orqali ifodalanishi tushiniladi.
Nom deganda foydalanuvchi tomonidan biror katak
yoki kataklar guruxiga, manzilni ifodalamaydigan ixtiyoriy ism qo‘yilishiga
aytiladi. Ayrim masalalarni xal qilishda katak yoki kataklar guruxining manzili
bilan ishlash noqulay bo‘lib qoladi va shuning uchun ularni tushunarli bo‘lishini
tahminlash maqsadida ismlar orqali ifodalaydilar. Manzil o‘rniga nom qo‘yish
uchun biror katak yoki kataklar guruxi ajrtilgach, ismlar maydonidagi manzil
sichqoncha yordamida tanlanadi va Exceldagi manzillardan farqli ism teriladi,
so‘ngra Enter klavishasi bosiladi.
Formulalar maydonida katakdagi ma‘lumot yoki formula ifodalanadi.
Katakda esa odatda formula yordamida bajarilgan hisob natijasi ifodalanadi. Katak
ichidagi ma‘lumot yoki formulalarga formulalar maydonida o‘zgartirishlar kiritish
mumkin.
Xar bir katakka
son, matn, yoki
formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Ularning kiritilishi tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Son – ishorali yoki ishorasiz butun xamda xaqiqiy sonlar. Xaqiqiy sonlar
o‘nli kasr ko‘rinishida kiritilib butun va kasr qismlari orasiga ―,‖ (vergul) belgisi
qo‘yiladi. Ba‘zan xaqiqiy sonlar juda katta yoki juda kichik, ya‘ni nolga yaqin
bo‘lishi mumkin, bunday xollarda ularni normallashgan (eksponentsial) xolda
tasvirlanadi. Masalan:
Butun sonlar
– 0; 1266; -2008; +129
Xaqiqiy sonlar
– 0,09; -1,205; +255,1;
Normallashgan xol
– 1 000 000 000 o‘rniga 1E+09; 0,00000012 o‘rniga
1,2E-07
Xar qanday son katakka to‘g‘ri kiritilsa yoki katakda
biron hisoblash natijasi
ifodalansa, u katakning o‘ng tarafiga surilib qoladi.
Formula – ―=‖ belgisi bilan boshlanadigan xar qanday ma‘lum qoida
(qoidalar bilan quyiroqda tanishamiz) asosida yozilgan ifoda. Masalan, A1
katagiga quyidagi ifodalardan biri kiritilgan bo‘lsa:
= S4
- S4 katagidagi ma‘lumot A1 katagida xam ifodalanishini
bildiradi;
= SIN(B3)
- B3 katagidagi sonning sinusi hisoblanib natija A1 katagida
ifodalanadi;
Matn – son va formuladan farqli bo‘lgan ixtiyoriy belgilar ketma-
ketligidan iborat ma‘lumot. Bunday ma‘lumot kiritilganda, ular katakning chap
chegarasiga taqalib ifodalanadi. Ayrim xollarda sonlarni xam matn sifatida
tasvirlash kerak bo‘lib qoladi. Buning uchun sonni kiritishni ’ (urg‘u) belgisi bilan
boshlash kerak.
Odatda katakka kiritilayotgan matn faqat bitta qator ko‘rinishida kiritiladi.
Bu esa masalan, uzun ma‘lumotlar kiritishda, jadval saxifasida ma‘lumotlarni
noqulay joylashuviga sabab bo‘ladi. shuning uchun bitta katakka bir necha qatorli
yozuvlar kiritish uchun Alt + Enter klavishalar kombinatsiyasidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Excelni ishga tushirganda odatda ish saxifasining A1 katagida jadval
Dostları ilə paylaş: