Filtratni bug‘latish. Filtratni chinni kosachaga quyib, shtativ halqasiga o‘rnatiladi. Shtativ tagligiga qo‘yilgan spirt lampa yoki quruq yoqilg‘i alangasi chinni kosacha tagiga tegadigan qilib yoqiladi va qizdirish olib boriladi. Eritma
sachramasligi uchun shisha ta yoqcha bilan aralashtirib turiladi. Chinni
kosacha tagida tuz kristallari hosil bo‘la boshlashi bilan qizdirish to‘xtatiladi. Olingan tuzning tashqi ko‘ri nishi ko‘zdan kechiriladi.
Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:
1. Ishning mavzusi.
2. Bajarilgan ishda foydalanilgan jihozlar va reaktivlar ro‘yxati.
3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibi qisqacha izohlanadi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan
asboblarning rasmi chiziladi. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan
xulosalar chiqariladi.
4. Olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalar bayon etiladi.