Super kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda o‘n trillon amal bajaradi. Super Kompyuterlarga AQSH energetika vazirligining Sandiya laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red Kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda.
Shuni qayd lozimki, superKompyuterlarning ma‘lum yo‘nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari xam mavjud.
Bu yerda Kompyuterlar tezligini o‘lchovi – Linpacr parallel testida 1 TFLOPS-bu 1000 GFLOPSga teng, 1 GFLOPS esa-1000000 FLOPS ga, 1FLOPS- sekundiga 1000 amalga teng.
Xususan bu Kompyuterlar yadro sinovlarini va eskirgan yadro qurollarini modellashtirishda qo‘llaniladi.
Reyting
Super Kompyuter- lar rusumi
Ishlab chiqaruvchi davlat
Nomlari
Protsessor rusumi
Quvvati (GFLOPS)
1
Intel ASCI Red
AQSH
Intel (AQSH)
9472
1338
2
SGI ASCI Blue
AQSH
SGI (AQSH)
6144
634
3
SGI T3E1200
AQSH
SGI (AQSH)
1084
430
4
Hitachi SR 8000
Yaponiya
Hitachi Yapon
128
368
5
SGI T3E900
AQSH
SGI
1324
264
Blok kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Mini kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol bo‘la roladi.