1-amaliy ish Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatini tahlil qilish Ishdan maqsad



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#170399
  1   2
1-amaliy ish (4) (1)


1-amaliy ish
Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatini tahlil qilish


Ishdan maqsad: Talaba berilgan topshiriqga asosan grafik ishlab chiqib tahlil qilish ishlarini bajarishadi.
Nazariy qism:
Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi, avvalo, transport kommunikatsiyalarining holatiga bog‘liq ekan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularning foydalanuv holatini yaxshilash Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotini rivojlantirishda eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Respublika bo‘yicha transportda tashilayotgan xalq xo‘jaligi yuklarining 83 foizini Avtomobil yo‘llari hissasiga to‘g‘ri kelishi, Avtomobil yo‘llari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.



1.1-rasm. Respublika avtomobil yo‘llari tarmog‘i holatini tahlili.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha avtomobil yo‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi 209496 km ni, jami hududlar kesimida temir yoʻllarning foydalaniladigan uzunligi 6 118,3 kilometrni tashkil etib, shulardan umumfoydalanadigan temir yoʻllarning uzunligi 4 732,8 kilometrni tashkil etmoqda (umumfoydalanadigan temir yoʻllarning ulushi 77,4 %ga teng)., havo yo‘llari 150000 km ni va daryo‑kema yo‘llari 500 km ni tashkil qiladi. Respublikaning geografik joylashuvi shuni taqozo etadiki, jahon bozoriga chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport yo‘laklari avtomobil va temir yo‘llar hisoblanadi.


Umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘ining bugungi kun foydalanuv holati talab darajasida emas. Respublikada Avtomobil yo‘llarini o‘z muddatida ta’mirlash va saqlash masalasi o‘z yechimini topmaganligi bunga sabab bo‘lmoqda. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablag‘larning yetishmasligi ishlarning to‘liq bajarilmasligiga, qolaversa, bajarilgan ishlarning sifati pasayishiga olib kelmoqda. Natijada, yo‘llarda muddatidan oldin mukammal ta’mirlashga muhtojlik kelib chiqmoqda. Jahon amaliyotidan ma’lumki, Avtomobil yo‘llarini ta’mirlashlararo muddatini ta’minlash, avvalambor, yo‘llarni saqlash ishlari sifatiga va o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liqdir. Saqlash ishlarini yetarlicha texnik, moliyaviy, material va mehnat resurslari bilan ta’minlash bajarilayotgan ishlar sifatini kafolatlaydi.

1.2-rasm. Respublika hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarining qoplama turlari bo‘yicha tasnifi
1.2-rasmdagi ma’lumotlardan shu xulosa kelib chiqadiki, respublikada umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘i uzunligi jihatdan yetarlicha rivojlangan. Bunda asfaltbeton qoplamali yo’llar 37.6 % , shagal qoplamali yo’llar 39.3% tuproqli yo’llar 19.8 %, qora qoplamali yo’llar 2.7 % va eng kam ulush esa sement beton qoplamali 0.6 % tashkil etadi.
1-jadvalda ushbu ko‘rsatkichning viloyatlar bo‘yicha aniqlangan qiymatlari keltirilgan.
Viloyatlar bo‘yicha yo‘l tarmog‘ining zichligi
1.1-jadval

Viloyatlar

km/100 km2

Viloyatlar

km/100 km2

QQR

2,5

Samarqand

25,2

Andijon

58,5

Surxondaryo

13,1

Buxoro

10,2

Sirdaryo

27,9

Jizzax

12,4

Toshkent

24,6

Qashqadaryo

12,2

Farg‘ona

56,0

Navoiy

3,8

Xorazm

35,9

Namangan

42,5







1‑jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, respublikada yo‘l tarmog‘i juda zich bo‘lgan hududlar Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hisoblanadi. Avtomobillarning qulay va xavfsiz harakat sharoitini ta’minlashda yo‘l tarmog‘ining holati katta ahamiyatga egadir.


1991‑2020 yillarda umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘ida yuzaga kelgan o‘zgarishlar
1.2-jadval

Avtomobil yo‘llari

Avtomobil yo‘lining 1-yanvarь holati bo‘yicha, km

O‘zgarishi:
+ o‘sish
- kamayish, km

1991 y.

2020 y.

1

Xalqaro ahamiyatdagi

3229

3979

+ 750

2

Davlat ahamiyatidagi

18067

14069

- 3998

3

Mahalliy ahamiyatdagi

18532

24606

+ 6074

4

Sementbeton qoplamali

329

353

+ 24

5

Asfaltbeton qoplamali

19679

21967

+ 2288

6

Qora qoplamali

16962

18207

+ 1245

7

Tosh-shag‘al qoplamali

1243

1423

+ 180

8

Tuproqli

1615

704

-911

9

Yo‘l tarmog‘ining uzunligi

39828

42654

+ 2826

Respublika umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llari tarmog‘ining bugungi kundagi mavjud titul holati.
Respublika umumiy foydalanishdagi Avtomobil yo‘llarining titul holati
3-jadval


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin