1-Amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Standartlashtirish va sifat


O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi: muammolar va yechimlar



Yüklə 127,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.03.2023
ölçüsü127,77 Kb.
#88235
1   2   3
1-Amaliy

O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi: muammolar va yechimlar 
Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim unsurlardan biri hisoblanadi. 
Iste’molchilar har doim sifatli va xavfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Xavfsiz 
oziq-ovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, GMОsiz (genetic 
modifikatsiyalashgan organizmsiz), pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador 
zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi 
insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo'lib, millatlarning salomatligini
rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat sifati 
fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo'lib, 
atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va 
demografik holatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat 
aholisining sog'lig'ini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy 
rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini 
uzaytiradi, bolalarning barkamol o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko'pgina 
kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi. Butun 
dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko’payib borayotgan 
bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo’l 
qo’yib bo’lmaydi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi - jismoniy talablar darajasida aholi 
salomatligi holatiga xavf solmasdan aholini muhim iste’mol mahsulotlari bilan 
uzluksiz ta’minlash imkoniyati kafolatlangan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy 
holatdir. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi yashayotgan va kelajakda tug’iladigan 
avlod uchun xavf tug’dirmaydigan oziq-ovqat xavfsiz hisoblanadi. Shu bois, 
bugungi kunda mahsulot sifatini nazorat qilishning obyektivligi o'z navbatida 
butun insoniyat salomatligi uchun xavfsizligini kafolatlagani bois, mazkur soha 
bilan bog’liq muammolarga yuzaki qarab bo’lmaydi.
“Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunining 17-moddasida fuqarolar davlat boshqaruvi organlaridan, 
mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini 
amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning 
yashash muhiti holati, yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 
mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 
xavfsizligi hamda sifati to‘g‘risida axborot olish huquqida ega ekanligi 
belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o‘zi iste’mol qiladigan 


mahsulotning xavfsizlik talablariga qanchalik javob berishi haqida yetarli 
ma’lumotga ega bo‘lishga huquqlidir.
Shuningdek qonunchiligimizda, “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi” 
tushunchasiga ta’rif berilgan: “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi — oziq-ovqat 
mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya 
qoidalari va normalariga mosligi”. Ko’rinib turganidek, ta’rifda xavfsilik uchun 
talab aynan ko’rsatilmasdan boshqa normativ-hujjatlarga havola qilingan. 
Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta'minlaydigan talablar majburiy bo'lib, u 
qonun 
yoki 
boshqa 
normativ 
hujjat 
belgilangan 
tartibda 
o'rnatiladi. 
Iste'molchilarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha majburiy talablar O’zbekiston 
Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasining 
qonuni “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”- 2-modda 
nazorat qilinadigan standartlar, sanitariya me'yorlari va qoidalarda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladigan standartlashtirish sohasidagi 
hujjatlarni quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin:
- Milliy standartlar – standartlashtirish sohasidagi O’zbekiston Respublikasining 
milliy organi tomonidan qabul qilingan hujjatlar;
- standartlashtirish qoidalari, standartlashtirish sohasidagi normalar va tavsiyalar;
- texnik, iqtisodiy va ijtimoiy soha axborotlarining barcha rus umumrespublika 
tasniflagichlari; - korxona, tashkilot va muassasalarning standartlari.
Tovarlarning xavfsizligiga qo'yiladigan talablar turlicha, yuqoridagi 
hujjatlarda ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. Ushbu qoidalardan chetga 
chiqish, masalan, tovarlarni odatiy bo'lmagan sharoitda ishlatish, saqlash, iste’mol 
qilish qoidalarini buzish, iste’molchi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 127,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin