Excel dasturini yuklash va undan chiqish
Excel dasturini yuklashning bir necha usullari bor;
1. Windows ishchi stolida MS Excel nomli yorliq bo‘lsa, shu yorliqni ishga
tushurish bilan Excelni yuklash mumkin. Ya‘ni shu yorliqqa sichqoncha
ko‘rsatgichi keltirilib tezlikda ikki marta sichqonchaning chap tamondagi
tugmasi bosiladi;
2. Ishchi stoldagi MS Excel yorlig‘iga ko‘rsatgich keltirilib yorliqning
kontekstli tavsiyanomasi ochiladi va Otkrit bo‘limi tanlanadi;
3. Agar foydalanuvchi masalalar qatoriga Excelni tugib (svernut) qo‘ygan
bo‘lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan elektron jadvalni
faollashtirishi mukin;
4. ―Pusk‖ tugmasini bosib Windowsning bosh tavsiyanomasi chaqiriladi, u
yerdan ―Vse programmi‖ nomli ichki tavsiyanomasiga kiriladi, so‘ng
navbatdagi Microsoft Office nomli ichki tavsiyanomadan MS Excelni
yuklash mumkin;
5. ―Pusk‖ tugmasini bosib Windowsning bosh tavsiyanomasi chaqiriladi, u
yerdan ―Dokumenti‖ nomli ichki tavsiyanomasiga kiriladi, so‘ngra
Excelda yozilgan fayllardan birini tanlasak, shu fayl bilan birgalikda
Excel EJ ochiladi.
Excel EJ dan chiqish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin,
masalan:
sichqoncha yordamida:
- sarlavxa satrining o‘ng burchagidagi yopish ( X zakrit) tugmasi
bosiladi;
klaviatura yordamida:
- Alt va F4 klavishalari birgalikda bosiladi.
Dostları ilə paylaş: |