1-amaliy mashg’ulot mavzu: Amaliy masalalarni echish algoritmlarini o’rganish Amaliy mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 94,25 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü94,25 Kb.
#195293
  1   2   3   4   5
1-Mavzu


1-AMALIY MASHG’ULOT


MAVZU: Amaliy masalalarni echish algoritmlarini o’rganish


Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Amaliy masalalarni echish algoritmlarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulot natijasi: Amaliy masalalarni algoritmalsh malakasiga ega bo’lish.


Amaliy ish rejasi rejasi:

  1. Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish

  2. Mos topshiriq variantidagi masalani echish shartini aniqlash.



Nazariy qism:“Algoritmlash” deganda masalani biri ketidan boshqasini bajariladigan xamda oldingisining natijalari keyingilarining bajarilishida ishlatiladigan bosqichlar ketma-ketligiga kelti­rish tushuniladi. Ayni paytda bu bosqichlardagi amallarni kompyuter bajara olishi ko’zda tutilishi kerak. Kengroq ma`noda qaraydi­gan bo’lsak algoritmlash, o`zidan oldingi bosqich - masalani echish usulini tanlash bosqichi xam, o`zidan keyingi bosqich - kompyuterning xususiyatlarini xisobga olgan xolda boshlang’ich, oraliq va na­tijaviy axborotlarni tuzilishining ifoda shakllarini tanlashni xam o’z ichiga oladi. Algoritmlash bosqichining natijasi masalani echish algoritmi bo’ladi, yani bu bosqichda masalani echish algoritmi ish­lab chiqiladi. Bunda masalani matematik qo’yilishi va tanlangan usul qidirilayotgan natijani olishga olib keladigan xarakatlar ketma-ketligini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Algoritm deb, masalani echish uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligini aniq tavsiflaydigan qoidalar tizimiga aytiladi. Boshqacha aytganda, algoritm –boshlang’ich va oraliq ma`­lumotlarni masalani echish natijasiga aylantiradigan jarayonni bir qiymatli qilib, aniqlab beradigan qoidalarning biror bir chekli ketma-ketligidir. Buning moxiyati shundan iboratki, agar algoritm ishlab chiqilgan bo’lsa, uni echilayotgan masala bilan tanish bo’lmagan biron bir ijrochiga, shu jumladan kompyuterga xam bajarish uchun top­shirsa bo’ladi va u algoritmning qoidalariga aniq rioya qilib masalani echadi.

Yüklə 94,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin