1-Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish Wordda grafik ob'ektlarni hosil qilish va tahrirlash. Wordda jadval yaratish. Excelning ta'lim jarayonidagi imkoniyatlari



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix04.02.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#52107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
1-Amaliy mashg`ulot

 

 

Elektron jadval muharrirlar. MS Excel dasturi. MS Excel dasturida ishlash 

texnologiyalari. 

 

MS Excel  asosiy tushunchalar. 



Excel  Microsoft  Office  paketi  tarkibidagi  dastur  bo‘lib,  u  Windows 

operatsion  tizimi  boshqaruvida  ma‘lumotli  elektron  jadvallar(EJ)ni  tayyorlash  va 

qayta ishlashga mo‘ljallangan. 

Windows  operatsion  tizimi  yaratilmasdan  avval  DOS  tarkibida  SuPerCalc, 

quatPrio  va  shunga  o‘xshash  EJli  dasturlardan  foydalanilgan.  Windows  muhiti 

yaratilgandan  keyin,  ayniqsa  Windows  operatsion  tizimi  yaratilgandan  keyin 

ko‘pgina  foydalanuvchilar  Officening  EJli  dasturi  Microsoft  Excel  dasturidan 

foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.  

 



 

Excel  2010da  tayyorlangan  xar  bir  xujjat  (ma‘lumotli  jadval)  Windowsda 

qabul qilingan ixtiyoriy  nom va  .xlsx kengaytmadan iborat  fayl bo‘ladi.  Excelda 

odatda bunday fayl ―Ish kitobi‖ (Kniga) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy 

ish soxasi bu – Ish kitobi bo‘lib, u 255 tagacha varaqlardan (list) dan iborat bo‘lishi 

mumkin. Ularni ish varaqlari deb ataladi. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi 

kabi,  sonlar,  matnlar,  arifmetik  ifodalar,  hisoblar  qator  va  ustunlarda  joylashgan 

bo‘ladi.  Xar  bir  ish  varag‘i  List1,  List2,  ...  nomlar  bilan  atalgan  bo‘lib,  ular 

jadvalning  pastki  qismidagi  yorliqchalarda  ifodalangan.  Foydalanuvchi  bu 

nomlarni xoxlaganicha o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun shu nomlar yozilgan 

yorliqlarni  sichqoncha  yordamida  tezda  ikki  marta  tanlash  kerak.  Shundan  so‘ng 

yangi nomni terish mumkin. Buning boshqa yo‘li  Format tavsiyanomasining List 

bo‘limidagi  Pereimenovat  buyrug‘idan  foydalanish  mumkin.  Bir  ish  varag‘idan 

boshqasiga o‘tish uchun mos yorliqni sichqoncha yordamida tanlash kifoya. 

Excel  EJ  varaqlari,  butun  sonlar  bilan  tartiblangan  1 048  576  ta  qator  va 

lotin  alifbosining  bosh  xarflari  A,  B,  ...,Z,  AAA,  AAB,...,XFD  bilan  nomlangan 

16384 ta ustundan iborat. Qator va ustun kesishmasida EJning tarkibiy elementi  – 

katak  (yacheyka)  joylashgan.  Kataklarning  nomlari  yoki  boshqcha  aytganda 

manzillari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 

qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa, D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi 

D12 katagi deyiladi. 

Shuni  yodda  saqlash  kerakki,  EJ  kataklarining  manzillariga  murojaat 

qilinadigan  bo‘lsa,  ustun  nomlari  albatta  lotin  alifbosida  kiritilishi  kerak.  Bunda 

katta va kichik xarflar farqlanmaydi. 

Excel  EJining  boshqa  dasturlardan  asosiy  farqli  tomoni,  unda  formulalar 


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin