O‘lchash usulining xatoligi deyilganda usulning takomillashmaganligi tufayli kelib chiqadigan xatolik tushuniladi. Ular, ko‘pincha, yangi usullar qo‘llanganda, qiymatlar orasidagi haqiqiy bog‘lanishni taxminiy apporoksimatsiyalovchi tenglamalardan foydalanilganda paydo bo‘ladi. 0 ‘lchash usulining xatoligi o’lchash vositasi, xususan, o‘lchash qurilmasi, ba’zida esa, o‘lchash natijasi xatoliklarini baholashda e’tiborga olinishi lozim.
Subyektiv xatoliklar kuzatuvchining shaxsiy xususiyatiaridan, masalan, biror signal berilgan paytni qayd qilishda kechikish yoki shoshilishdan, shkala bo’limi chegarasidagi ko‘rsatishni noto‘g‘ri yozib olishdan, parallaksdan va hokazodan kelib chiqadi. Parallaksdan hosil bo‘lgan xatolik deyilganda sanash xatoligiga kiradigan, shkala sirtidan biror masofada joylashgan strelka shu sirtga perpendikular bo’lmagan yo‘nalishda vizirlash (belgilash) natijasida kelib chiqadigan xatolik tushuniladi.
O‘rnatish xatoligi o‘lchash asbobi strelkasining shkala boshlang‘ich belgisiga noto‘g‘ri o‘rnatilishi natijasida yoki o‘lchash vositasini e’tiborsizlik bilan, masalan, vertikal yoki gorizontal bo‘yicha o‘rnatilmasligi natijasida kelib chiqadi.
O‘lchash uslubi xatoliklari kattaliklarni (bosim, harorat va b.ni) O’lchash uslubi bilan bogiiq bo‘lgan va qo’llanayotgan o ‘lchash asboblariga bogiiq bo’lmagan xatoliklardan iborat.
O’lchashlarni, ayniqsa, aniq o’lchashlarni bajarishda o’lchash natijasini muntazam xatoliklar anchagina buzishi mumkin. Shuning uchun, o’lchashlarni bajarishga kirishishdan aw al bu xatoliklarning barcha manbalarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur. Ammo, muntazam xatoliklarni topish va bartaraf etish uchun uzil-kesil qo’ldalar berish amalda mumkin emas, chunki turli kattaliklarni o’lchash usullari g‘oyatda turli-tum andir.
Tasodifiy xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o’lchash mobaynida tasodifiy o‘zgaruvchi o’lchash xatoligi tushuniladi. Tasodifiy xatolikning borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qaytao’lchangandagina sezish mumkin. Agar har bir o’lchash natijasi boshqalardan farq qilsa, u holda tasodifiy xatolik mavjud bo’ladi. Shu xatoliklarni baholash ehtimollar nazariyasi va matematik statistika nazariyasiga asoslangan bo’lib, ular o’lchash natijasi, o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasini baholash usullarini, xatolikning ehtimoliy chegarasini baholash imkonini beradi, ya’ni natijani aniqlash, boshqacha aytganda, o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga anchagina yaqin qiymatini topish va kuzatish natijasini topish imkonini beradi.
O’lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda yuz beradigan, kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o’lchash xatoligi tushuniladi.
O’lchashdan ko‘zda tutilgan maqsad va o’lchash aniqligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, o’lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o’lchashlarga bo’linadi. O’lchash natijasining o’lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga yaqinligini ifodalovchi o’lchash sifati