1-topshiriq. BBB metodi.
34-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: OILA XO’JALIGINI YURITISH VA OILADA FARZANDLARDA MADANIY ODATLARNI TARBIYALASH
REJA:
Farzandlarga tejamkorlik, isrof haqida ma’lumot berish.
Madaniy odatlarni tarbiyalash
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: oila xo’jaligi va oila budjeti haiqda bolalar tushunchasini shakllantirshni o’rganish.
Ta’lim mertodlari: Ven diagrammasi, blits-so’rov. klaster
Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: bolalarda oila xo’jaligi, tejamkorlik, isof haqida tushunchalarni shakllantirishni o’rganishadi.
Kichik ma’ruza:
Kundalik harajatlar oilaning umumiy daromadiga hamda yashash usuliga qarab belgilanadi. Bunda uy-ro‘zg‘or ishlarini boshqaradigan ayolga ham ko’p narsa bog’liq, shunday ayollar borki, hech qachon ovqatni aynimaydi, nonni isrof qilmaydi, hammayoq saramjon-sarishta, hech shoshib qolmaydi, ro‘zg‘orida doim hamma narsa yetarli bo’ladi. boshqa bir ayol buning mutlaqo teskarisi. Bu esa ayolning qizligida uyida olgan tarbiyasiga ham bog’liq.
Ba’zi oilalar kayf-safoni, to‘kin-sochin dasturxon atrofida mehmon kutishni , sovg’a-salom bilan mehmonga borishni boshqalarni sayohatni, yana ba’zilarni kutubxonalari uchun kitob yig’ishni sevadilar. Harajat ham shunga qarab bo’ladi.
Ayrim bolalar ota-onalarininng oylik daromadlari qancha ekanligini bilmagani uchun ba’zi qimmatbaho narcha olib berishni talab qilib turib oladi. Oylik daromadni bilganda u bunday qilmasdi. Shuning uchun Makarenko bolani oila xo‘jaligini yuritish ishlaridan xabardor qilib turish kerakligini uqtirgan edi.
Agar oila yaxshi ta’minlangan bo’lsa, bu haqda bolaning o’rtoqlariga maqtanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Oila o’z ehtiyojlarini qiyinchilik bilan (ma’lum bir sabablarga ko’ra) qolayotgan bo’lsa, shunday qilish kerakki, bola boshqalarga hasad bilan qaramasin. Bola mehnatsiz keladigan daromaddan ko’ra, qiyinchilik bilan, mehnat bilan oila hayoti yaxshilanishidan faxrlansin.
Shunaqa oilalar borki, oylik olishi bilan bolalarga shirinliklar, o’yinchoqlar sovg’a qilinadi-yu, keyin tang holga tushib qolishadi. Bunday oilalardagi bolalar pul va buyumlarning qadriga yetmaydi, borgan sari katta talablar qo’ya boshlaydi. Ota-ona qiyinchilik bilan bo’lsa-da bolaning xarxashasidan qutilish uchun aytgan narsasini olib beradi.
Bundan bolada boqimandalik kayfiyati, isrofgarchilik odati, xudbinlik paydo bo’ladi. u haqiqiy yurt fuqarosi, mehnatkashi bo’la olmaydi.
Bolaning oila xo’jaligi ishlarida qatnashishi o‘zining ortiqcha talablarini tiyishga, isrofgarchilikka qarshi kurashga o’rgatadi. Bola 8-9 yoshga yetganda harajatlarni hisobga olgan holda oldindan pul berib turish mumkin. Bola bunga o’rgangandan keyin uni muntazam ta’minlab turish zarur.
Oilada tejamkorlik va extiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib eskirib qolgan narsalarni yaxshilab ta’mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini tejab qolish bolani juda kichik yoshligidan boshlab xo‘jaligini yaxshi yuritmoqchi bo’lgan kishi ro’zg’orda qaysi narsaning eskira boshlanganini avvalroq payqashi, ro’zg’or buyumlarining juda eskirib qolishiga yo’l qo’ymasligi, ularni o’z vaqtida tuzattirish, bozorda yoki do’konda tasodifan ko’rib qolgan narsasini sotib olavermay, balki haqiqatdan kerak bo’lgan narsani sotib olishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarga ham shu odatni singdirib borish kerak.
1-topshiriq. Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz?.
Tejamkorlik
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |