Komponentalarning xossalarini o’zagrtirib chiqish lozim. Dastlab, label1
komponentasi xossasini o’zgartirish uchun label1 ni belgilanib, Свойства
oynasining Text xossasiga “Faktorialni hisoblash dasturi” deb yozamiz.
Xuddi shunday label2 va label3 ga mos ravishda “n=” va “Natija” deb yozamiz.
Button tugmasi Text xossasining esa OK deb yozamiz.
TextBox1 va TextBox2 larni nomini belgilash uchun uning Name xossalari
maydoniga mos ravishda num1 va num2 deb yozib qo’ysak, ularni boshqarish biz
uchun osonlashadi. (12-rasm)
Loyihamizning bo’sh qismiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bossak,
bizga .h sarlavha fayli hosil bo’ladi. Bu yerda biz OK tugmasi bosilganda qanday
hodisa ro’y berishining dasturini tuzamiz. Hozircha biz bu dasturning har bir qismi
haqida alohida to’xtalib o’tirmoqchi emasmiz. Shunchaki siz faktorialni tuzish
dasturini kiriting va ctrl+F5 tugmalar kombinatsiyasini bosing va loyihani ishga
tushiring. DEMAK SIZNING BIRINCHI LOYIHANGIZ TAYYOR!!!
2.
11-rasm. Ilk loyihani tuzish bosqichlari
LOYIHA FAYLLARI
VC++ dasturlash tilida loyiha yaratganimizda turlicha (bir-biridan farq
qiluvchi) bir qancha fayllar hosil bo’ladi. Lekin barcha fayllarning holati loyihaga
yoki muhitga bog’liq holda bo’ladi.
2-jadvalda loyihaning xususiy fayllari ro’yxati keltirilgan. Shuni aytib o’tish
kerakki,
Обозреватель решений oynasida loyihaning fayllari qisqartirilgan shaklda
ko’rsatiladi. Biz barcha qisqartirilgan fayllar ro’yxatini ko’rmoqchi bo’lsak,
Сервис→Параметры→Проекты и решения amallarini ketma-ket bajarib,
Параметры проекта VC++ qismidagi Скрываемые расширения punktida
qisqartirilgan fayllar ro’yxati keltirilgan. Barcha fayllarni ko’rmoqchi
bo’lsak, Проект menyusiga kirib, Показать все файлы buyrug’ini tanlashimiz
kerak.
Quyida keltirilgan 2-jadvalda har bir faylning nomi va ularda nimalar
saqlanishi haqida to’xtalib o’tamiz.
2.
12-rasm. Komponenta xossalari qiymatlarini o’zgartirish
2.1
-jadval. Hosil bo’lgan fayllar
Dostları ilə paylaş: |