1-Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va


Elektron jadval muharrirlar. MS Excel dasturi. MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə4/12
tarix15.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#98494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-amaliy

Elektron jadval muharrirlar. MS Excel dasturi. MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari.




MS Excel asosiy tushunchalar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo‘lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallar(EJ)ni tayyorlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuPerCalc, quatPrio va shunga o‘xshash EJli dasturlardan foydalanilgan. Windows muhiti yaratilgandan keyin, ayniqsa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko‘pgina foydalanuvchilar Officening EJli dasturi Microsoft Excel dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Excel 2010da tayyorlangan xar bir xujjat (ma‘lumotli jadval) Windowsda qabul qilingan ixtiyoriy nom va .xlsx kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excelda odatda bunday fayl ―Ish kitobi‖ (Kniga) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish soxasi bu – Ish kitobi bo‘lib, u 255 tagacha varaqlardan (list) dan iborat bo‘lishi mumkin. Ularni ish varaqlari deb ataladi. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo‘ladi. Xar bir ish varag‘i List1, List2, ... nomlar bilan atalgan bo‘lib, ular jadvalning pastki qismidagi yorliqchalarda ifodalangan. Foydalanuvchi bu nomlarni xoxlaganicha o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun shu nomlar yozilgan yorliqlarni sichqoncha yordamida tezda ikki marta tanlash kerak. Shundan so‘ng yangi nomni terish mumkin. Buning boshqa yo‘li Format tavsiyanomasining List bo‘limidagi Pereimenovat buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bir ish varag‘idan boshqasiga o‘tish uchun mos yorliqni sichqoncha yordamida tanlash kifoya.
Excel EJ varaqlari, butun sonlar bilan tartiblangan 1 048 576 ta qator va lotin alifbosining bosh xarflari A, B, ...,Z, AAA, AAB,...,XFD bilan nomlangan 16384 ta ustundan iborat. Qator va ustun kesishmasida EJning tarkibiy elementi – katak (yacheyka) joylashgan. Kataklarning nomlari yoki boshqcha aytganda manzillari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa, D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi.
Shuni yodda saqlash kerakki, EJ kataklarining manzillariga murojaat qilinadigan bo‘lsa, ustun nomlari albatta lotin alifbosida kiritilishi kerak. Bunda katta va kichik xarflar farqlanmaydi.
Excel EJining boshqa dasturlardan asosiy farqli tomoni, unda formulalar satri deb atalgan satrning mavjuddir. Bu satr uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi shu satrning chap tomonidagi kichkina qismi ismlar maydoni, o‘ng tomonidagi katta qismi formulalar maydoni va o‘rtdagi qismi esa formulalar ustasini ishga tushiruvchi fx belgi tasvirili tugmadan tashkil topgan.
Ismlar maydonida jadval ko‘rsatkichi joylashgan katakning manzili yoki nomi ifodalanadi. Bu yerda manzil deganda shu katakning ustun va satr nomlari
orqali ifodalanishi tushiniladi. Nom deganda foydalanuvchi tomonidan biror katak yoki kataklar guruxiga, manzilni ifodalamaydigan ixtiyoriy ism qo‘yilishiga aytiladi. Ayrim masalalarni xal qilishda katak yoki kataklar guruxining manzili bilan ishlash noqulay bo‘lib qoladi va shuning uchun ularni tushunarli bo‘lishini tahminlash maqsadida ismlar orqali ifodalaydilar. Manzil o‘rniga nom qo‘yish uchun biror katak yoki kataklar guruxi ajrtilgach, ismlar maydonidagi manzil sichqoncha yordamida tanlanadi va Exceldagi manzillardan farqli ism teriladi, so‘ngra Enter klavishasi bosiladi.
Formulalar maydonida katakdagi ma‘lumot yoki formula ifodalanadi. Katakda esa odatda formula yordamida bajarilgan hisob natijasi ifodalanadi. Katak ichidagi ma‘lumot yoki formulalarga formulalar maydonida o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Xar bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Ularning kiritilishi tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Son – ishorali yoki ishorasiz butun xamda xaqiqiy sonlar. Xaqiqiy sonlar o‘nli kasr ko‘rinishida kiritilib butun va kasr qismlari orasiga ―,‖ (vergul) belgisi qo‘yiladi. Ba‘zan xaqiqiy sonlar juda katta yoki juda kichik, ya‘ni nolga yaqin bo‘lishi mumkin, bunday xollarda ularni normallashgan (eksponentsial) xolda tasvirlanadi. Masalan:
Butun sonlar – 0; 1266; -2008; +129
Xaqiqiy sonlar – 0,09; -1,205; +255,1;
Normallashgan xol – 1 000 000 000 o‘rniga 1E+09; 0,00000012 o‘rniga 1,2E-07
Xar qanday son katakka to‘g‘ri kiritilsa yoki katakda biron hisoblash natijasi ifodalansa, u katakning o‘ng tarafiga surilib qoladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin