1-амалий машғулот


Piyozni maxsus 4 qavatli stellajlarda (stellajning eng ustki qavatining ko‟rinishi) va qoplarda



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

 Piyozni maxsus 4 qavatli stellajlarda (stellajning eng ustki qavatining ko‟rinishi) va qoplarda 
taxlab saqlanadi. 
Sabzi va boshqa ildizmevalilar tokchalarda yoki er sathida, har qatlam orasiga qum sepib, uyum yoki 
piramida shaklida yaxshi saqlanadi. Piramidalar o‟lchami: uzunligi 2-7 m (omborxona kengligiga qarab), 
asosining kengligi 1 metrgacha, joylash balandligi 0,7-0,8 m. Uyum balandligi: satx yoki ostki tokchada 0,7-
0,8 m va yuqori tokchada 0,5-0,6 m. Sabzini er sathida saqlashda piramida ostiga 6-7 sm qalinlikda qum 
sepiladi. Ildizmevalar ustidan 4-5 sm qalinlikda qum sepiladi. Bir tonna sabzi uchun 0,5 m
3
atrofida qum 
ketadi. 
Keyingi yillarda ildizmevalarni idishlarda saqlash keng qo‟llanmoqda. Odatda shu maqsadda 25-30 
va 8-10 kg li yashiklar yoki katta hajmli konteynerlar ishlatiladi. Uning ijobiy tomoni shundaki, faol 
shamollatish va joylashtirish qulaylashadi, shuningdek ombor maydonidan foydalanish imkoniyatlari 
kengayadi. 
Ma‟lumki, kartoshka omborlarda asosan to‟kma usulda saqlanadi. Shu bois uning yaxshi saqlanishida 
saralash muhim rol o‟ynaydi (4-rasm).
Sabzi tez buziladigan mahsulot bo‟lganligidan uni faol shamollatiladigan omborlarda saqlash yaxshi 
natija beradi (5-rasm). 
Pomidor omborlarda yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga ikki qator, tepasiga 
sakkiz-o‟ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo‟lak yashiklar 
o‟rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish tavsiya etiladi. 
Konteyner va yashiklarga joylangan har qanday meva va sabzavot mahsulotlari doimiy omborlarga 
maxsus mexanizasiya vositalari yordamida joylashtiriladi (7-rasm). Konteyner va yashiklarning taxlari 
orasidagi yo‟laklar doimiy ombor turi, mexanizasiya vositasining gabariti, mahsulot turi va boshqalarga 
bog‟liq ravishda tanlanadi. 
Omborxonada kartoshkani yashik, qop va uyumda saqlash tartibi 
Sabzavot 
omborlarida

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin