1-Amaliy mashg’ulot.
Fanning maqsad va vazifalari. Standartlashtirish va sifat.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 1996 yil 30 avgust 483-1
sonli
O’zbekiston Respublikasining qonuni oziq-ovqat mahsulotining sifati va
xavfsizligi to’g’risida qonun imzolandi. Ushbu qonun 18 moddaddan iboratbo’lib,
unda asosan oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligiga qo’yilgan talablar
hamda ularni sertifikatlashtirish va nazorat qilishga qaratilgan .Xozirgi kunga kelib
ishlab chiqarish tarmoqlarida oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab oshib
bormoqda. Shu bilan birga xavfsizlik va sifatga bo’lgan talab ham oshib bormoqda.
Bu sohalarda ishlarni olib boorish uchun yetuk malakali
mutaxassislar kerak
bo’ladi .Sifat va xavfsizlik talablarini ijrosini taminlash uchun malakaviy kadrlar
tayyorlashga qaratilga ushbu fanning eng asosiy maqsad va vazifasidir.
Fanning maqsadi: Bakalavriatura yo’nalishida ta’lim olayotgan “Oziq-ovqat
mahsulotlarini sertifikatlashtirish asoslari va xavfsizlik me’zonlari” fanidan tegishli
bo’lgan bilimlarni berishga qaratilgan.
Fanning vazifasi: Eng asosiy vazifasi bu – talabalarga oziq-ovqat
mahsulotlarini Sertifikatlash va xavfsizligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni berish.
Sertifikatlashtirish bo’yicha davlat me’yoriy xujjatlari bilan ishlash boyicha bilim
va ko’nikmalarni o’rgatish.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va
xavfsizligi tushunchasi
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash deganda, mintaqada mavjud resurslardan
unumli va oqilona foydalanish orqali fan-texnika yutuqlariga asoslangan holda,
aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish demakdir.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya, veterinariya,
fitosanitariya
normalari va qoidalariga mosligi tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib
kirilayotgan, O’zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruhsat berilgan oziq-
ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish gigiena sertifikati
berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi:
oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat ro’yxatidan
o'tkazish;
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-
qayta ro’yxatdan o’tkazish;
tarkibida giyohvandlik moddalari bo’lgan oziq-ovqatlarni,
ovqatga
qo’shiladigan oziq-ovqat qo’shimchalari, yembop qo’shimchalar va biologik faol
qo’shimchalarni ro’yxatdan o’tkazish.
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish saqlash tashish va u bilan savdo
qilishga mo’ljallangan
texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning
normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro’yxati hamda sertifikatlashdan
o’tkazish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
O’simliklardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chog’ida
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o’g’itlarni qo’llanishga ular toksikologiya-
gigiena ekspertizasidan o’tkazilganidan keyin yo’l qo’yiladi.
Qonuning oziq-
ovqatlarni qadoqlash o’rash va tamg’alashda oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi
yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o’ralgan (barcha muomala
bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta'minlaydigan) va qonun
hujjatlariga muvofiq tamg’alangan holda chiqarishlari shart.
Qadoqlangan va
o’ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchalar, oziq-
ovqat qo’shimchalari yorliqlarga ega bo’lishi va ularda quyidagilar ko’rsatilishi
kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni nimaga mo’ljallanganligi (bolalarga maxsus mo’ljallangan
mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);\
oziq-ovqat
tarkibiga
kirgan
narsalar,
shu
jumladan
oziq-ovqat
qo’shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat
mahsulotlari uchun og’irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari,
maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);