OBYEKTLAR HAQIDAGI MA’LUMOTLAR OYNASI BILAN
ISHLASH
Свойства oynasini sichqoncha
tugmasi qismlarga ajratib, istalgan holatda
ekran bo’ylab joylashtirishimiz mumkin. Bu oyna ham Windows istalgan oynasi
kabi o’z kontekst menyusiga ega (bu kontekst menyu odatdagi kabi, sichqonchaning
o’ng tugmachasi yordamida chaqiriladi) va bu kontekst menyuda oynaning joyini
almashtirish va uni yashirib qo’yish kabi amallar joylashgan.
Shuni
unutmangki, ushbu
Свойства
oynasi biz eng ko’p murojaat qiladigan
oynalardan biri hisoblanadi. Agar uni biz
ishchi stolda noqulay tarzda joylashtirsak, ish
unumdorligiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Har
safar unga murojaat
qilish uchun boshqa
oynalar orqali o’tib borishimizga to’g’ri
keladi.
Natijada
unga
murojjat
qilish
qiyinlashib ketadi. Shuning uchun uni har
doim aktiv holatda bo’ladigan qilib
joylashtirishimiz kerak.
2.21-rasm. Formani kengaytirish
2.20-rasm. Oynalarning o’rnini almashtirish uchun “yordamchi”.
Agar istasangiz bu oynani yopiq holatga qo’yishingiz mumkin. Buning uchun
uning
kontekst menyusidan Скрыть buyrug’ini
tanlash
kifoya. Agar uni yana
ko’rinarli qilishni istasak,
Вид menyusiga kirib,
Окно свойств buyrug’ini
tanlashimiz kerak.
KODLAR MUHARRIRI, H-MODULI VA DIZAYN REJIMI
(LOYIHALASH)
Dasturlash muhitida joylashgan kod muharriri
dastur matni moduli bilash
ishlashni ta’minlaydi, deb tushunishimiz mumkin. Bu yerda aytilgan “dastur kodi”,
ushbu dasturning qaysi bir aniq dasturlash tilida yozilganini ifodalaydi. Ko’pincha
bu birikmani “dastur matni” ko’rinishida uchratamiz. Qachonki yangi forma ochsak,
dasturning maxsus moduli h kengaytmali fayl va nomga ega bo’lgan forma hosil
bo’ladi. h sarlavha fayl dastur moduliga o’tish uchun
Вид
→
Код buyruqlarini amalga
oshirib foydalanish mumkin. Buyruqlar bajarilgandan so’ng,
Form[Konstruktor]
vkladkasi o’rniga yangi
Form.h vkladkasi ochiladi. Bu ikki vkladka bilan, boshqa
loyihalarni yagona rejimda o’zgartirish mumkin. Yana dizayn rejimiga o’tish uchun
Shift+F7 klavishalar kombinatsiyasi birga bosish kifoya.
h-faylini ko’rib chiqaylik. Muhitda VC++ dastur-ilovalarni yaratish mumkin.
Yaratilgan ilovaning asosiy qismi forma hisoblanadi. Barchasi shunday boshlanadi.
Dastlab formani keraklicha kattalikda
kengaytirib
olamiz
(2.21-rasm).
Keyin unga boshqa komponentlarni
joylashtirib chiqamiz.
Ilovaga bir
qancha formani qo’shish mumkin
(2.22-rasm).
Bir
tarafdan
har
yaratilgan Forma
Form sinfining
merosxo’ri sifatida qaralsa,
ikkinchi
tarafdan, keyinchalik bu formalar
ilovani
qurishda
boshqa
komponentalar bilan birga xizmat qiladi.
VC++ muhitida buni quyidagicha
ko’rib chiqaylik. Birinchi formamizga
Form1 deb nom berib uni loyihaga
joylashtiraylik. Bu yaratilgan forma Form sinfining vorisxo’ri sifatida joylashadi va
yuqoridagi faktni isbotlaydi. Ikkinchi va undan keyingilarini
joylashtirish uchun
Проект
→
Добавить новый элемент buyruqlarini bajarishimiz va yan bitta
mustaqil formaga ega bo’lamiz. Agar dastur moduliga diqqat bilan e’tibor berilsa,
har bir sinf-formalar alohida shakllantirilgan. Shuning uchun sinf a’zolariga
murojaat ushbu sinfning nusxasiga ko’rsatkich orqali amalga oshiriladi.
Bu holat
2.22-rasm. Forma qo’shish