy Osiyoda, Pokiston, Bangladesh, Maldiv Respublikasi singari Janubiy Osiyo
hamda Indoneziya, Malayziya, Bruney kabi Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida islom dini asosiy
ahamiyatga ega. Hindixitoy yarimorolidagi davlatlar, Mongoliya, Shri-Lanka va Butanda buddistlar
ko'pchilikni tashkil etadi. Armaniston, Gruziya, Kipr, Filippin, Sharqiy Timorda xristianlikning turli
mazhablari yetakchilik qiladi. Mahalliy dinlardan Hindiston va Nepalda induizm, Xitoyda konfutsiylik va
daosizm, Yaponiyada sintoizm, Isroilda esa iudaizm keng tarqalgan.
2. «Ekstensiv qishloq xo’jaligi» va «Erkin iqtisodiy zona» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
a) Agar qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish
hisobiga ko‘paysa, bu ekstensiv qishloq xo‘jaligi deyiladi. Aksincha, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti
maydon birligida agrotexnika vositalaridan samarali foydalanish evaziga hosildorlikni oshirishga erishish
va chorva zotlarini yaxshilash hisobiga uning mahsuldorligi oshsa, u intensiv qishloq xo‘jaligi deb ataladi.
b) Erkin iqtisodiy zona - mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini
jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti
bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan foydalanib Yevropaning bevosita dengizga tutash bo’lmagan
davlatlardan 5 tasini ko’rsating. Yevropadagi bunday davlatlardan eng shimoliy qismida joylashgan
poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Yevropadagi 15 ta davlatda dengizga chiqish imkoniyati mavjud emas. Bular - Belarus, Vengriya,
Avstriya, Chexiya, Shveysariya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya, Makedoniya, Bosnya va Gersegovina,
Andorra, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, San-Marino, Vatikan.
Yuqorida keltirilgan davlatlar orasida Belarus davlatining poytaxti Minsk shahri qolgan davlat
poytaxtlariga nisbatan shimolda joylashgan.
Minsk shahrining geografik koordinatasi.
a) 54
o
(53.90) shimoliy kenglik.
b) 28
o
(27.56) sharqiy uzoqlik.
18 – bilet
1. Qozog’iston Respublikasining iqtisodiy geografik tavsifi.
Qozog'iston Markaziy Osiyoda hududiy jihatdan eng yirik davlat bo'lib, jahon mamlakatlari ichida
maydoni bo'yicha 9-o'rinni egallaydi. U beshta davlat - Rossiya, Xitoy, O'zbekiston, Qirg'iziston va
Turkmaniston bilan chegaradosh. Qozog'istonning Rossiya bilan davlat chegarasi (7 548 km) uzunligi
bo'yicha dunyoda AQSH va Kanada o'rtasidagi chegaradan keyingi 2-o'rinda turadi. Mamlakat janubig'arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.
Qozog'iston iqtisodiy geografik o'rnining asosiy xususiyatlari Osiyo va Yevropa davlatlarini
bog'lovchi temiryo'l va avtomobil magistrallarining o'tganligi, Kaspiy dengiziga tutashligi, Rossiya va
Xitoydek yirik davlatlarga chegaradoshligi bilan belgilanadi.
Boshqaruv shakli - prezidentlik respublikasi. Ma'muriy-hududiy jihatdan unitar davlat bo'lib, 14 ta
viloyat va 3 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Nur-Sulton, Almati, Shimkent)dan iborat.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Qozog'iston relyefida tekisliklar hukmronlik qiladi, tog' tizmalari faqat
respublikaning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Markaziy hududlari relyefi esa kuchli parchalangan
yassi tog'likdan iborat. Qozog'iston foydali qazilmalarga jahondagi eng boy davlatlardan biri. Mamlakat
yoqilg'i, rudali va noruda resurslarining ulkan zaxiralariga ega. Neft va tabiiy gazning yirik konlari Kaspiy
dengiziga yaqin hududlarda, toshko'mirning asosiy zaxiralari (Qarag'anda, Ekibastuz havzalari) esa
markaziy qismida joylashgan. Qozog'istonning markaziy va sharqiy hududlari temir, marganes, xrom, uran,
mis, volfram, rux, qo'rg'oshin va boshqa metallarning katta zaxiralariga ega. Noruda mineral boyliklardan
fosforit va oltingugurt alohida e'tiborga loyiq.
Qozog'iston iqlimi mo'tadil keskin kontinental va qurg'oqchil, qishda shimoliy hududlarida havo
harorati -50
0
C dan ham past bo'ladi.
Qurg'oqchil iqlim tufayli Qozog'istonning bepoyon tekisliklarida dasht, chalacho'l va cho'l tabiat
zonalari shakllangan.
Yog'inlarning ozligi, hududining aksariyat qismini cho'llar ishg'ol qilganligi mamlakatning katta
qismida suv tanqisligini keltirib chiqargan. Asosiy daryolari hisoblangan Irtish, Ili, Sirdaryo, Ural
respublikaning chekka qismlaridan oqib o'tadi, to'yinish manbalari esa qo'shni mamlakatlar hududida
joylashgan.
Aholisi. Qozog'iston aholisi 18,4 mln. kishiga teng (2018-y.). Aholining tabiiy ko'payishi Markaziy
Osiyodagi boshqa davlatlarga nisbatan pastroq bo'lib, yiliga o'rtacha 1,5 % dan ortiqroq.
Urbanizatsiya darajasi 57 % ga teng (2018-y.). Hozirgi paytda 3 ta «millioner» shahar mavjud: Almati
(mamlakatning eng yirik shahri), Nur- Sulton va Shimkent.
Aholi zichligining o'rtacha ko'rsatkichi Qozog'istonda juda past bo'lib, 7 km2 /kishi atrofida. Aholi
respublika janubidagi sug'orma dehqonchilik rivojlangan daryo vodiylari va tog'oldi tekisliklarida hamda
mamlakat shimolidagi sanoatlashgan hududlarida birmuncha zichroq joylashgan.
Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Aholining 67,5 % ini tashkil etadigan qozoqlardan
tashqari, mamlakatda ruslar (20 %), o'zbeklar (3 %), ukrainlar (1,5 %), uyg'urlar (1,5 %) va boshqa
millatlar vakillari mavjud (2018-y.). Rus va ukrainlar shimoliy va sharqiy hududlarda keng tarqalgan
bo'lsa, o'zbeklar, asosan, respublikaning janubidagi Turkiston viloyatida istiqomat qilishadi.
Iqtisodiyoti. Qozog'iston Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat ichida iqtisodiy salohiyati jihatidan
yetakchi hisoblanadi, ayniqsa sanoat sohasidagi ko'rsatkichlari ancha yuqori. Sanoatning asosiy tarmoqlari
qatoriga neft-gaz, ko'mir, qora va rangli metallurgiya, kimyo va mashinasozlik kiradi. Qozog'iston neft
qazish hajmi bo'yicha jahonning yetakchi 20 ta davlatlari qatoriga, ko'mir, mis, ruxni qazib olish bo'yicha
esa birinchi o'ntalikka kiradi. Qozog'iston 2009-yildan buyon uran qazib olish bo'yicha jahonda birinchi
o'rinni egallab kelmoqda va u dunyo bo'yicha jami qazib olinayotgan uranning 40 % ga yaqin qismini
beradi. Elektr energiyasining 90 % idan ortig'i IESlarda ishlab chiqariladi.
Dehqonchilikning bosh tarmog'i donchilik. U, ayniqsa shimoliy viloyatlaridagi lalmi yerlarda
yaxshi rivojlangan. Janubiy viloyatlarda dehqonchilik sug'orish yordamida rivojlantirilib, bu yerda uning
asosiy tarmoqlari sabzavotchilik, sholichilik, polizchilik hisoblanadi. Chorvachilikning yetakchi
tarmoqlari: qo'ychilik, qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik.
2. «Tashqi savdo» va «Vegetatsiya davri» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Tashqi savdo balansi - mamlakatning muayyan vaqtdagi (masalan, 1 yilgi) eksport va import qiymati
orasidagi o`zaro nisbat. Agar eksport importdan oshsa, mamlakat tashqi savdo balansi faol balans, import
eksportdan oshsa, past balans deyiladi.
Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi orqali aniqlanadi. AQSH, Xitoy,
Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo aylanmasi hajmiga ko'ra jahonda yetakchilik qiladi.
Xalqaro savdoning 3/4 qismini mahsulotlar savdosi tashkil qiladi. Mashina va jihozlar, transport
vositalari, kimyoviy mahsulotlar kabilar xalqaro savdoda talab yuqori bo'lgan tayyor mahsulotlar
hisoblanadi. Jahonning rivojlangan davlatlari xalqaro savdoning 60 % dan ortig'ini ta'minlaydi.
b) Ekinlar hosiliga o‘simlikning vegetatsiya davri, yorug‘lik, issiqlik va namlikning yalpi miqdori ta’sir
ko‘rsatadi. Vegetatsiya davri - sutkalik o‘rtacha harorat +5 darajadan kam bo‘lmagan kunlar.
3. Yevropa mintaqasidagi maydoni 500 ming km
2
dan kata bo’lgan davlatlarni ko’rsating. Ular
orasidan Bosh meridianga eng yaqin joylashgan davlat poytaxtining geografik koordinatalarini
aniqlang.
Yevropada Fransiya, Ukraina va Ispaniyaning hududi 500 ming km
2
dan oshadi. Rossiya
Federatsiyasi esa maydonining kattaligiga binoan nafaqat Yevropa, balki butun jahondagi eng yirik
davlatdir. Ular orasida Bosh meridianga eng yaqin davlat Fransiya hisoblanadi. Poytaxti Parij shahri.
Nisbatan yaqin bo’lgan davlatlardan yana biri Ispaniya davlati. Poytaxti Madrid shahri.
Parij shahrining geografik koordinatasi.
a) 49
o
(48.86) shimoliy kenglik.
b) 2
o
(2.35) sharqiy uzoqlik.
Madrid shahrining geografik koordinatasi.
a) 40
o
(40.42) shimoliy kenglik.
b) 4
o
(3.70) g’arbiy uzoqlik.
19 – bilet
1. Rossiya Federatsiyasi geografik o’rnining ijobiy va salbiy jihatlari, tabiiy sharoiti va resurslari.
Rossiya Federatsiyasi maydoni jihatidan jahonning eng yirik davlati hisoblanadi. U Sharqiy
Yevropa va Shimoliy Osiyoda joylashgan. Rossiyaning Yevropa va Osiyodagi qismlarini Ural tog'lari
hamda Kaspiy va Azov dengizlari o'rtasidagi Kuma-Manich botig'i ajratib turadi.
Rossiya qirg'oqlari Shimoliy Muz, Tinch va Atlantika okeanlarining havzalariga tegishli bo'lgan 12
ta dengiz suvlari bilan yuviladi. Ta'kidlash kerakki, jahonda faqat 3 ta davlat birdaniga uchta okeanga
chiqish imkoniyatiga ega - Rossiya, AQSH va Kanada.
Rossiya Federatsiyasi jami 16 ta davlat bilan chegaradosh. Jumladan, Yaponiya va AQSH bilan
chegara faqat suv orqali o'tadi. Chegaradosh davlatlarning umumiy soni bo'yicha Rossiya jahon
mamlakatlari ichida 1-o'rinda turadi. Eng uzun chegara chiziqlari Qozog'iston, Mongoliya va Xitoy bilan
o'tgan.
Rossiya aralash tipidagi respublika hisoblanadi, chunki hukumat prezident va parlament tomonidan
birgalikda shakllantiriladi. Konstitutsiyasiga binoan, Rossiya 85 ta turli maqomdagi hududlar federatsiyasi
hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasining regionlari orasida respublika, oblast, o'lka, avtonom okrug,
avtonom oblast va federal ahamiyatdagi shaharlar mavjud. Boltiq dengizi bo'yidagi Kaliningrad oblasti
Rossiyaning asosiy hududidan ajralgan holda joylashgan bo'lib, eksklav geografik o'ringa ega.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Rossiya Federatsiyasining hududi shimoldan janubga 4 000 km dan ortiq,
g'arbdan sharqqa esa salkam 10 000 km masofaga cho'zilganligi uchun mamlakatning tabiiy sharoiti xilma-
xildir. Rossiya hududining 70 % i tekisliklardan iborat. Eng katta maydonlarni Sharqiy Yevropa va G'arbiy
Sibir tekisliklari egallaydi. Baland tog'lar (Kavkaz, Oltoy, Sayan, Sixote-Alin va boshq.) Rossiyaning
sharqiy va chekka janubiy qismlarida joylashgan.
Rossiya mineral resurslarga eng boy davlatlardan biri hisoblanadi. Rossiyada neft, tabiiy gaz,
ko'mir, uran, temir rudasi, oltin, olmos va boshqa foydali qazilmalarning yirik zaxiralari mavjud.
Rossiyaning iqtisodiyoti uchun, ayniqsa, neft va tabiiy gazning resurslari katta ahamiyatga ega. Neft va
gazning yirik konlari, asosan, G'arbiy Sibir tekisligida joylashgan.
Rossiya, asosan, mo'tadil, subarktika va arktika iqlim mintaqalarida joylashgan. Faqat- gina Qora dengiz
bo'yidagi hudud subtropik iqlimga ega. Hududining 70 % dan ortiq qismi agroiqlimiy resurslar bilan yetarli
darajada ta'minlanmagan va bu holat qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Asosiy tabiat zonalari -tundra, tayga, aralash va keng bargli o'rmonlar, dasht va o'rmon-dasht. Rossiya o'rmon va yer resurslari
bilan eng yaxshi ta'minlangan davlatlardan biri.
Rossiya, ayniqsa uning Osiyodagi qismi, suv va gidroenergetika resurslariga juda boy. Rossiyaning
eng yirik daryolari - Yenisey, Lena, Ob, Amur, Volga. Sibirda joylashgan Baykal ko'li Yer yuzidagi eng
chuqur va eng ko'p chuchuk suv yig'ilgan ko'l hisoblanadi.
Aholisi. Rossiya Federatsiyasi aholi soni bo'yicha jahonda 9-o'rinda turadi. Rossiyada 1992-2012-yillarda
aholining tabiiy kamayishi kuzatilgan bo'lsa, 2013-yildan boshlab mamlakatda minimal darajadagi tabiiy
ko'payish qayd etilmoqda. Lekin demografik vaziyat Rossiyada barqaror emas. Aholi ko'payishiga tashqi
migratsiya sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmoqda.
Rossiyada shahar aholisining ulushi 75 % ga yaqin. Eng yirik shaharlari - Moskva (12 mln. kishidan
ortiq) va Sankt-Peterburg (5 mln. kishidan ortiq). Hozirda jami 15 ta «millioner» shahar mavjud.
Rossiya Federatsiyasi ko'p millatli davlat hisoblanadi. Uning hududida 100 tadan ortiq tub millat va elat
vakillari yashaydi. Aholining milliy tarkibida 80 % qismi ruslarga to'g'ri keladi. Boshqa millatlar orasida
tatarlar, ukrainlar, boshqirdlar, chuvashlar, chechenlarning soni 1 mln. kishidan oshadi.
Rossiya ko'p konfessiyali davlatdir. Mamlakatdagi eng ko'p sonli din pravoslav xristianlik
hisoblanadi. Ruslardan tashqari unga ukrainlar, chuvashlar, mordvalar, osetinlar va boshqa bir necha millat
vakillari e'tiqod qiladilar. Tatarlar, boshqirdlar, Shimoliy Kavkazdagi ko'plab xalqlar islom diniga mansub.
Buryatlar, qalmiqlar hamda tuvaliklar esa buddizm diniga sig'inishadi.
Rossiyada aholi zichligining o'rtacha ko'rsatkichi ancha past (1 km ga 8 kishi), aholining hududiy
joylashuvi esa juda notekis. Bunga, asosan, iqlim sharoiti katta ta'sir ko'rsatgan. Aholi ko'proq Rossiyaning
g'arbiy va janubiy qismida - shartli ravishda ajratiladigan «Sankt-Peterburg - Sochi - Irkutsk»
uchburchagida mujassamlashgan.
2. «Boyitish fabrikasi» va «Fan-texnika inqilobi» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Boyitish fabrikasi - rudaning keraksiz qo‘shilmalarini chiqarib tashlash yoki yangi moddalar qo‘shish
yo‘li bilan foydali sifatlarini orttiruvchi korxona.
b) Fan-texnika inqilobi (FTI) deb jamiyatda fanning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida
ishlab chiqarishda tub sifatiy o'zgarishlarga erishish jarayoniga aytiladi. 1950-1960-yillarda jahonning
yetakchi davlatlarida fanga bo'lgan e'tiborning ortishi hamda ilmiy kashfiyotlarning tez fursatda
amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlar yuz berdi, yangi sohalari paydo
bo'ldi.
Inson tomonidan koinotni o'zlashtirishga bo'lgan harakatlar, yadro energiyasini tinch maqsadlarda
o'zlashtirish (AESlar qurilishi), elektron hisoblash mashinalari - EHMlarning paydo bo'lishi insoniyat
taraqqiyotidagi muhim yangiliklar bo'lib, ular fanning ishlab chiqarish bilan chambarchas aloqaga
kirishganligini ko'rsatib berdi. O'z xususiyatiga ko'ra FTI ko'p qirrali bo'lib, o'zining tarkibiy qismlari
hisoblangan fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda boshqaruvda katta o'zgarishlarning yuzaga
kelishiga sabab bo'ldi.
3. Jahonning siyosiy xaritasida yordamida Fransiya iqtisodiy geografik o’rniga baxo bering.
Fransiya poytaxti geografik koordinatalarini aniqlang.
Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri - Fransiya Respublikasi - qit'aning g'arbida joylashgan.
Uning qirg'oqlari g'arb va shimoli- g'arbdan Atlantika okeani, janubi-sharqdan esa O'rta dengiz suvlari
bilan yuviladi. Quruqlikda 8 ta davlat bilan chegaradosh bo'lib, eng uzun chegaralari Germaniya, Italiya,
Ispaniya davlat-lari bilan o'tgan. Fransiyaga O'rta dengizdagi Korsika oroli tegishli. Shuningdek,
Fransiyaning 10 tadan ziyod dengizorti hududlari, ya'ni mustamlakalari ham mavjud. Ular, asosan, Tinch
okean va Karib dengizida joylashgan. Fransiya davlatining poytaxti Parij shahri.
Parij shahrining geografik koordinatasi.
a) 49
o
(48.86) shimoliy kenglik.
b) 2
o
(2.35) sharqiy uzoqlik.
20 – bilet
1. Afrika mamlakatlarining aholisi va xo’jaligi.
Afrika aholi soni bo'yicha Osiyodan keyingi qit'a hisoblanib, 2018-yil holatiga ko'ra, u yerda 1,3
milliardga yaqin kishi yashaydi. Bu jahon aholisining 17 foizini tashkil etadi.
Afrika davlatlari orasida aholi soni jihatidan Nigeriya alohida ajralib turadi. Uning aholisi, 2018-yil
holatiga ko'ra, salkam 196 mln. kishiga teng bo'lib, bu jahon mamlakatlari orasidagi 7-o'rin hisoblanadi.
E'tiborlisi, Nigeriya Afrika davlatlari qatorida maydoni bo'yicha 14-o'rinda turadi, xolos.
Aholi soni jihatidan Nigeriyadan keyingi yetakchi o'rinlarni Efiopiya (107,5 mln. kishi), Misr (97
mln. kishi), Kongo Demokratik Respublikasi (84,3 mln. kishi), Tanzaniya (59,1 mln. kishi) va Janubiy
Afrika Respublikasi (57,7 mln. kishi) kabi davlatlar egallaydi (2018-y.).
Afrika aholisi qit'a bo'yicha notekis joylashgan (78-rasm). Bunga tabiiy omillar, ayniqsa, iqlim va
suv resurslari katta ta'sir ko'rsatgan. Nil vodiysi va deltasi, O'rta dengiz va Gvineya qo'ltiqbo'yi hududlari,
Sharqiy Afrikaning tog' oralig'idagi botiqlari va JARning sanoatlashgan rayonlarida aholi zichligi eng
yuqori darajaga ega. Ayni paytda, Sahroi Kabir, Kalaxari, Namib kabi tropik cho'llarda aholi zichligi o'ta
past.
Afrika aholisi eng yuqori sur'atlar bilan o'sayotgan qit'a hisoblanadi. Jahon aholisi hozirgi vaqtda
o'rtacha yillik hisobda 1,2 % ga ko'payib borayotgan bo'lsa, Afrikada bu ko'rsatkich 2,6 % ni tashkil etadi.
Afrikaning aksariyat davlatlariga tug'ilish va tabiiy ko'payishning yuqori sur'atlari, o'rtacha umr ko'rishning
nisbatan past ko'rsatkichlari xos. Bu boradagi holat faqat Tunis, Marokash, Liviya, Botsvana, JAR,
Mavrikiy va Seyshel orollari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi birmuncha yuqori bo'lgan davlatlarda
qit'adagi umumiy vaziyatdan farq qiladi.
Afrika qit'alar orasida urbanizatsiya darajasi (43%, 2018-y.) jihatidan oxirgi o'rinda turadi. Shahar
aholisi salmog'i, asosan, O'rta dengizbo'yi davlatlari, JAR, kichik orol mamlakatlari va neft sanoati
rivojlangan davlatlarida yuqori. Niger, Ruanda, Burundi, Malavi singari davlatlarda esa urbanizatsiya
darajasi 20 % ga ham yetmaydi.
Aholining irqiy, etnik va diniy tarkibi jihatidan Afrika qit'asi ikkita katta qismga bo'linadi.
Birinchisi, Misr, Liviya, Sudan, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya kabi davlatlardan iborat bo'lgan
Shimoliy Afrika mintaqasi. Bu davlatlarda, asosan, janubiy yevropeoid irqiga mansub bo'lgan arab va
barbarlar istiqomat qiladi, asosiy din islom dini hisoblanadi, aholining etnik va diniy tarkibi yaxlitliligi
bilan ajralib turadi. Qit'adagi boshqa davlatlar esa Tropik Afrika mintaqasini tashkil qiladi. Bu mintaqa
aholisining etnik tarkibi juda rang-barang bo'lib, asosan, negroid irqiga mansub yuzlab millat, elat va
qabilalardan iborat. Dinlardan esa islom, xristianlik va turli xil mahalliy dinlar keng tarqalgan bo'lib, har xil
davlatlarda ularning nisbati turlicha.
Afrika davlatlarining jahon xo'jaligidagi o'rni, asosan, tog'-kon sanoati va tropik dehqonchiligi bilan
belgilanadi. Ya'ni qit'adagi davlatlar iqtisodiyotida ko'proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik
qiladi. Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab
chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog'liq.
Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va
Malavi uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash fosforit, Gana va Tanzaniya oltin,
Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko'mir, temir, marganes, oltin, platina,
olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi.
Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo'jaligi uchun ma'lum bir ekin turining yakkahokimligi
xosdir. Masalan, Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-d'Ivuar, Gana, Kamerunda
kakao, Senegal va Gambiyada yeryong'oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy hisoblanadi.
Ko'ptarmoqli qishloq xo'jaligi JAR hamda O'rta dengizbo'yi davlatlarida shakllangan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta qismga bo'linadi. JAR qit'adagi
davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo'lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, Jazoir,
Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O'rta dengizbo'yi)
Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit'aning qolgan davlatlari Tropik Afrika mintaqasi
tarkibiga kiradi. Tropik Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar
guruhiga kiritilgan.
2. «Savdo balansi» va «Jahon xo’jaligi» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Savdo balansi — toʻlov balansining tarkibiy qismi hisoblanib, tovarlarni olib kirish va olib chiqishdagi
nisbat.
b) Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir -birini
taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy x o’jaliklar va
xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. Jahon xo’jaligi bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy
xo’jaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi.
Ixtisoslashuv mamlakatda qanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi ishlab chiqarish tajribasiga
bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatli ishlab chiqarish imkonini berganidan
xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Osiyodagi orol davlatlarni ko’rsating. Ular orasidan to’laligicha
Janubiy yarimsharda joylashgan davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Qit'a davlatlaridan 9 tasi orollarda joylashgan - Indoneziya, Filippin, Sharqiy Timor, Singapur,
Yaponiya, Shri-Lanka, Maldiv Respublikasi, Kipr va Bahrayn.
Yuqorida keltirilgan davlatlar orasida Janubiy yarimsharda joylashgan davlat bu Sharqiy Timor davlati
bo’lib, uning poytaxti Dili shahri hisoblanadi.
Dili shahrining geografik koordinatasi.
a) 9
o
(8.56) janubiy kenglik.
b) 126
o
(125.56) sharqiy uzoqlik.
21 – bilet
1. Avstraliya Ittifoqining geografik o’rni va aholisi.
Avstraliya Ittifoqi bir butun materikni to'liq egallagan jahondagi yagona davlat. Tarkibiga
Avstraliya materigidan tashqari Tasmaniya va boshqa orollar kiradi. Qirg'oqlari shimol, g'arb va janubdan
Hind okeani, uning dengiz va qo'ltiqlari, sharqiy tomondan esa Tinch okean dengizlari suvlari bilan
yuviladi. Maydoni jiha-tidan jahonda 6-o'rinda turadi.
Iqtisodiy-geografik o'rni Janubiy yarim sharda, boshqa mintaqalardan ancha olisda joylashganligi
bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transporti mamlakatni
jahonning barcha mintaqalari bilan doimiy aloqada bo'lishini ta'minlaydi.
Avstraliya Ittifoqi Britaniya Hamdo'stligi qirolligi hisoblanib, uning rasmiy davlat rahbari Buyuk
Britaniya hukmdori hisoblanadi. Amalda siyosiy boshqaruv tizimida yetakchi rol bosh vazirga tegishli.
Avstraliya 6 ta shtat va 2 ta hududdan tashkil topgan federativ davlat.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Avstraliyaning relyefi, asosan, tekislik va kuchli parchalangan
platolardan iborat. Faqat sharqda o'rtacha balandlikdagi Katta Suvayirg'ich tizmasi mavjud. Unda
Avstraliyaning eng baland nuqtasi Kossyushko cho'qqisi (2 228 m) joylashgan.
Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Mamlakat temir, mis, nikel, uran, boksit rudalari,
ko'mir, oltin, olmos zaxiralari bilan jahon miqyosida alohida ajralib turadi.
Avstraliya hududi, asosan, subekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan bo'lib,
iqlimining eng muhim xususiyati uning qurg'oqchilligidan iborat. Mamlakat hududining juda katta qismini
cho'l, chalacho'l va savannalar egallaydi. Avstraliya tabiatining eng katta kamchiligi suv resurslarining
taqchilligidir. Asosiy daryosi Murrey va uning irmog'i Darlingning suvi mavsumlar bo'yicha keskin
o'zgarib turadi.
Aholisi. Avstraliya aholi zichligi eng past bo'lgan jahon davlatlaridan biridir. Bu yerda 1 km2
hududga o'rta hisobda 3 kishi to'g'ri keladi. Avstraliyada aholi, asosan, janubi-sharqiy va sharqiy
hududlarida mujassamlashgan, ichki hududlarida esa juda siyrak joylashgan.
Avstraliyada aholining tabiiy ko'payishi past, yiliga 0,5-0,6 % ga teng. Aholi sonining ortib borishiga
tashqi migratsiya ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Aholining migratsion ko'payishi yillik hisobda 0,8 -1,0 % ni
tashkil etadi.
Umuman olganda, Avstraliyaning aholisi migratsiya hisobiga shakllangan. Materikning tub aholisi -avstraliyalik aborigenlar - davlat aholisining atigi 1 % ini tashkil etadi. Asosiy millat - avstraliyalik
inglizlar.
Avstraliya Ittifoqi yuqori urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga mansub. Unda shahar aholisining
ulushi 90 % ga teng. Eng yirik shaharlari -Sidney (87-rasm), Melburn, Brisben, Pert, Adelaida.
Iqtisodiyoti. Avstraliya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. YIMning hajmi
bo'yicha Avstraliya jahonning yetakchi 20 ta davlatlari tarkibiga kiradi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan
YIM miqdori esa unda aksariyat Yevropa davlatlaridan ham yuqori.
Avstraliyaning jahon iqtisodiyotidagi o'rnini, ko'p jihatdan, tog'-kon va yoqilg'i sanoati belgilaydi.
U ko'mir, uran, temir, boksit, oltin, nikel, rux qazib olish bo'yicha jahondagi yetakchi 3 ta davlat qatoriga
kiradi. Ko'mir, suyultirilgan gaz, uran, qora va rangli metallarning katta qismi Osiyo davlatlari, birinchi
navbatda, Xitoyga eksport qilinadi. Qishloq xo'jaligi ham Avstraliya iqtisodiyotining muhim sohasi.
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari - qo'ychilik va qoramolchilikdir. Avstraliya jahonda qo'ylar soni va jun
ishlab chiqarish bo'yicha 2-o'rinda, jun hamda mol go'shti eksporti bo'yicha esa 1-o'rinda turadi.
Dehqonchiligi donchilik, bog'dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan.
Avstraliyaning asosiy iqtisodiy rayoni uning janubi-sharqi hisoblanadi. Bu yerda mamlakat
aholisining 70% i istiqomat qiladi hamda uning 2 ta eng yirik shahri - Sidney va Melburn joylashgan.
2. «Federativ davlat» va «Agrasanoat majmuasi» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Federatsiya (soʻnggi lotincha: foederatio — birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik
jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi boʻlgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab (uyushma)
davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, oʻlka, kontonlar) Federativ
subʼyektlari hisoblanadi va oʻz maʼmuriy hududiy boʻlinishlari boʻladi. Federatsiyada yagona
konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari boʻladi, yagona fuqarolik, pul birligi va
shaharlar amal qiladi.
Davlat tuzilishining birmuncha murakkab shakli - bu federatsiyadir. Bunday davlatlarda
qonunchilik, ijro va sud hokimiyati markaziy (federal) hamda hududiy (shtatlar, provinsiyalar,
respublikalar va boshqalar doirasida) darajalardan tashkil topadi. Federativ davlatlarning soni, 2018-yil
holatiga ko'ra, 28 ta bo'lib, shu jumladan, Yevropada 6 ta, Osiyoda 7 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 7 ta
hamda Avstraliya va Okeaniyada 2 ta federatsiyalar joylashgan.
b) Agrosanoat majmuasi (ASM) - qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirish va uni iste'molchiga yetkazish
jarayonida aloqador barcha tarmoqlar uyg‘unligidir.
Qishloq хo‘jaligi bilan u yetishtirgan mahsulotlami qayta ishlaydigan yengil va oziq-ovqat saiwali
tarmoqlari dafatan ASM tuzilmasini tashkil etgan. Bularga qo‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligida
foydalaniladigan mexanizmlarni ishlab chiqaradigan va ularni ta'mirlaydigan korxonalar, mineral o‘g‘it
hamda o‘simlik zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan moddalar ishlab chiqaradigan kimyo sanoati
tarmoqlari ham ASMga kiradi. Bu tarmoqlar aslida og‘ir sanoatga tegishli bo‘lsada, ammo ular ishlab
chiqarish ko‘lami va samaradorligining belgilovchi omili ekanidan ASMda birinchi guruhni, qishloq
xo‘jaligi ikkinchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tarmoqlar uchinchi guruhni tashkil
etadi.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan qirg‘oqlarini O’rta dengiz suvlari yuvadigan Afrika davlatlarini
ko’rsating. Ulardan qaysi biri qisman Osiyoda joylashgan? Ushbu davlat poytaxtining geografik
koordinatalarini aniqlang.
Qirg‘oqlarini O’rta dengiz suvlari yuvadigan Afrika davlatlari – Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr.
Yuqorida keltirilgan davlatlar orasida qisman Osiyoda joylashgan davlat bu Misr davlati bo’lib, uning
poytaxti Qohira shahri hisoblanadi.
Qohira shahrining geografik koordinatasi.
a) 30
o
(30.04) shimoliy kenglik.
b) 31
o
(31.24) sharqiy uzoqlik.
22 – bilet
1. Germaniya iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy resurslari va aholisi.
Yevropaning iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlati Germaniya Federativ Respublikasi qit'aning
markazida joylashgan. Germaniya maydoni bo'yicha qit'a mamlakatlari orasida 6-o'rinda turadi. Qirg'oqlari
shimoli-g'arbda Shimoliy dengiz, shimoli-sharqda esa Boltiq dengizi suvlari bilan chegaralangan.
Germaniya hududidan eng muhim xalqaro kanallardan biri - Shimoliy va Boltiq dengizlarini
tutashtiradigan Kil kanali o'tadi. Quruqlikda 9 ta davlat bilan chegaradosh.
Boshqaruv shakli - parlamentar respublika. Davlat rahbari - prezident, ammo ijro hokimiyatining
rahbari va eng katta siyosiy vakolatlar egasi hukumat raisi, ya'ni federal kansler hisoblanadi. Siyosiyhududiy tuzilishi jihatidan Germaniya federativ davlat bo'lib, 16 ta federal yerga bo'linadi. Mamlakat
poytaxti - Berlin - GFRning sharqiy qismida joylashgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Germaniya hududining relyefi shimoldan janubga tomon ko'tarilib
boradi. Mamlakatning shimoliy qismini Shimoliy Germaniya pasttekisligi egallagan, markaziy hududlari
past va o'rta tog'lardan iborat, janubida esa balandligi deyarli 3 000 metrga boradigan Alp tog'lari
joylashgan. GFRda tosh va qo'ng'ir ko'mir, temir rudasi, osh va kaliy tuzlarining konlari mavjud.
Mamlakat hududi mo'tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Ob-havo tez-tez o'zgaradi, yog'inlar ko'p yog'adi.
Qish odatda yumshoq, qattiq sovuqlar kam sodir bo'ladi. Dengizbo'yi hududlarida kuchli shamollar doimo
kuzatiladi va bu energetika sohasida qo'l keladi.
Germaniyada daryolar to'ri ancha zich. Eng yirik daryolar Reyn, Dunay, Elba, Vezer va Oder hisoblanadi.
GFRdagi barcha yirik daryolar kanallar bilan o'zaro bog'langanligi tufayli uning ichki suv transport yo'llari
Dunay orqali Shimoliy va Boltiq dengizlari portlarini Qora dengiz portlari bilan bog'laydi.
Aholisi. Germaniya deyarli 83 mln. kishilik aholisi (2018-yil ma'lumotlari bo'yicha) bilan
Yevropada Rossiyadan keyingi 2-o'rinni egallaydi. Tug'ilishning pastligi sababli Germaniyada aholining
tabiiy ko'payishi 1972-yildan buyon manfiy qoldiqqa ega. Germaniyada aholi ko'payishining manbayi
tashqi migratsiya hisoblanadi.
Germaniya xorijiy migrantlar soni (12 millionga yaqin kishi) bo'yicha jahonda AQSHdan so'ng 2-o'rindagi davlat. Xorijiy migrantlar tarkibida Turkiya, Italiya, Gretsiya, sobiq Yugoslaviya davlatlari,
Polsha hamda ayrim arab mamlakatlaridan ko'chib kelganlar son jihatdan ajralib turadi.
Xorijiy migrantlar ko'proq g'arbiy va shimoliy federal yerlaridagi yirik shaharlarda mujassamlashgan.
Germaniyaliklarning 75 % dan ko'prog'i shaharlarda istiqomat qilishadi. GFRning eng yirik shaharlari -Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurt-Mayn, Bremen.
Mamlakat aholisining milliy tarkibida 90% dan ko'proq qismi nemis millatiga to'g'ri keladi.
Iqtisodiyoti. Germaniya iqtisodiy salohiyati va aholining turmush darajasi jihatidan jahondagi
yetakchi davlatlardan biri, «Katta yettilik» guruhiga a'zo davlat. Yevropada Germaniya YIM va sanoat
ishlab chiqarishi hajmi bo'yicha 1-o'rinda turadi.
GFR turli sanoat mahsulotlarining yuqori sifati bilan butun dunyoga mashhur. Germaniya
sanoatining yetakchi tarmoqlari qatoriga mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, ko'mir, qora metallurgiya,
oziq-ovqat sanoati kiradi. Mashinasozlik tarmoqlaridan esa stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika,
mikroelektronika, kemasozlik, aviakosmik mashinasozlik kabi tarmoqlari juda yuqori darajada rivojlangan.
Germaniya qishloq xo'jaligining tayanch tarmoqlari sut-g'osht qoramolchiligi va cho'chqachilik
hisoblanadi. Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlarida asosiy qishloq xo'jalik ekinlari bug'doy, arpa,
makkajo'xori, kartoshka, qandlavlagi hisoblanadi. Janubdagi tog' yonbag'irlari va tog' oralig'idagi
vodiylarida uzum, tamaki hamda pivo ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xmelni yetishtirish yaxshi
rivojlangan.
Germaniya iqtisodiyotida transport, bank-moliya sektori, turizm va boshqa xizmat ko'rsatish
sohalari ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Yevropadagi eng yirik aeroportga ega Frankfurt -Mayn
shahri qit'adagi asosiy bank-moliya markazlaridan biri hisoblanadi.
Germaniyaning sharqiy yerlari (sobiq GDR) mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning pastroq ko'rsatkichlari bilan ajralib turadi.
2. «Parlamentar respublika» va «Selluloza» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Respublika (lotincha: respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi
shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar
(parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Parlamentar respublikalarda hukumat tarkibi parlament saylovlari natijalari asosida siyosiy partiyalar
tomonidan shakllantiriladi, prezidentning funksiyalari esa cheklangan bo'ladi. Germaniya, Avstriya,
Italiya, Bolgariya, Latviya, Estoniya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqalar
ana shunday davlatlar sirasiga kiradi. Parlamentar respublikalar ko'proq Yevropada joylashgan.
b) Selluloza - maydalangan va kimyoviy yo‘l bilan ishlangan yog‘och massasi, u sun'iy tola va qog‘oz
ishlash uchun xomashyo bo‘ladi.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan aholisi 1 mlrd dan ortiq bo’lgan davlatlarni ko’rsating. Ushbu
davlatlarning poytaxtlaridan qaysi birida Quyosh nisbatan erta chiqadi? Ushbu shaharning
geografik koordinatalarini aniqlang.
Jahonda aholisi 1 mlrd dan ortiq bo’lgan davlatlar – Xitoy va Hindiston davlatlaridir.
Yuqorida keltirilgan davlatlarning orasida Xitoy davlatida Quyosh Hindiston davlatiga nisbatan erta
chiqadi. Xitoy davlatining poytaxti: Pekin shahri.
Pekin shahrining geografik koordinatasi.
a) 40
o
(39.91) shimoliy kenglik.
b) 116
o
(116.41) sharqiy uzoqlik.
23 – bilet
1. Eron, Avg’oniston va Pokistonning iqtisodiy geografik o’rinlarini taqqoslang. Qaysi davlatning
iqtisodiy geografik o’rni nisbatan noqulay hisoblanadi v anima uchun?
ERON
Eron Islom Respublikasi Janubi-g'arbiy Osiyoning hududi, aholisi va iqtisodiy salo- hiyati jihatidan
eng yirik davlatlaridan biri. Qirg'oqlari janubda Arabiston dengizi va Fors qo'ltig'i, shimoli-g'arbda Kaspiy
dengizi suvlari bilan o'ralgan. Iqtisodiy geografik o'rni Janubi- g'arbiy, Janubiy va Markaziy Osiyo
davlatlarini bog'laydigan transport yo'llari o'tganligi hisobiga qulay.
Boshqaruv shakli teokratik (diniy) respublikadir. Davlat rahbari - Oliy rahbar, shia
musulmonlarining oliy martabali ruhoniysi (Oyatullo).
Prezident esa Eronda davlatdagi ikkinchi shaxs hisoblanadi. Poytaxti - Tehron shahri mamlakatning
shimoli-g'arbiy qismida, Elburs tog' tizmasining etagida joylashgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Eron hududining relyefi bir nechta tog' tizmalari va ular orasidagi botiqlardan
iborat. Iqlim shimoli-g'arbiy hududlarida nam subtropik, markaziy va sharqiy hududlarda quruq subtropik,
Fors qo'ltig'i bo'yida esa issiq va quruq tropik tipiga mansub. Tog' oralig'idagi botiqlarda iqlim keskin
kontinental va o'ta quruq bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonot olamiga juda kambag'al bo'lgan toshloq
va sho'rxok cho'llar shakllangan. Kaspiy dengiziga yaqin hududlarida nam iqlim sharoiti tufayli o'rmonlar
keng tarqalgan.
Eng katta iqtisodiy ahamiyatga ega mineral boyliklari yirik neft va gaz zaxiralaridir. Neft va gaz
konlari, asosan, Fors qo'ltig'i va Kaspiy dengiziga yaqin hududlarda joylashgan. Eronda mis, temir,
marganes, polimetall rudalari konlari ham mavjud.
Aholisi. Eron aholi soni bo'yicha dunyodagi yetakchi 20 ta davlat qatoriga kiradi. Oxirgi yillarda
tug'ilishning pasayishi tufayli aholining tabiiy o'sish sur'atlari sekinlashib bormoqda. Urbanizatsiya darajasi
70 % dan yuqori. Aholisi 9 million kishiga yaqin Tehrondan tashqari, Mashhad, Karaj, Isfaxon, Tabriz va
boshqa «millioner» shaharlar mavjud. Aholi ancha notekis joylashgan bo'lib, asosan, g'arbiy qismida zich
yashaydi, cho'lli hududlarida esa doimiy aholi yo'q.
Eron - ko'pmillatli davlat. Aholining 60 % idan ko'prog'ini tashkil etadigan forslar bilan birgalikda
ozarbayjonlar, kurdlar, arablar, turkmanlar, armanlar va boshqa millatlar yashaydi. Aholining diniy
tarkibida shia musulmonlari yetakchilik qiladi.
Iqtisodiyoti. Eron Janubi-g'arbiy Osiyo davlatlari orasida o'z iqtisodiy salohiyati bilan Turkiya va
Saudiya Arabistoni singari alohida ajralib turadi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: neft va neftni qayta
ishlash, gaz, metallurgiya, mashinasozlik, to'qimachilik va oziq-ovqat.
Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, bog'dorchilik, qo'ychilik, echkichilik va
qoramolchilik. Kaspiy dengizida baliqchilik yaxshi rivojlangan. Baliqchilikning qimmatbaho
mahsulotlaridan biri hisoblangan qora ikra eksporti boyicha Eron jahon bo'yicha yetakchi o'rinda turadi.
Shuningdek, Eron gilam to'qish bilan ham dunyoga mashhur.
AFG'ONISTON
Afg'oniston Islom Respublikasi Janubi- g'arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo tutashgan hududda
joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish imkoniyati yo'q. Iqtisodiy geografik o'rni Osiyo qit'asining turli
qismlarini bog'lovchi transport magistrallari qurilsa, ancha yaxshilanadi. Boshqaruv shakli prezidentlik
respublikasi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Afg'oniston hududining katta qismi, ayniqsa, markazi va sharqi
baland tog'lar bilan band, shimoliy va janubi-g'arbiy hududlarini tog'oldi tekisliklari egallaydi.
Afg'onistonda kuchli zilzilalar tez-tez ro'y berib turadi. Afg'oniston turli mineral resurslarga (ko'mir,
neft, temir, mis, marganes va b.) boy, ammo ular juda kam qazib olinadi. Afg'onistonga subtropik quruq
kontinental iqlim xos. Baland tog'lardagi muzliklardan ko'plab daryolar boshlanib, ayrimlari to'laligicha
sug'orishga sarflanadi.
Aholisi. Afg'oniston aholisi tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan davlatlar toifasiga kiradi (yillik
tabiiy ko'payish darajasi 2,5 % dan yuqori). Aholi, asosan, tog'oldi tekisliklarida va tog' oralig'idagi
vodiylarda yashaydi. Shahar joylarida aholining 1/4 qismi yashaydi, xolos. Eng katta shahri - mamlakat
poytaxti Kobulning aholisi 3 mln. atrofida. Hirot hamda Mozori-Sharif nisbatan yirik shaharlar
hisoblanadi.
Aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo'lib, pushtunlar, tojiklar, o'zbeklar, xazorliklar, balujlar,
turkmanlardan iborat. O'zbekistonga chegaradosh shimoliy hududlarida 2 mln. o'zbeklar istiqomat qiladi.
Iqtisodiyoti. Afg'oniston iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan agrar davlat. Iqtisodiy rivojlanishida xorijiy
davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko'rsatilayotgan moliyaviy yordam katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo'jaligining asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etadi. Umuman olganda,
dehqonchilikda boshoqli ekinlar, paxta, meva va uzum yetishtirish muhim rol o'ynaydi. Chorvachilik
tarmoqlaridan qo'ychilik (jumladan, qorako'lchilik) va echkichilik yetakchi ahamiyatga ega. Qorako'l teri
tayyorlashda Afg'oniston jahon bo'yicha 1-o'rinda turadi. Sanoat ishlab chiqarishi sust darajada rivojlangan.
Sanoat korxonalari jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam asosida qurilmoqda.
POKISTON
Pokiston Islom Respublikasi Janubiy Osiyoda joylashgan. Hududi janubda Arabiston dengizi bilan
yuviladi. Geografik o'rnining ijobiy xususiyatlari - xalqaro ahamiyatga ega dengiz va quruqlik transport
yo'llari o'tganligi, salbiy jihatlari - siyosiy vaziyati beqaror mintaqada joylashganligidan iborat. Siyosiy
geografik holati Hindiston bilan Kashmir borasidagi ko'p yillik hududiy kelishmovchilik hamda
Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarining qo'shni davlatdan o'tgan «Tolibon» guruhlari nazorati ostida
bo'layotganligi bilan tavsiflanadi.
Pokiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublika, ma'muriy- siyosiy tuzilishi nuqtayi
nazaridan esa federativ davlatdir. Pokiston federatsiyasi 4 ta provinsiya va 2 ta federal hududni o'z ichiga
oladi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Pokistonning shimoliy va g'arbiy qism- lari baland tog'lar bilan band
bo'lsa, sharqiy va janubiy hududlari esa tekislik relyefiga ega. Mamlakatning katta qismini qo'shni
Hindistondan boshlanadigan va Arabiston dengiziga quyiladigan Hind daryosining vodiysi egallaydi.
Tekislik hududlari neft, tabiiy gaz, ko'mir, tuz zaxiralariga ega, tog'li qismi esa turli metallarning konlariga
boy. Pokistonning asosiy hududida issiq tropik iqlim hukmronlik qiladi, shuning uchun tekislik qismida
cho'l va chalacho'l landshaftlari katta maydonlarda tarqalgan.
Aholisi. Pokiston aholi soni bo'yicha jahon davlatlarining birinchi o'ntaligiga kiradi. Yillik
hisobidagi tabiiy ko'payish sur'atlari 2 % dan baland, ya'ni yiliga 4-4,5 mln. kishiga teng. Urbanizatsiya
darajasi 40% atrofida. Mamlakatdagi eng yirik shahar - Arabiston dengizi sohilida joylashgan Karachining
aholisi 15 mln. kishidan ortiq. Boshqa yirik shaharlari - Laxor, Feysalabad, Ravalpindi.
Aholining 45 % ga yaqin qismi panjobliklarga tog'ri keladi. Aholining milliy tarkibida pushtunlar,
sindlar, balujlarning ulushlari ham sezilarli.
Iqtisodiyoti. Pokiston iqtisodiyoti tez o'sayotgan industrial-agrar davlatdir. Sanoatining yetakchi
tarmog'i - yengil sanoat. Ayniqsa to'qimachilik sanoati eksportbop mahsulotni katta hajmda ishlab
chiqaradi. Undan tashqari, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, charm sanoati ham rivojlanib
bormoqda.
Qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i dehqonchilik bo'lib, bug'doy, sholi, shakarqamish, paxta
yetishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakat eksporti tarkibida gazlamalar, sholi, paxta, charm mahsulotlari,
gilamlar yetakchi o'rinlarga ega.
2. «Anklav davlat» va «Kooperatsiya» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Anklav (lotincha: inclavatus – „yopiq“ va „clavis“ – „kalit“) – boshqa davlat hududdagi yer.
Anklav (frans. enclave, lot. inclavare – qulflab olish) – bir davlatning hamma tomondan boshqa
davlat hududi bilan oʻrab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Masalan, Lesoto davlati JAR
hududidagi anklav hisoblanadi. Agar anklav dengizga tutash boʻlsa, u yarim anklav deb ataladi.
Bironta davlat hududi bilan o'ralgan va boshqa davlatlar yoki dengiz suvlari bilan chegaraga ega
emas. Bunday geografik joylashuvga ega davlatlar anklav davlatlar deb ataladi.
b) Kooperatsiya (lot. cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) — 1) jismoniy shaxslarning birgalikda
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi; 2) ikki yoki bir nec ha
mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan ishlab chiqarishni
tashkil etishining universal shakli.
Kooperativlashuv (hamkorlik) - tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan
ishlab chiqarish shakli.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Yevropadagi yarim orol davlatlarini ko’rsating. Ushbu
davlatlarning poytaxtlaridan qaysi birida Quyosh qolganlariga nisbatan keyin botadi? Ushbu
shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
Yevropadagi yarimorol mamlakatlarga Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Ispaniya, Portugaliya,
Italiya, Gretsiya, Albaniya, Bolgariya va boshqalar.
Mazkur davlatlarning ichida keltirilgan Portugaliya davlatining poytaxti Lissabon shahrida qolgan
davlat poytaxtlariga nisbatan quyosh keyin botadi.
Lissabon shahrining geografik koordinatasi.
a) 39
o
(38.72) janubiy kenglik.
b) 9
o
(9.14) g’arbiy uzoqlik.
24 – bilet
1. Yaponiyaning iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy shariti va resurslari.
Yaponiya Sharqiy Osiyoda joylashgan orol mamlakati. Yaponiyada jami orollar soni 6 852 ta bo'lsa
ham, hududining 97 % ini 4 ta yirik orol - Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari egallaydi.
Yerosti boyliklarining ozligi Yaponiyani yoqilg'i va metallarni eng ko'p import qiluvchi
davlatlardan biriga aylantirgan.
Yaponiya, asosan, mo'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Iqlimi, umuman olganda,
musson shamollari ta'sirida shakllangan, unga yuqori darajadagi namlik xos. Yillik yog'in miqdori 1700-4000 mm ga teng. Shuningdek, Yaponiya iqlimiga tayfunlarning tez-tez takrorlanishi xos.
Nam iqlimi tufayli Yaponiya hududi sersuv daryolarga boy bolib, ulardan sug'orma dehqonchilik va
gidroenergetikada keng foydalaniladi.
Aholisi. Yaponiya aholisi 126,5 mln. kishiga teng (2018-y.). Yaponiyada tug'ilishning o'ta pastligi
sababli aholining tabiiy kamayishi kuzatilmoqda. Meksika aholi soni bo'yicha Yaponiyadan ilgarilab
ketganidan keyin, Yaponiya jahon mamlakatlarining birinchi o'ntaligidan chiqdi.
Yaponiyada shahar aholisining ulushi 90% dan yuqori. Tokio dunyoning eng katta shaharlaridan
biri hisoblanadi, uning aglomeratsiyasida 30 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. Poytaxtdan, tashqari
Iokagama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto mamlakatning eng yirik shaharlari hisoblanadi.
Xokkaydo orolida joylashgan Sapporodan boshqa barcha yirik shaharlar Xonsyu orolining janubi-sharqida
joylashgan. Mamlakatning bu qismida bir nechta yirik shahar aglomeratsiyalarining tutashib ketganligi
hisobiga jahondagi eng yirik megalopolislardan biri - Tokaydo shakllandi.
Yaponiya aholisining 98% dan ko'pini yaponlar tashkil qiladi. Ularning asosiy dinlari - sintoizm va
buddizm. Qiziqarli jihati shundaki, yaponlarning aksariyati ham sintoizm, ham buddizm an'analariga rioya
qiladilar.
Aholining joylashuviga mamlakat relyefi katta ta'sir korsatgan. Yaponiya aholisining asosiy qismi
hududining 10 % ida yashaydi. Aholi eng zich darajada Kanto tekisligida joylashgan.
Iqtisodiyoti. Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YIM ning umumiy
hajmiga ko'ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyingi to'rtinchi o'rinni egallaydi.
Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar - elektronika,
elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga
ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga «Toyota», «Honda»,
«Sony», «Mitsubishi» va boshqalar kiradi.
Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog'i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga
ekiladi. Shuningdek, bug'doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.
Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, mamlakatning yirik
shaharlarini bog'lovchi «Sinkansen» tezyurar poyezdlari alohida e'tiborga sazovor. Yaponiyada ayrim
orollar orasida suvosti tunnellar ham o'tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va Xokkaydo orollarini
bog'laydigan Seykan tunnelidir (54 km).
Yaponiyada turizm ham yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. atrofida xorijiy sayyohlar
tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi
hisoblanadi.
Xonsyu orolining sharqida 600 km masofada shakllangan Tinch okean sanoat mintaqasi iqtisodiy
jihatdan Yaponiyaning eng rivojlangan rayoni hisoblanadi. Kyusyu orolining janubi, Sikoku va ayniqsa,
Xokkaydo oroli iqtisodiy jihatdan nisbatan sust rivojlangan.
2. «Eksklav» va «Irrigatsiya mashinasozligi» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Eksklav — suveren mustaqillikka ega boʻlmagan, atrofi boshqa bir va bir nechta davlat bilan oʻralgan
hudud.
Eksklav ("tashqi" va "kalit") - bu davlat yoki hududning geografik jihatdan asosiy qismidan chet el
hududini (bir yoki bir nechta davlatlarning) o'rab olish orqali ajratilgan qismi. Ko'pgina eksklavlar ham
anklavlardir, lekin bu shart emas; Bir eksklav bir nechta shtatlar bilan o'ralgan bo'lishi mumkin.
Ozarbayjonning Naxchivan anklavini anklav hisoblanmaydigan (Armaniston, Turkiya va Eron bilan
chegaradosh) anklavga misol qilib keltirish mumkin.
b) Irrigatsiya mashinasozligi – suv omborlari, kanallar qurilishi, va ularni loyqadan tozalashda, suvni
yuqoriga koʻtarishda, umuman, irrigatsiyada qoʻllaniladigan mashinalar ishlab chiqaruvchi tarmoq.
Irrigatsiya (lotincha irrigatsio – sug`orish), sug`orish – q`urg`oqchil yerlarga suv keltirish, dalalarni
sug`orish, tuproqning o`simlik ildizlari oziqlanadigan qatlamida suv zahirasini rostlash. Melioratsiya
turlaridan biri. Irrigatsiya – faqat sug`orish bilan bog`liq bo`lgan tadbirlar (kanal, suv ombori, gidrouzel,
nasos stansiyasi, kariz, zovur va h.k.)
3. Jahonning siyosiy xaritasidan birdaniga 3 ta okeanga chiqishga ega bo’lgan davlatlarni
ko’rsating. Ulardan qaysi birining poytaxti ekvatorga eng yaqin joylashgan? Bu shaharning
geografik koordinatalarini aniqlang.
Birdaniga 3 ta okeanga chiqishga ega bo’lgan davlatlar – Kanada, AQSH, Rossiya.
Kanada poytaxti – Ottava shahri.
AQSH poytaxti – Vashington shahri.
Rossiya poytaxti – Moskva shahri.
Ottava shahrining geografik koordinatasi.
a) 45
o
(45.42) shimoliy kenglik.
b) 76
o
(75.70) g’arbiy uzoqlik.
Vashington shahrining geografik koordinatasi.
a) 39
o
(38.91) shimoliy kenglik.
b) 77
o
(77.04) g’arbiy uzoqlik.
Moskva shahrining geografik koordinatasi.
a) 56
o
(55.76) shimoliy kenglik.
b) 38
o
(37.62) sharqiy uzoqlik.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turganidek ekvatorga nisbatan eng yaqin joylashgan shahar bu
Vashington shahri.
25 – bilet
1. Indoneziya, Malayziya va Singapurning iqtisodiy geografik o’rinlarini taqqoslang va umumiy
jihatlarini aniqlang.
INDONEZIYA
Indoneziya Janubi-sharqiy Osiyoda, Tinch va Hind okeanlari orasida joylashgan bir necha ming
orollardan iborat davlat. Jahondagi orol mamla- katlaridan eng yirigi hisoblanadi. Indoneziyadagi eng katta
orollar - Yangi Gvineya (g'arbiy qismi), Kalimantan (markaziy va janubiy qismi), Sumatra, Yava hamda
Sulavesi. Aholisining 60 % ga yaqini Yava orolida yashaydi. Bu orol sayyoramizdagi aholi eng zich
joylashgan hududlardan biri hisoblanadi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahri ham Yavada joylashgan.
Iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi ikki okean (Tinch va Hind) va ikki qit'a (Osiyo hamda Avstraliya va
Okeaniya) orasida joylashganligi bilan belgilanadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Indoneziya hududi «Tinch okean olovli halqasi»ning bir qismi bo'lib,
unga tog'li relyef va yuqori seysmiklik xos. Indoneziyada 150 taga yaqin harakatdagi vulqonlar bor,
ulardan eng yiriklari Bromo, Krakatau, Selak, Tamboro hisoblanadi. Indoneziya neft, gaz, ko'mir, qalayi,
temir, marganes, nikel va boshqa foydali qazilmalarga boy.
Iqlimi, asosan, ekvatorial, yil bo'yi issiq va nam, yil fasllari orasidagi tafovutlar deyarli sezilmaydi.
Sernam iqlim va tog'li relyef tufayli Indoneziya suv va gidroenergetika resurslari bilan yaxshi ta'minlangan.
Shuningdek, Indoneziya jahonning o'rmon resursla riga eng boy davlatlaridan biri hisoblanadi.
Aholisi. Indoneziya aholi soni bo'yicha dunyoda Xitoy, Hindiston va AQSHdan keyingi 4 -o'rinni egallaydi.
Indoneziya aholisining yarmidan ko'prog'i shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 10 tadan ziyod
«millioner» shahar mavjud, eng yirigi - Jakartada 10 mln. kishi istiqomat qiladi.
Indoneziyada 300 taga yaqin millat va elatlar yashaydi. Mamlakat aholisining 40 % idan ko'prog'ini
yavaliklar tashkil etadi. Asosiy dini - islom dini bo'lib, Indoneziya musulmonlar soni bo'yicha jahon
mamlakatlari orasida birinchi o'rinda turadi.
Iqtisodiyoti. Indoneziya YIM hajmi bo'yicha jahonning 10 ta pesh¬qadam davlat qatoriga kiradi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari - yoqilg'i (ko'mirni qazib olish bo'yicha jahonda 5-o'rin, tabiiy gazni qazib
olish bo'yicha 10-o'rin), kimyo, oziq-ovqat, yengil, avtomobilsozlik, o'rmon, metallurgiya (qalayini qazib
olish bo'yicha jahonda 1-o'rin).
Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari qatoriga sholi, makkajo'xori, kokos palmasi, tabiiy kauchuk, choy,
kofe, shakarqamish, kakao, tamaki, turli ziravorlar kiradi. Indoneziya ko'p ekinlarning yalpi hosili bo'yicha
jahonda yetakchi o'rinlarni egallaydi. Baliq ovlash bo'yicha jahonda 3-o'rinda turadi.
MALAYZIYA
Malayziya hududi Janubiy Xitoy dengizi bilan bir-biridan ajralib turgan ikkita qismdan iborat. Bitta
qismi Malakka yarimorolining janubini egallasa, ikkinchisi Kalimantan orolining shimoliy qismida
joylashgan. Malayziyaning yarimorol qismi yonidan Hind va Tinch okeanlarini tutashtiruvchi dengiz
yo'llari o'tadi.
Iqtisodiyoti. Malayziya iqtisodiyoti yuqori sur'atlar bilan o'sayotgan yangi industrial
mamlakatlardan biri. Malayziya sanoati, asosan, ko'ptarmoqli mashinasozlikka ixtisoslashgan (elektronika,
maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish). Shu bilan birga, neft, neft-kimyo va metallurgiya sanoatlari
ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo'jaligi sholi, tabiiy kauchuk, moyli palma, kokos palmasi, banan,
tamaki, murch va boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashgan.
Malayziyaning tabiati va boy tarixiy-madaniy merosi mamlakatda turizmni rivojlantirishga katta
imkoniyat yaratadi. So'nggi yillarda Malayziya xorijiy sayyohlar sonining ko'pligi bo'yicha jahonning
yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kirmoqda.
SINGAPUR
Singapur Janubi-sharqiy Osiyoda, Malakka yarimorolining janubiy chekkasidan tor bo'g'iz bilan
ajralib turgan kichik orollarda joylashgan. Singapur Osiyo va butun jahondagi eng kichik davlatlardan biri
bo'lib, to'liq ravishda bitta shahardan iborat. Singapur serqatnov dengiz yo'llari bo'yida joylashganligi uning
ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega.
Boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Davlatning siyosiy boshqaruv tizimida asosiy
rolni bosh vazir o'ynaydi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Singapurning relyefi pasttekislik ko'rinishiga ega bo'lib, mamlakatning
eng baland nuqtasi dengiz sathidan bor-yo'g'i 166 metrda joylashgan. Singapur hech qanday foydali
qazilmalariga ega emas. Singapur ekvator chizig'iga juda yaqin joylashgan va uning iqlimi tipik ekvatorial
xarakterga ega. Iyul va yanvar oylarining o'rtacha haroratlari 2o C ga farq qiladi, xolos.
Hududi kichikligi hisobiga Singapur ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta'minlanmagan va uni,
asosan, Malayziyadan import qilishga majbur.
Aholisi. Singapur aholi zichligi bo'yicha dunyoda Monakodan keyingi 2-o'rinda turadi. Singapur
butunligicha bitta shahardan iborat bo'lganligi uchun urbanizatsiya darajasi 100 % teng. Singapur
Osiyoning aholi tabiiy ko'payishi eng past bo'lgan davlatlardan biridir va aholisi, asosan, tashqi migratsiya
hisobiga o'smoqda.
Singapur aholisining 75 % dan ortig'ini xitoyliklar tashkil qiladi. Malaylarning ulushi 15 % atrofida,
hindlarga esa aholining 8 % i to'gri keladi. Rasmiy tillari - ingliz, xitoy, malay, tamil. Eng ko'p tarqalgan
dinlar buddizm va konfutsiylik.
Iqtisodiyoti. Nisbatan qisqa tarixiy davr ichida Singapur jahondagi texnologik va iqtisodiy jihatdan
peshqadam davlatlardan biriga aylandi. Hozirgi bosqichda Singapur aholi jon boshiga to'g'ri keladigan
YIM miqdori bo'yicha jahon mamlakatlari ichida eng yuqori ko'rsatkichlardan biriga ega. Sanoatning
elektronika, elektrotexnika, kemasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, farmasevtika tarmoqlari yaxshi
rivojlangan va eksportga yo'naltirilgan. Sanoat uchun xomashyo resurslari qo'shni davlatlardan import
qilinadi. Axborot texnologiyalari va biotexnologiya sohalarida ham Singapur katta yutuqlarga erishgan.
Xalqaro transport va bank-moliya xizmatlarini ko'rsatish, turizm sohalari ham Singapur uchun katta
iqtisodiy ahamiyatga ega. Singapur shahri dunyodagi eng yirik port shaharlardan biri hisoblanadi.
2. «Tugamaydigan resurslar» va «Aholining tabiiy ko’payishi» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
a) Tabiiy resurslar deb, inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydalaniladigan barcha turdagi tabiat
ne'matlariga aytiladi. Sayyoramiz ko'p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar orasida mineral,
yer, suv, biologik va iqlimiy resurslarning iqtisodiy ahamiyati yuqori.
Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan guruhlarga bo'linadi. Yer, suv, mineral, biologik
resurslar tugaydigan tabiiy resurslar qatoriga kiradi. Ular, o'z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan
guruhlarga bo'linadi. Tiklanish xususiyatiga yer, suv hamda biologik resurslar ega. Mineral resurslar, ya'ni
foydali qazilmalar, tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tugamaydigan tabiiy resurslar Quyosh energiyasi (gelioresurslar), shamol, dengiz qalqishlari va
oqimlari energiyasi, Yerning ichki energiyasi (geotermal resurslar), agroiqlimiy resurslardan iborat.
b) Aholi o‘lganlar soniga nisbatan tug‘ilganlar sonining ortiqligi hisobiga doimo ko’payib boradi. Bunday
ko’payish aholining tabiiy ko‘payishi deyiladi.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Osiyoning dengiz va okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan 5 ta
davlatni ko‘rsating. Ulardan qaysi birining poytaxti ekvatordan eng uzoqda joylashganligini
aniqlang va bu shahrning geografik koordinatalarini aniqlang.
Osiyoning dengiz va okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan (jami 13 ta) davlatlar – Qozog’iston,
Turkmaniston, Afg’oniston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Mongoliya, Nepal, Butan, Laos,
Ozarbayjon, Armaniston, Iordaniya.
Yuqoridagi davlatlar orasida poytaxti ekvatordan eng uzoqda joylashgan davlat bu Qozog’iston
davlati bo’lib, poytaxti Nur-Sulton shahri.
Nur-Sulton shahrining geografik koordinatasi.
a) 51
o
(51.16) shimoliy kenglik.
b) 71
o
(71.47) sharqiy uzoqlik.
26 – bilet
1. Amerika Qo’shma Shtatlarining geografik o’rni va aholisi.
Amerika Qo'shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo'yicha
esa 3-o'rinda turadi. Shuningdek, AQSH iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo'yicha
zamonaviy jahonning yetakchi davlatlaridan biridir.
AQSH hududi 3 qismdan iborat: Shimoliy Amerika materigining o'rta qismidagi kontinental
shtatlar, Shimoliy Amerikaning shimoli- g'arbida joylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi
orollari.
AQSH 3 ta - Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. U quruqlikda faqat
Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQSH va Kanadaning chegarasi jahon bo'yicha ikkita davlat
o'rtasidagi eng uzun chegara hisoblanadi. Bering bo'g'izi orqali AQSH Rossiya bilan chegaradosh.
AQSH - prezidentlik respublikasi: prezident davlat va hukumat rahbari hisoblanadi. Siyosiy-hududiy
tuzilishi nuqtayi nazaridan, AQSH 50 ta shtat va Kolumbiya federal poytaxt okrugidan iborat
federatsiyadir. 48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri) kontinental shtatlar hududida
joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50-shtat esa Gavayi hisoblanadi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSH hududi yirikligi uchun tabiiy sharoiti juda xilma-xil.
Kontinental shtatlarning sharqiy va markaziy qismlari, asosan, tekisliklardan iborat, g'arbiy qismidan esa
Kordilyera tog'larining bir nechta tarmoqlari o'tgan. Alyaska va Gavayi shtatlarining relyefi ham, asosan,
tog'li. Alyaska hududida Shimoliy Amerika materigining eng baland nuqtasi - balandligi 6 194 metr bo'lgan
Denali (oldingi nomi - Mak-Kinli) cho'qqisi joylashgan. Materikning eng past nuqtasi - Ajal vodiysi (-86
m) ham AQSHda, Kaliforniya shtatida joylashgan.
AQSH ko'mir, neft, tabiiy gaz, temir, turli rangli metallar rudalari, mineral tuzlarning yirik
zaxiralariga ega. Ayniqsa, mamlakatning g'arbiy tog'li hududlari mineral resurslariga boy. Ammo AQSHda
sanoat ishlab chiqarishining hajmi yirikligi tufayli mamlakat mineral xomashyoning ko'p turlarini import
qiladi.
Kontinental shtatlarning hududi, asosan, mo'tadil va subtropik, Alyaskaning katta qismi subarktika va
arktika, Florida yarimoroli hamda Gavayi orollari esa tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Meksika
ko'rfaziga tutash hududlarda tropik dovullar (tornado) ko'p sodir bo'ladi.
AQSH suv va gidroenergetika resurslariga boy. Mamlakatning eng yirik daryolari - Missisipi,
Missuri, Rio-Grande, Kolorado, Kolumbiya.
Aholisi. AQSHning tub aholisi amerikalik hindular hisoblanadi. Lekin hozirgi davrda hindular
mamlakat aholisining juda kam qismini tashkil etadi. Amerikaliklar tarkibida Yevropa mamlakatlaridan
turli davrlarda ko'chib kelganlarning avlodlari ko'pchilikni tashkil qiladi. Shu bilan birga, AQS H aholisi
tarkibida Lotin Amerikasi mamlakatlari (ayniqsa, Meksika) dan ko'chib kelganlar, qoratanlilar, mulatlar va
boshqa irqiy guruhlarning ulushi ancha yuqori hamda borgan sari oshib bormoqda.
AQSHda 1790-yildan boshlab har 10 yilda muntazam ravishda aholi ro'yxatlari amalga oshiriladi.
1790-yildan 2010-yilgacha AQSH aholisi soni deyarli 80 barobarga oshgan va uning o'sishi hozirgacha
davom etmoqda. Hozirgi bosqichda AQSH aholisining tabiiy ko'payishi yillik hisobda 0,3-0,4 % ni tashkil
etib, jahon bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan (1,2 %) ancha past, ammo rivojlangan davlatlarning o'rtacha
ko'rsatkichiga (0,0 %) nisbatan birmuncha yuqori bo'lmoqda. Migratsion o'sish esa yillik hisobda 1-1,5 %
ga teng.
AQSHda shahar aholisining ulushi 80 % dan yuqori. Eng yirik shaharlari - Nyu-York, Los-Anjeles,
Chikago, Xyuston, Filadelfiya. AQSH hududida 3 ta megalopolis shakllangan: shimoli-sharqdagi «BostonVashington» (Bosvash), Buyuk ko'llar bo'yidagi «Chikago-Pitsburg» (Chipits) va Tinch okean bo'yidagi
«San-Fransisko-San-Diyego» (Sansan).
AQSHning rasmiy tili - ingliz tili. Shuningdek, aholisining 50 mln. kishiga yaqini kundalik hayotda
ispan tilida so'zlashadi. Ispanzabon amerikaliklarning ulushi Meksika chegarasiga yaqin joylashgan Nyu Meksiko, Kaliforniya, Texas, Arizona, Nevada shtatlarida ayniqsa, yuqori (20-45 %).
AQSHda aholi zichligi o'rta hisobda 1 km2 ga 35 kishi, lekin uning turli qismlarida ancha farq
qiladi. Bunga, asosan, tabiiy sharoit kuchli ta'sir etadi. Shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy va g'arbiy
okeanbo'yi shtatlarida aholi zichligi eng yuqori darajada bo'lsa, tog'li shtatlar va ayniqsa, Alyaskada aholi
ancha siyrak joylashgan.
2. «Yalpi ichki mahsulot (YIM)» va «Kombinatlashtirish» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
a) Yalpi ichki mahsulot (YIM) – maʼlum bir yildagi mamlakatning barcha tayyor mahsulot va
xizmatlarning bozor qiymati.
YaIM - mamlakat hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning umumiy narxi.
Mamlakatlar iqtisodiyoti hajmi moliya va statistika institutlarining bozor yoki davlat rasmiy
kurslari boʻyicha hisoblanadigan YIMning nominal baholari boʻyicha saralanadi.
b) Kombinatlashtirish - sanoatning texnologik jarayon jihatidan o‘zaro bog‘langan, ba’zan turli
tarmoqlarga taalluqli bo’lgan bir qancha ishlab chiqarish korxonalarining bir korxonaga birlashtirilishidir.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Afrikaning Bosh meridian kesib o’tgan davlatlarini ko‘rsating.
Ulardan qaysi birining poytaxti Sharqiy yarimsharda joylashgan? Bu shahrning geografik
koordinatalarini aniqlang.
Afrikaning Bosh meridian kesib o’tgan davlatlari – Jazoir, Mali, Burkino-Faso, Gana.
Yuqoridagi davlatlar orasida Jazoir poytaxti Jazoir shahri Sharqiy yarimsharda joylashgan.
Jazoir shahrining geografik koordinatasi.
a) 37
o
(36.73) shimoliy kenglik.
b) 3
o
(3.09) sharqiy uzoqlik.
27 - bilet
1. Fors qo’ltig’i arab davlatlarining geografik o’rni va iqtisodiyoti.
Ma'lumki, jahon energetika xo'jaligida Fors qo'ltig'i mintaqasi alohida o'ringa ega. Fors qo'ltig'i
atrofida 8 ta davlat joylashgan bo'lib, ulardan 6 tasi - Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari
(BAA), Ummon, Qatar, Kuvayt, Bahrayn - tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, demografik va
milliy-madaniy jihatdan bir-biriga ancha o'xshaydi. Bu mamlakatlar guruhi Fors qo'ltig'i arab davlatlari deb
ataladi.
Fors qo'ltig'idagi kichik orollarda joylashgan Bahrayndan tashqari, shu guruhdagi barcha davlatlar
Arabiston yarimorolida joylashgan. Mintaqa iqtisodiy geografik o'rnining qulayligi uchta qit'a - Osiyo,
Afrika va Yevropa tutashgan hududda, xalqaro ahamiyatdagi dengiz yo'llari bo'yida joylashganligi bilan
belgilanadi.
Fors qo'ltig'i arab davlatlari maydoni va aholisi soni jihatdan bir-biridan farq qiladi. Mintaqadagi
hududiy va demografik salohiyati bo'yicha eng yirik davlat - Saudiya Arabistoni. Qatar, Kuvayt va Bahrayn
esa kichik mamlakatlar hisoblanadi.
Fors qo'ltig'i arab davlatlari haqida umumiy ma'lumotlar
Davlat Poytaxt Maydoni (ming
km
2
)
Aholisi (mln.
kishi, 2018-y.)
Bahrayn Manama 0,7 1,5
Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi 83,6 9,5
Kuvayt Al-Kuvayt 17,8 4,2
Qatar Doxa 11,4 2,7
Saudiya Arabistoni Ar-Riyod 2150 33,4
Ummon Maskat 309,5 4,7
Fors qo'ltig'i arab davlatlarining barchasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Saudiya Arabistoni,
Qatar, Ummon - mutlaq monarxiyalar, Kuvayt va Bahrayn - konstitutsion monarxiyalar, BAA esa har biri
mutlaq monarxiya hisoblanadigan yettita amirlik federatsiyasi bo'lib, davlat tuzumida mutlaq va
konstitutsion monarxiya elementlari uyg'unlashgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Arabiston yarimoroli relyefida tekislik va yassi tog'liklar asosiy o'rin
egallaydi. Iqlimi tropik, yil bo'yi issiq va quruq. Yozda kunduzi havo harorati odatda +50oC dan yuqori
bo'ladi, kechasi esa 0oC gacha tushishi mumkin. Yillik yog'in miqdori 100 mm ga yetmaydi. Fors qo'ltig'i
mintaqasida asosiy tabiat zonasi tropik cho'llardir.
Fors qo'ltig'i davlatlarining asosiy tabiiy boyligi ulkan neft va gaz zaxiralari hisoblanadi. Neft
zaxiralari bilan, ayniqsa, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va BAA, tabiiy gaz zaxiralari bilan esa Qatar,
Saudiya Arabistoni va BAA ajralib turadi.
Iqlimning qurg'oqchilligi tufayli suv resurslari taqchilligi mavjud. Arabiston yarimorolida doimiy
oqar suvlar yo'qligi sababli qadimdan yerosti suvlari asosiy suv manbayi sifatida xizmat qilgan. Hozirgi
sharoitda suv bilan ta'minlanishda dengiz suvini chuchuklashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Daryolar
faqatgina yomg'irlar yog'ganda suvga to'ladigan o'zanlar - vodiylar ko'rinishiga ega.
Aholisi. Fors qo'ltigi arab davlatlari aholisining muhim xususiyati xorijiy migrantlarning katta
ulushidir. Ummonda xorijiy ishchilar aholining 25 % ini, Saudiya Arabistonida 30 % ini tashkil etsa,
boshqa davlatlarda bu ko'rsatkich 50 % dan yuqori, BAAda esa 90 % ga yaqin. Xorijiy migrantlar asosiy
qismini Janubiy Osiyo va Shimoliy Afrika davlatlarining fuqarolari tashkil etadi.
Aholining tabiiy o'sishi Saudiya Arabistoni va Ummonda yiliga 1,6-1,8 %, qolgan davlatlarda esa 0,8-1,3
% ga tengdir.
Mintaqa davlatlariga shahar aholisining juda yuqori ulushi xos. Ummonda urbanizatsiya darajasi 75
%, Saudiya Arabistoni va BAAda 80 % dan yuqori, Kuvayt, Qatar va Bahraynda esa deyarli 100 % ga
teng.
Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvaytda sunna, Bahraynda shia, Ummonda ibodiy musulmonlari
ko'pchilikni tashkil etadi. Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina butun dunyo musulmonlari uchun
muqaddas shaharlar hisoblanib, har yili u yerga 2 mln. kishi haj safarini amalga oshiradi.
2. «Unitar davlat» va «Briket» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Unitar davlat (fransuzcha unitayre-yagona) - o`zini-o`zi idora qiladigan qismlarga bo`linmagan, yagona
qonunlari va yagona markaziy hokimiyat organlariga ega bo`lgan yaxlit davlat.
Unitar davlatlarda butun mamlakat hududida yagona qonunchilik tizimi amal qiladi, siyosiy
boshqaruv esa markazlashgan holda amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlarining aksariyati (166 tasi) unitar
davlat hisoblanadi.
b) Briket - ko‘mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan
mahsulot.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Meksika qo’ltig’iga tutash davlatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi
birining poytaxti Bosh meridiandan eng uzoqda joylashgan? Bu shaharning geografik
koordinatalarini aniqlang.
Meksika qo’ltig’iga tutash davlatlar – AQSH, Meksika, Kuba.
Yuqoridagi davlatlar orasida Meksika poytaxti Mexiko shahri Bosh meridiandan eng uzoqda joylashgan.
Mexiko shahrining geografik koordinatasi.
a) 19
o
(19.43) shimoliy kenglik.
b) 99
o
(99.13) g’arbiy uzoqlik.
28 - bilet
1. Yevropa mamlakatlari aholisining tabiiy ko‘payishi, yosh va diniy tarkibi.
Aholisi. Yevropada, 2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, 746 mln. kishi istiqomat qiladi (Rossiyaning
Osiyodagi qismi bilan birga). Bu dunyo aholisining 9,8 % ini tashkil etadi. Yevropaning jahon aholisidagi
ulushi aholi tabiiy ko'payishining o'ta pastligi tufayli borgan sari kamayib bormoqda. Umumiy hisobda
Yevropa mamlakatlarida tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari deyarli bir xil, tabiiy ko'payish esa yo'q. Tug'ilish
darajasi o'limdan ko'ra past bo'lib, aholining tabiiy kamayishi ro'y berayotgan Yevropa davlatlari soni
yildan yilga ko'paymoqda. Germaniya, Gretsiya, Portugaliya, Bolgariya, Serbiya, Latviya, Litva, Estoniya,
Ukraina, Ruminiya, Moldova, Vengriya va boshqa mamlakatlarda bunday vaziyat uzoq vaqtdan buyon
kuzatilmoqda.
Tug'ilishning pastligi tufayli Yevropa mamlakatlarida aholi qarishi jarayoni ro'y bermoqda. 2018 -yil
holatiga ko'ra, qit'a aholisining 16 % ini 14 yoshgacha bolalar tashkil etgan holda, 65 yoshdan katta bo'lgan
aholi qatlamining ulushi 18 % ga teng.
Yevropa xalqaro migratsiyaning yirik markazi hisoblanadi. Ayniqsa, G'arbiy Yevropaning eng
rivojlangan mamlakatlari dunyodagi yirik immigratsiya markazlari hisoblanadi. G'arbiy Yevropaga Osiyo
va Afrikadan aholi ko'chib kelishining sabablari, asosan, iqtisodiy mohiyatga ega, ya'ni G'arbiy Yevropa
davlatlarining mehnat bozorida ish o'rinlarining ko'pligi hamda turmush darajasining yuqoriligi bilan
izohlanadi. G'arbiy Yevropaga qit'aning iqtisodiy jihatdan birmuncha sustroq rivojlangan janubiy va
sharqiy qismidagi mamlakatlar aholisi ham faol ravishda ko'chib bormoqda.
Yevropa davlatlarida, dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan, urbanizatsiya jarayoni ertaroq
boshlangan edi. Hozirgi vaqtda Yevropa qit'asining urbanizatsiya darajasi 75 % ga yaqin. Shaharlashuv
darajasi, ayniqsa G'arbiy va Shimoliy Yevropadagi rivojlangan davlatlarda yuqori bo'lib, ba'zi hollarda 90
% dan ortib ketgan. Janubiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida shahar aholisining ulushi biroz pastroq,
lekin deyarli barcha davlatlarda 50 % dan oshadi. Qit'ada urbanizatsiya ko'rsatkichi faqatgina Moldova
hamda Bosniya va Gersegovinada 50 % dan pastroq.
Yevropa mamlakatlari o'rtasida aholi zichligi bo'yicha katta tafovutlar mavjud. Bunga tabiiy sharoit,
ayniqsa iqlim va relyef katta ta'sir ko'rsatgan. G'arbiy va Janubiy Yevropaning daryo vodiylari va
dengizbo'yi tekisliklarida aholi zichligi eng yuqori. Shimoliy Yevropa mamlakatlarida aholi zichligi ancha
past. Bu mamlakatlarda aholining katta qismi ularning janubidagi dengizlarga tutash hududlarida
mujassamlashgan.
Yevropada eng keng tarqalgan din xristianlik hisoblanadi. Shimoliy Yevropada protestantlar,
Janubiy Yevropa davlatlarida (Gretsiyadan tashqari) esa katoliklar yetakchilik qiladi. G'arbiy Yevropa
davlatlarida xristianlikning bu ikki mazhabi aralash holda tarqalgan. Sharqiy Yevropa davlatlarida katolik
va pravoslav xristianlik asosiy dinlar hisoblanadi. Pravoslavlar soni jihatidan Rossiya, Ukraina, Ruminiya,
Bolgariya, Belarus, Serbiya kabi davlatlar alohida ajralib turadi. Shuningdek, qit'adagi 2 ta davlatda
mahalliy aholisi tarkibida musulmonlarning ulushi 50 % dan yuqori - bular Bolqon yarimorolida
joylashgan Albaniya hamda Bosniya va Gersegovinadir.
2. «Ko’chirilgan kapitalizm davlatlar» va «Rekultivatsiya» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
a) «Ko'chirilgan» kapitalizm - Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimi turli davrlarda Yevropadan ko'chib
kelgan aholi tomonidan shakllantirilgan va hozirgi kunda rivojlanishning yuqori ko'rsatkichlari bilan
tavsiflanadigan mamlakatlar guruhi. Bunday davlatlarga Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil, JAR singari
davlatlar misol bo’.
b) Rekultivatsiya (lotincha re- qaytadan, yangitdan, lotincha kultivo - ekib obod qilaman) - kishilar
faoliyati (konlar qazish, gidroinshootlar qurish, o`rmonlarni kesish, shaharlar bunyod etish va b.) natijasida
ekin bitmaydigan bo`lib qolgan yerlarning unumdorligini qayta tiklash.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan Markaziy Osiyo davlatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining
poytaxti ekvatordan eng uzoqda joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.
Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston.
Qozog’iston poytaxti – Nur-Sulton shahri.
Turkmaniston poytaxti – Ashxobot shahri.
O’zbekiston poytaxti – Toshkent shahri.
Qirg’iziston poytaxti – Bishkek shahri.
Tojikiston poytaxti – Dushanbe shahri.
Nur-Sulton shahrining geografik koordinatasi.
a) 51
o
(51.16) shimoliy kenglik.
b) 71
o
(71.47) sharqiy uzoqlik.
Ashxobot shahrining geografik koordinatasi.
a) 38
o
(37.96) shimoliy kenglik.
b) 58
o
(58.33) sharqiy uzoqlik.
Toshkent shahrining geografik koordinatasi.
a) 41
o
(41.30) shimoliy kenglik.
b) 69
o
(69.24) sharqiy uzoqlik.
Bishkek shahrining geografik koordinatasi.
a) 43
o
(42.87) shimoliy kenglik.
b) 75
o
(74.57) sharqiy uzoqlik.
Dushanbe shahrining geografik koordinatasi.
a) 39
o
(38.56) shimoliy kenglik.
b) 69
o
(68.79) sharqiy uzoqlik.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turganidek ekvatordan eng uzoqda joylashgan shahar Nur-Sulton
shahri hisoblanadi.
29 - bilet
1. Jahon aholisining soni va uning o’sishi.
Jahon aholisining soni, 2018-yil ma'lumotlariga binoan, 7 mlrd. 620 mln. kishidan ortiqdir.
Sayyoramiz aholisi bu miqdoriy marraga yetganligining o'ziga xos tarixi mavjud.
Ilmiy manbalar ma'lumotlariga ko'ra, insonlarning eng qadimgi ongli vakillari - Homo sapiens -bundan taxminan 50 ming yillar avval paydo bo'lgan. Shimoli-sharqiy va Sharqiy Afrika, Janubiy Yevropa
hamda Old Osiyo ilk insonlar paydo bo'lgan va ular tomonidan birinchi bo'lib o'zlashtirilgan hududlar
hisoblanadi. Keyinchalik qadimiy insonlarning turli mintaqalarga tomon yurishi-ilk migratsiyalar
natijasida u yerlar aholi tomonidan o'zlashtirila boshlangan. Uzoq davrlar davomida insoniyatning asosiy
qismi Yevropa, Osiyo va Afrika qit'alarida istiqomat qilgan edi. Buyuk geografik kashfiyotlar ko'p sonli
aholining yangi topilgan yerlarga ko'chib o'tishiga sababchi bo'ldi va uning natijasida qit'alar o'rtasida
aholi sonining qayta taqsimlanishi yuz berdi.
Moddiy va sanitar-gigiyenik shart-sharoitlarning og'irligi, tez-tez takrorlanib turgan ocharchilik,
kasalliklar epidemiyalari ta'sirida uzoq tarixiy davrlar davomida jahon aholisining o'lim darajasi yuqori,
tabiiy ko'payish darajasi esa past bo'lgan.
XIX asrda Yevropa va Amerikada ro'y bergan sanoat inqilobi, tibbiy xizmatning rivojlanishi
natijasida bu qit'alardagi aholining o'rtacha umr ko'rishi va tabiiy ko'payish darajasi ortdi.
Tug'ilish, o'lim va tabiiy ko'payish koeffitsiyentlari (1000 kishiga nisbatan, 2018-yilgi ma'lumotlar)
Hudud Tug'ilish
koeff.
O'lim
koeff.
Tabiiy
o'sish
koeff.
Go'daklar
o'limi koeff.
(har 1000
go'dakka
nisbatan)
O'rtacha umr davri
erkaklar ayollar
Jahon 19 7 12 31 70 74
Afrika 35 9 26 50 61 64
Amerika 15 7 8 13 74 80
Osiyo 17 7 10 26 71 74
Yevropa 10 11 -1 4 75 82
Avstraliya va Okeaniya 17 7 10 21 76 80
Jahon aholisining tabiiy o'sishi.
2. «Mineral resurslar» va «Shartli yoqilg’i» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Tabiatda minerallar holida uchraydigan tabiiy boyliklar mineral resurslar (foydali qazilmalar) deyiladi.
Mineral (lotincha minera - ruda so`zidan) - kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga ko`ra taxminan bir
xil bo`lgan tabiiy jismlar. Yer po`stida sodir bo`ladigan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`ladi.
Mineral tog` jinslari, rudalar va boshqalar mineral jismlar tarkibida bo`ladi. Hozir minerallarning 3 mingga
yaqin turi ma’lum. Yer po`stidagi tog` jinslari va rudalar minerallardan tarkib topgan. Minerallar
ko`pincha kristallardan iborat bo`ladi. Suyuq (suv, simob) va gazsimon minerallar ham bor.
Hozirgi vaqtda mineral resurslarning 200 ga yaqin turlaridan xo'jalik ehtiyojlari uchun
foydalanilmoqda. Ular 3 guruhga, ya'ni yoqilg'i-energetika, rudali va noruda mineral resurslariga bo'linadi.
Mineral resurslardan eng katta hajmda iste'mol qilinadiganlar: neft, tabiiy gaz, ko'mir, temir
rudalari va qurilish materiallaridir.
b) Shartli yoqilg‘i deb 1 kg toshko‘mir yonganda hosil bo‘ladigan (7 mln kal) energiyaga aytiladi. Uning
issiqlik koeffitsient darajasi 1 ga teng. Boshqa yoqilg‘ilar yonganda hosil qiladigan issiqlik 1 kg
toshko‘mirning issiqlik koeffitsienti, ya'ni 1 ga qiyosan baholanadi.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan hududini shimoliy tropik chizig‘i kesib o‘tgan Osiyo davlatlarini
ko‘rsating. Ulardan qaysi biri Qizil dengizga tutash? Bu davlat poytaxtining geografik
koordinatalarini aniqlang.
Hududini shimoliy tropik chizig‘i kesib o‘tgan Osiyo davlatlari – Saudiya Arabistoni, BAA,
Ummon, Hindiston, Bangladesh, Myanma, Xitoy.
Yuqoridagi davlatlardan ko’rinib turubdiki Qizil dengizga tutash bo’lgan davlat bu Saudiya
Arabistoni davlati bo’lib, poytaxti – Ar-Riyod shahri.
Ar-Riyod shahrining geografik koordinatasi.
a) 25
o
(24.71) shimoliy kenglik.
b) 47
o
(46.68) sharqiy uzoqlik.
30 - bilet
1. Buyuk Britaniyaning geografik o’rni, iqtisodiyoti.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning shimoli-g'arbidagi
Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismini Buyuk Britaniya oroli va
Irlandiya orolining shimoli-sharqi tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq
orollar ham kiradi. Birlashgan Qirollik qirg'oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika
okeani suvlari bilan yuviladi. La-Mansh bo'g'izi Buyuk Britaniyani Fransiyaning shimoli-g'arbiy
qirg'og'idan ajratib turadi. Quruqlikda mamlakat faqat Irlandiya Respublikasi bilan chegaradosh.
Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 taga yaqin dengizorti hududlari, ya'ni mustamlakalari bor.
Ularning katta qismi Karib dengizidagi orollar- da joylashgan. Yevropa qit'asidagi yagona mustamlaka
hudud - Gibraltar ham Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi. Ammo rasman hech qaysi
dengizorti hududi Birlashgan Qirollik tarkibiga kirmaydi.
Boshqaruv shakli - konstitutsion monarxiya. Buyuk Britaniya hukmdori ayni paytda rasmiy
ravishda Britaniya Hamdo'stligi Qirolliklari hisoblangan 15 ta mustaqil davlat, shu jumladan, Kanada,
Avstraliya, Yangi Zelandiyaning rahbari ham hisoblanadi.
Siyosiy-hududiy jihatdan Birlashgan Qirollik unitar davlat hisoblanib, 4 ta qism (mamlakat) -Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyadan iborat. Angliyadan boshqa 3 ta mamlakat qisman
muxtoriyatga ega.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Buyuk Britaniya janubi-sharqiy qismini ko'proq tekisliklar, shimolig'arbiy hududlarini esa, asosan, o'rta tog'lar egallaydi. Ayniqsa, Shotlandiya va Uelsda qadimgi
parchalangan tog'lar keng tarqalgan. Mamlakatning eng baland nuqtasi - Ben- Nevis tog'i (1343 m)
Shotlandiyada joylashgan. Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalardan, asosan, neft, tabiiy gaz va ko'mir
qazib olinadi. Neft va gazning yirik konlari Shimoliy dengiz sayozligida joylashgan. Ammo oxirgi yillarda
Buyuk Britaniya mineral yoqilg'ining barcha turlari importyoriga aylangan, chunki qazib olinadigan
resurslar milliy iqtisodiyotning energiya manbalariga bo'lgan talabni qondira olmayapti.
Atlantika okeanidan yil bo'yi esadigan nam shamollar hamda Golfstrim oqimi ta'sirida Buyuk
Britaniyada mo'tadil dengiz iqlimi shakllangan. Yil davomida tez-tez yomg'irlar yog'adi, ayniqsa,
mamlakatning g'arbida. Qish ancha iliq, yanvarning o'rtacha havo harorati 0 oC atrofida.
Aholisi. Birlashgan Qirollik Yevropa mamlakatlari ichida aholi soni bo'yicha 3-o'rinda turadi
(2018-yil holatiga ko'ra, 66 mln. kishidan ziyod). Aholining tabiiy ko'payishi yillik hisobda 0,3 % ga teng.
Aholi soni ko'proq tashqi migratsi- ya hisobiga o'smoqda. Ayniqsa, Janubiy Osiyo, Afrika, Karib
dengizidagi orollardan ko'chib kelganlar ko'p.
Buyuk Britaniyada urbanizatsiya darajasi 80 % dan yuqori. Mamlakatning eng yirik shaharlari
qatoriga, Londondan tashqari, Birmingem, Manchester, Liverpul, Glazgo, Edinburg kiradi.
Mamlakat aholisining etnik tarkibida eng yirik millat inglizlar hisoblanadi. Shotlandiyaliklar,
uelsliklar va irlandiyaliklar ham tub millatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan din protestant xristianligi
hisoblanadi.
Aholi zichligi Markaziy va Janubiy Angliya, Janubiy Uels hamda O'rta Shotlandiya pasttekisligida
eng yuqori darajada bo'lsa, Shotlandiyaning shimoli-g'arbiy tog'li hududlarida esa bu ko'rsatkich ancha
pastdir. Birlashgan Qirollik aholisining deyarli 85 % i Angliyada yashaydi.
Iqtisodiyoti. Buyuk Britaniya Yevropa va jahon miqyosida iqtisodiy jihatdan eng qudratli davlatlardan biri,
«Katta yettilik» guruhi a'zosi. YIM hajmi bo'yicha Birlashgan Qirollik Yevropada Germaniyadan keyingi
2-o'rinda turadi.
Qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlari sut-g'osht qoramolchiligi, qo'ychilik va cho'chqachilik
hisoblanadi. Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari: bug'doy, arpa, kartoshka, qandlavlagi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida xizmat ko'rsatish sohalari ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bankmoliya sohasi, turizm, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot va oliy ta'lim o'zining
xalqaro iqtisodiy ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. London shahri Nyu-York va Tokio bilan birgalikda
jahonning eng yirik moliyaviy markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaga dunyoga mashhur ko'plab tarixiymadaniy yodgorliklarni ko'rish uchun har yili bir necha o'n million sayyohlar tashrif buyuradilar.
Birlashgan Qirollik eng ko'p sayyohlarni qabul qiladigan jahonning yetakchi 10 ta davlatlaridan biri.
2. «Indisturial-agrar iqtisodiyot» va «Teokratik monarxiya» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
a) Qishloq xo'jaligi, sanoat va xizmat ko'rsatish tarmoqlarining iqtisodiyotda tutgan o'rniga ko'ra
davlatlarni turli guruhlarga ajratish mumkin. Hozirda jahon davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
holatiga ko'ra agrar (iqtisodiyotning tarmoq tarkibida qishloq xo'jaligi salmog'i yuqori), industrial
(iqtisodiyotning tarmoq tarkibida sanoat va qurilish sohalari salmog'i yuqori) va postindustrial
(iqtisodiyotning tarmoq tarkibida xizmat ko'rsatish, ayniqsa, intellektual soha tarmoqlari salmog'i yuqori)
tiplarga ajratiladi. Shu bilan birga iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi va sanoat salmog'iga ko'ra agrar industrial yoki industrial-agrar davlatlar ham ajratiladi. Senegal agrar, Braziliya industrial, O'zbekiston
industrial-agrar, Kambodja agrar-industrial davlatlarga misol bo'la oladi.
b) Teokratik monarxiya (yunoncha teos - xudo, kratos - hokimimiyat) - butun hokimiyat ruhoniylar,
cherkov qo`lida bo`lgan davlat formasi.
3. Jahonning siyosiy xaritasidan hududini janubiy tropik chizig‘i kesib o‘tgan Janubiy Amerika
davlatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi biri Tinch okeaniga tutash? Bu davlat poytaxtining geografik
koordinatalarini aniqlang.
Hududini janubiy tropik chizig‘i kesib o‘tgan Janubiy Amerika davlatlar – Braziliya, Paragvay,
Argentina va Chili davlati.
Bu davlatlardan Chili davlati Tinch okeaniga tutash bo’lib, uning poytaxti – Santyago shahri.
Santyago shahrining geografik koordinatasi.
a) 33
o
(33.45) janubiy kenglik.
b) 71
o
(70.67) g’arbiy uzoqlik.