O’yin
“Nima dumalaydi?”
Bu o‘yin bolalarni narsalariing shakli bilan tanishtiradi. Bolangiz bilan quvnoq uyin-musobaqa uyushtiring - kim o‘z shaklini pol yoki stolga o‘rnatilgan uyinchoq darvozadan tezroq dumalatib o‘tkazadi. Dumalatish uchun sharcha va kubni taklif eting. Avvaliga bolangiz uchun darvozaga nimani dumalatib kiritishning farqi bo‘lmas, lekin bir necha urinishdan so‘ng u sharchani tanlagan odam yutayotganini tushunib qoladi. Ana shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi shu paytda: katalar, nega sen aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisan? — deb so‘raydi. Bola o‘z hatti—harakatini asoslashga, xulosa chiqarishga qiynalsa yordamlashish lozim. «SHarcha dumalaydi, kubik dumalamay, to‘xtab qoladi». Bola e’tiborini kubdagi o‘tkir qirralarga qaratiladi. SHarning tekisligini, qirralari yo‘kligi ko‘rsatiladi. SHar va kub tasvirini chizib ko‘rsating. Rasmda ular oddiygina doira va to‘rtburchak shaklida namoyon bo‘ladi. Bolaga shar va kub rasmini chizishni taklif qiling
Dostları ilə paylaş: |