1-AMALIY MASHGʻULOT
Fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va
identifikatsiyalash.
Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlabchiqarish muhitida
insonni atrof muhitga ta'sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni taminlashga yo'naltirilgan
bilimlar sistemasidir.
Hayot faoliyat xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish,
jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat
sifatini oshirish hisoblanadi.
Qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim bo'ladi:
1.
Ilmiy (inson-mashina sistemasini;
atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish
omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);
2.
Amaliy (uskunalarga xizmat ko'rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash). Hayotiy
jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o'zaro ta'siri
YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini
tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo'la olmaydi» degan hayotni saqlash qonuniga
mos holda elementlar
orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va
informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan. Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar
insonga o'zini oziq-ovqatga, suvga, havoga,
quyosh energiyasiga, o'rab turgan muhit
haqidagi informatsiyalarga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir
vaqtda inson hayotiy fazasida o'zidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual
energiyalar), bioliogik jarayon chiqimlari ko'rinishidagi ma'lum massadagi moddalar
oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi.
Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok
etmaydigan jarayonlar
uchun ham xarakterlidir. Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib
kelishini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida biosferada o'simlik va hayvonlar oqimini,
moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda
holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini ro'yobga keltiradi. Texnosfera uchun barcha
turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har
xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar,
suv hovzalariga
tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik
ta'sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo'jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo'ladi va ularni
yo'qotib bo'lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o'tkazish yoki fazoga
chiqarib yuborish mumkin.
Texnosfera, bundan tashqari to'satdan portlash, yong’in
natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport
avariyalarida va shunga
o'xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o'zgartirishga yo'naltirilgan insonga
xarakterli bo'lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste'mol qiladi, jamiyatda
chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o'xshashlarni iste'mol qilishga
aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi.
«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari energiya va informatsiyalarini
xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz: