Genetik modifikatsiyalashgan organizmlar (GMO) - organizm genomiga
tashqi genni kiritish orqali hosil qilingan oziq-ovqat
mahsulotlari va tirik
organizmlar.
Genetik jihatidan o'zgartirilgan organizmlarning o'sishi oson va iqtisodiy jihatdan
ancha arzonga tushadi - bu ularning tarqalishining asosiy sabablaridan biridir.
Transgenli organizmlar tashqi sharoitlarga chidamli, ularga kasallik va
zararkunandalar xavf solmaydi, murakkab parvarishni talab qilmaydi. Ular
o'zlarining genetik uskunalarida boshqa tirik organizmlardan DNK qismlarini o'z
ichiga oladi. Qishloq xo'jaligida genetik muhandislik qurg'oqchilikka
chidamli
o'simliklarning yangi navlarini yaratish, eng yaxshi ta'mga va o'sish xususiyatlariga
ega bo'lgan, zararkunandalarga chidamli, har qanday haroratga chidamli navlarni
yaratishda qo’llaniladi. Hayvonlardan olingan yangi nasllar mahsuldorlikning
oshishi va tez o'sishi bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda eng yuqori kaloriya miqdori
va inson tanasi uchun kerakli mikroelement
miqdori bilan tavsiflangan
o'simliklarning
yangi
navlari
yaratilgan.
Genetik
modifikatsiyalashgan
daraxtlarning yangi navlarini o’rganib ko’rsangiz, unda sellyulozaning yuqori
miqdori va tez o'sishi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda biologik jihatdan toza yoqilg'i
sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan O'simliklar ishlab chiqilgan.
1988-yil - genetik jihatdan modifikatsiyalangan o’simliklarning birinchi
navi ekilgan yil sifatida tarixda qoldi. Savdo shahobchalarida genetik
modifikatsiyalangan mahsulotlarning birinchi partiyasi 1993-yilga kelib paydo
bo'lgan. O'shandan beri genetik modifikatsiyalashtirilgan
mahsulotlar butun
dunyoda mashhur bo'lib kelmoqda. AQSh, Kanada, Argentina, Portugaliya, Xitoy
va Ispaniya singari davlatlarda ekin ekish mumkin bo’lgan yerlarning yarmidan
ko’pini genetik modifikatsiyalashgan o’simliklar egallagan. Dastlabki yillarda
biotexnologiyaning
(genetik
modifikatsiyalashtirilgan
organizmlar)
ushbu
rivojlanishi ko'plab mamlakatlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga
qaratilgan
edi.
Hozirda
biotexnologiya
tirik
organizmlarni
genetik
modifikatsiyalashtirish bilan bog'liq eng dolzarb muammolardan biriga aylandi.
Dastlab ushbu sohaga bee’tibor bo’lingan bo’lsa-da, hozirgi kunda bir qancha
davlatlarda genetik modifikatsiyalshtirilgan
mahsulotlarni tayyorlash, sotish va
tarqatish taqiqlangan. Biroq, bugungi kunda genetik modifikatsiyalashgan
organizmlar oziq-ovqat xavfsiligi sohasidagi yagona muammo emas. Qishloq
xo'jaligida qo’llaniladigan kimyoviy vositalar (agroximikatlar - qishloq xo'jaligida
begona o'tlar, zararkunandalar va turli o'simlik kasalliklarini nazorat qilish uchun
ishlatiladigan kimyoviy moddalar) ham insoniyat oziq-ovqat
xavfsizligiga tahdid
solayotgan global muammolardan biridir.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlili va jahon hamjamiyati
olimlarining fikrlarini o’rganish asnosida quyidagicha xulosalarga kelishimiz
mumkin:
- sog'liq uchun zararli, saraton kasalligining rivojlanishiga sabab bo'ladi;
- Semirishga olib keladi;
- Aholining reproduktiv salomatligining buzilishiga olib keladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, mamlakatimizda
quyidagi chora-tadbirlar
amalga oshirilishi lozim:
- genetik modifikatsiyalashgan organizmlarning ilmiy asoslangan xavflarini
hisobga olish;
- genetik modifikatsiyalash bilan bog’liq ilmiy tadqiqotlar, ulardan foydalanish va
gen injeneriyasi tadqiqotlari natijalaridan foydalanishni kamaytirish;
- mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirishga yordam beradigan ekologik
toza qishloq xo'jaligi amaliyotlarini o'rganish va rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash;
- Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan aloqador normativ hujjatlarga
tarkibida modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini
chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklashga, shuningdek bolalar ovqatida
genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qo‘llashga
taqiq joriy etishga
yo‘naltirilgan qo‘shimchalar kiritish.
O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida” qonuniga quyidagi o’zgarishlarni kiritish taklif qilinadi: 1. “oziq-ovqat
mahsulotining xavfsizligi” tushunchasi “oziq-ovqat mahsuloti va homashyosining
xavfsizligi” tarzida o’zgartirish;
2. Oziq-ovqat xomashyosi sifati uchun alohida talablarni belgilash;
3. Tarkibida modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor bo‘lgan oziq-ovqat
mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste’mol qilishni cheklashga, shuningdek
bolalar ovqatida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qo‘llashga
taqiq
joriy etishga yo‘naltirilgan qo‘shimchalar kiritish.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash o’rinliki, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
bilan bog’liq normativ-hujjatlarda xalqaro standartlarga mos qoidalar o’rnatilgan
bo’lsa-da, ularning ijrosini ta’minlashga yetarlicha xato va kamchiliklarimiz bor.
Buni Britaniyaning "Economist" jurnali tomonidan har ikki yilda tuzilgan oziq-
ovqat xavfsizligi darajasi reytingidagi o’rnimiz ham buni ko’rsatib turibdi.
O’zbekiston 2017-yil natijalariga ko’ra, mazkur reytingda 113 davlat orasidan 78-
o’rinni egallagan bo’lib, 2016-yilgi natijasidan 14 pog’onaga pastlagan. Umumiy
to’plagan balimiz 100 ballik tizimda 47.5 deb baholangan
Nazorat uchun savollar
1.
Oziq-ovqat xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?
2.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro’yxatiga nimalar kiradi?
3.
Oziq-ovqat qo’shimchalari yorliqlarida nimalar ko’rsatilishi kerak?
4. Genetik jihatidan o'zgartirilgan organizmlarning inson organizmiga ta’siri
nimalarda ko’rinadi?
5. Nima uchun GMO mahsulotlari ishlab chiqarila boshlagan?