1-Amaliy mashg'ulot.Dasturlashning asosiy tushunchalari: Algoritmlar tuzish.
Murakkab algoritmlar tuzish.
C++ algoritmik tilining alifbosi quyidagilardan iborat
:
•
katta va kichik
lotin harflari;
•
0 dan 9 gacha raqamlari;
•
maxsus belgilar (+,-,*,/,=,>,<,{,},[,],') ni o'z ichiga oladi.
C++
tilida
so'z
deb bir nechta belgilar ketma – ketligi tushuniladi. Xizmatchi so'z deb
C++ tilidagi standart nom tushuniladi. Bu nom maxsus ma'noni anglatadi va uni
ma'lumotlarga berib bo'lmaydi. Masalan:
int, float, for, while
va hokazo.
C++ tilida ma'lumotlarning elementlari bo'lib o'zgaruvchilar, o'zgarmaslar, izohlar
xizmat qiladi.
O'zgaruvchi
.
Xotiraning
nomlangan qismi bolib, o'zida ma'lum bir toifadagi
qiymatlarni saqlaydi. O'zgaruvchining nomi va qiymati bo'ladi. O'zgaruvchining
nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi.
Programma
ishlashi jarayonida o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish mumkin. Har qanday
o'zgaruvchini
ishlatishdan oldin, uni e'lon qilish lozim.
Quyida butun sonlardan foydalanish uchun b, haqiqiy sonlardan foydalanish uchun h
o'zgaruvchisi e'lon qilingan:
int b;
float h;
O'zgarmaslar
(
const
)
Hisoblash jarayonida qiymatini o'zgartirmaydigan kattaliklarga aytiladi.
float const pi = 3.14;
Izohlar.
Programmaning ma'lum qismini tavsiflash uchun
ishlatiladi va bu qatorda
hech qanday amal bajarilmaydi, ya'ni programmaning biror qismini yaxshiroq
tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh "/*" va "*/" simvollari orasida beriladi.
/* Bu yerga izoh yoziladi. */
Bundan tashqari bir satrli izohlardan ham foydalanish mumkin. Buning
uchun izoh
boshiga "//" belgisi qo'yiladi.