1-AMALIY MASHG`ULOT
Boshqarish ob’ektini ta’riflash
1. Mashg`ulot mavzusiga doir umumiy ma’lumotlar
Boshqaruv ob’ektini ta’riflash deganda ob’ektni
hayolan uning muhitidan
ajratib olib, boshqarish maqsadga muvofiq ravishda , chiqich hamda boshqaruvchi
va g`alayonlantiruvchi kirishlarni belgilab olish tushuniladi. Bu masalani har
qanday boshqarish yoki identifikatsiyalash tizimlarni qurish va hattoki muhokama
qilishdan oldin qandaydir darajada hal qilishga to`g`ri keladi.
Chiqish sifatida
tanlangan ob’ekt uchun mumkin bo`lgan barcha chiqishlar ichidan boshqarish
maqsadi bilan bog`lik bo`lganlari tanlab olinadi.
Kirish sifatida esa, ob’ektning
chiqish qiymatlarini belgilovchi ta’sirlar tanlab olinadi. Kirishlar,
bevosita
o`zgartirish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab,
boshqaruvchi va
g`alayonlantirunchilarga ajratiladi. Bu masalaning yechilish natijalariga asoslanib
modellashtirishning analitik (nazariy) yoki eksperimental (tajribaviy)
usuli
tanlanishi mumkin. Eksperimental usul tanlangan holda aktiv yoki passiv tajriba
o`tkazish lozimligi haqida biror qarorga kelinadi.
2. Topshiriq
Hayot, turmush, ishlab chiqarish va hokazolarda
uchraydigan boshqarish
ob’ekti tanlansin. Boshqarish maqsadi belgilansin. Boshqarish ob’ektning chiqishi
ta’riflansin. Boshqaruvchi va g`alayonlantiruvchi kirish ta’sirlari aniqlansin.
3. Misol
Boshqarish ob’ekti – b’ef. Boshqarish maqsadi – b’efdagi suv satxini
belgilangan qiymat atrofida ushlab turish. Ob’ektning chiqishi – satx, uning o`lchov
birligi [m]. Ob’ektning boshqaruvchi kirishlari:
1) b’efga
kiritilayotgan suv hajmi; 2) b’efdan chiqarib yuborilayotgan suv
hajmi. G’alayonlantiruvchi kirishlar: 1) b’efdan bo`g`lanib
ketayotgan suv hajmi
(f1); 2) b’efga yuqori b’efdan yer osti yo`llari orqali (masalan filtratsiya tufayli) kirib
kelayotgan suv hajmi (f2); 3) b’efdan pastki b’efga yer osti yo`llari orqali chiqib
kelayotgan suv hajmi (f3); 4) nazoratsiz b’efga kiritilayotgan suv hajmi (f4); 5)
nazoratsiz b’efdan oqizib chiqarilayotgan suv hajmi (f5); 6) yomg`irgarchilik tufayli
b’efga kelib tushayotgan suv hajmi (f6). Barsha kirish ta’sirlarning o`lcham birliklari
[m
3
/S]. Boshqarish ob’ektining shartli chizmasi rasmda keltirilgan.
f
1
f
2
f
3
f
4
f
5
f
6
u
1
u
2
B`ef
y