1-amaliy mashgʻulot fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash



Yüklə 142,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.12.2023
ölçüsü142,61 Kb.
#183940
1   2   3
4 kurs hfx

Hayot faoliyati xavfsizligi
(HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini 
taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir. 
HFXning maqsadi
ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni 
oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini 
oshirish hisoblanadi. 
Xavf-xatar
deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar 
y
etkazadigan 
ko'ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart 
tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o'z ichiga oladi, 
chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini 
nazarda tutadi.
Xavflar taksonomiyasi
- bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi 
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to'g’risidagi fandir. U 
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyg’unlashtirishda, xavflarning tartibini 
yanada chuqurroq o'rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo'lib, 
hali to'la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil 
etadi: 
- kelib chiqishi bo'yicha xavflar: 
tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo'ladi;
- rasmiy standartga asosan 
fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy 
turlarga bo'linadi; 
- salbiy oqibatlarning ro'y berish vaqti bo'yicha 
impul’siy (beixtiyor harakat) va 
kumulyativ (tusatdan keluvchi)
turlarda bo'ladi; 
- xavflar tarqalishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, 
atmosfera va koinot bilan bog’liq bo'ladi; 
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko'ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, 
halokatlar, yong’inlar ko'rinishida bo'ladi; 
- keltiradigan zarari bo'yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga 
bo'linadi; 
- namoyon bo'lishi bo'yicha maishiy, sport, yo'l-transport, ishlab chiqarish va 
harbiy bo'ladi; 
- olamga ta'siri bo'yicha o'ta ta'sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik 
moddalar, arok, sigaret) bo'ladi. Sust ta'sir deganda odamning o'zi sababchi 
bo'ladigan xavf tushuniladi. 

Yüklə 142,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin