topshiriq: Ven diagrammasi.
O’g’il farzand tarbiyasi
Qiz farzand tarbiyasi
Umu miy jihatlar
29-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: OILADA FARZAND TARBIYALASHDA O’YINLARNING O’RNI.
REJA:
Oilada farzand tabiyalashda o’yinlaening ahamiyati.
Bolalar idrokini rivojlantiruvchi o’yinlar.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: oilada farzand tarbiyalashda o’yinlarning ahamiyatini, oilada o’tkazish mumkin bo’lgan o’yin turlarini o’rganish.
Ta’lim mertodlari: klaster, blits-so’rov,BBB
Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: bolalar idrokini rivojlantiruvchi o’yinlarning metodikasi bilan tanishadilar.
Kichik ma’ruza:
«Keling, birga o‘ynaylik!» Bu kabi iltijolarni uyda bolalardan kuniga bir necha bor eshitishimiz mumkin. Bu takliflarga ko’nib, xamma ishimizni bir daqiqa nariga surib, charchog‘imiz, tashvishlarimizga qaramay: - Bo’pti, nima o’yin o’ynaymiz? - desak bormi? Bir onga biz yo’lovchi, haydovchi, o’quvchi, ochko’z bo’ri, qo’rqoq quyon va boshqa personajlarga aylansak-chi? To‘g‘risini aytish kerak bola bilan o’ynar ekanmiz, albatta, biz uning xohish -istagi bo’yicha harakat qilamiz, uning o’zi bizga nima qilish kerakligini aytib turadi. Bizning bu paytdagi asosiy ishimiz bolaning aytganlarini bajarib, uni xushnud qilish, vaqtini chog‘lash va shu asosda ma’lum maqsadni amalga oshirishdir.
O‘yin bola uchun ermak quvonch manbai bo‘libgina qolmay, bola diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini o‘stirishga ham xizmat qiladigan vositadir. Bu jihatlar bolaning bundan buyongi hayotida muhim o‘rin tutadi. O‘yin jarayonida bolalar yangi bilim, malakalarni egallaydilar, qobiliyatlarini o‘stiradilar. Ota-onalar o‘zlari ham bolalarga o‘yin mazmuni va yo‘nalishini taklif etishlari mumkin.
Bu o‘yinlarni qiyosan bir necha mustaqil guruxlarga ajratish mumkin. O‘ymlarning shunday alohida turkumi borki, ular bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda yordam beradi. Har bir yosh guruhi uchun (3 yoshdan 6 yoshgacha) bu o’yinlarning barcha turlari tavsiya etiladi.
Idrokni o‘stirishga qaratilgan o’yinlar bolada narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko’ra taxlil qilish malakasini shakllantiradi. Maktabgacha yosh oxiriga kelib, bolalar rang qatoridagi 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular asosiy geometrik shakllar (doira, oval, turtburchak to‘g‘ri turtburchak, uchburchak)ni bilishlari lozim. Namunaga ko‘ra yoki nomi aytilgan ma’lum bir shakldagi narsalarni ajrata olishlari kerak. Bolalar narsalarning kattaligini farqlashda ularning o’lchami bo’yicha terib chikishni biladilar, 8-10 ta tayoqcha, doiracha yoki boshqa bir xil turdagi kattaligi har xil predmetlarni kattalashib va kichiklashib boruvchi tartibda qo‘yib chiqadilar. Narsalar kattaligini 3 xil o‘lchamda nomini ayta oladilar (uzunlik, kenglik, balandlik).
Dostları ilə paylaş: |