Maxsus testlarning tizimi Maxsus testlar quyidagi 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo‘linadi: 1-guruh , 6- 8 yoshdagilar;
2-guruh , 9- 10 yoshdagilar;
3-guruh , 11- 12 yoshdagilar;
4-guruh , 13- 15 yoshdagilar;
5-guruh , 16- 17 yoshdagilar;
6-guruh , 18- 25 yoshdagilar;
7-guruh , 26- 33 yoshdagilar;
8-guruh , 34- 41 yoshdagilar;
9-guruh , 42- 49 yoshdagilar;
10-guruh , 50- 59 yoshdagilar;
11-guruh , 60- 69 yoshdagilar;
12-guruh , 70 yosh va undan katta yoshdagilar.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maxsus testlarda belgilangan shartlarning (keyingi o‘rinlarda matnda sinovlar deb ataladi) bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Bunday sinovlar insonning jinsi va yoshiga nisbatan uning asosiy jismoniy rivojlanish sifati, harakatlanish bilimlari hamda ko‘nikmalarini namoyon qiladi.

SINOV TURLARI IKKIGA BO‘LINADI, ULAR MAJBURIY SINOVLAR VA IXTIYORIY SINOVLARDAN IBORAT MAJBURIY SINOVLAR BELGILANGAN POG‘ONA VA MURAKKABLIK DARAJASI ASOSIDA QUYIDAGI JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN
chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi
kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi
egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi
IXTIYORIY SINOVLAR BELGILANGAN POG‘ONA VA MURAKKABLIK DARAJASI ASOSIDA QUYIDAGI JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN tezlik va kuchlanish imkoniyatlarining rivojlanish darajasi
harakatlarni muvofiqlashtiruvchi qobiliyatining rivojlanish darajasi
egallagan amaliy ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi
MAXSUS TESTLAR BO‘YICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalar (keyingi o‘rinlarda matnda musobaqa deb ataladi) belgilangan reja va tasdiqlangan Nizom asosida o‘tkaziladi
Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi