1-amaliy mashg’ulot dasturiy ta’minot


KOD MUHARRIRI SOZLAMALARI



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix14.02.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#84252
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1-Lab

KOD MUHARRIRI SOZLAMALARI 
 
MUHARRIR OYNASINI BOSHQARISH 
 
Biz bir vaqtning o’zida bir qancha joyda dastur kodi bilan ishlashimiz mumkin. 
Buning uchun muharrir oynasini kerakli miqdorda bo’laklarga ajratib olishimiz 
kerak. Muharrir bilan ishlashni osonlashtirish uchun bitta oynani ikkita qismga 
ajratish mumkin. Oynani qismlarga ajratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Kursorni dasturning qaysi qismi bo’linishi lozim bo’lgan joyga keltirib 
qo’yamiz: 
2. Окно

Разделить buyruqlarini bajaramiz. Natijada oynamiz ikkiga ajraladi: 
(Agar Окно

Снять разделение buyruqlarini bajarsak oynamiz yana oldingi 
holatiga qaytadi.)
Muhitdan oynaning nusxasini yaratgan holda ham foydalanishimiz mumkin. 
Bu asosan juda katta dasturlarni loyihalashda ishlatiladi. Buning uchun nusxasi 
olinishi kerak bo’lgan oynani ochamiz va Окно

Создать окно buyruqlarini 
bajarimiz. Natijada xuddi shu oynanining yana bir nusxasi paydo bo’ladi. Agar biz 
ushbu buyruqni bir necha marta bajarsak, xuddi shuncha oynalarning nusxalari 
paydo bo’ladi (2.26-rasm). Ularni tegishli joylashtirib dasturni tuzishni davom 
ettirishimiz mumkin. Yana bir bora shuni ta’kidlashimiz kerakki, bu oynalarning har 
biri dastlabki oynaning nusxasi bo’lib, istalgan biridagi o’zgarish barchasiga o’tadi.
 
 
 
 
2.26-rasm. Oynadan nusxa olish 


MUHARRIRNING BOSH OPSIYASI SOZLAMALARI 
 
Muharrirning 
bosh 
opsiyasiga 
o’tish 
uchun 
Сервис

Параметры

Текстовый редактор-С/С++

Общие buyruqlarini 
ketma-ket bajarishimiz kerak. Natijada bizda 2.27-rasmdagi oyna ochiladi. Bu 
oynaga e’tibor bersak, oynaning o’ng tarafida uchta guruhga ajratilgan sozlamalar 
mavjud.Biz ulardan ayrimlari haqida to’xtalamiz: 
1) 
Переносить по словам – agar bu opsiyaga belgi qo’ysak, uzun 
matndan iborat dastur kodlarini bir satrga yozmasdan muharrirga sig’magan kodni 
pastdan davom ettirib yozadi: 
2) 
Номер строки – bu opsiya dastur kodlari satrlarini raqamlab chiqadi 
(2.28-rasm).

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin