1. Agrobiznes va uning turlari. Dehqon va fermer xo‘jaliklari. Agrofirma, agrosanoat birlashmasi



Yüklə 23,53 Kb.
səhifə2/3
tarix22.04.2023
ölçüsü23,53 Kb.
#101481
1   2   3
1. Agrobiznes va uning turlari. Dehqon va fermer xo‘jaliklari. A

Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin.
Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari – bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi tsex va zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtiroqchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.


2.Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Ko‘pchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.Investitsiyalarning turlari
Tadbirkorlik faoliyatining obyektlariga investitsiyalar turli xil shakllarda amalga oshirilishi
mumkin. Hisob, tahlil, rejalashtirish va nazorat uchun ular alohida belgilari bo‘yicha turkumlanadi.
Pul mablag‘lari qo‘yilmasi obyektlari bo‘yicha real va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi.
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – mablag‘larni moddiy va nomoddiy aktivlarga (innovatsiyalarga) avanslashtirish. Kapital qo‘yilmalar quyidagi mezonlar bo‘yicha turkumlanadi:
• tarmoq tuzilmasi bo‘yicha (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo va boshqalar);
• mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, xususiy, aralash va boshqalar.);
• takror ishlab chiqarish tuzilmasi bo‘yicha (yangi qurilish, kengaytirish, tiklash, texnik
qayta qurollantirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar quvvatlarini saqlab qolish;
• texnologik tuzilishi bo‘yicha (qurilish-montaj ishlari, jihozlar sotib olish, boshqa kapital xarajatlar);
• tayinlanishi bo‘yicha (ishlab chiqarish obyektlari, uy-joy va madaniy-maishiy qurilishlar);
• moliyalashtirish manbalari bo‘yicha – ichki va tashqi (qarz va jalb qilingan).
Nomoliyaviy aktivlarga qilinayotgan investitsiyalarning asosiy ulushini asosiy kapitalga
qo‘yilmalar tashkil etadi (kapital ta’mirlash xarajatlari bilan birga).
Moliyaviy investitsiyalar – bu mablag‘larni davlat va korporativ (aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari va obligatsiyalari) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish, maqsadli pul
omonatlari, boshqa korxonalarning ustav kapitalig qo‘yilmalar. Ishtirok etish xarakteri bo‘yicha bevosita va bilvosita moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi. Bevosita investitsiyalar investorni pul mablag‘larini qo‘yish obyektlarini tanlashda bevosita ishtirok etishini nazarda tutadi. Bilvosita investitsiyalar moliyaviy vositachilar – tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari va fondlari,
sug‘urta kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar yig‘ilgan mablag‘larni investor manfaatlarida samarali foydalanishni ta’minlash uchun o‘zining xohishi bo‘yicha joylashtiradi. O‘zining xizmatlari uchun ular haqlarini oladilar. Investitsiyalash davri bo‘yicha moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli (bir yil muddatgacha)
va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga)larga turkumlanadi. Uzoq muddatlilar asosiy kapatalga
investitsiyalarni moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Risk darajasi bo‘yicha moliyaviy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud. Risksiz

Yüklə 23,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin