▲ ▲ ▲
Jadvalda A va B mamlakatlardagi bozorlarning tavsifi berilgan (P - narx, Qd - talab, Qs - taklif). Shu ma’lumot asosida erkin savdo sharoitidagi X tovarning jahon narxini aniqlang. Mamlakatlardan qaysi biri X tovarni eksport qiladi, eksport hajmini aniqlang.
|
A mamlakat
|
B mamlakat
|
P
|
1 2 3 4 5
|
1 2 3 4 5
|
Qd
|
5 4 3 2 1
|
6 5 4 3 2
|
Qs
|
2 3 4 5 6
|
5 6 7 9 10
| ▲ ▲ ▲
6.Jadvalda O‘zbekiston va Janubiy Koreyadagi kalkulyatorlarga bo‘lgan talab va taklif to‘g’risida ma’lumot berilgan.
tashqi savdo yo‘qligida ikkala mamlakatda muvozanat narxlar va bozordagi mahsulot hajmi qanday bo‘ladi?
Tashqi savdo o‘rnatilgandan keyin kalkulyatorlarning jahon bozorida muvozanat narxi qanday bo‘ladi?
v) qaysi mamlakat va qay miqdorda kalkulyatorlarni eksport qiladi?
|
Kalkulyator larning narxi (bir dona uchun doll.)
|
O‘zbekistonda talab miqdori (ming dona)
|
O‘zbekistonda taklif miqdori (ming dona)
|
Janubiy Koreyada talab miqdori
(ming dona)
|
Janubiy Koreyada taklif miqdori (ming dona)
|
|
5
|
100
|
0
|
80
|
30
|
|
7
|
80
|
20
|
50
|
50
|
|
10
|
70
|
40
|
35
|
65
|
|
15
|
60
|
60
|
20
|
80
|
|
20
|
50
|
70
|
10
|
90
|
|
25
|
35
|
85
|
5
|
100
|
30
|
20
|
100
|
0
|
110
|
Mustahkamlash uchun savollar
1. Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob’ektiv sabablari nimalardan iborat?
2. Xalqaro savdoni rivojlantirishning sub’ektiv sabablari nimalardan iborat?
3. Xalqaro savdoning shakllari.
4. Xalqaro savdo hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering.
5. A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasi kamchiligi nimada ko’rinadi?
6. «Nisbiy ustunlik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
7. Xeksher-Olinning neoklassik kontsepsiyasini izohlab bering.
8. Savdo siyosatining mohiyati va maqsadlarini tushuntirib bering.
9. Importga tariflarning kiritilishidan iqtisodiy natijalariga izoh bering.
10. Importni yoqlovchi va unga qarshi bo’lgan fikrlarni taqqoslab bering. fikrlarga izoh bering.
11. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalarning importga tariflardan afzalligi va kamchiliklari nimada ?
12. Import kvotalarini kiritilishining iqtisodiy oqibatlari nimalarda ko’rinadi?
13. Litsenziyalarni taqsimllash usullariga qiyosiy tavsif bering.
14. Eksportni subsidiyalash usullari mohiyatini tushuntirib bering. tushuntirib bering.
15. Eksportni ixtiyoriy cheklash qachon qo’llaniladi, va uning oqibatlari qanday?
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.
15-amaliy mashg’ulot
Mavzu: To`lov balansi. Valuta kursi (4 soat)
Reja:
1.To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi;
2. Joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobi balansi;
3. To`lov balansi tahlili
4. To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari.
5. Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi.
6. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish;
7.Xarod qobiliyati pariteti;
8. Makroiqtisodiyotning nominal va real valuta kurslariga ta’siri.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishini o`rganish; joriy operatsiyalar hisobi balansini tavsiflash; kapital harakati hisobi balansini tavsiflash; valuta va jahon valuta tizimi tushunchasini o`rganish; valuta kursi va uni belgilovchi omillarni aniqlash; to`lov balansi qoldig`i va valuta ayirboshlash natijalarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: to`lov balansi, joriy operatsiyalar hisobi, kapital harakati hisobi balansi, valyuta munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta bozori, konvertirlanadigan valyuta, nisbiy real foiz stavkalari, xarid qobilyati pariteti.
Umumiy ma’lumotlar:
Mamlakatning to‘lov balansi mamlakatning harid qobiliyatini ifoda etuvchi ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakatning ma’lum bir vaqt davomidagi barcha tushumlari va chetga qilgan barcha xarajatlari unda o‘z aksini topadi. To‘lov balansning asosiy moddalari joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar hisoblanadi hamda ular makroiqtisodiy modellarda ham qo‘llaniladi.
To‘lov balansning asosiy moddalari bir-birlari bilan o‘zaro bog’langan, ya’ni birinchisining taqchilligi kapitalning sof oqib kelishi bilan moliyalashtiriladi. Bu ikki bo‘lim aslida bir-birlarini baravarlashtirib turishi lozim, ammo haqiqatda doimo taqchillik yoki ortiqchalik hollari mavjud. Mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy valyuta rezervlari yordamida to‘lov balansni tartibga soladi, ya’ni uning qoldig'ini nolga keltiradi.
To‘lov balansi taqchilligi Markaziy bank rasmiy zahiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valyutasi taklifi oshadi. To‘lov balansining ijobiy qoldig’i Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to‘ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga, investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Topshiriqlar:
Mamlakatning iqtisodiyoti quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
Tovarlar eksporti
|
29700 mln. so‘m
|
Tovarlar importi
|
31700 mln. so‘m
|
Chet elga qo‘yilgan investitsiyalardan olingan foiz
shakllaridagi daromadlar
|
4600 mln. so‘m
|
Chet ellik investorlarga foiz to‘lovlari
|
2400 mln. so‘m
|
Turizmdan olingan mamlakatning daromadlari
|
2700 mln. so‘m
|
Mamlakatning bir tomonli transfert to‘lovlari
|
3500 mln. so‘m
|
Mamlakatdan kapitalning chiqib ketishi
|
5200 mln. so‘m
|
Chet el turizmiga mamlakat rezidentlarining xarajatlari
|
2800 mln. so‘m
|
Mamlakatga kapitalning oqib kelishi
|
8600 mln. so‘m
|
Bu ma’lumotlar asosida joriy hisobning qoldig’ini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |