1-amaliy ish MAVZU: TARMOQ SIMULYATORLARI BILAN ISHLASH. CISCO PACKET TRACER DASTURINI SOZLASH VA ISHLASH JARAYONINI TEKSHIRISH.
Darsning maqsadi:Talabalarga tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish imkoniyatlarini o’rgatish va talabalarga tushintirish.
Metodik ko’rsatmalar Cisco Packet Tracer – “Cisco” tarmoq qurilmalari bilan ishlash hamda tarmoqlarni qurish uchun mo’ljallangan simulyator dasturi. Bu dastur grafik simulyator bo`lib, virtual tarmoq qurilmalari, server va mashinalar yordamida virtual tarmoqlarni tuzish, grafik stendlar yaratish, kompyuter tarmoqlarini tashkil qilishni o`rganishda va tarmoqlarni tekshirishda didaktik vosita sifatida qo`llaniladi. Cisco, Cisco ASA, Juniper tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlari yordamida boshqariladigan serverlar hamkorligida kompleks loyihalar tashkil etish mumkin. Yana bir qulayligi Cisco simulyatori ochiq dasturiy ta’minot bo`lib, mutloq bepul va uni hohlagan kishi rasmiy saytdan yuklab olishi mumkin.
Tools – ranglar palitrasi va tanlangan qurilmalar sozlamalari;
Extensions – loyihalar ustasi, ko’pfoydalanuvchi rejimi va bir qancha qulayliklar asosida Cisco Packet Tracer dasturida keng qamrovli amaliyot va laboratoriyalar bajarish;
Help – dasturdan yordam olish va o’rganish;
Amaliyot mashg’ulot topshirig’i:
Cisco Packet Tracer dasturining imkoniyatlarini tahlil qilish va hisobot shaklida topshirish.
Nazorat savollari. Cisco Packet Tracer dasturi va uning imkoniyatlaridan foydalanish jarayonini izohlang.
Cisco Packet Tracer dasturida tarmoq tashkil etish jarayonini amaliy bajarib ko’rsating.