Temir qoshiqchaga bir bo‘lak pistako‘mir solib, u spirt lampasi alangasida cho‘g‘ bo‘lguncha qizdiriladi. Yallig‘lanib turgan ko‘mir
bo‘lakchasini kislorodli idishga tushiriladi. Sodir bo‘lgan hodisani
izohlang. Ko‘mir yonib bo‘lgach, idishga ohakli suv quyilib, chayqatiladi.
Sodir bo‘lgan hodisani izohlang.
Yig‘ilgan kislorodning boshqa zaxirasidan cho‘g‘langan cho‘p, oltingugurt, fosfor kabi moddalarning yonishi kuzatiladi.
Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi: 1. Ishning mavzusi va maqsadi.
2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati.
3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish
tartibi ning qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan
asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan
xulo salar berish.
4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.
5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon
etish..