1-Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va


Animatsiyalarni yaratish va ular bilan ishlash



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə10/12
tarix15.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#98494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-amaliy

Animatsiyalarni yaratish va ular bilan ishlash


MS Power Point 2010da ob‘ektlarga o‘rnatiladigan animatsiyalar avvalgilariga nisbatan birmuncha yangilangan va to‘ldirilgan. Slaydlardagi animatsiyali xarakatlar jonli kabi amalga oshiriladi.
Animatsiyalar to‘rt turga bo‘lingan bo‘lib, ular ob‘yektning slaydga kirib kelishi – Vxod, slaydda ajralib ko‘rinishi – Videlenie, slayddan chiqib ketishi – Vixod xamda slayd bo‘ylab biror yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishi – Puti peremesheniya kabilardir.
Bitta ob‘yektga bir nechta animatsiya o‘rnatish mumkin. Buning natijasida taqdimot tinglovchiga yanada tushunarli bo‘lishiga erishiladi. Animatsiyaning boshlanishi, harakat chegaralari va qo‘shimcha parametrlari, shuningdek ularni bajarilish tartibini almashtirish kabi amallarni xam bajarish mumkin.

MS Power Point 2010da yangi animatsiyalar o‘rnatish
MS Power Point 2010 Animatsiya po obraztsu funksiyasiga ega bo‘lib, uning vazifasi biror ob‘yektga o‘rnatilgan animatsiya nusxasini boshqa ob‘yektga xam qo‘llashdan iborat. Ya‘ni boshqa ob‘yektga shu animatsiyani boshqatdan o‘rnatib o‘tirmasdan uning nusxasini qo‘llash mumkin.
Endi slayddagi xar bir ob‘yektga animsiya o‘rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz.

  1. Animatsiya o‘rnatiladigan slaydga o‘ting.

  2. Animatsiya o‘rnatiladigan ob‘yektni tanlang.

  3. Animatsiya vkladkasidagi animatsiya panelndan biror animatsiyani tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating.

  4. Parametri effektov tugmasi yordamida unu yanada takomillashtitishga harakat qiling.

  5. Agar bu animatsiya sizni qanoatlantirmasa shu o‘byektga qo‘shimcha boshqa animatsiyalardan bir yoki bir nechtasini qo‘llashingiz mumkin.

  6. Buning uchun animatsiya vkladkasidagi Dobavit animatsiyu tugmasini bosing. Animatsiya ko‘rinishlari ifodalangan oyna ochiladi.

  7. Sichqoncha ko‘rsatkichi bilan biror animatsiya ko‘rinishini tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating. Maqul bo‘lgan harakatni qoldiring va navbatdagi harakatga o‘ting.

  8. Shu yerning o‘zida tasmadagi Parametri effektov tugmasi yordamida animatsiyaga qo‘shimcha harakatlar kiritishingiz mumkin.




Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin