1-амалий машғулот



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Omborxonalarni 
shamollatib 
turish 
tizimi. 
Texnologiya jihatidan qaraganda bu 
mahsulot saqlash uchun zarur tartibni vujudga 
keltiradigan 
muhim 
uskunalar 
tizimidir. 
Omborxonalarni 
shamollatish 
tizimini tabiiy 
va 
majburiy 
ventilyasiyalarga 
bo‟lish 
mumkin. 
Faol 
ventilyasiyalash 
uning 
bir 
turidir (2-rasm). 
Tabiiy 
shamollatishda issiqlik fizikasi 
qonunlariga 
binoan 
yuqoriga 
ko‟tarilib, 
o‟rniga sovuqroq va og‟irroq havo pastda 
to‟ladi.
2-rasm. Zamonaviy sabzavot va meva omborlarining faol 
shamollatish tizimi
Natijada havoning tortilish kuchi vujudga keladi. Qavoning almashuvi nechog‟li zo‟raysa, 
omborxona ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda uncha katta 
bo‟lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovitish samaradorligi ham sezilarli emas. Kunning (tashqi 
haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar orqali omborxonani shamollatishga to‟g‟ri keladi. Qishda 
esa, tashqaridagi harorat pasayib ketib, mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyasiya quvurlarining 
hamma to‟siqlari yopilib, havo almashuvi to‟xtatiladi.
 
Majburiy shamollatish.
Bu holda ventilyatorlar vositasida sovuq havo omborxonaga haydaladi. 
Omborchi kiritilayotgan havoning miqdorini boshqarib turish imkoniga ega bo‟lib, mahsulot saqlash 
tartibiga ma‟lum darajada ta‟sir ko‟rsatishi mumkin. O‟rta va katta xajmli omborxonalar odatda majburiy 
shamollatish uchun uskunalar bilan jihozlanib quriladi, chunki katta hajmli omborxonalarni tabiiy 
shamollatish bilangina mahsulot saqlash tartibini to‟g‟ri idora qilib bo‟lmaydi. Aksariyat xonaga havo 
haydash va havo tortish quvurlari vositasida majburiy ventilyasiya amalga oshiriladi. 
Omborxonalardagi havo butun pol bo‟yicha bab-baravar taqsimlangan yoriqchali erosti kanallari 
orqali tarqaladi. Majburiy ventilyasiyasiga ega bo‟lgan omborxonalarda mahsulot idishlarga (qutilar, 
konteynerlarga) solingan holda taxlanadi. Shu tariqa havo mahsulotni yalab o‟taveradi. Uncha katta 
hajmda bo‟lmagan mahsulot taxlarining turli joylaridagi harorati, namligi havoning gaz tarkibida sezilarli 
darajada tafovut ro‟y bermaydi. Bunday omborxonaning afzalligi idishlarda taxlab qo‟yilgan mahsulotni 
samarali sovitish va yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalash imkonini beradi. Ammo, katta hajmda 
(g‟aram-g‟aram qilib) joylangan kartoshkaning qavatlari orasidan majburan havo o‟tkazilmas ekan, 
yaxshi natija olib bo‟lmasligi isbotlangan. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin