L aboratoriya shtativi bilan ishlash 1. Laboratoriya shtativining tuzilishi (2-rasm).
Shtativ kimyoviy tajribalar o‘tkazishda kerak
bo‘ladigan eng muhim asbob. U taglik va o‘zakdan
iborat bo‘lib, o‘zakka qisqichlar yordamida har xil
halqalar, tut qich va boshqa turli moslamalar mahkamlanadi.
Taglikdagi maxsus teshikka o‘zak burab kiritiladi. O‘zak maxsus teshikka oxirigacha kiritilgan va
mahkamlangan bo‘lishi kerak.
2-rasmda shtativ uchun mo‘ljallangan moslamalardan 5 tasi tasvirlangan. Bunda 1– qum yoki suv hammomi, u turli qaynash haroratida suyuqliklarni haydash, turli haroratlarda boradigan reaksiyalarni o‘tkazish
uchun; 2 – halqali tutqich, u turli hajmdagi tubi yumaloq kolbalarni va
chinni kosalarni tutib turish uchun; 3 – asbest to‘rli taglik, u tubi yassi va
konussimon kolbalar, stakanlar, chinni kosachalarda moddalarni qizdirish
uchun; 4 – tutqich, u probirkalar, sovitkichlarni qisib ushlab turish uchun;
5 – ilgich, u turli yordamchi rezina shlang yoki boshqa yordamchi qismlarni ilib qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
Moslamalar o‘zak bo‘ylab yuqoriga va pastga harakat qilishi yoki olib
qo‘yi lishi, maqsadga ko‘ra istagancha miqdorda o‘rnatilishi mumkin.
Mahkamlash yoki bo‘shatish qisqichdagi vint yordamida amalga oshiriladi.