1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu Pedagogik dasturiy vositalar yaratis
Tarmoq talablariga quyidagilar kiradi: «mijoz-server» arxitekturasi, Internetnavigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o’qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o’lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo’nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko’rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik. Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do’stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o’qitishga mo’ljallangan o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko’zda tutadi.Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: 1. Pedagogik dasturiy vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi. 2. Pedagogik dasturiy vositalar - o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta‘minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi. 3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta‘lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. PDVlardan ta‘lim jarayonida foydalanib samaradorlikka erishish ularning turli talablarga qay darajada javob berishiga ham bog’liq. PDVlarga didaktik, psixofiziologik va texnik talablar qo’yish mumkin. Ularning har biri, bir nechta talabni o’z ichiga oladiki, ushbu paragirfda mazkur talablarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. I. Didaktik talablar. Bu talablar ta‘lim prinsiplari bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning mazmunini ko’rib chiqamiz. 1. Bayon qilinayotgan o„quv materialida asosiy va unchalik muhim bo„lmagan elementlarni ajratib ko’rsatish. Bu talab ta‘limning ko’rgazmalilik prinsipi bilan bog’liq bo’lib, uni pedagogik jihatdan, o’quv materiali matnida asosiy g’oyalar ajratilib, keyin ular mohiyatining bayon qilinishi, mavzudagi yangi tushunchalarni berib, har biridan so’ng ularning xususiyati, tushunchalar bilan aloqadorligi kabilarning ochib berilishi bilan, shuningdek, texnik jihatdan, ekranda tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari kabilarni boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o’lchamda ko’rsatish bilan amalga oshirish mumkin. Har bir mavzu bo’yicha o’quv materialini bayon qilishda yangi tushunchalar, asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari yoki tushunchalar orasidagi bog’lanishlar ma‘lum gipermatn shaklida berilishi lozimki, o’quvchi shu so’zni ko’rsatish bilan matndagi bunday tushuncha xususiyatlarini yordamchi oynada ko’rishi mumkin bo’lsin. Bu mavzu bilan bog’liq bilimlarning qayta takrorlanishi va o’quvchilar bilimida bo’shliqlarning qolmasligi uchun asos bo’ladi. Mazkur talabning pedagogik jihatini amalga oshirishga o’quv materialiga pedagogik ishlov berishni takomillashtirish orqali, texnik jihatdan esa gipermatnlar va ko’poynali holatdan foydalanish orqali erishiladi. 2. O’quv materialini bayon qilishning sodda va aniqligi. Bu talab ta‘limdagi onglilik va faollik prinsipidan kelib chiqadi va ta‘limning tushunarliligini ta‘minlaydi. Pedagogik jihatdan bayon qilinadigan o’quv materiali matnida ortiqcha jumlalarni kiritmasdan, muhim fikrlarni aniq va mantiqan bog’lab bayon qilish asosida bu talab amalga oshiriladi. Fikrlar bayon qilinishidagi soddalik uning ilmiyligini pasaytirmasligi lozim. Ma‘lumki, bir fikrni turli yoshdagi bolaga turlicha tushuntirish talab qilinadi. Mazkur talab o’quv materialining ma‘lum yoshdagi o’quvchi uchun qay tarzda ochib berilishini belgilaydi.3. O’quv materialini bayon qilish sur‟atining o’quvchilarning o’zlashtirish sur’atiga mosligi. Har bir darsda o’rganiladigan yangi tushunchalar soni, bayon qilinadigan o’quv materialining hajmi mumkin qadar teng, ularning o’rtacha hajmi esa PDV mo’ljallangan o’quvchilarning yoshi, psixologik xususiyatlariga mos bo’lishi lozim. Texnik jihatdan esa o’quv materialining ekranda joylashadigan bir qismi tasvirlanib, ma‘lum vaqtdan so’ng ikkinchi ekran matniga almashishi emas, balki har bir o’quvchining ekrandagi matnni o’qib, keyingi ekran matniga o’tish xohishini bildirgandagina almashish imkonini berish nazarda tutilishi lozim. Bu esa har bir o’quvchi uchun o’quv materialini o’ziga mos sur‘atda o’zlashtirishiga imkon beradi.4. O’quv materialini o’rganishning ko’pvariantliligi. Kompyuterda tasodifiy miqdor sonini hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu didaktik materiallarning har xilligini ta‘minlash asosida variantlilikni shakllantirishga imkon beradi. 5. Ma‘lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi. Ma‘lumotlarni ekranda tasvirlashda ko’poynali holat* ham ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «Men eshitdim va unutdim. Men ko’rdim va eslab qoldim. Men bajardim va tushundim»,- degan fikr Bebbidj maktabidagilarning shiori bo’lgan ekan. Darhaqiqat, ba‘zi o’quvchilar ko’rish orqali ma‘lumotni ko’proq eslab qolsa yoki idrok qilsa, ba‘zi o’quvchilar eshitish orqali ko’proq eslab qoladi. Shuning uchun o’quv materialini tushuntirishda ham namoyish qilish, ham ovoz yordamida izohlash usullaridan unumli foydalanish lozim.II. Psixofiziologik talablar. PDVlarni yaratishda ob‘ektlarni ergonomik loyihalashning ahamiyati katta. Ob‘ekt sifatida ekrandagi tasvirlar, ularni uzatish usullari, ekrandagi shartli belgilarning tushunarli bo’lishi hamda joylashishi, o’quvchi bilan kompyuter orasidagi muloqot usullari va hokazolar tushuniladi. Bunday xatti-harakat qulayliklarini yaratish uchun ergonomika yutuqlariga tayaniladi. mashina — atrof muhit» tizimi, yaxlit va o’zaro aloqadorlikda qaraladigan barcha elementlar hisoblanadi» Ergonomik tadqiqotlarning maqsadi insonning fizik va psixologik imkoniyatlari, uning estetik didi va boshqa sifatlarini texnik vosita parametrlari bilan muvofiqlashtirish hisoblanadiki, bunda texnik komponent bo’ysunuvchi hisoblanadi. Binobarin, bunda boshqariladigan ob‘ekt vazifasini texnik qurilma, boshqaruvchi vazifasini inson yoki kishilar jamoasi tashkil etadi* Ko’poynali holat - ekranni turli rangdagi bir nechta sohalarga ajratib, ularda turlicha ma‘lumotlarni chiqarish holati. «Pedagogik ergonomikaning predmeti fan va texnika yutuqlarini qo’llash asosida pedagogik jarayonni o’rganishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida shakli hisoblanadi. Shu ma‘noda pedagogik ergonomika faqat pedagogika va psixologiya sohasidagi yangiliklarga asoslanmasdan, balki tibbiyot, mehnat gigienasi, muhandislik psixologiyasi, dizayn hamda qator texnik fanlar yutuqlaridan ham foydalanadi». Qator ishlarda didaktik vositalarga qo’yiladigan ergonomik talablar ko’rsatilgan. Ularni umumlashtirgan holda PDVga qo‘yiladigan quyidagi psixofiziologik talablar ishlab chiqildi.