Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limi yordamida xam o‘rnatish mumkin.
Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Ya`ni,
bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan xam ko‘proq
interval bo‘lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o‘zgartirish uchun Format
tavsiyanomasining Abzast bo‘limidagi ―mejstrochnqy‖ maydonidagi ro‘yxatdan
foydalanish mumkin.
Xar qanday qog‘ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo‘ladi. Word
sahifaning xamma tarafidagi xoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o‘rnatish
imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa
bo‘limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi.
Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki
―Standartnaya‖ uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak.
WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD
muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows
dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni
tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash,
manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni
chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini
tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
WORD muharririda ba‘zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning
tavsifi quyidagicha:
Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so‘z, ibora va jumlalarni bir necha
bor yozishga to‘g‘ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug‘i
ularni qayta yozadi.
Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi.
Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to‘g‘irlash mumkin. Bu
amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda
tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va
nomga ega.
Formatlash – bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni
tanlashingiz, ta‘kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats
chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin.
Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror
bir ma‘lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va
vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin.
Konteks menyusi – ―sichqoncha‖ ning o‘ng tugmasi yordamida hosil
qilinadigan menyu. Tanlangan ob‘ektga mos ravishda menyu ham o‘zgarib turadi.
“Sichqoncha” – hozirgi zamon komp‘yuterlarining ajralmas qismi bo‘lib,
odatda, 2 yoki 3 tugmali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |