Kutilayotgan natija: oilaning turlari va ularning bola tarbiyasdagi ta’sirini o’rganishadi.
Kichik ma’ruza:
Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati bilan noto’liq bo’lgan oila ham ko’proq onaning farzandi bilan yolg’iz qolishidir. Bunday oilalardagi ma’naviy muhit ajrim tufayli paydo bo’lgan noto’liq oilanikidan farq qiladi. O’zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan farzandlarida yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashga intiladi. Bunday o’ziga xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. YAdgarova, 2003).