6-Amaliy mashg’ulot
Maydalangan maxsulotlarni yirikligi buyicha
saralash va ularning tasnifi
Un, yorma va omixta yem ishlab chiqarishda
maydalangan mahsulotlarni
yirikligi bo‘yicha saralash o‘ziga xos zarur texnologik operatsiyalardan biridir.Un
ishlab chiqarishda donlarni jo‘vali stanoklarda maydalaganda,
hosil boiadigan
mahsulotlar yirikligi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Bu ularga keyingi
ishlov berishni qiyinlashtiradi. Ularga sovurish-elash mashinalarida va jo‘vaIi
stanoklarda ishlov berish operatsiyalarining
samaradorligiga, bu
mahsulotlaming granulometrik tarkibiga bog‘liq bo’lib, ular yirikligi bo'yicha
qancha tenglashtirilgan bo‘lsa, shunchalik mos texnologik sistemaning ish rejimini
rostlash aniqligi yuqori boiadi. Bundan tashqari maydalangan don mahsulotlarini
yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga bo’lish, ularni sifati bo’yicha
ajratish imkonini
beradi.
Maydalangan mahsulotlarni elaklarda saralash natijasida dondan olinadigan
oxirgi mahsulotlar un va kepakdan iborat bo’ladi.Yorma
ishlab chiqarish
sanoatida saralash jarayoni asosiy jarayon hisoblanadi. Elaklarda mahsulotni
elash natijasida yorma tarkibidagi un ajratib olinadi va yorma yirikligi bo‘yicha
navlarga yoki nomerlarga ajratiladi.
Maydalangan don mahsulotlari yirikligi bo‘yicha
maxsus uskunalarda,
elakdonlarda saralanadi. Ulaming ishchi organlari elaklardir. Qo‘llanilishi maqsadi
va materialiga bog‘liq holda elaklar metal simdan, ipak ipli (yormachalar
uchun) va sintetik iplardan to‘qilgan bo‘ladi.Tabiiy ipakdan to‘qilgan elak
o‘rniga sintetik materialdan to'qilgan, asosan, kapron va poliamiddan to‘qilgan
elaklar keng qo‘llaniladi.
Elaklar nomerlanishi bilan farq qiladi.
Metall simli elak nomeri
sifatidaularning teshik o‘lchamlari qabul qilingan. Agar elak nomeri 056
bo‘lsa, demak,teshik tomonlarining o‘lchamlari 0,56 mm. Yormabop ipak
elaklarning nomeri 1♦dm
2
elak yuzasidagi teshiklar soni bilan aniqlanadi.
Masalan, elak nomeri 270* *bo’lsa, buncha 10 sm
2
elak yuzasiga 270 ta
teshiklar (yacheyka) to‘g‘ri keladi. Unbop ipak elagining nomeri 1 sm
2
elak
yuzasidagi teshiklar soniga mos keladi. ya’ni 1 sm
2
elakda 35 ta teshik bo'lsa,
elak nomeri 35 bo‘ladi. Sintetik materialdan (kapron) to‘qilgan
elaklarning
nomeri ham 1 sm
2
elak yuzasidagi teshiklar soni bilan aniqlanadi.
Elaklami boshqa materialdan to‘qilgan elak bilan almashtirish zaruriyati
paydo bo‘lsa, elakning jonli kesim koeffitsiyentini
hisobga olgan holda teshik
o’lchamiga mos keladigani tanlanadi.
Nazorat savollari
1. Maydalangan mahsulotlarni saralash jarayonining asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
2. Maydalangan mahsulotlar qaysi ko‘rsatkich!ari bo‘yicha saralanadi?
3. Maydalangan mahsulotlarni saralashda qo’llaniladigan elaklarning tavsifmi
keltiring.
4. Tegirmonda maydalangan mahsulotlar qaysi ko‘rsatkichlari bo‘yicha
tasniflanadi?
5. Tabiiy ipakdan to‘qilgan elak o‘rniga qaysi materialdan to‘qilgan
elaklar keng qo‘llaniIadi?